Sirojiddin SAYYID,
Özbekiston xalq şoiri
Biz Navoiy bobomiz başorat etgan nafis va gözal adabiyot majlislariga rostakamiga şu maʼvoda guvoh böldik. Hali maktab partasida ötirgan çoğlarimizda ustoz Hamid Olimjonning “Bunda bulbul kitob öqiydi” satrlari mazmunini ilğamasdan, fahmiga yetmay yurgan ekanmiz. Bulbullarning hayot va yoşlik naşidasidan zavqqa tölib, “çah-çah” aylab kitob öqişlariyu şeʼr aytişlarini biz jannatmonand şu göşada öz közimiz bilan kördik. Yoş yuraklarga Zominsoyning toşqin mavjlari bilan tölqinlanib kirguvçi, Öriklisoyning tonggi sabolari bilan şaydo köngillarni jonbaxş nasimlarga töldirguvçi betimsol va betakror bu toğu toşlarning har giyoh, har maysasidan Vatan isi anqiydi. Ona yurtning, aziz va tabarruk tuproqning böy-iforlari qalblarni, tuyğularni yuksakka kötaradi. Inson köksi bu yerda osmonga aylanadi. Yoş köngillar Vatan darsini, insoniylik va mehru sadoqat saboqlarini şundan örganadilar.
Endi aytiş mumkinki, Zomin seminarlari öz nomi va darajasi, mavqei va nufuzi bilan dong taratgan bir paytda sobiq ittifoqning biror bir respublikasida – na Boltiqböyi va na Rossiya, na arman diyori va na turkman elida – boşqa biror bir mamlakatda yoş ijodkorlarning bunga öxşaş davlat miqyosida katta mehr va eʼtibor bilan taşkil etilgan keng kölamli ijodiy anjumanlari yöq edi. Bu muhtaşam anjumanning yana iş boşlayotganidan barçamiz mamnunmiz.
Iqbol Mirzo,
Özbekiston xalq şoiri
Yoş ijodkor juda köp kitob öqişi mumkin. Undan öziga yaraşa saboq, bilim oladi. Lekin bitta yetuk şoir yoki yozuvçining suhbatida böliş unga yuzta kitob öqiganidan köproq narsa beradi. Hatto dunyoqaraşini özgartirib, ijod imkoniyatlarini oçib yuborişi heç gap emas. Zomin seminari yoşlar uçun ana şunday katta maktab bölgandi. Bunday seminarlarda ijodga endi qadam qöygan yoki bir qadar tanilib qolgan qalamkaşlar Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva kabi ustozlar bilan muloqot qiliş, yaqindan tanişiş, özini tanitiş imkoniga ega bölardi.
Men Zomin seminariga 1998-yili televideniye muxbiri sifatida borganman. Muhammad aka qöyarda-qöymay ustozlar ötirgan ötovga boşlab kirgani, u yerda hayajon bilan “Qulunlar” degan şeʼrimni öqiganim bir umrga tatigulik esdalik bölib qolgan.
Ahmadjon Meliboyev,
adib
Zomin seminari yoşlar örtasida şeʼriyat rivojlanişiga, adabiyotni tuşuniş qobiliyati şakllanişiga katta turtki berdi.
Şaharda bir xil manzara va holatlar içida yaşab yurgan yoş qalamkaşlar birdan toğu toş va kengliklarga çiqdi, ustozlarning eʼtibori va mehrini his qildi. Bu ularning ijodida jiddiy özgarişlar, yangilanişlar yasadi. Seminarga borganlarning juda köpi öşa yerning özida birdan yozişga tuşib ketgani, çiroyli şeʼrlar bitganiga guvoh bölganman. Masalan, bir gal Risliğoy Hotamova degan şoira qizimiz bir kunning özida şeʼriy guldasta tayyorladi. Bu şeʼrlar tez orada televideniyeda ham berildi.
Seminarlar ikkita muhim jihati bilan ahamiyatli böldi: avvalo, biz –
ustozlar yoşlarni kaşf etdik, undan ham muhimroği esa, yoşlar özlarini özlari kaşf etdi. Turli viloyatlardan kelgan, iqtidori va mahorat darajasi turliça bölgan yoş ijodkorlar bir-biridan örgandi, rang oldi.
Gözal tabiat, musaffolik, yaydoq yalangliklar, keçalari gulxan atrofida böladigan suhbatlar yoş köngillarni beqiyos tölqinlantirgani aniq. Biz yoşi kattalar bundagi sehrni, pafosni his qilavermaymiz, örganib qolganmiz. Lekin özining bahorini yaşayotgan köngil hamma-hammasini juda teran tuyadi. Seminardan qaytişda ular boşqa odamga, boşqa ijodkorga aylanadi, desam mubolağa bölmaydi.
Zomindagi kabi seminarlar yoş ijodkorlarga faqat va faqat ijobiy taʼsir körsatadi. Qatnaşganlarning hammasi ham katta şoir yoki yozuvçi bölib ketmasligi mumkin. Lekin adabiyotni, sözni tuşunadigan, ijod va ijodkorni hurmat qiladigan yaxşi inson bölib şakllanadi. Şunday ekan, qayta tiklanayotgan Zomin seminarini quvonç bilan kutib olaman, u sabab yangi-yangi isteʼdodlar köz oçişiga, yuzaga çiqişiga tilakdoşman.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


