Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusufning bir misrasi izidan
Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tirikligida qanday bölsa, vafotidan keyin ham xalqimizning qalb qörida yaşayapti. Şoirning quyma satrlari şeʼrxonlar qalbiga çuqur naqş bölgan, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz. Çunonçi, “Özbekiston” şeʼri, uning birgina “Rimni alişmasman bedapoyangga” degan misrasini olaylik. Hurmatli öquvçi, misra qatiga yaşiringan maʼno salmoğini his qilişimiz, undan zavq va iftixor tuyuşimiz uçun, avvalo, misra konstruksiyasidagi “aybğina”ni qabul qilib olişimiz, undan yotsiramasligimiz kerakligini aytmoqçiman. “Rimni alişmasman bedapoyangga” misrasida şoirga “tegişli bölgan mulk” Rim emas, balki bedapoya. Şuning uçun ham töğrisi – “Bedapoyani Rimga alişmayman” böladi. Şoir misrada şu maʼnoni közda tutgan. Lekin şeʼr şunday bir alohida olamki, bu olamning öz qonun-qoidalari bor bölib, gohida hayotiy mantiq bilan ziddiyatga ham kirişib turadi. Xuddi şu misradagi kabi. Şoir şeʼrdagi inversiya hodisasining intizomiga böysinadi. Böysinişga majbur böladi. Inversiya (sözlarning örin almaşişi) şeʼrda alohida örin tutadi. U şeʼrning ritmika, mantiq va urğusini belgilab beradi. Ustiga ustak, qofiya degan öjar badiiy vosita borki, natijada şoir ayrim ğalizliklarga yöl qöyişdan şeʼrni qutqarolmay qoladi: “Rimni alişmasman bedapoyangga”. Bu misraning töğri maʼnosi bağri keng öquvçi uçun umumiy matndan anglaşilib turaveradi. Şunday emasmi?.. Agar buni qabul qilgan bölsak, asosiy gapimizga ötsak ham bölaveradi…
Xullas, bir neça yil muqaddam kamina yozuvçi Asad Dilmurod va şoir Ikrom Otamurod bilan birga vodiyga safar qilgan edim. Şunda mezbonlik maqomidan foydalanib, Mingtepani özbekning bir şoiriyu bir nosiriga körsatgan, köhna tepaliklar ustiga ularni taklif qilgandim. Söng uçovlon bir-birimizga yordam bergan köyi tepaliklardan birining ustiga kötarilgan edik. Qatorlaşib turgan önlab tepaliklar örtasida bedapoya yastanib yotardi. Muhammad Yusuf juda baland pardalarda kuylagan öşa bedapoya! Xayolimga birdan şoirning öşa maşhur misrasi keldi: «Rimni alişmasman bedapoyangga!» Şeʼrni öqigan, eşitgan ayrim odamlarning xayolidan: “Ola-a, Vatanni seviş ham evi bilan-da! Özingnikini uluğlayman deb özganikini yerga uriş yaxşimas. Rim qayda-yu, sening bedapoyang qayda!” degan öy keçişi mumkin va bu tabiiy, albatta. (“Barça yöllar Rimga olib boradi” degan qadimiy gapning zimnida ham bu şaharning dunyo tamadduni tarixida neçoğlik yuksak örin tutganligi körinadi, axir!) Hatto hozir sizga ilinib turganlarimni ustozimiz, professor Umarali aka Normatovga aytib berganimda, u kişi ham “Şunga yaqin öylarni men ham öylagandim, baxtni qarangki, şoir oşirib yubormagan ekan”, deya şeʼrni ilk bor öqiganida könglidan keçganlarini suhbat asnosida samimiy eʼtirof etdi. Xöş, gap nima haqida? Gap şoir tarannum etgan öşa bedapoyaning oddiy bedapoya emasligida! (Oddiy bölganda ham şoir uni Rimga baribir alişmasdi!) Balki butun boşli xazina ekanligida! Xazina bölganda ham yoşi Rimning yoşidan bir neça asr katta xazina! Demak, hammasini bir boşdan sözlab berişim kerak ekanmi? Unda eşiting.
