Yoşlar davrasiga kirişni, bahsu munozaralarida iştirok etişni, hatto ularning izi, yonboşida yurib kuzatişni yaxşi köraman. Şu kunlardagi kuzatişlarimdan bilyapmanki, yigit-qizlarimizning qadamlari yana ham şaxdamlaşib, ovozlari jaranglab qolgandek. Axir, ularning közlari çaqnamay, kimniki çaqnasin? Axir, yana kimning köksida çaqmoqlar çaqib, yuragi otaşlansin? “Yoşlar” degan bir faslni bildiruvçi nomlarining yoniga “Özbekiston” degan Vatan nomi qöşilgan bölsa… Endi ularning safi uluğvor, salobatli, körkam bir nom “Özbekiston yoşlar ittifoqi” deb ataladigan bölsa, yigit-qizlarimiz faxru ğururga tölmay, kim tölsin?
Ismi yoniga “Özbekiston” qöşilganda, nimalar, kimlar balandlab, şonlanib, şavkatlanib ketmaydi, deysiz?!
Vatan, xalq taqdirida şunday voqealar böladiki, aytgan sayin aytging, eşitgan sayin eşitging keladi. Bizningça, 30 iyun kuni mamlakatimiz Prezidenti bilan Toşkentdagi Simpoziumlar saroyida uçraşuvdan söng, ularning mehr-muhabbatga, qadrga yöğrilgan maʼruzalarini eşitgandan keyin yoşlarimiz hali-hanuz öşa olamda yaşaşyapti. Mana, Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi “Sarvinoz Sobirjonovna fayzi” fermer xöjaligi rahbari, yoş fermer singlimiz Sarvinoz Şokirovaning gaplarini eşiting:
“… Tarixiy anjumanda … davlatimiz rahbariga özim kabi yoş fermerlarni texnika vositalari bilan taʼminlaşda amaliy yordam zarurligini bildirdim. Taklifim şu kundayoq qöllab-quvvatlandi, qurultoydan uyimizga yetib kelmasimdanoq dalamizga bir emas, ikkita traktor keltirib qöyilibdi…”
Sarvinozning quvonçi faqat traktor uçungina (albatta, traktor uçun ham) emasligini sezib turgandirsiz. Singlimiz har qanday yoş yurak intiladigan adolat uçun, sözu amalning birligi, lafzning halolligi, lafzning qudrati uçun suyunyapti. Çunki yoşlikning ixlosini lafzsizlik, puç vaʼdalar qaytaradi. Sözu amalni bir körsa, ularning kuçiga kuç, ğayratiga ğayrat qöşilib, yigitlarimiz Alpomişlik, qizlarimiz Barçinoylik maqomiga qarab kötarilaveradilar.
Öşa tarixiy anjumanning iştirokçisi bölgan yana bir ukamiz, matematika böyiça xalqaro tanlovlar ğolibi Hakimboy Egamberganovni esa boşqa bir jihat quvontiribdi. “Yoşlar ittifoqiga aʼzo bölgan holda öz faolligini namoyiş eta olsa, özlaştiriş darajasi 85 foizdan oşsa, kontrakt tölovining 30-40 foizi tölab berişi qayd etildi. Bu talaba uçun katta imkoniyat…” Ha, Hakimboy töğri taʼkidlaganidek, bu – talaba uçun katta imkoniyat. Nafsilamrini aytganda, faqat talaba uçun emas, bu kelajagimiz uçun ham katta imkoniyat. Çunki 85 foizdan baland özlaştirişga intilgan talaba örtamiyona kadr bölmaydi. U salohiyatli, bilimli işçi bölib xizmat joyiga keladi. 85 foiz özlaştiriş uçun bölgan kuraşlar uni toblagan, u içki dangasalikni yengişga qodir, kuçli şaxsga aylangani uçun yoş kadr sifatida öziga ham, jamiyatga ham katta foyda keltiradi.
