9 daqiqada öqiladi

1 139 marta körilgan

Asqad Muxtor: Yoş yozuvçi böliş qiyin

Asqad Muxtor: Yoş yozuvçi böliş qiyin

Jahondagi fikr va axborotlarni elab, saralab oliş yoşlarning öz qölida. Bu erkinlik, insonni bunday mustaqillikka örgatiş yaxşi, lekin yoşlarning adaşişi ham bor.

Yoş böliş yaxşi. Ammo bu ham qiyin. Ayniqsa, yoş yozuvçi böliş qiyin. Çunki ham özingni, ham birovlarni tarbiyalaşing kerak. Yoş böliş qiyin. Hamma senga nasihat beravergani uçungina emas, yoş böliş avvalo şuning uçun qi­yinki, yoşlikning işi, masʼuliyati oğir böladi: öqiş, ustozlardan örganiş kerak, oldingi avlodlar yaratgan hamma bilim va mahoratni egallaş kerak, eng muhimi – ustozlarni quvib yetişgina emas, ötib ketiş, ular yaratgan xazinaga nimadir qöşiş kerak. Aks holda, taraqqiyot bölmaydi. Baʼzan şogird ustozdan ötipti deb hayron bölişadi, bu – notöğri. Ustoz­dan ötmasa, şogird bölişning nima mohiyati bor?! Şogirdlar ustozlardan ötmasa, taraqqiyot töxtab qoladi-ku, axir? Avlodlardan avlodlarga ötişning maʼnisi bölmay qoladi. Agar biror oqsoqol yoşlarga: “Sen bizdan oldinga intilma, öz joyingni bil!” deb taʼlim bersa, bu mutlaqo xato bölardi. Abdulla Qahhor “Talant – xalq mulkidir” degan maqolasida bu masalada baʼzi oqsoqollarnigina emas, eski udumni dogmaga aylantirib, öz jurʼatini tiyib yurgan baʼzi hurkoviç yoşlarni ham tanqid qiladi. “Hurmat bilan salomingni ber-da, işing zarur bölsa, ötib ketaver”, deydi Abdulla aka.

Baxtimizga, oqsoqollarimizning deyarli hammasi yoşlarning dadil intilişlaridan, keksalar qilib ulgurolmagan işlarni bajarişga urinişlaridan doim xursand. Ustozlarimiz ham, Yozuvçilar uyuşmasi ham yoşlarning barça ijodiy sinovlarini, jurʼatli intiliş­larini, adabiyotimizga qöşmoqçi bölgan yangiliklarini jon-dildan qöllab-quvvatlaydi.

* * *

Adabiyot havasga kiriladigan şon-şuhrat boğçasi yoki şunçaki, köp qatori bajarib yuriladigan kasb emas. Adabiyotga odam bir umr yongani kiradi. Har bir asarda bir lovillab yonmasa, yozuvçining bölmagani maʼqul. Yozuvçilik, mening nazarimda, eng qiziq, eng ehtirosli hayot. Bunda faoliyat natijasi – asarning özigina emas, jarayon, izlaniş jarayoni, izlab topiş, izlab yaşaşning özi qiziq. Har safar özingga ham, kitobxonga ham yangi bir olam oçişing kerak. Adabiyot jarayoni uzluksiz; qança yozuvçi bölsa şunça usul; hayot murakkabliklarining mağzini hamma öziça izlaydi, hamma öz yuragida qaynatadi, öz ilhomini, öz ehtirosini taqdim etadi. Ozgina söz aytiş uçun u juda köp bilişi, juda köp körişi, voqealarni, biografiyalarni, faktlarni, hislarni, öylarni, psixologiyani bilişi kerak. Muhandis yoki akademik bilişi şart bölmagan sohalar bor. Yozuvçida esa bunday soha yöq. Yozuvçining hayot tajribasi, biografiyasi – oltin fond. Uni hozirdan yarata boşlaşi kerak.

Yigitlikda yiğ ilmning

maxzani,

Qarilik çoği xarj qilğil

ani!

Hazrat Navoiy buni bejiz aytmagan. Işni keyinga qoldiriş kerak emas. Qariganida odam yumşoqroqda yotgisi, önğayroq ötirgisi, faqat maşinada yurgisi kela boş­laydi, daryo keçiş, toğ oşiş, sahro keziş – malol keladi.

