U zulmat bağriga soçilgan. Uni hosil qilgan xilqat fanda hozirgaça töliq örganilgan emas. Uning sirti yoruğ, içi esa çeksiz qoronğu olam. Tafakkur haligaça içkarisiga kira olmagan. Hajmi million-million mikro millimetrlardan ham kiçik. Hatto eng zamonaviy kompyuter zarrabini ham uning faqat harakatini sezadi, xolos. Qança zamonlardan beri odamzot fikrlari unda tarqalib, adaşib yuribdi. Tezligiga bizga maʼlum tabiatda hali heç narsa yeta olmagan. U yoruğlik…
Yoğdu tuşgan qalbdan ğaflat zulmati çekinadi. Inson köksida momaqaldiroqlar gumburlaydi, çaqinlar çaqnaydi, yam-yaşil maysalar unib çiqmagan joy qolmaydi, buloq suvlari jilğalarni töldiradi, tafakkur tegirmoni keça-kunduz töxtovsiz işlay boşlaydi.
Inson qalbi, jamiyat hamişa yoğduga muhtoj. Holbuki, atrof ularga tölib-toshib yotibdi…
Matoliʼ ul-foxira va matolib uz-zohira
Muallif: Abdurahmon Buxoriy, “Tamkin” taxallusi bilan ijod qilgan. Şörolar inqilobidan oldin Dor uş-şifo madrasasida mudarris bölgan. Bölajak şifokorlarga tibbiyot fanidan taʼlim berardi. Abdullaxoja Abdiy: “Ajoyib taʼbi bor edi, gohida hajvga ham kirişib ketardi”, deb yozadi va uning ğazallaridan namunalar keltiradi[1]. ÖzR Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti qölyozmalar xazinasida Abdurahmon Tamkin Buxoriyning bir neçta asari saqlanadi.
“Ruboiyati Tamkin”, №136, 111 varaq, 23,5×17,5 sm. Muallif dastxati, hijriy 1320-yili (1902 – 1903) tugallangan.
“Jaraid” (Sahifalar), №2877 raqami bilan qayd etilgan, 85 varaq, 25×17 sm. Şoirning kundalik daftari, nasriy matnlar va şeʼrlari örin olgan. Hijriy 1323-yili (1905) yozilgan.
Bayoz, №12354, bu töplamda “noeʼtibor qilma mani” radifli muxammasi berilgan (177b – 178a).
* * *
Abdurahmon Tamkin tarjimayi holiga oid maʼlumot köp emas. Tibbiyot madrasasi bilan boğliq faoliyati uning hayot manzarasi bilan tanişişga imkon beradi. “Dor uş-şifo” madrasasi Buxoroda tabobat sohasi mutaxassislarini tayyorlaşga ixtisoslaşgan maxsus oliy öquv yurti edi. Unda uçinçi darajali oliy toifaga mansub banoras tönli mudarris dars ötgan[2]. Vaqfli edi, hujjati saqlanib qolgan.
Hujjatda taʼkidlanişiça: “Hazrat Abul Muzaffar sayyid Subhonquli Muhammad Bahodurxon ibn hazrat Abul Fath sayyid Nadr Muhammadxon hijriy 1108-yili zulqaʼda oyida (milodiy 1697-yil may – iyun) “Dor uş-şifo” madrasasini qurib bitkazadi”[3].
U pişiq ğiştdan bunyod etilgan. Oliy gumbazlari va ravoqlari, içki va taşqi hovlisi, tib ilmi öqitiladigan darsxonasi, yozgi masjidi va ön sakkizta hujrasi bor edi[4] .
Vaqf hujjati şartiga köra, madrasaga Turonning ikki nafar eng bilimdon ilğor tabibi mudarris bölişi kerak edi. Qozi ulardan birini mutavalli vazifasiga tayinlagan. Mutavalli vaqf mulki tuşumidan uşr (öndan bir) va mudarrisligi uçun alohida uluş olgan. XX asr boşlarida “Dor uş-şifo” madrasasi mudarrisining yillik maoşi 55 tilla edi. Mazkur axborotlar Abdurahmon Tamkinning jamiyatda egallagan örni, moddiy ahvoli ançagina yaxşi bölganidan darak berayotir.
Hijriy 1329-yil rabiʼ us-soniy oyida (1911-yil aprel) Mirzo Nasrulloh quşbegi nomiga yozilgan arznomada madrasa ahli öquv binosi holati yomon ahvolda ekanidan şikoyat qiladi[5]. Bu paytlarda “Dor uş-şifo” madrasasida boşqa mudarrislar dars berardi.
