Turkiy xalqlar ma’naviyatining quyoşi bölgan Nizomiddin Mir Alişer Navoiy asarlarida aks etgan insoniylikka çorlovçi yuksak ğoyalar asrlar davomida avlodlarni tarbiyalaş, ruhoniy poklikka erişiş yölida beminnat xizmat qilib kelmoqda. Şoir asarlari zamon va makon çegaralaridan ğolib kelgan, uning bitiklarida juda köp holat va muammo uçun aniq yeçimlar, falsafiy konsepsiyalar mujassam. Donişmand adibning bir bayt va hatto, bir söz zamiriga ulkan ma’nolarni singdirib yuboriş salohiyati doimo bizni hayratlantiraveradi.
Haqiqatni, ehtimol, har bir inson aytişga haqli. Ammo gap haqiqatni qanday ifoda bilan, qay yösinda bayon qilişdadir. Qalam ahlining isteʼdodi qaysi sözni qay örinda qöllay bilişida namoyon böladi. Hazrat Alişer Navoiy asarlarining umrboqiylik siri ham aynan şundadir desak yanglişmaymiz. Mutafakkir ijodkorning özigagina xos bölgan, barkamol ifoda uslubini özida aks ettirgan baytlaridagi iç-içidan porlab turadigan nur, tasvirlab bölmaydigan sehr bizni ajib jozibasi bilan öziga tortaveradi, jalb qilaveradi.
Alişer Navoiy öz asarlarida, avvalo, çinakam inson bölib yaşaş kerak, qalbni toza, şaffof saqlaş lozim, Haq huzuriga yoruğ yuz bilan boriş şart degan qaraşlarni ilgari suradi. Bu uning eng kiçik janr hisoblangan fardlaridan boşlab katta-katta dostonlarining asl mazmun-mohiyatini taşkil etadi.
Hazrat Navoiy insonga yuksak talab qöyadi, inson özini tarbiya qilişi lozimligini uqtiradi, köngilning “turli mayllari”gi erk bermaslikka çaqiradi, şoirning aytişiça, duşmanni emas, nafsni yenggan inson kuçlidir:
Bölub nafsingğa tobi’, band etarsen tuşsa duşmanni,
Senga yöq nafsdek duşman – qila olsang, ani qil band.
Alişer Navoiy aytadiki, insondagi “nafs iti”ni – insonning salbiy axloqini işq davolaydi. Işq barça bemorlikka şifodir. Çunki pokiza işq – yuksak maqomdir. Albatta, hazrat Navoiy nazarda tutgan işq insonga, u orqali esa Haqqa, haqiqatga bölgan işqdir. Bu işq yölida jondan keçmoq – şarafdir. Ammo bundan oldin nafsni yengiş, ya’ni “öldiriş” kerak:
Desang, bu yölda ölay, nafsni burun öltur –
Ki, işq şarʼida göyo bu navʼ keldi qisos.
Şoirning nazdida, umr – inson uçun berilgan eng qimmatli hadya. Yaşaşning özi baholab bölmaydigan ne’mat. U mehnat qilib topiladigan mol-dunyo ham, barça harakatlar umrning bezagi bölişini, insonlar örtasidagi mehr-u muhabbat riştalarini mustahkamlaş uçun xizmat qilişini istaydi:
Moldin umrungğa osoyiş agar yetmas, ne sud,
Nuh umrin hosil etsang, ganji Qorun qozğanib.
Yaʼni yiqqan mol-dunyongdan senga tinçlik kelmasa, Nuh (a.s.)ning ming yillik umriça yaşab, Qorun kabi xazina yiqqaningdan nima foyda!
Şoir aytmoqçiki, yaşaşdan maqsad –hayotning qadrini anglaş, insoniyatga foyda keltiriş. Agar şunday bölmasa, uzoq yaşaş, çeksiz mol-dunyodan mutlaqo foyda yöq.
Alişer Navoiy umrning bezagi poklik, vafo, mehr-muhabbat ekanligini alohida e’tibor bilan taʼkidlagan:
Xuş ziynati köp nomadurur umr, valekin
Tavqiʼi vafodin anga unvon kerak erdi.
Yaʼni umr çiroyli bezalgan noma – kitob kabidir, lekin unga poklik, vafo degan unvon kerak edi. Ayon bölmoqdaki, şoir töğrilik va sadoqat umr kitobining nomi bölişini istaydi.
Alişer Navoiy insonlar hayotidagi osoyiştalik, halovat siri ularning özaro kelişib yaşaşlarida, özaro hurmat va ehtirom körsatib, umrguzaronlik qilişlarida deb hisoblaydi.