Yaqinda Marhamatdan Ortiqali aka Husanov Toşkentga keldi. U kişi tumandagi “Turon” öquv markazining direktori, yurtimizning ulkan qalbli ziyolisi, çinakam jonkuyarlaridan. U kişi şarafli bir vazifani – qadim Mingtepa (hozirgi Marhamat)ni ölkamizning ziyoratgohlaridan biriga aylantirişdek ulkan rejani amalga oşirayotgan fidoyi insonlardan vakil sifatida poytaxtga taşrif buyurgan edi. Ortiqali aka “Diyor” telekanali orqali Mingtepada Özbekiston va Xitoy olimlari hamkorligida olib borilayotgan arxeologik qazişmalarning dastlabki natijalari haqida sözlab, jumladan, şunday dedi: “Marhamat tumanidagi Mingtepa arxeologik yodgorligi haqida butun dunyo qadimşunoslari yaxşi biladilar. Çunki uşbu yodgorlik qariyb ikki yarim ming yillik tarixga ega olis moziydan guvohlik beruvçi, YUNESKO röyxatiga kiritilgan bebaho osori atiqadir”.
Gap şundaki, qazişmalar aynan Mingtepa (Marhamat)da joylaşgan va Muhammad Yusuf kuylagan bedapoya hududida amalga oşirilayotgan bölib, u yerdan kovlab olinayotgan topilmalar miloddan oldingi V va IV asrlarga oidlikdan boşlanar ekan (xitoyliklar uni VI va V asrlarga tegişli deyişmoqda, deydi Ortiqali aka). Tarixdan maʼlumki, Rim madaniyati Yunon madaniyatidan keyin, Miloddan avvalgi III va II asrlarda kamol topa boşlagan. Bedapoya ostida noyob xazina yangliğ kömilib yotgan şahar – Marhamat – Mingtepa – Erşining yoşi Rimnikidan kamida 100-200-yil, hatto yanada uluğroqdir. (Çunki topilmalarning yoşi 2500-yil bölgandan keyin, ularning barpo bölişiga qadar qança vaqt ötgan ekan? Axir, yonimizdagi Öşning yoşini qirğiz birodarlarimiz 3000-yil deya nişonlaganiga neça yil böldi. Qadim Mingtepa – Erşi katta şahar bölib dong taratgan vaqtlarda Öş uning yonida kiçikroq şahar bölgan degan taxminlar rost bölsa, Mingtepaning yoşini neça yil deb belgilaş jasur olimlarimizning himmatlariga boğliq bölib qoladi. Albatta, bu yerda asosiy masala himmat emas, balki tarixiy faktlar, dalillar va isbotlardir). Mingtepa haqida “Özbekiston-Xitoy qöşma kompleks xalqaro ekspeditsiyasi rahbari, ÖzR FA Arxeologiya instituti bölim mudiri, tarix fanlari doktori, professor Boqijon Matboboyev, Xitoy tomonidan ekspeditsiya rahbari, professor Dju Yangşi, Andijon DU katta öqituvçisi A.Mirzayev, ÖzR FA Arxeologiya instituti ilmiy xodimi X.Hoşimovlar qazişma natijalarida şunday yozadi: “Mingtepa şahar xarobasi 200 gektar maydonni (içki va taşqi şaharlar) egallagan bölib, Markaziy Osiyo antik davrining (miloddan avvalgi V – milodning IV-V asrlari) yirik va muhim arxeologiya yodgorligidir». Xöş, Mingtepaning ötmişi haqida nimalarni bilamiz? Olimlar aytadiki, qadim xitoy manbalari Mingtepaning Dovon yoki Davan davlatining poytaxti bölganidan guvohlik beradi. Dovon “kosa” degan maʼnoni bildirar ekan. Qadimgi turkiyçadagi maʼnosi esa “juda çiroyli, xuşmanzara joy”dir. Boş şahrining nomi Erşi bölib, ayrim olimlarning uqtirişiça, qadimgi turkiyda “er” katta, “şi” toş, yaʼni “katta toş” degan maʼnoni anglatadi. (Boşqa olimlar esa Erşi “Uraşt” degan şaharning xitoyça talaffuzidan (transkripsiyasidan) kelib çiqqan degan versiyani ilgari surişadi. Masalan: A. N. Bernştam 1948-yildagi “Aravon toği çizma tasvirlari va Dovon (Fağona) poytaxti Erşi” nomli ilmiy maqolasida yozadi: “Kitayskaya transkripsiya Erşi, nesomnenno, variant odnogo i togo je nazvaniya – Uraşt. …он может быть локализован только в определенном месте, т. ye. otojdestvlen s Marxamatskimi razvalinami”…). Hatto Marhamatdagi arxeologik qazişmalarga qadar Erşining qayerda joylaşganiga doir qaraşlar turliça bölgan. Qazişmalar köp narsaga oydinlik kiritib borayapti). Erşi Dovon davlatining poytaxti hisoblangan. Mamlakat şu yerdan turib boşqarilgan. Erşi (Mingtepa) qadimda mingga yaqin tepaliklardan iborat bölib, içki şahar qalʼasi devoridagi tepaliklarga aylangan 64 ta minoradan hozirgi kunda 52 tasi saqlanib qolgan. Bu joy öz vaqtida Markaziy Osiyoni Xitoy bilan boğlagan, 70 ta şaharu viloyatning özaro aloqasini taʼminlagan Buyuk ipak yöli ustida joylaşgan bölib, hunarmandçilik va tijorat gullab-yaşnagan. Uçqur otlar boqilgan. Xitoyliklar aynan şu samoviy otlarga işqiboz bölib, yurtga bostirib kelişadi (miloddan avvalgi II asrda, aniqroği, eramizdan oldingi 104 va 101-yillarda). Bu haqda Mannop Egamberdiyevning “Sariq ajdar hamlasi” degan romani ham bor bölib, asar ötgan asrda çop etilgan, tarixiy asarlar ixlosmandlari tomonidan qiziqiş bilan öqilgan edi. Romanda ajdodlarimizning taşqi duşmanlarga qarşi mardonavor kuraşi aks ettirilgan. Kitob yaqinda ikki jildda (1- jild 2013-yili “Tahdid” va 2-jild 2016-yili “Quviliş” nomlari bilan) töliq qayta naşr etildi. Bularning hammasidan şu narsa ayon bölayaptiki, Mingtepa (hozirda Marhamat, qadimda Erşi) gözal Özbekistonimizning yana bitta qadim madaniyat öçoqlaridan biri bölib, şu yerda tuğilgan şoir Muhammad Yusuf unga tegişli oddiy bir bedapoyani ham bejiz bunçalar uluğlamagan, bu mavzuga bot-bot qaytib, boşqa bir şeʼrida “Mingtepani ataylik öz nomi bilan”, demagan ekan. Çunki şu nom bilan uning qadim şuhrati yanada öziga yaraşib tuşadi, milliy ğurur va iftixor tuyğularini uyğotadi. Axir, şoir qalbi sezuvçan keladi. Taʼbir joiz bölsa, aytay: Gyote savqitabiiy orqali Uran sayyorasini (“Daho isteʼdodlarni qölidan uşlab yuradigan narsa köpinça – intuitsiya. Gyote intuitsiya orqali Uran sayyorasini aytib bergan. Faqat yigirma yildan sönggina boşqa matematik olim buni isbot qilib beradi”, degan edi maʼruzalaridan birida jahon adabiyoti fani öqituvçisi, ustozimiz Talʼat Solihov), uluğ bobomiz Alişer Navoiydek Şarq mumtoz şoirlari uçar gilam yoki oynayi jahon timsolida hozirgi samolyot va televizorni oldindan taxmin qilgan degan qaraşlar bor. Albatta, bularni aynan qabul qilmaslik lozim. Ayni paytda, ijodkor qalbi hassos qalb, unga beparvo qarab ham bölmaydi. Adabiyotşunos Rahimjon Rahmat şoirlarni jamiyatda tutgan örniga köra organizmdagi asab tolalariga öxşatadi. Bularning hammasida jon bor. Lekin ijodkorlarni başoratçiga tenglaştiriş ularga tuhmat qiliş bilan barobardir, deb bilaman men. Şoirlar (umuman, ijodkorlar!) öz savqitabiiylari – intuitsiyalariga (albatta, bilganlaridan kelib çiqib!) tayangan holda u yoki bu masala haqida fikrlar bayon qiladi. Şu xolos. Lekin şuginaning özi juda ulkan hodisa. Zero, öta kuçli intuitsiya haqiqatni tarixlar, yolğonlar va hatto bedapoyalar aro bexato köradi, köra oladi.