* * *
Buxoro arki qarşisidagi Boloyi hovuzga borganimda, qaçonlardir undan unça uzoqda bölmagan “Dor uş-şifo” madrasasi örnini ham qidirgandim. U XX asr örtalarida qarovsizlikdan xarob ahvolga tuşib qolgani uçun “mablağ yetişmasligi” bahonasi bilan buzib yuborilgan.
Madrasa bölganida Buxoro qalʼasi devorlari qulatilmasdi, manğit hukmdorlari xilxonasi, Söfi Olloyorning ustozi Hoji Habibulloh va uning atrofidagi uluğlar mozori buldozerlarda tekislanib, örniga futbol maydoni qurilmasdi…
Abdurahmon Tamkin hayotiga ulangan satrlar böylab borayotganimizda, birdan oldimizda faxrli Buxoro “yoğdulari” paydo böldi. Tamkin ularni “Matoliʼ ul-foxira va matolib uz-zohira” deb atagan ekan.
Asarning ahamiyati: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti qölyozmalar xazinasi asosiy jamğarmasida №8245 raqami bilan belgilangan yagona nusxasi saqlanadi.
Muqovasi qizil rangli qattiq qoğoz, tili forsiy, xati nastaʼliq, 455 varaq, 31×23 sm, hijriy 1334-yili (1916) Buxoroda yozilgan. Matn tuzilişi, tuzatişlar va qöşimça izohlar, xatning Tamkin kundaligidagi bilan mos kelişi asar muallif dastxati bilan yozilganidan darak beradi.
Muallif 19a sahifada asar nomini keltiradi va u 44 bobdan iborat ekanini yozadi. Boblar “matlaʼ” sözi bilan ifodalangan. Asarning oxirgi qismi tuşib qolgan. Matn öttiz sakkizinçi “matlaʼ”da tugaydi. Har bir matlaʼ tarkibi namoye (topiş), tajalli (köriniş) va şaʼşaʼe (yarq) kabi alohida qismlardan taşkil topgan. Matnlar mazmuniga köra, asar nomini özbek tiliga “Faxr yoğdulari va istaklar jilvalari” deb ögirsa ham böladi. Şu tariqa bitta “matlaʼ” bitta “yoğdu”ga aylandi.
Asar tarixiy-jöğrofiy kitoblar turkumiga kiradi. Ayrim mutaxassislar muallif uni yozişda biror qatʼiy qoidaga amal qilmagan, deb hisoblaşadi. Maʼlumotlar – “yoğdu”lar (matlaʼ) munçoğiga tizilgan. Şu tariqa muallif yirik hajmdagi axborotlarni öziga xos yöl bilan tartibga solişga urinadi.
Abdurahmon Tamkin “Matoliʼ ul-foxira” asari hijriy 1334-yili (1915 – 1916) Amir Olimxon ibn Amir Abdulahadxon davrida yozilganini taʼkidlaydi (19a). Birinçi “matlaʼ” kutilmagan tarzda tallol, teba, tubalar tarixi bayoni bilan boşlanadi. Teba, tubalarda qabrlarning paydo bölişiga oid qiziqarli maʼlumotlar beradi (28b). Bu turkumdagi anʼanaviy kitoblarni öqib, tadqiq etişga örganib qolgan tadqiqotçi uçun mazkur holat ajablanarli tuyuladi. Aslida bu yerda taajjublanadigan heç narsa yöq. 1870-yillardan mamlakatda matbuot sohasi şakllanişi munosabati bilan ommaga axborot yetkazişning yangi vositalari va usullari paydo bölgandi. XX asr boşlarida jadidlarning maʼrifiy harakati, dunyoni anglaşga intilişi natijasida Turkiston öquvçisi uçun dunyo ança kengaygandi. Tarix yoziş, axborot yetkaziş yönalişidagi anʼnaviy qaraşlar yangi ijtimoiy munosabatlar asosida qayta şakllanadi. Şu holat Abdurahmon Tamkin asarida ham seziladi. Asarda kutilmaganda tepaliklar tarixining paydo bölib qolişi şularning taʼsiridan edi.
