Afsonalar so‘ylar har tun saksovul…

0
52
marta ko‘rilgan.

* * *

Vaqt ko‘klam shaklida, chechak shaklida,

Ko‘zga, ko‘ngillarga solgancha g‘uluv –

O‘kinchli, o‘tkinchi umr shaklida,

Qaldirg‘ochlar sayrar Valfajr – suluv.

 

Bulutlar beshigin allalar shamol,

Ufqda tilga kirar chaqmoqlar so‘zi.

Olis masofalar ochadi jamol,

Yorishib ketadi turnalar ko‘zi.

 

Yetti qat zaminu yetti qat osmon,

Aro quyosh hamon boshlar yo‘lini.

Do‘zax olovida kuyadi gumon,

Odam bir-biriga tutar qo‘lini.

 

* * *

…Quyunlarda sarob chirpirak,

Muarrixlar qoladi dog‘da.

Ufq ortida yangrar guldurak,

Bulutlar hech kutmagan chog‘da.

 

…Qora oqshom – nasiyasiz baqqol

Tinglamaydi kunlar arzini.

Ko‘ngil bilan ko‘rasan yaqqol,

To‘lin oyning yoriq – darzini.

 

…Ruhiyating elitar uyqu,

Ajratolmay qolasan rangni.

Ulashasan barchaga ulgu –

Tong atalmish oliy jarangni.

 

…Fasllarning farqi yo‘q, balki –

Ko‘ksing aro titragan purg‘am –

Oniy lahza ketadi qalqib –

Oltin kuzmi va yoki ko‘klam.

 

…Minorlardan silqigan surur –

Oralaydi bog‘ni, gulshanni.

Dov-daraxtlar bari bo‘lib jo‘r

Kuylamoqqa boshlar Vatanni…

 

 

 

ULAR SURAT EMAS…

 

Fotograf Abdug‘ani Jumayev

 ustaxonasida

 

…Hayitgul dashtidan esgan shabada,

Tortqilab o‘ynaydi guldor pardani.

Yangi ming yillikka – sirli saboda –

Uchtut yengib o‘tgan ne-ne zarbani.

 

…Chingiz Ahmarov bu… yetti go‘zal – ishq –

Nigohi moybo‘yoq matoda qopmish.

Mirzo Ulug‘bekka sanchilgan qilich –

Odil Yoqubovning ko‘ksiga botmish.

 

…Uzlatga chekingan xokisor Orol,

Balchig‘idan qolgan tuproq ko‘mgan to‘r.

Berdaq maqbarasi shafaqlarday ol,

Xalqim ko‘z yoshidan zamin topgan sho‘r.

 

…Tog‘lar o‘ngo‘rida qorlar, na’matak,

Toshkent bog‘larida avjlanar bazm.

Bolalar davrasi… Totli sumalak,

Karnay-surnaylarda azaliy nazm.

 

…Hu oppoq bulutga orzu ortilgan,

Izlaganin topgan Bahodir Yo‘ldosh.

Ufqdan ufqqa tarang tortilgan –

Kamalakdan chiqqan Akmal Nur – qo‘ldosh

 

…Qizilqum bag‘rida yurgan har odam,

Zavra onamizday dilda sof niyat.

Gurlovuqda o‘sgan yovvoyi bodom,

Har tong tilar Sizga a’lo kayfiyat.

 

…Sarmishsoydan azal moziyni izla,

Vujudingga titroq – chaqmoq o‘rmalar.

Ular surat emas, ummonlar uzra,

Mangulik safarga chiqqan kemalar…

* * *

Vaqt daraxtin po‘stidir yillar,

Tarix o‘zi guvoh, shahodat.

Xotirotning do‘stidir yillar,

Minoralar – boqiy riyozat.

 

Lahza – tuynuk mangulik sari,

Vaqelikka qora tun – g‘ilof.

Imkon yo‘qdir imkondan nari –

E’tiqodga emasdir xilof.

 

Tong siylagay yuzin muztarning,

Sardaftarin varaqlar quyosh.

