Mustaqillik yillarida eng köp işlatilgan iboralardan biri ö z l i k n i a n g l a sh bölsa ajab emas. Matbuotda, televideniyeda, turli maʼruzalaru risolalarda bu ibora qayta-qayta tilga, qalamga olinadi. Bu tabiiy, albatta. Çunki Istiqlol tufayli köz va onglardagi alvon pardalar kötarilib, xalq öz ötmişi, buguni va ertasiga haqqoniy nigoh taşlay boşladi. Qisqaça aytganda, özining asl maʼnaviy-ruhiy qiyofasini tanidi.
Savol tuğiladi: özlikni anglaş nimadan boşlanadi?
Javoblar turliça va ularning hammasida jon bor. Ana şu xulosalar içida bir mulohazaga alohida töxtalgimiz keldi. Yaʼni: özining qanday isteʼdod, qobiliyat bilan dunyoga kelganini içdan idrok etgan va bor kuçini şu yölda sarf qilgan insongina çin maʼnoda özini anglay olişi mumkin. Ha, bu dunyoda isteʼdodsiz kişining özi yöq. Yaratgan har bir insonni muayyan bir ustunlik, qobiliyat bilan qurollantirgan. Barça kasbu hunarlar insonlardagi ana şu öziga xoslik – betakror qobiliyatdan kuç, rivoj oladi. Va kimda-kim öz qobiliyatini, salohiyatini vaqtida anglab, şu yölda qunt bilan tahsil olsa, öz oldiga ulkan maqsadlar qöyib, şu yölda jiddu jahd qilsa, albatta, murodiga yetadi – el içida öz işining ustasi deb tan olinib, hurmatu eʼzozga sazovor böladi, özini ham, boşqalarni ham saodatmand qiladi.
Vatanimiz tarixidagi buyuk şaxslarni xayolan bir-bir köz oldimizdan ötkazaylik. Zimmasiga tarix qanday uluğvor vazifa yuklayotganini va öz qurbu salohiyatini teran anglab yetgani, bu yölda heç ikkilanmagani uçun Amir Temur bobomiz misli körilmagan zafarlarga erişdi. Tangri tomonidan nihoyatda noyob isteʼdod bilan mukofotlanganini his qilgan Alişer Navoiy bir umr Sözga, eʼtiqodiga sodiq qoldi va şu bois Malikul kalom degan rutbaga sohib böldi. Keltiraman desak, misollar köp.
Şubhasiz, bugun tuğilayotgan, voyaga yetayotgan öğil-qizlarning tiynatida ham uluğ ajdodlarimizga xos quvvat, qobiliyatlarning uruği, ildizi yaşirin. Hamma gap – öşa isteʼdod kurtaklarini vaqtida ilğaşda va uni namoyon qila olişda. Yaxşi murabbiy böladigan inson – nönoq savdogar, qöli şirin oşpaz – çala xonanda, mohir şifokor – qalami tömtoq jurnalist, yaxşi tikuvçi yo haydovçi bölişi mumkin bölgan kişi örtamiyona aktyorga aylansa, bundan kimga foydayu kimga ziyon? Albatta, heç kimga foyda emas. Öşa şaxsning öziga, yaqinlariga va unga işongan, katta mablağu imkoniyatlarni safarbar qilgan jamiyatga koni ziyon, xolos. Eng yomoni, köplab ijtimoiy, maʼnaviy, maişiy muammolarning ildizi ham ana şu omilga – inson öz qobiliyati, salohiyatini töğri baholamagani va oxir-oqibat jamiyatda öz örnini topmaganiga borib taqaladi.
Xalqimizda “Köngling buyurgan işni qil” degan gap bor. Könglimiz özimiz, isteʼdodimiz haqida töğri maʼlumot, xabar beradi, ammo çalğituvçi hoyu havaslar şovqini ostida ularni köp hollarda eşitmay qolamiz. Baʼzan eşitsak ham, atrofimizdagilarning beruh, sovuqqon munosabati tufayli ulardan osongina voz keçamiz. Natija esa – maʼlum….
Bugun ilm-fan, sport, sanʼat, tadbirkorlik va boşqa sohalarda muvaffaqiyat qozonayotgan, yurtimiz şaʼnini xalqaro miqyosda yuksaltirayotgan yoşlarni körib xursand bölamiz. “Şunday isteʼdodi, qobiliyati bor, qanday omadli-ya!” deb ularga havasimiz keladi. Aslida, sal avval taʼkidlaganimizdek, isteʼdodsiz kişining özi yöq. Faqat, öz salohiyatiga töğri “taşxis” qöyib, töğri qaror qabul qilgan va öz ustida tinimsiz işlagan kişigina muvaffaqiyat quçadi.
Bugun mamlakatimiz yoşlari istalgan sohada özlarini namoyon qilişlari mumkin, buning uçun yetarli şart-şaroitlar mavjud. Faqat köngil “kompas”iga qarab yönaliş töğri belgilab olinsa va bu yölda azmu şijoat körsatilsa, bas. Zero, hazrat Navoiy aytganidek:
Öz vujudingğa tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, özingdin istagil.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