Umuman, Prezidentimizning yoşlar qurultoyida örtaga taşlagan: ular uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar haqidagi fikrlar ham, ulardan kutayotgan ğayrat-şijoatlar, taşabbuskorliklar ham jamiyatimiz hayotida yangi bir bosqiçni boşlab beruvçi buriliş nuqtasidir. Hatto ramziy tarzda hayot daryosining bu qirğoğidan u qirğoğiga keçuv deb ham baholaş mumkin.
Keçuvga kuç berayotgan unsurlarning özini bitta-bitta sanasak ham, daryoning narigi qirğoğida öğil-qizlarimizni qanday hayot kutayotganini tasavvur qilsa böladi. Inson hayotidagi eng zaruriy ehtiyoj – iş bilan bandlik masalasini olaylik. Iş insonni jamiyatga qöşadi, iş insonga yaşaş, intiliş uçun rağbat beradi, butun jismu jonini jismoniy, ruhiy harakatga soladi. Şu maʼnoda mamlakatimiz rahbari Özbekiston yoşlar ittifoqi aʼzosi bölgan yigit-qizlarni iş bilan band qiliş masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.
“… Hamma hududlarda taşkil etilayotgan iqtisodiy zonalarda, şaharlarda esa kiçik sanoat zonalarida Özbekiston yoşlar ittifoqining aʼzosi bölgan yoş tadbirkorlardan ijara haqi olinmaydigan tartib joriy etiladi.
… Tegişli iqtisodiy çora-tadbirlarni amalga oşiriş hisobidan Özbekiston yoşlar ittifoqining byudjet mablağlarini ikki baravar köpaytiriş rejalaştirilmoqda…
… Taʼlim muassasasini tamomlaganiga uç yil bölmagan bölsa, ularning iş haqidan olinadigan daromad soliği birinçi yili 50 foiz, ikkinçi va uçinçi yillari esa 25 foiz kamaytiriladi…
… Şuningdek, Özbekiston Yoşlar ittifoqi qoşida barça turdagi soliqlardan 10 yilga ozod qilingan şöba korxonalari tuziş vakolati beriladi…”
Şu va şu kabi qator moddiy qöllab-quvvatlaşlar yoşlarni işsizlik tufayli hayotida paydo böladigan ota-onalarga boqimandalikdan, ruhiy iztiroblar iskanjasidan olib çiqib ketadi. Yurtboşimiz maʼruza avvalida “… 2016-yilda yoşlar iştirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik, 23 ming 440 ta jinoyat sodir etilgani, yoş oilalar örtasida 8 mingdan ortiq ajraliş holati qayd etilgani barçamizni jiddiy taşvişga solişi kerak”, degan taassufni bildirib ötgan edi. Yuqorida keltirganimiz yoşlarimizga iş topiş yöllarini kengaytiruvçi çora-tadbirlar öşa taşviş töğonini asta-sekin yemirişi şubhasiz.
Foydali iş bilan band inson öziga zarar qilib huquq buzmaydi, oilasi, öz hayotini bezovtagarçilikka qöyib jinoyat qilmaydi. Kasbu kori orqasidan daromad topib turgaç, oilasida ham ortiqça ğidi-bidi bölmaydi. Demak, oilani darz ketkazişga, ikkiga bölişga olib keluvçi sabablar ham tuğilmaydi. Örni kelganda men yana bir fikrni aytgim kelyapti. Biz şu paytgaça xorijga işlaşga ketgan (mayli, kimdir zaruratdan, kimdir ehtiyojdan, yana birov havasga ergaşib ketgan bölsin) yoşlarimiz haqida yarim ovozda gapirardik. Taqdir yöllarida adaşib yurganlaridan osongina: “Ular bizdan emas”, deya voz keçib, javobgarlikdan özimizni soqit qilib qöya qolardik. Qolganlari haqida ham töğri gapni aytişga jurʼatimiz yetmasdi. Prezidentimiz baland minbardan turib: “Ular bizning bolalarimiz. Biz bolam demasak, ularni heç kim bolam demaydi. Özining yurtiga kerak bölmagan bolani birov “bolam” dermidi?” tarzidagi yurakni larzaga keltiradigan söroqni örtaga taşladilar. 300-200 dollar uçun birovlarning eşigini supurib yurgan, idiş-tovoğini yuvib yurgan norğul-norğul yigit-qizlar uçun Yurtboşimiz kuyinib-kuyranayotgan, ularni yurtimizga qaytariş, iş şaroitlarini yaratiş haqida qayğurayotgan kunlarning peşonasidan öpging, har daqiqasini jigaringday bağringga bosging keladi. Prezidentimizning xorijda işlayotgan, öqiyotgan öğil-qizlarimiz haq-huquqlarini himoya qiladigan taşkilot tuziş haqidagi taklifi faqat özimizda emas, xalqaro miqyosda ham eʼtirofga sazovor bölişiga işonaman. Çunki dunyo hamjamiyatida fuqarolarini öz holiga taşlab qöygan davlat qadrlanmaganidek, özinikilardan xabardor bölgan, yaxşi-yomonida orqasida turgan davlat hurmatga loyiq köriladi.