Hozirda Mingtepaning öşa bedapoyasida Özbekiston va Xitoy olimlari tomonidan olib borilayotgan arxeologik qazişmalar natijasida butun boşli bir köhna şaharning izlari topilmoqda, deydi Ortiqali aka. Yana aytadiki, Vatanimiz tarixi uçun, kelajak avlod uçun, xalqimizning moddiy va maʼnaviy daromad olişi uçun bu köhna şahar yodgorligining ahamiyati beqiyosdir. Xalqimizni, ayniqsa, yoşlarimizni ötmişimizga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, Özbekistonimizning milliy davlatçilik tarixini örganişga va yoritişga munosib hissa qöşiş, ölkamizga sayyohlarni jalb etiş, viloyatda turizmni rivojlantiriş orqali yangi iş örinlarini yaratiş uçun insoniyat tamaddunining beşiklaridan biri, qadimiy Dovon davlati poytaxti Erşi şahrining qoldiği – Mingtepa tarixiy-meʼmoriy yodgorligining ahamiyati, uni bus-butun saqlaş lozimligi, iqtisodiy va ijtimoiy samarasi, maʼnaviy va maʼrifiy roli töğrisida alohida yetkaziş kerakligi haqida öylasam, hali juda katta işlar oldida turganimizni anglayman…
Darhaqiqat, qölga kiritilayotgan topilmalar orasida islomdan avvalgi, masalan, totemizm (çunonçi, turkiylarning böri kulti bilan boğliq qator topilmalar), zarduştiylik davrlariga oid qimmatli tarixiy anjomlar ham borligi kişini hayratlantiradi. Yer ostida 2400-2500-yildan beri yaşirin yotgan uşbu şahar, umid qilamizki, oçiq muzey sifatida va jahonga köz-köz etiladi hamda özimiz faxr tuyadigan Buxoro, Samarqand, Xiva kabi közmunçoq şaharlardek eʼzoz topadigan tarixiy maskanlardan biriga aylantiriladi. “Rimni alişmasman bedapoyangga…”. Axir, bu bedapoya çindanam oddiy bedapoya emas ekan, uning ostida şunça tarix, şunça xazina bor ekan…
Aytilganlar bir misra ostida yaşiringan moddiy xazina, tarixiy obidalar haqidagi hikoyamiz edi. Endi şeʼrning, öşa birgina misraning xalqimiz maʼnaviy xazinasiga qöşayotgan hissasi haqida eşiting: Muhammad Yusufning 60 yilligi yurtimizda keng nişonlanayotgan kunlarda men köplar qatori Navoiy viloyatiga safarga otlandim. Qor qattiq yoğib, şahar sohir bir sukunatga çömgan, havo muzdek, yöllar ham oynadek yaltirab yotardi. Aeroportga yetib boriş uçun taksi çaqirtirdim. Tonggi 6.00 da maşina yetib keldi. “Yöl bölsin!” dedi yoşi 60 larni qoralagan taksi haydovçisi. “Navoiyga ketyapman”. “Iş bilanmi?” söradi u yana. Men: “Muhammad Yusufga bağişlangan tadbirga boryapman. Taniysizmi şunday şoirni?” deb, közimni oynadan taşqaridagi manzaraga oldim. Qarang, şu gapni aytib nodonlik qilib qöyibman-da! “Fikri-yodi faqat uç-tört söm pul topişdan iborat bu haydovçi amaki şoirni qaydan bilsin?” degandek beparvo qaragandirman-da unga. Haydovçi esa bu öylarim uçun menga yaxşigina tanbeh berdi: kutilmaganda baland, bas ovoz bilan: “Rimni alişmasman bedapoyangga!” deya xitob qilib qolsa böladimi! Söng: “Şoir