Şoirning fikriça, har bir insonning hayotda, jamiyatda öz örni bor. Kimningdir örni quyiroqda, kimningdir örni yuqoriroqda bölişi mumkin. Jamiyatdagi muvozanat asosi – har kim öz örni va qadrini bilişidadir. Agar kimdir özining darajasi baland emasligini sezsa, ana şu maqom uçun intilsin. Özidan yuqoridagilarga hasad qilmasin. Yoşlar yoşligini his etsin, şunga munosib harakat qilsin – ğayratli bölsin, sira çarçamasin, özidan kattalarni hurmatlasin. Keksalar ham öz qadrini bilsinlar – vazminlik, sokinlik, rostgöylikni özlariga mezon tutsinlar, şaʼnlariga töğri kelmaydigan işlardan özlarini tortsinlar. Alişer Navoiyning bu fikrlari “Hayrat ul-abror” dostonidagi adab bilan boğliq maqolatda batafsil aks etgan. Mazkur maqolatda, xususan, quyidagi baytni öqiymiz:
Kimki uluğroq, anga xizmat kerak,
Ulki kiçikroq, anga şafqat kerak.
Yaʼni kimki uluğ bölsa, yoşi ham, darajasi ham boşqalardan baland ekan, u kişiga xizmat qiliş kerak, kiçiklar – yoşlarga esa şafqat, mehr-muhabbat körsatiş şart.
Demak, yoşlarning burçi – yoşi uluğlarga xizmat qiliş, yoşi uluğlarning vazifasi – yoşlarga mehr va ğamxörlik bilan yöl körsatişdir.
Şoir asarlarida avlodlar örtasidagi munosabatlarning öta nozik ekanligiga alohida diqqat qaratilgan. Çunki bu murakkab masala. Bilamizki, ayni paytda Ğarb olamida “avlodlar örtasidagi böşliq” (generation gap) degan tuşunça bor. Bu, hatto, istiloh darajasiga çiqib qolgan. Biz bu hodisani insoniylik çegaralarining buzilişi, yuksak qadriyatlarning poymol bölişi deb baholagan bölardik. Çunki yoş va keksa avlod örtasida paydo böladigan böşliq, ikki avlodning bir-biridan qoçişi, özaro muloqot qila olmasligi katta fojialarga olib keladi. Bunga yöl qöymaslik uçun esa yoşlar ham, keksalar ham, hazrat Navoiy aytganidek, özaro hurmat va muhabbatni yölga qöyişlari kerak. “Hayrat ul-abror” dostonining sönggi maqolatiga “Xoja Muhammad Porso va uning öğli Xoja Abu Nasr” haqidagi hikoyat ilova qilingan. Unga köra, haj yölidagi xaloyiq amallarni bajarib bölgaç, duo qilişini sörab, naqşbandiya şayxi Xoja Muhammad Porsoga murojaat qiladilar. U esa haj yölida öziga hamroh bölgan öğli Xoja Abu Nasrni bu işga özidan köra munosibroq deb topadi va öğlidan duo qilişni söraydi. Öğil otasining bu işonçidan mutaassir bölib, közida yoş bilan yiğilganlarni duo qiladi.
Saʼy etibon öyla atodek kişi,
yetti bu ğayratğa öğulning işi.
Yaʼni ota deyişga munosib kimsaning saʼy-harakati bilan öğil şunday kamolot va darajaga yetişdi. Hazrat Navoiy bu örinda ota-öğil munosabatlaridagi samimiylik, kuçli muhabbat va özaro ehtiromning musulmon Şarqidagi gözal namunasini körsatib beradi.
Umuman olganda, Alişer Navoiy insonlarni özaro birlaşişga, döstlaşişga, tuşunişga çorlaydi. Yuqorida sanalgandan boşqa va yana aynan şu jihatlar uçun biz hazrat Navoiy asarlariga qayta-qayta murojaat qilaveramiz, unga ehtiyoj sezaveramiz.
Dilnavoz YuSUPOVA,
filologiya fanlari doktori
1976-yilda tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Özbek mumtoz adabiyoti tarixi (Alişer Navoiy davri)”, “Aruz alifbosi”, “Özbek mumtoz va milliy uyğoniş davri adabiyoti”, “Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari”, “Navoiyşunoslik”, “Aruz va mumtoz poetikaga kiriş” kabi öquv qöllanma va darsliklar muallifi.
2021/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