Yana şu fikrimni davom ettirişga ehtiyoj sezyapman. Nimalarningdir istak-ilinjida musofirçilikning qattiq nonini yeb yurgan yoşlarimizning hammasi öz taqdiridan rozi deb öylaysizmi? Ehtimol, ularning qança-qançasi Prezidentimizga öxşagan bağri keng bir insonning: “Beri kel! Şu tuproq bolasisan. Öz yurtingning tuproği, toşi ham seni qöriqlaydi. Çunki ajdodlaringning xoki şu tuproqqa qöşilgan, qança kuçing bölsa, könglingda naqşing bölsa, şu tuproqqa tök!” degan bir oğiz issiq çorloviga zordir… Bir paytlar qilgan xatosiyu gunohidan qörqib, puşaymoni içiga siğmay yurgandir…
Agar ularni eşitib, ularga qonuniy yöl körsatadigan bir taşkilot tuzilsa, köp taqdirlar ijobiy söqmoqlarga burilarmidi?
Yoşlarimiz hayotida yaxşi yangiliklar qilişi mumkin bölgan yana bir masala bu uy-joy masalasidir. Töğri, biz jamoa bölib yaşaşga örgangan xalqmiz. Ota-onalar, farzand, nabiralar birgaligi millatimizning körki bölgan qadriyatlar davomiyligini taʼminlaydi. Lekin hayot özgarmoqda. Hayotiy munosabatlar ham özgarmoqda. Yoşlarning özaro munosabatlaridagi baʼzi zamonaviylik belgilari ota-onalarga tuşunarsiz bölişi, ular oddiy holatlarni oğriqli qabul qilişi mumkin. Şu maʼnoda yoş oilalarning alohida yaşaşi, bugungi turmuş uçun ortiqçalik qilayotgan baʼzi eskirgan anʼanalardan voz keçib, özlari, oilasi, bolalari uçun qulaylik yaratişga harakat qilişi köpgina oilaviy muammolarning oldini olişi mumkin. Agar şu masalaga çuqurroq kiradigan bölsak, yoşlar ota-onalari kabi topgan pulini bordi-keldilar, tugun-tersaklar uçun emas, dam oliş, sayohat qiliş, madaniy hordiq uçun sarflaşni xohlaşar. Ular uçun dabdabali beşik töy, sunnat töy, yana qandaydir marosimlar örniga gözallik saloniga boriş, öğil-qizlarini tögaraklarga beriş yoqimliroqdir. Keksa va navqiron avlodlar orasida hamişa ziddiyat bölgan. Bu ziddiyatni kuçaytirmaslik, tinç yöl bilan hal qilişning eng qulay yöllaridan biri alohida yaşaş, uzoqdan turib bir-birini qadrlaşdir. Şuning uçun Simpoziumlar saroyidagi yuzma-yuz muloqotda mamlakatimiz rahbarining yoşlar, yoş oilalar uçun arzon narxdagi uy-joy qurilişi haqidagi fikrlari ularning bugungi yangilanayotgan dunyoqaraşlariga töla mos keladi. Ayniqsa, maʼruzaning “Özbekiston yoşlar ittifoqi tizimida 3-5 yil va undan köproq faol işlab kelayotgan, ipoteka krediti asosida uy-joy sotib oliş istagini bildirgan xodimlarning har yili 140 nafariga 25-30 foiz miqdorida boşlanğiç tölov taşkilot mablağlari hisobidan tölanadi”, degan bandi yigit-qizlarimizni tuzilayotgan yoşlar taşkilotiga yana ham mahkamroq boğlaydi. Uyni bejizga “Vatan içidagi vatan” deya eʼzozlamaydilar. Öz boşpanasiga ega bölganlarni “Vatanli bölding”, deya tabriklaşlarida ham katta hikmat bor. Uy – vatan, ulkan Vatanning bir aziz parçasi bölib odamga panoh böladi, har keç ertagi kun uçun quvvat beradi. Kunduz yaşaganlaring, işlaganlaring keçinmasini faqat uyingda bemalol tahlil qilasan. Uysiz odam – muallaq odam, uysiz umr – omonat umrdir. Şunday ekan, yoşlarni uy bilan taʼminlaş bu – ularni şunçaki boşpanali qilişdan ulkanroq iş, uluğvorroq siyosatdir.