Yozuvçi talantli bölişi kerak – talantni qaydan oliş haqida maslahat berolmayman. Yozuvçi bilimli, öqimişli, baland saviyali odam bölişi kerak. Buni qaydan olişni, bir umr öqiş-örganiş kerakligini bilasizlar. Mutolaa qiliş kerak deb, işni alifbodan boşlab ötirgim kelmaydi.

Yozuvçi köpni körgan, aççiq-çuçukni tatigan, xayru badni tahlil qila biluvçi, tajribali odam bölişi şart. Mana şunisiga kelganda biroz töxtalib ötiş kerak deb öylayman. Yaʼni, gap muallif obrazi haqida. Aminmanki, har qanday badiiy asarda hamma narsani birlaştiruvçi, butun asarga rang beruvçi – “muallif obrazi”dir. Belinskiy ham “Yevgeniy Onegin” haqida gapirib, romanda badiiy markaz muallif obrazidir, degan edi. Asarning saviyasi muallif saviyasidan oşiq bölmaydi. Muallifning zavqi, bilimi, xulqi, qalbi, qaraşlari, taj­ribasi – asarga muhr bölib bosiladi. Kitob bu jihatdan nihoyatda subyektiv narsa. Şuning uçun yozuvçi avvalo özini xalq hayotidagi muayyan, zarur öringa qöya bilişi kerak. Xalq hayotining hamma tomonlari – oğir tomonlari ham, gözal tomonlari ham yaqqol körinadigan joyga qöya bilişi kerak.

* * *

Talant kelib çiqişidagi kitobiylik xalaqit berar ekan, talant yoş vaqtida hayot bilan boğlanolmay qiynalişi bor gap. Aftidan, turmuşni köriş, biliş, mazmundor hayot yöli – kifoya emas. Bular özidan-özi asarga şundoqqina köçib qöya qolmas ekan. Olamni köriş bilan birga, uni yozuvçi közi bilan qabul etiş, idrok qiliş, yurakdan ötkazib qoğozga tuşira biliş zarur ekan. Adabiyotning hayotiy mohiyatini qattiq özlaştirib olib, ijodni hayot bilan boğlay biliş juda muhim ekan.

Men aytmoqçi emasmanki, kitobda personajlar raşk qilmasin, kasal bölmasin, mehmonga bormasin, deb. Aksinça, bularning hammasi hayotiy; lekin asar qahramoni hayotida uni bizning jamiyatimiz kişisi sifatida uluğlovçi mazmundor voqealar bölişi kerak, axir.

* * *

Klassika bunday deb örgatadi: avval tölişiş kerak. Boş fikr özi tölişib keladi. Uni sevib qolasiz. Uni aytgingiz keladi.

Şunday bezovtalik, istak, kuçli ehtiyoj sezmay turib yoza boşlamaslik kerak.

Har bir çinakam asarning öziga yaraşa falsafasi böladi. Boş falsafiy fikr asarni yoza boşlaşdan oldin ham, yozayotganda ham, yozib bölgandan ke­yin ham sizni bezovta qilib, qiynab, örtab turişi kerak. Şusiz yozilgan asar darrov eʼtibordan qoladi, asarda boş fikr, hayot falsafasi, çöğ bölmagandan keyin, kitobxon ham yonmaydi.

* * *

Köpgina öyçan, falsafiy şeʼrlar turkumiga öxşagan poemalarimiz bor. Ularda baʼzan önlab lirik çekinişlar qilinadi, bunday turlari ham kerak, “Poema faqat bunday bölişi zarur”, deb retsept berib bölmaydi. Ammo inson xarakteri, jonli qiyofasi, ismli-jismli, yeb-içib, mehnat qilib yonimizda yuradigan kişiday konkret, prozadagiday keng yaşaydigan odam xarakterini körgimiz keladi.

Davr, taqdir, tarix, jamiyat, şaxs, fojia, falsafa, kuraş, quvonç – barini öz içiga olgan odam hayoti tasvirlansa edi. Bunday liro-epik xarakterdagi klassik poemaning imkoniyatlari tugagan emas. Yoşlar şu imkoniyatlarni öz qöllariga olsalar edi. Içki monolog tipidagi poemaning imkoniyatlari esa, mening nazarimda, tugab boryapti. Bu ularning keyingi vaqtda bir-biriga öxşab qolayotganidan ham, bu sohada köp şoirlarning muvaffaqiyatsizligidan ham bilinyapti. Poemaning keyingi tamoyili nazariyaçilarning fikriga muhtoj, tanqidçilar bu bobdagi tajribani yakunlasalar yaxşi bölardi.

