2 daqiqada öqiladi

160 marta körilgan

Buyuk kelajakning metin poydevori

Faqat, yana şu haqdami, demang.
Töğri, bu mavzu böyiça sönggi paytlarda televideniye, radio, gazeta-jurnallar, jumladan, “Yoşlik”da ham tinimsiz çiqişlar, muhokamalar bölyapti. Çunki undan ança uzoqlaşib qolgan edik. Ayniqsa, yoşlarimiz…
Ha, yana kitobxonlik, mutolaa tarğiboti böyiça fikrlaşmoqçimiz.
Bu – eng muhim masalalar qatorida turadigan dolzarb mavzu.
Prezidentimiz har qanday baloyu qazodan bizni faqat maʼrifat – kitob qutqarişi töğrisida bot-bot gapirarkan, bu masala qançalar ulkan ahamiyatga ega ekanini bor salmoği, qamrovi bilan bizga tuşuntirişni, ongimizning eng olis nuqtalarigaça yetkazişni istayaptilar.
Çunki kitobga ommaviy qaytişimizga hali umid bor.
Çunki ota-bobolarimiz azal-azaldan kitobxon ötişgan.
Çunki bu masalaga eʼtibor berilgan yerlarda hali ham kitobsevar yoşlar, odamlar köpçilikni taşkil qiladi.
Bir guruh şoiru yozuvçilar, sanʼatimiz vakillari bilan birgalikda “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” şiori ostida viloyatlarda böldik. Safar davomidagi juda köp manzaralar, taassurotlar bir umrga qalbimizga, xotiramizga muhrlanib qoldi. Jumladan, Kattaqörğon şahridagi 2-örta maktabda bölib ötgan uçraşuv. Özbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova öquvçilarni bir sinovdan ötkazmoqçi böldi: sahnadan pastga tuşib, bolalar orasiga kirib, ularni adabiyot, tarix fanidan jonli imtihon qildi. Oçiği, qöl kötarib, javob berişga navbat talaşgan öğil-qizlarni körib hayratimiz oşdi. Holbuki, savollar unçalik oson emas edi. Darsdan taşqari mutolaa böyiça berilgan savollar ham talaş bölib ketdi!
Qöl kötarib, navbat tegmagan bolalarning xafa bölganini körib biz xursand böldik!
El suygan sanʼatkorimizning “Sizdek bilimdon, kitobni yaxşi köradigan öğil-qizlarga Toşkentdagi öquvçilar ham havas qilsa arziydi” degan sözlari şunçaki lutf emas edi.
Bexosdan poytaxtdagi maktablardan birida bölgan ijodiy uçraşuv yodimizga tuşdi. Kitobxonlikka bağişlangan tadbirni olib borayotgan boşlovçi öquvçilar “kitobxon” sözini hadeb “kutubxon” tarzida aytavergaç, yonimizda ötirgan xalq taʼlimi bölimidan kelgan vakil xijolat bölib, tadbir masʼullaridan biriga: “Ayting, bolalar “kitobxon” sözini töğrilab aytişsin”, dedi. Ammo masʼul öqituvçi bunga eʼtibor bermadi: yo u öquvçilarining xatosi nima ekanini tuşunmadi, yoki buni arzimas nuqson deb öyladi.
Ha, hamma gap – eʼtiborda: ota-ona, maktab, mahalla-köydagi muhitda.
Yana bir hayotiy voqea: adabiyot muallimi “Kimki Abdulla Qodiriyning “Ötgan kunlar” asarini töliq öqib kelmasa, yakuniy bahoni ololmaydi” debdi. Aksar öquvçilar tirişib, asarni öqib çiqibdi. Ammo savol-javob çoği bir öquvçi ustoziga keskin ohangda: “Bunday qilişga haqqingiz yöq! Siz faqat darslik böyiça baho qöyişingiz şart!” deb haq talaşibdi.
“Ha, endi buyam öquvçining bir fikri-da” deyişingiz mumkin. Ammo, fojea şundaki, u özining emas, ota-onasining fikrini, eʼtirozini aytayotgan edi!
Agar ota-ona farzandini kitobdan qaytarsa, kitobxonlikni tarğib qilayotgan ustozi bilan jangga kirişsa, bu yoğini özingiz tasavvur qilavering.
Xudoga şukr, mamlakatimiz böylab ötayotgan turli-tuman tadbirlarda qatnaşarkanmiz, eng çekka hududlarda ham bilimdon, közidan öt çaqnab turgan, qölidan kitob tuşmaydigan bolalarni köp köryapmiz. Umidimiz – şular. Bugun yurtimizda bölayotgan kitobxonlik tarğiboti birinçi galda ularning ongu şuuri, könglidagi maʼrifat nihollarini suğoryapti. Ularning mevasini birgalikda tatiymiz.
Ha, buyuk kelajagimizning poydevorida kitob turarkan, u mangu poydor böladi: heç qanday silkinişu tebranişlar unga kor qilmaydi…

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)