Kosib, kulol va chilangarni –

Alqagaydir bo‘ronlar dildosh –

 

Tutqich bermas zamonlar zayli –

Boshlar uzra tafakkur bayroq –

Ko‘ngil – bog‘bon, tuyg‘ular sayli –

“Lazgi” – raqqos qo‘lida qayroq –

 

Po‘rtanalar tilida takror –

Tiriklikka yo‘qdir ishtiboh.

Yurak bilsang mukammal iqror

Barchasiga o‘tmishdir guvoh.

 

Zamin, osmon – moziy doyasi,

Ehtiyojlar onasi tugal.

To bor ekan ilm sarmoyasi –

Yechiladi har qanday chigal.

 

…Vaqt daraxtin po‘stidir yillar,

Tarix o‘zi guvoh, shahodat.

Xotirotning do‘stidir yillar,

Minoralar – boqiy riyozat.

 

 

MUZeYDA

 

Vaqt to‘xtab qolmagan bunda,

Bu joy oddiy manzildir, xolos.

Milyard yoshli oq soch ochunda

Buyumlar bor mangulikka mos.

 

Kunlar bejab qo‘yar ta’rifin,

Xotirot bor – sarhadsiz ummon.

Bunyodkor xalq ulug‘ tarixin,

Kelajakka yetkazgay omon.

* * *

                                    Akmal NURGA

 

  1. Zamin… Quyosh… Keng osmon…

Ikki vujud – ikki jon.

Hayot – azaldan tirik,

O‘rtada tuyg‘u – shamdon.

 

Ziyosida kelajak,

Orzularga to‘lajak

Qarshingizda ming yillik

Asrlari kulajak.

 

Kapalaklar qanoti,

Zil armonlar hayoti.

Boshlanadi ishq bilan

Insoniyat bayoti.

 

Bir boqsang dil – xarsangtosh,

Ki undan oqar ko‘z yosh.

Quyoshdan keyingi ishq,

Ishqdan keyingi quyosh.

 

…Zamin… Quyosh… Keng osmon…

Ikki vujud – bitta jon.

Hayot – nur bilan tirik,

O‘rtada tuyg‘u – shamdon.

 

  1. Musavvirlar almashaverar,

Almashadi qil qalamlar ham.

Uyg‘oq ranglar tashlanaverar,

Ular rizqi orzu bilan jon.

 

Olis tarix, moziylar mushki,

Bulutlarki oqar rangsiz, sur.

Tinch qo‘ymagay kamalak ishqi,

Kamoliddin Behzod, Akmal Nur.

 

Zabt aylagay ko‘ngilni, ko‘shkni,

Qilqalamdan silqigan navo.

Gul-muhabbat tuhfasi – mushkni,

Kelajakka yo‘llaydi havo.

* * *

So‘z shaklida ko‘rinar dunyo –

Mantiq, to‘xtam, tinish belgisi.

Sochilgani sari nur, ziyo,

Munofiqning qistar kulgisi.

 

Tog‘u toshda, cho‘lu sahroda

Hayotga boq – chayir hikmat jam –

Asrlardan kelar piyoda

Kitoblarki buyuk, muhtasham.

 

Odamzodga emas ilova,

Daholarim – asl iymon, nur.

Hamon sobit minor, sardoba –

Baxtimizga bor bo‘l, tafakkur.

 

 

* * *

Unutilgan umrmi – sandon,

Taqdirmi bu yo achchiq – tiziq.

Imkonlardan tashqari imkon –

Peshonaga tortilgan chiziq.

 

Vujud aro musofir tuyg‘u,

Qay eshikka urayotir bosh.

Qizg‘ish shamol – ufqdan burg‘u –

Sahrolarni to‘zg‘itgan bardosh.

 

…Ko‘ngil – ummon, tunlar – xo‘rsiniq,

Qizg‘aldoqlar – shafaq elchisi.

Oy o‘rog‘i bunchalar yoniq,

Qaydan kelmish rayhonlar isi…

 

Uzrlardan qavargan tilmi,

Tovonlardan zada uzun yo‘l.

O‘rtar axir, ozurda dilni

Sandonlarga berayotgan qo‘l…

 

* * *

Tabiatning o‘zi buyuk musavvir,

Zumda ilg‘ab olar har tovush, unni.

Chiltor, qilqalamda etadi tasvir –

Yomg‘ir shiviriga belangan tunni.