Poemadan boşqa janrlarda yoşlar poeziyasi ajabtovur ulğayib kelmoqda. Unda öylar, yoşlikning mavqei, hayot yölini belgilab olişi haqidagi taşviş, içki bir bezovtalik tobora köproq örin egallayapti. Öy, his, falsafa tantanavorlikni quvib çiqarmoqda.

* * *

Şuni qayd etiş muhimki, yoşlar ijodining, şu jumladan, yoş poeziyaning umumiy ğoyaviy-badiiy yönalişi soğlom. Eng yorqin talantlar tinimsiz izlab, ajoyib obrazlar topmoqda, nozik his-tuyğular qözğatmoqda, davr va inson haqida öyga solmoqda, yuksak ğoyalarni – xalqning ezgu tilaklarini, intiliş va kuraşlarini badiiy ifodalaşga intilmoqda… Bular hayotni butun gözalligi, murakkabligi, butun haqiqati bilan, yanada çuqur va keng qamrab olişni örganişlari kerak.

Poeziyada hikoya qiliş, tasvir etiş, körsatiş, örgatişgina yetmaydi, poeziya sehrlaşi kerak, öylatişi, ruhni kötarişi, kuç bağişlaşi, har bir obrazli sözning butun gözalligini oçib taşlab, hayratga solişi kerak.

Şu örinda bir kamçilikni aytib ötay. Bu – şeʼrning nihoyatda köp yozilayotganligi. Bemaza qovunning uruği köp deganday, qaysi tahririyatga, qaysi naşriyotga, qaysi muhokama kengaşiga bormang – albatta 5-10 papka şeʼr topişingiz mumkin.

“Yaxşi şeʼrni yoziş – oson iş emas!”

Bu Puşkin satri. Puşkin buni 14 yoşarligida aytgan.

“Yaxşi şeʼrga

öx – şaydi hayot,

Yaxşi şeʼrni yoziş

– oson iş emas!”

Buni Stepan Şipaçev aytgan. 60 yoşida.

Bu fikr hamma zamonlar uçun, yoşlar va dono keksalar uçun, hamma uçun xos. Bugun uni biz takrorlaymiz. Insonning gözallikka intilişi çeksiz. Şeʼrda, badiiy sözda gözallik imkoniyatlari benihoya. Şuning uçun Lev Tolstoy buyuk epopeyasini yetti marta köçirgani rost.

Şeʼrning köp yozilayotganini baʼzi gazetalar köpirib maqtaydi, ayniqsa, yoşlarning şeʼrlariga berilgan tahlillarda. Yaʼni, yoşlarimiz serzavq, mehnatkaşlar baxtiyorligidan fik­rini şeʼrga soladi va hokazo.

Bir “muallif” bor. Uning nomini bilmagan xatlar bölimi mudiri bölmasa kerak. U ön yildan beri hamma tahririyatga muntazam ravişda kuniga beştadan şeʼr yuborib turadi. Ön yildan beri biror şeʼri bosilib çiqqani yöq. Uni tahririyatdagilar dastxatidanoq tanişadi. Javob yozmay qöyişdi: foydasi yöq, “şoir” qofiyalagani qofiyalagan.

Menimça, bu – baxtiyorlikdan emas. Bu – sözga hurmatsizlikdan, gözallik oldida hayratda qola bilmaslikdan, baʼzan esa beorlik va nodonlikdan.

Azizlar, Lermontov umrida bittagina kitob çiqargan.

Blok köngil daftariga bunday deb yozgan ekan: “Şeʼrni yozmay qöysammikin, degan öy keldi boşimga. Çunki şeʼr yozişga juda usta bölib ketmadimmikin deb qörqaman”.

Şu örinda adabiy tanqid­çiligimizning yoşlar ijodiga munosabati masalasiga töxtab ötgim keladi. Hozirça tanqidçilarimiz yoşlar ijodi bilan maxsus şuğullanayotgani yöq. Yoşlarning asarlari umumiy maqolalardagina, köpinça salbiy misol tariqasidagina tilga olinmoqda. Buning ustiga, baʼzan asarning mohiyatini uqmasdan turib, yuzaki nazar taşlabgina tilga olinmoqda. Yuzaki qaraganda esa, Navoiy aytganidek, qand ham oq, tuz ham.