“Kamolot” deb ataluvçi taşkilotning Özbekiston yoşlar ittifoqiga aylanişi hayotimizdagi tarixiy hodisalardan biri sifatida takror-takror qayd qilinmoqda. Çindan ham, bu anjumandagi har yangilikning özini tarixiy voqea deb atasak, haqiqatni aytgan bölamiz. Deylik, yoş harbiylar taʼlim oladigan maktab va litseylarning “Temurbeklar maktabi” deb atalişining özini olaylik… Maktabda “Temur tuzuklari” öqitilsa, uluğ bobomizning “Millatning dardiga darmon bölingiz!” degan unutilmas xitoblari yangrab tursa…
Uluğ pir, buyuk vatanparvar Najmiddin Kubroning botir sarkarda Jaloliddin Manguberdiga aytgan javonmardlik haqidagi ögitlari yoş şuurlarga quyulsa… Axir, vatanparvarlik tuyğusi Vatan qahramonlari xotirasiga eʼzozdan ösib çiqadi-ku. Muhtaram Prezidentimiz yoşlar tarbiyasi haqida gapirayotib: “Ota-onalar farzandlar tarbiyasi uçun javob beradigan qonun böladi”, degan fikrni aytdilar. Men hali muhokamaga endi qöyiladigan qonun haqida şoşilib fikr bildirgim kelyapti. Şunçaki tarbiyasi uçun emas, vatanparvar, millatparvar, halol, rostgöy qilib tarbiyalaş uçun ota-ona javobgar bölişi kerakki, toki ota-onalarning özida bu fazilatlar yetişmasa, özi ham özini tarbiyalasin. Albatta, jamiyat taraqqiyoti, ayniqsa, oila osoyiştaligi, soğlom muhit yaratişda ayolning beqiyos örni bor. Şu maʼnoda, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti jamiyatimizdagi faol, iqtidorli qizlarni yuzaga çiqarmoqda. Lekin bu harakat öğil bolalar tarbiyasiga xalaqit bermasligi kerak. Jamiyat ayol harorati, ayol mehridan kuç olişi zarur, lekin u ayollaşmasligi kerak. Bizning mentalitetimizda otalar, akalar, öğlonlarning örni hamişa baland bölgan. Bu qaysidir xorijliklar nigohidagidek, zöravonlik emas. Erkakning qatʼiyati, mardligi, or-nomusining mustahkamligi hamişa Ayol uçun panoh bölgan. Şu maʼnoda “Mard öğlonlar” mukofotining taʼsis etilişi öğlonlarimizga hayot sahnasiga kuçli bölib, Vatan, millat or-nomusiga, ayol şaʼniga soqçi bölib çiqişiga daʼvat böladi, rağbat böladi, deb öylayman.