 

Nafasida hayot, ohlarida kuy,

Odam nigohiga mushtoqdir juda.

Ming bir tus ranglarni qalbing bilan tuy,

Bekanor bo‘ronlar tortar osuda.

 

Qanotlari horg‘in har bitta damga

Chashma, buloqlardan suv keltiradi.

To‘rt tomondan ko‘zgu tutib odamga –

O‘zini o‘ziga tanishtiradi.

 

Ko‘pirgan hadiklar iskanjasida

Qamaldan chiqolmay halakdir vujud.

Ne tong, odamzodning besh panjasidan –

Bunyodkorlik balqir, barqaror subut.

 

Men ham tabiatning bitta zarrasi,

Har lahza u bilan olaman nafas.

O‘tkir shu’lalarning tig‘i, marrasin

Ko‘zlaydi ko‘ksimdan o‘rlagan havas.

 

…Unutmayman asal to tanda jon bor –

Abadiyat sari ketgan nur – yo‘lin –

Asrlarki dadil tutgancha chiltor,

Hamon qilqalamga uzalgan qo‘lni…

 

 

* * *

…Senga taskin parcha oq bulut,

Vujudingda iznsiz titroq,

Darz ketmagan shishaday subut,

O‘t yoqishga ulgurmas chaqmoq.

 

…Xayollar-ku, azaliy, barhaq,

Tuyg‘usizlik baridan qiyin.

Kim kuzatar bulutni ilhaq,

Kim she’r yozar ming yildan keyin.

 

* * *

Qizilqum komiga tortgan karvonlar,

Chirchirak bo‘lgandir sanoqsiz ovul.

Barxanlar – ufqqa ketgan narvonlar,

Afsonalar so‘ylar har tun saksovul.

 

Daryolardan olis, xayoldan xoli,

Tilloga aylanib, chorlagan sarob.

Boylik vasvasasin ayanch ahvoli –

Nom-nishonsiz ketgan – yo‘q xoki turob.

 

Kimni yo‘ldan urgan shaytoni lain,

Bobolar jadvallar tuzgan mukammal.

Bani bashar yo‘ldan ozgani sayin

Dorolarga bu joy ko‘ringan zarhal.

 

Avloddan avlodga o‘tgan ertaklar,

Zulm-istibdodning zanjirlarida.

Odamzodni doim qancha ermaklar,

Pahlavonlar hanuz yerning qa’rida.

 

Tuzumlar… Tizimlar… Amirlar… Shohlar,

Ne-ne xufyalarning olgan jonini.

Xiyonat, la’natlar, chekilgan ohlar,

Vaqt sanab ulgurmas ustixonini…

 

Zamonlar shiddati bilmagay tinim,

Millat orzulari topmagay zavol.

Kunlar tartibiga qo‘yilar o‘ktam,

Oltin haqidagi azaliy savol.

 

…Yorug‘ kelajakka chorlagan tole –

Chekimga tushgansan – mangu mahrimsan!

Xalqlar do‘stligining metin timsoli –

Noyob kombinatim – cheksiz faxrimsan!..

 

 

* * *

Falaklarda qarsillar chaqmoq,

Borliq yana kelar jumbushga.

Qir poyida chechaklar bodroq,

Oq o‘riklar kirgaydir tushga.

 

Bu dunyoga bir layli nahor –

Behudaga kelmaganimni…

Boshim silab qadrdon bahor,

O‘rgatadi bilmaganimni…

 

* * *

…Quyunlarda sarob chirpirak,

Muarrixlar qoladi dog‘da.

Ufq ortida yangrar guldurak,

Bulutlar hech kutmagan chog‘da.

 

…Qora oqshom – nasiyasiz baqqol

Tinglamaydi kunlar arzini.

Ko‘ngil bilan ko‘rasan yaqqol,

To‘lin oyning yoriq – darzini.

 

…Ruhiyating elitar uyqu,

Ajratolmay qolasan rangni.

Ulashasan barchaga ulgu –

Tong atalmish oliy jarangni.

 

…Fasllarning farqi yo‘q, balki –

Ko‘ksing aro titragan purg‘am –

Oniy lahza ketadi qalqib –

Oltin kuzmi va yoki ko‘klam.

