Ustoz-şogirdlik.
Ham mehr, ham mahorat riştalarini boğlaydigan qutluğ anʼana. Har bir işda avlodlar davomiyligini taʼminlaydigan, sohaning bor yutuqlarini kelajak sari eltuvçi köprik.
“Ustoz otangdan uluğ” deyiladi xalq naqlida, endi uni “otangday” deb töğrilamoqçi bölyapmiz, aslida maqol mubolağasi bilan gözal, qolaversa, otalar ham taʼlim-tarbiya beruvçi ustozlarning özlaridan baland qöyilişiga qarşi emas. Axir, farzandini ustoz qöliga topşirayotib: “Eti – sizniki, suyagi – bizniki”, degan ham ularning özlari.
Ustoz mavqeini baland olgan, ularni uluğlagan maqolu naqllarimiz talaygina.
Ustoz-şogirdlik. Bu ezgu hamkorlik har sohada öziga xos keçadi. Jumladan, adabiyotda ustoz-şogird munosabatlari nihoyatda nozik, köz ilğamas holda röy beradi.
Yoş qalamkaş öziga ruhan yaqin bölgan tajribali adibning etagini tutadi, ammo u yozayotgan çoğida, boşida ustozi turib olib, qanday qofiya tizişu qanday jumla tuzişni körsatib turmaydi – söz ahlining işi naqqoşu zargarnikidan ham nozikroq: yolğiz holda, maxfiy ravişda sodir böladi.
Boşqa bir yoş şoir esa umrida biror marta uçraşmagan, hatto bu dunyodan qaçonlardir ötib ketgan ijodkorni öziga ustoz deb biladi. Uning asarlarini öqib, qanday yoziş va qanday yaşaş kerakligini örganadi.
Adabiyotda ustoz şogirdiga qilişi mumkin bölgan eng katta yaxşilik – eʼtibor, yaʼni yoş qalbning oçilişiga, özini namoyon qilişiga yordam beriş, uni maʼnan qöllab-quvvatlaşdir. Agar çinakam isteʼdod bölsa, uning tiynatidagi mittigina çöğ ustozlar eʼtibori tufayli gurillab, közni qamaştiradigan katta yolqinga aylanadi.
Isteʼdod egalariga yordam beriş kerak, isteʼdodsizlar esa öz yölini topib ketadi, degan gap – qançalik ğalati tuyulmasin – töğri. Isteʼdodsiz özini ming köçaga urişi mumkin, ammo isteʼdodlining yöli bitta – heç narsaga çalğimasdan, öz qobiliyatini yuzaga çiqariş. Çalğimaslik uçun esa, şubhasiz, fidoyi ustozning ğamxörligi, qöllab-quvvatlaşi zarur.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va “Ijod” jamoat fondi tomonidan yoş ijodkorlarning ilk töplamlari çop etilayotgani bejiz emas. “Isteʼdod maktabi” anʼanaviy seminari ham isteʼdodli yoş qalamkaşlarni tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega bölyapti.
Bu yilgi seminar 5-7 iyul kunlari Zomin tumanining sölim “Öriklisoy” oromgohida ötadi. Bu adabiyot bayramining kattayu kiçik ijodkorlar uçun birday foydali bölişiga şubhamiz yöq. Eng muhimi, ustozlar özlariga munosib şogird, şogirdlar özlariga mehribon ustoz topadi, deb işonamiz.
Ustozlarga ham, şogirdlarga ham yangi tanişuvlar muborak bölsin!
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