Yoşlarni tanqidga soğlom munosabatda böliş ruhida tarbiyalaş uçun avvalo tanqidning özi oqilona, samimiy va işonarli bölişi kerak. Tanqidni heç kim yaxşi körmaydi, deyişadi; lekin samimiy, mehribon va talabçan tanqidni talantli yoşlar hurmat qiladilar. Men qayerdadir bir aytgan edim: faqat qoğoz gul yomğirdan qörqadi.

* * *

Yoşlar ijodida yana bir muhim masala şuki, biz yoş adabiyotda janrlar, uslublar rang-barangligiga yetarli eʼtibor bermayapmiz. Qissa, hikoya, şeʼr – janrlar hozirça şulardangina iborat.

* * *

– Vaqtning ötişini qarang-a! Yangi yilni yaqindagina kutmaganmidik? Mana tağin ostonaga kelib turipti…

Ayniqsa, yangi yil arafasida bu xildagi gapni köp eşitasiz. Birov buni şöxlik bilan aytadi, birov – falsafiy bir öyçanlik bilan. Lekin baribir maʼnosi bitta: umr ötyapti…

Yangi yil bayramini zap öylab çiqarişgan-da! Şu bayram bölmasa, odamlar töplanişib xuşçaqçaqlik qilişmasa bormi, har kim yolğiz qolib, köngilsiz öylarga tolar, ezilib ketar edi.

Bordi-yu, u behuda ötgan bölsa-çi? Behuda ötgan umrni eslaşdan ham katta fojea bormi!

Bekor ötgan soatlarni-ku unça eslamaymiz, ular unutiladi. Aslida ular ham har biri kiçik bir fojea. Çunki ularni yiğib kelsangiz, umrning özi bölmasa ham, uning maʼlum bir qismi zoye ketganini anglaysiz. Umrning “maʼlum qismi”da kimdir ilmiy iş yoqlaydi, kimdir jahonni kezib çiqadi, kimdir arab tilini örganib oladi, kimdir…

Kimlardir uni tun böyi magnitofon atrofida “çaqçaqlaşib”, yoki çarçamagan bölsa ham kuni bilan “miriqib” uxlab, çoyxonada keçgaça laqillaşib, yoki televizorga tomoşabin emas, unda nima körsatsa qatorasiga beparvo köraveradigan telequl bölib, bekorga ötkazib yuboradi.

Özining boy maʼnaviy dunyosi, zarur öylari bölmagan odam tez zerikadi, yolğiz qolişdan qörqadi. U pulini ham, vaqtini ham ulfatçilikda baham körişga urinadi.

– Bir laqillaşib kelaylik bekorçilikda… – deydi öziga öxşaganlarga.

Bir qarorga kelişadi-da, şişa-pişa olib, vaqtni “öldirgani” ketişadi. Soatlab foydasiz gap, narxi-navo haqida, kimningdir xotin qöyişi haqida…

Biz ulfatçilikka, köngil oçadigan uçraşuvlarga, bir-birining maʼnaviy taʼsiriga muhtoj odamlarning samimiy ötirişlariga qarşi emasmiz. Ammo vaqtini qayoqqa qöyişni bilmaydigan odamlar borligi ajablantiradi. Soatlarni ayamaydigan odamlar umrning şu soatlardan taşkil topişini öylarmikin?

“E, öladigan dunyoda…” deyişi mumkin baʼzilar.

Aflotun otişga hukm qilingan kuni keçasi bilan ötirib tor çalişni örgangan emiş. “Ertalab öladigan odam bu hunarni nima qilasiz?” deyişsa, “Buni örganiş uçun ertaga vaqtim bölmaydi, axir”, deb javob bergan ekan.

Umr bitta. Odamning biladigan, örganadigan, kaşf etadigan narsalari esa behisob. Maʼnoli ötgan umr – bir möjizadir. Behuda ötgan umr esa… bu haqda Alişer Navoiydan ötkazib aytiş qiyin:

Kamol et kasbkim, olam uyidin

Senga farz ölmağay ğamnok çiqmoq.

Jahondin notamom ötmoq biaynih

Erur hammomdin nopok çiqmoq…

Adibning “Yoş döstlarimga” kitobi asosida tayyorlandi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)