 

…Minorlardan silqigan surur –

Oralaydi bog‘ni, gulshanni.

Dov-daraxtlar bari bo‘lib jo‘r

Kuylamoqqa boshlar Vatanni…

 

 

 

ULAR SURAT EMAS…

 

Fotograf Abdug‘ani Jumayev

 ustaxonasida

 

…Hayitgul dashtidan esgan shabada,

Tortqilab o‘ynaydi guldor pardani.

Yangi ming yillikka – sirli saboda –

Uchtut yengib o‘tgan ne-ne zarbani.

 

…Chingiz Ahmarov bu… yetti go‘zal – ishq –

Nigohi moybo‘yoq matoda qopmish.

Mirzo Ulug‘bekka sanchilgan qilich –

Odil Yoqubovning ko‘ksiga botmish.

 

…Uzlatga chekingan xokisor Orol,

Balchig‘idan qolgan tuproq ko‘mgan to‘r.

Berdaq maqbarasi shafaqlarday ol,

Xalqim ko‘z yoshidan zamin topgan sho‘r.

 

…Tog‘lar o‘ngo‘rida qorlar, na’matak,

Toshkent bog‘larida avjlanar bazm.

Bolalar davrasi… Totli sumalak,

Karnay-surnaylarda azaliy nazm.

 

…Hu oppoq bulutga orzu ortilgan,

Izlaganin topgan Bahodir Yo‘ldosh.

Ufqdan ufqqa tarang tortilgan –

Kamalakdan chiqqan Akmal Nur – qo‘ldosh

 

…Qizilqum bag‘rida yurgan har odam,

Zavra onamizday dilda sof niyat.

Gurlovuqda o‘sgan yovvoyi bodom,

Har tong tilar Sizga a’lo kayfiyat.

 

…Sarmishsoydan azal moziyni izla,

Vujudingga titroq – chaqmoq o‘rmalar.

Ular surat emas, ummonlar uzra,

Mangulik safarga chiqqan kemalar…

* * *

Vaqt daraxtin po‘stidir yillar,

Tarix o‘zi guvoh, shahodat.

Xotirotning do‘stidir yillar,

Minoralar – boqiy riyozat.

 

Lahza – tuynuk mangulik sari,

Vaqelikka qora tun – g‘ilof.

Imkon yo‘qdir imkondan nari –

E’tiqodga emasdir xilof.

 

Tong siylagay yuzin muztarning,

Sardaftarin varaqlar quyosh.

Kosib, kulol va chilangarni –

Alqagaydir bo‘ronlar dildosh –

 

Tutqich bermas zamonlar zayli –

Boshlar uzra tafakkur bayroq –

Ko‘ngil – bog‘bon, tuyg‘ular sayli –

“Lazgi” – raqqos qo‘lida qayroq –

 

Po‘rtanalar tilida takror –

Tiriklikka yo‘qdir ishtiboh.

Yurak bilsang mukammal iqror

Barchasiga o‘tmishdir guvoh.

 

Zamin, osmon – moziy doyasi,

Ehtiyojlar onasi tugal.

To bor ekan ilm sarmoyasi –

Yechiladi har qanday chigal.

 

…Vaqt daraxtin po‘stidir yillar,

Tarix o‘zi guvoh, shahodat.

Xotirotning do‘stidir yillar,

Minoralar – boqiy riyozat.

 

 

MUZeYDA

 

Vaqt to‘xtab qolmagan bunda,

Bu joy oddiy manzildir, xolos.

Milyard yoshli oq soch ochunda

Buyumlar bor mangulikka mos.

 

Kunlar bejab qo‘yar ta’rifin,

Xotirot bor – sarhadsiz ummon.

Bunyodkor xalq ulug‘ tarixin,

Kelajakka yetkazgay omon.

* * *

                                    Akmal NURGA

 

  1. Zamin… Quyosh… Keng osmon…

Ikki vujud – ikki jon.

Hayot – azaldan tirik,

O‘rtada tuyg‘u – shamdon.

 

Ziyosida kelajak,

Orzularga to‘lajak

Qarshingizda ming yillik

Asrlari kulajak.

 

Kapalaklar qanoti,

Zil armonlar hayoti.