Har mukofotning öz undovi, öz çorlovi bor. Masalan, “Kelajak bunyodkori” medali yoşlarimiz zimmasiga erta uçun javobgarlik masʼuliyatini yuklaydi. Intilişlari, orzu-maqsadlariga davomiylik bağişlaydi. Yoşlar uçun maxsus kinoteatr, naşriyot uyi, yangi naşrlarning taşkil etilişi, Özbekiston yoşlar ittifoqi rahbarlari maqomining balandlaşi, yoşlar hayotida muhim rol öynaydigan qarorlarning pastdan yuqoriga qarab muhokama qilina borişi, umuman, navqiron avlod hayotidagi bugungi özgariş, yangilanişlarni mohiyat eʼtibori bilan ruhiy, maʼnaviy inqilobga tenglaştiriş mumkin. Men “inqilob” sözini bejiz tilga olmadim. Axir, davlatimiz rahbarining özi: “Ayni vaqtda yoşlar auditoriyasiga ixtisoslaşgan ommaviy axborot vositalari ham öz faoliyatini tubdan özgartirişi lozim.
Avvalo, quruq rasmiy gaplardan qoçiş, tanqidiy tahlil, kreativ yondaşuv, bugungi hayotni butun kölami, mazmuni, kerak bölsa, murakkabligi bilan yoritişda jurnalistlarimiz faollik körsatişi kerak”, deya qalamkaşlarni uyğoqlik, dadillikka çorlab tursa, bu imkoniyatdan foydalanmaslik nodonlikka tengdir. Çunki bugungi hayotimizda muvaffaqiyatlarimiz bilan birga, ularga soya solayotgan illatlar ham borligidan köz yuma olmaymiz-ku. Ayniqsa, oliy öquv yurtlaridagi tamagirlik, imtihon-sinovlarda bilim evaziga emas, pul evaziga baho oliş, umuman, işga kirişdagi sunʼiy tösiqlar, nafsi hakalak otgan boşliqlar, hatto ziyolilar borligini hamma biladi-ku. Xalq orasida “şapkasi”, “soqqasi” degan gaplar bejiz örmalamaydi, axir. Sud, tergov jarayonlaridagi adolatsizlik, tibbiyotdagi şifoxonaga berilgan dorilarni bemorlarga pullaşlar… Hakozo… hakozo illatlar tomir otib ketgani aniq-ku. Heç bölmasa, yoşlar şu illatlardan hazar qilişlari, heç bölmasa, şu illatlar yoşlar hayotiga qora qurtdek örmalab kirmasligi uçun yoş jurnalistlar qalqon bölişi kerak-ku. Prezidentimizning talabi ham – şu. Bu qalblarni, iymonni, jamiyatni tozartiruvçi, poklovçi talab va buni jurnalistikaning yoş avlodi öz burçi deb bilişi kerak. Biroq şu haqiqatni ham unutmaslik kerakki, mamlakatimiz rahbari har bir vazifa mohiyatini, zaruriyatini izohlar ekan: “Bularni amalga oşiriş qiyin, juda qiyin!” deya kun tartibida turgan dolzarb masalalarning salmoğini, bizdan qançalar jasoratu şijoat talab etişini uqtirganday böldi.
Ha, uluğ ezguliklar yölidagi kuraşlar heç qaçon oson keçmagan. Modomiki, biz hurriyat yöli, ozodlik, şon-şaraf, farovonlik yölini tanlagan ekanmiz, maşaqqatlarni gardanimizga olişimiz, qiyinni mardlik, işonç, baquvvat ruh bilan yengişimiz zarur. Bizning xalqimizga xos ming yillik anʼana bor: köpçiligimiz yaxşilikni unutmaymiz, nonkörlik qilmaymiz. Prezidentimizning bugun yoşlarga bildirayotgan işonçi, ularga oçayotgan yöllari kelajak, yaxşi kelajak yölidagi buyuk yaxşilikdir. Işonamanki, yoşlarimiz sof qalbi, şijoati, iqtidori, kuraşçanligi bilan bu yaxşiliklarga munosib yaxşilik bilan javob qaytaradilar. Buyuk kelajakka munosib ozod şaxs maqomiga kötarilib, Yurtboşimiz işonçini oqlaydilar.
Qutlibeka RAHIMBOYEVA,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