şu birgina şeʼri bilan, şu bittagina misrasi bilan özbek xalqi qaddini qançalik kötarib qöydi-a! Bölmasa, Rim qayda-yu, bedapoya qayda! Hatto öşa maşhur Rimga bitta bedapoyangni bermayman, deyapti, qarang! Boşqa joyda esa “Parijning eng maşhur restoranlarin Bitta tandiringga alişmasman men”, deydi. Yurtni sevdiriş mana şunaqa böpti. Baʼzan katta-katta mablağlar sarflab ham odamlarga Vatanni bunçalar sevdira olmaysiz. Şoir esa oddiy sözlar bilan Vatanni nimaligi könglingizga osongina joylab qöyadi-ya!” deya şeʼr haqida şunday jöyali mulohazalar aytdiki, baʼzida unvonli, martabali adabiyotşunos olimlardan ham bunday asosli, halol tahlillarni eşitmaysan, kişi. Bu endi öşa birgina – “Rimni alişmasman bedapoyangga” degan misraning xalqimiz qalbida çinakam maʼnaviy xazinaga aylanganligi edi, ha!
Aziz öquvçim, maqolani öqib bölib, menga qarata: “Hoy, munaqqid, andek oşirib yubordingiz, çamasi! Şoir öz Vatanini uluğlaş maqsadida mubolağa sanʼatidan foydalanyapti, xolos. Uning xayoliga siz hozir doston qilgan maʼnolar aslo kelmagan”, deyişingiz mumkin. Töğri, bölişi mumkin, tuşunaman. Lekin siz ham menga tuşuniş közi bilan boqing-da endi! Axir, men ham öşa Mingtepaning bir farzandiman. Bolaligimdan Mingtepaning tarixi haqida köplab afsonalarni eşitib katta bölganman. Otam bolalik çoğlarida Marhamatning markazidan to qişloğimizga qadar poyi piyoda qaytar ekan, yöl böyi baland-baland tepaliklar orasidan kelar edik, deya hali-haligaça eslab turadi. Muhammad Yusuf esa yoş jihatidan mendan katta bölgani bois, ajab emaski, köproq va xöproq eşitgan çiqar (çunki uning yoşligida Mingtepa haqidagi hikoyalarni biladigan keksalar köproq hayot bölgan-da). Eşitganlari yillar mobaynida uning tafakkur va hislariga, tafakkur va hislari esa “Rimni alişmasman bedapoyangga” degan misralarga aylangan bölsa, ajab emas. Natijada bu misra oddiy misraga emas, xuddi bağrida butun boşli xazinani yaşirgan öşa bebaho bedapoya yangliğ oltin misraga aylangandir. Endi, tarix va adabiyotga şunça sayohatdan keyin siz ham mazkur birgina misra zimnida ham moddiy, ham maʼnaviy boylik yotganini inkor qilmang-da!.. Zero, haqiqiy sanʼat asari, uning bir parçasi, haqiqiy şeʼr, uning hatto bittagina misrasi ham milliy va umuminsoniy meros ekaniga şubha yöq. Sevimli va, albatta, omadli şoirimiz Muhammad Yusufning birgina misrasi ostidan mana şunça moddiy va maʼnaviy xazinalar çiqib qoldi. Bu tasodifmi yo boşqa narsa – ajrimi har kimning öziga havola…
Uluğbek HAMDAM
1968-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ni tamomlagan.
“Yolğizlik”, “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” kabi nasriy kitoblari, “Tangriga eltuvçi isyon”, “Atirgul”, “Seni kutdim” kabi şeʼriy töplamlari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


