Tuş tili, huş tili, quş tili…
“Dardning şakli” (1997), “Ayolğu” (2000), “Geometrik bahor (Öngarilgan tuşlar)” (2004), “Izlam” (2017) – Faxriyor çop ettirgan töplamlar nomlanişini tartib bilan tizib çiqsak şu körinişga keladi. Bu yerdan biror-bir maʼno izlaş ortiqçaday tuyilişi mumkin (ehtimol, kimlardir aynan anglar). Lekin şoirning asarlariga izlab-izlab ISM topişi yoki qanday bölmasin, kitobning şu nom ostida çop etilişi va ularning yagona tizimga kelganida jamlanib turişida ŞOIR ijodining taqdiri, maʼno yölining tadriji ham aks etadi (biz şu öyda qoldik).
Holat sirtdan qaralsa, har bir körilgan tuş soçilgan harflardek, alohida-alohida kelayotgandek taassurot uyğotadi. Ammo umringiz davomida körilgan tuşlaringizni boşdan-oyoq eslab çiqsangiz, ular aslida YaGONA bir asar ekanligini anglab yetasiz. Ular bir-biri bilan qöl uşlaşib turganini, SIZning holatingizdan, MAQOMingizdan sözlayotganini uqasiz va qalbingiz qasrining kalitini topganingizdan boladay şodlanasiz. Ayniqsa, Faxriyor kabi nafaqat SÖZga, sözdagi har bir tovuşga, tovuşning şakliy ifodasiga, ohang-u rangi, hidiga ham turli maʼnolar yuklovçi şoirning şeʼrlarini öqir ekansiz, ularning anglangan tuşlaringizdagi ramz-u timsolga töyingan imuquqli tilga uyğun kelişidan hayratlanasiz. Qalbdoşingiz, ruhdoşingizni topganingizdan yayrab ketasiz.
Aslida, çinakam şeʼriyat har birimizning soçilgan tuşlarimizda böy körsatuvçi “IÇKI MEN”imizning bizga qalbdoş, darddoş kişining barçamizga “men” bölib kuylaşidan topiladi. Şeʼr bu – qöşiq. Kuysangiz ham, suysangiz ham qöşiq aytişingiz tabiiy, bu – köngil ehtiyoji. Şu sababli ham şeʼrga ruhiy ehtiyoj mavjud. Şu sababli ham ruhingizni ovutuvçi şeʼrni axtarasiz, topsangiz özingizni qayta kaşf etganday bölasiz.
Şoir aslida bizdan – huşdagi odamlardan farqli ravişda huş kodlarini tuş kabi yeçib, obrazga evirib, badiiy libos kiydirib tahlil beruvçi ŞAXSdir. Taʼbir joiz bölsa aytiş mumkinki, bugun modern adabiyot deb nomlanayotgan adabiyot vakili huş tilini tuş tiliga uyğun badiiy tafakkur tarzidan quş tiliga ötkazib beruvçi ijodkordir. Faxriyor mansub avlodning badiiy tafakkur mezonlari ana şu ölçamda özini körsatadi…
Erkka ixtisoslaşgan şoir
ERK – bu yoruğ olamdagi eng qiymatli neʼmat. Inson jinsi, irqi, millatidan qatʼiy nazar erkka intilib, talpinib yaşaydi. Dunyodagi eng baxtli odam bu – ERKIN odam. Ne körgulikki, bu ötkinçi dunyoda insonni ilohiy olam ila töğridan-töğri boğlavçi YURAK – yagona uzv ham JISM atalmiş qafasga bandidir. Hazrat Navoiy taʼrifi bilan aytilsa, bu – qöldagi SINĞAN SAFOL – YURAKdir. U bizga otamiz ODAMdan meros tuyğu va keçinmalarni timsoliy tasvirlaydi. Ayni azaliy mavzu şoir Faxriyor ijodida yangiça talqinlar oladi va ERKka, OZODLIKka taşnalik tadrijiy davomiylikda oqadi. Çinakam şoir qaysi mavzuda yozgan bölmasin, şeʼrlariga sinçi kabi boqsak, unda bu tuyğuga bölgan taşnalikni köramiz. Faxriyor ana şunday ERKka jonini nisor qilgan şoirdir. U salaflarining tutumlariga xiyonat qilmay, adaşmay kelayotgan xos ijodkor.