Muallif ön oltinçi “matlaʼ”da (116b) Ovrupodagi Islandiya, Italiya, Serbiya, Turkiya kabi davlatlar va bir qança şaharlar, Yaponiyada sodir bölgan töfon haqida axborot beradi. Milodiy 1783 sanada sodir bölgan dunyo voqealaridan sözlaydi, jahonda röy bergan muhim voqealar va sanalar jadvalini keltiradi (121b-122a). U yilni ifodalaşda biz örganib qolgan “milodiy” atamasi örnida “masihiy”, “isaviy” sözlarini qöllaydi.
Asarda Buxoro şahri va tumanlari, maşhur tarixiy maskanlarga oid berilgan tarixiy maʼlumotlar qimmatlidir. Muallif Buxoro şahrida qadimda 360 guzar bölgan, deydi. 1334-yili (1915 – 1916) ularning soni 200 atrofida ekanini kiçik guzarlar qöşilib, kattarişi va bitta nom bilan atalaşi orqali izohlaydi. Masjidlar, xonaqohlar, madrasalar töğrisidagi xabarlari bu yönalişga tegişli tarixiy hujjatlarni tadqiq va talqin etişda tadqiqotçiga katta kömak böladi.
Buxoro tumanlari markazlari, qişloqlar va ularda istiqomat qilayotgan qavmlar, aholi soni, ziyoratgohlarga taalluqli axborotlari ahamiyati Buxoro şahriga tegişli xabarlardan sira kam emas. Bu fikr Buxoro davlatidagi Keş, Nasaf, Çağoniyon, Hisor kabi viloyatlarga doir maʼlumotlarga ham tegişlidir.
Muallif Samarqand şahri tarixiga ham töxtaladi (266a–269a). U: “Samarqand şahrini arab qavmidan Samar ibn Afriqaş istilo qilgaç, uning devori va imoratlarini yer bilan bitta qilib tekislagan. Şu sababdan “Samarkand” nomi bilan maşhur bölgan. Arablar arabiylaştirib “Samarqand” deyişgan”, deb yozadi (267a).
Abdurahmon Tamkin “kand”ni forsiydagi “kandan” (kovlamoq, kömmoq, tekislamoq) sözidan olingani va şahar nomi “Samar tekisladi” maʼnosini anglatişiga işora qilayotir. Bu talqin tarixiy jihatdan özini oqlamasa-da, qiziqarlidir. Ayni paytda, u XX asr boşlarida mamlakat ziyolilarining ilmiy darajasini ham körsatib turadi.
Asarning Turon daryolari bayoni qismida “Jayxun” nomi forsiy “jöyi xun” (qonli suv) iborasidan olingani rivoyatlar asosida talqin etiladi. Muallif: “Amuya suvi barça daryolar orasida eng şirin, huzurbaxş va şifobaxş, tanga quvvat beruvçidir”, deya taʼriflaydi. Abullays Samarqandiyning: “Sayxun, Jayxun, Dajla va Nil jannat daryolaridir”, degan sözlarini keltiradi (83a). Jayxun va Sayxun, ularni şakllantiradigan daryolar, ular atrofidagi şaharlar haqida batafsil maʼlumot berişga harakat qiladi (87a-90b).
Asarda temuriy, şayboniy, aştarxoniy va manğit hukmdorlari hayoti, ularning bunyodkorlik işlari, ular davrida mamlakatda amalga oşirilgan qurilişlar, siyosiy jarayonlarga doir tafsilotlar köp uçraydi.
Kamçiliklariga qaramay, muallifning öz davriga oid maʼlumotlari juda qiziqarli va qimmatlidir. Axborot yetkaziş uslubi farq qilsa-da, muallif Istaxriy, Ibn Xavqal, Muqaddasiy, Najmiddin Umar an-Nasafiy, Abdukarim as-Samʼoniy, Darvesh Muhammad Balxiy singari mualliflar yölini davom ettirgan.
* * *
Yoğdu tavsifiga kirişganimda, bu asar haqida söz yuritişni nazarda tutmagandim. Köp vaqtdan beri meni yoğdu, nur tabiati, uni hosil qiladigan xilqat qiziqtirar edi. Unga har safar satrlar orqali yaqinlaşişga urinardim. Bu gal satrlar “Matoliʼ ul-foxira” – “Faxr yoğdulari” makoniga tutaşdi. U kitob edi. Bir uluğ yurtning şarafli ötmişini köriş, unutilgan şonli qavmni tanişga kömak beradigan yoğdulari bor yana bir kitob.
Abdusattor JUMANAZAR,
ÖzRFA Şarqşunoslik
instituti katta ilmiy xodimi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