Boshlanadi ishq bilan

Insoniyat bayoti.

 

Bir boqsang dil – xarsangtosh,

Ki undan oqar ko‘z yosh.

Quyoshdan keyingi ishq,

Ishqdan keyingi quyosh.

 

…Zamin… Quyosh… Keng osmon…

Ikki vujud – bitta jon.

Hayot – nur bilan tirik,

O‘rtada tuyg‘u – shamdon.

 

  1. Musavvirlar almashaverar,

Almashadi qil qalamlar ham.

Uyg‘oq ranglar tashlanaverar,

Ular rizqi orzu bilan jon.

 

Olis tarix, moziylar mushki,

Bulutlarki oqar rangsiz, sur.

Tinch qo‘ymagay kamalak ishqi,

Kamoliddin Behzod, Akmal Nur.

 

Zabt aylagay ko‘ngilni, ko‘shkni,

Qilqalamdan silqigan navo.

Gul-muhabbat tuhfasi – mushkni,

Kelajakka yo‘llaydi havo.

* * *

So‘z shaklida ko‘rinar dunyo –

Mantiq, to‘xtam, tinish belgisi.

Sochilgani sari nur, ziyo,

Munofiqning qistar kulgisi.

 

Tog‘u toshda, cho‘lu sahroda

Hayotga boq – chayir hikmat jam –

Asrlardan kelar piyoda

Kitoblarki buyuk, muhtasham.

 

Odamzodga emas ilova,

Daholarim – asl iymon, nur.

Hamon sobit minor, sardoba –

Baxtimizga bor bo‘l, tafakkur.

 

 

* * *

Unutilgan umrmi – sandon,

Taqdirmi bu yo achchiq – tiziq.

Imkonlardan tashqari imkon –

Peshonaga tortilgan chiziq.

 

Vujud aro musofir tuyg‘u,

Qay eshikka urayotir bosh.

Qizg‘ish shamol – ufqdan burg‘u –

Sahrolarni to‘zg‘itgan bardosh.

 

…Ko‘ngil – ummon, tunlar – xo‘rsiniq,

Qizg‘aldoqlar – shafaq elchisi.

Oy o‘rog‘i bunchalar yoniq,

Qaydan kelmish rayhonlar isi…

 

Uzrlardan qavargan tilmi,

Tovonlardan zada uzun yo‘l.

O‘rtar axir, ozurda dilni

Sandonlarga berayotgan qo‘l…

 

* * *

Tabiatning o‘zi buyuk musavvir,

Zumda ilg‘ab olar har tovush, unni.

Chiltor, qilqalamda etadi tasvir –

Yomg‘ir shiviriga belangan tunni.

 

Nafasida hayot, ohlarida kuy,

Odam nigohiga mushtoqdir juda.

Ming bir tus ranglarni qalbing bilan tuy,

Bekanor bo‘ronlar tortar osuda.

 

Qanotlari horg‘in har bitta damga

Chashma, buloqlardan suv keltiradi.

To‘rt tomondan ko‘zgu tutib odamga –

O‘zini o‘ziga tanishtiradi.

 

Ko‘pirgan hadiklar iskanjasida

Qamaldan chiqolmay halakdir vujud.

Ne tong, odamzodning besh panjasidan –

Bunyodkorlik balqir, barqaror subut.

 

Men ham tabiatning bitta zarrasi,

Har lahza u bilan olaman nafas.

O‘tkir shu’lalarning tig‘i, marrasin

Ko‘zlaydi ko‘ksimdan o‘rlagan havas.

 

…Unutmayman asal to tanda jon bor –

Abadiyat sari ketgan nur – yo‘lin –

Asrlarki dadil tutgancha chiltor,

Hamon qilqalamga uzalgan qo‘lni…

 

 

* * *

…Senga taskin parcha oq bulut,

Vujudingda iznsiz titroq,

Darz ketmagan shishaday subut,

O‘t yoqishga ulgurmas chaqmoq.

 

…Xayollar-ku, azaliy, barhaq,

Tuyg‘usizlik baridan qiyin.

Kim kuzatar bulutni ilhaq,

Kim she’r yozar ming yildan keyin.

 

Odil HOTAM

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.