Faxriyor “Oy haqida rivoyat” şeʼrida şunday kuylaydi:
Bir vaqtlar u quş edi –
humo.
Boşlar ham bor edi u qönadigan,
Böyin ham bor edi – qilğulik tumor.
Afsonaviy HUMO özbekda ERK, OZODLIK timsoli. Şoir – ana şu ERK bir paytlar quş şaklida edi, odamlar uni HUMO deb ataşardi, deb talqin etadi. Xalq orasida yana şunday rivoyat ham borki, HUMO quşi kimning boşiga qönsa, u davlat, baxt, erkka ega çiqqan. ERK bu xalqning nazdida doimo baxt bilan eş kelgan. Şoir şeʼrda, öşa damlarda HUMO qönadigan arzirli OLTIN BOŞlar-da bor edi, deya alohida taʼkidlaydi. Şeʼrning davomida xalq baxt deya bilgan ERK timsoli – Humo quşiga nima bölgani quyidagiça bayon qilinadi:
Bir kun uni tutib oldilar,
Boşçasini uzmadilar, yöq.
Kesmadilar u qöngan boşni,
Xonumonin buzmadilar, yöq.
Solmadilar hatto qafasga,
Undan tuxum söramadilar.
Tortmadilar göştini söyib
Sulton uçun tamaddiga.
Uni tutib oyoqlaridan
Patlarini çarxga tutdilar.
Quşning tanasidan tirqirab
Qonlar oqişini kutdilar.
Qon oqmadi. Pölat patlarni
Çarx kukunday tökib taşladi.
Çarxlangan humo
Oyboltaday yaraqlay boşladi…
Humo timsolida kelgan, xalq baxt deb talpingan ERKni kim tutib oldi?! U kim bölsa ham badniyat edi. U duşman edi. U hiyla bilan xalqning köziga parda tortdi.
Şu örinda öquvçi xayolida turli fikrlar jöş uradi. “ERKning timsoli bölmiş HUMOning patlari nima özi? Balki u buyuk bir xalq, millatning XOTIRAsidir. (Şoirning “Yoziq” dostonidagi “Manqalda xotira pişirar Zarduşt, bolasining miyasin çaqib…” jumlasi öquvçi yodida tiklanib şeʼr mazmuni yana-da oydinlaşadi). Xalqning ulkan va buyuk ötmişi, ilm-madaniyatidan mosuvo etilişi HUMOning çarxlanib endi OYBOLTAga evrilişi obrazlar zamiridagi imuqiq maʼnolarni suğurib olib çiqaveradi. Şeʼrning “kosa tagidagi nimkosa” maʼnolarining oydinlaşuviga xizmat qiladi. Eng qiziği, duşman çarxlagan bu OYBOLTA endi öz zurriyotlari bölgan OLTIN BOŞlarni tanasidan judo qilmasmikan, degan xavotir öquvçi ongida tiklanadi. Bu fikrga şoirning “Yoziq” dostonida keluvçi “Xotira oçligi etadi taʼqib” misrasi asos beradi.
Yana öquvçi könglida savollar tuğiladi: Balki, avval-boşda ERK timsoli bölgan HUMO şu sabab OYBOLTAga aylanib, öz bolalarini xotirasidan judo qilavergaç, uyatdan osmonga OY bölib çiqib ketdimikan?..
Savollar köp, javoblar ham turliça. Bir narsa aniq – Faxriyor ijodida ERK şoir şeʼriyati boş ğoyasining umurtqasi sifatida gavdalanaveradi.
Iymon va taslimiyat
Adabiyotçilar örtasida özbek modern adabiyotini Ğarb modernçilarining kölankasi sifatida yuzaki baholaş urf bölgan. Aslida – XIX asr oxiri, XX asr boşlari hamda ikki Jahon uruşi voqeligining mevasi bölmiş Ğarb modernçilari özigaça bölgan adabiy-estetik qaraşlar, diniy-falsafiy taʼlimotlar va barça ezgu insonparvar ğoyalarni inkor qiliş asosida butunlay yangiça bir sanʼat – adabiyot yaratişni daʼvo qilib çiqişgan edi. Bu taʼlimotlar aks-sadosini özbek modern adabiyotiga töğridan-töğri tatbiq etib bölmasligini ötgan asrning 90-yillarida adabiyotga kirib kelgan avlod: Abduvali Qutbiddin, Faxriyor, Halima Ahmad, Bahrom Rözimuhammad, Eşqobil Şukur, Aziz Said, Vafo Fayzulloh, Salim Aşurlarning ijod namunalari bugungi kunda isbot etmoqda. Sirtdan qaralsa, bu ijodkorlar örtasida yaqinlik yöqday körinişi mumkin. Biroq bu avlodning poetik tafakkuri, mavzu kölami, tasviriy usullarida amalga oşirayotgan yangilanişlari, eng asosiysi, ijodkorlarning folklor va mumtoz adabiyot anʼanalariga yangiça talqinda qaytiş usullari hamda Yaratganni anglaşga bölgan intilişning asarlari ğoyasiga tabiiy singdirilgani ularning adabiyotdagi munosib örnini çuqurroq anglaşga yordam beradi. Ehtimol, şu sababdan ham 90-yillar avlodi öz salafi bölmiş, haligaça “otdan tuşmagan” avlod deb baholanuvçi 80-yillar avlodidan farq qiladi, maʼlum örinlarda ulardan afzal jihatlari ham közga taşlanadi.
Jumladan, Faxriyor yozadi:
Dahoga talpinma, dahodan talpin,
Maʼnisin unutma qadim oyatning.
Daholar jodugar, ğoyalar folbin,
Közlarin boğlaydi insoniyatning.
Yuqoridagi törtlikda kelayotgan “qadim oyat” sözini muqaddas Kalom – Qurʼoni karimdagi oyat tuşunçasi bilan adaştirmaslik kerak. Zero, bu sözning luğaviy maʼnosi “muqaddas ilohiy söz” demak. “Dahoga emas, u orqali Yaratganga talpin” degan muqaddas söz esa, ehtimol, otamiz Odam davridan kelayotganiga işora berar. Şoir aytmoqçi, ayrim qöştirnoq içidagi “DAHO”larning jodugar, ular olğa surgan “ĞOYa”larining esa şunçaki fol ekanini xalq ötgan asrda öz boşidan keçirdi. Ayni şu mahdudlik sabab buyuk XOTIRAsidan, u orqali boğlanadigan “ULKAN BILIM”dan uzilib qoldi. Özbek degan xalqni 70 yil xotira oçligi taʼqib qildi. 90-yillar avlodining boş maqsadi esa bu “oçlik”ka davo izlaş, suyak suruvçi kodlarni tiklaş, xalqni uyqudan uyğotişga xizmat qiliş böldi. Faxriyorning şu uriniş yölida yozilgan bir şeʼrida şunday deyiladi:
Men özimni sendan izladim.
Izlaş azobining totlari
topolmaslik singari qadim.
Men senga soçildim tariqday.
Men sendan teraman özimni,
bittalab özimni teraman.
Sen-çi mendan yiğasan kimni,
Men senga kimlarni beraman…
Sen kim bölib menga qaytarsan,
men qaytarman sen tomon yoxud?
Menga kimligingni aytarsan,
Maşrabmisan yo Bozor Oxund?
Yuqoridagi mazmunga yaqin şeʼr yana bir 90-yillar avlodi bölmiş Abduvali Qutbiddinda ham kuzatiladi:
Baliqnng tişi-la tilimni tildim,
yuragim uçqurday uç aylantirdim,
közimni qiynadim,
qiynoğim qiziq…
Yayradim.
Indamay ruhimga ergaşib oldim,
devona xayolim ğilmon sanadim.
Tuf dedim botqoqqa,
Guliston qildim…
Yayradim.
Özbek modern şeʼriyati 90-yillar avlodining ijodi ğoyaviy jihatdan özlikka qaytiş, kimligini anglaş, iymon va taslimiyat bilan Ğarb adabiyotidan keskin farq qiladi. Ayni şu sabab bu davr şeʼriyatini butunlay yangiça talqinda tadqiq qiliş, örganiş, oçilmagan jihatlarini kaşf qiliş bugungi kun adabiyotşunosligining eng asosiy vazifalaridandir.
Şomirza TURDIMOV,
filologiya fanlari doktori, professor
Abdukamol ABDUJALILOV,
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Tadqiqotçisi
2023/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


