Nurafşon sayyora
Erkin Vohidov…
Bu nomni ilk bor qaçon eşitganman – yodimda yöq. Balki, muallimimiz tilidan, ehtimol, televizor yo radiodan – bilmayman. Muhimi, bu nom men uçun nihoyatda qadrli, undan taralguvçi nur, ziyo ruhiyatimning bir qismiga aylanib ketgan.
Özi şunday böladi: quyoş, oy, yulduzlarga qöling yetmaydi, ularga borib körmagansan, lekin doimiy ravişda tun-kuningga yoruğlik, taft bağişlab turgani bois qaysidir darajada senga yaqin, hayotingga daxldor tuyuladi, umringning bir qismiga aylanib ketadi. Bu haqiqatni ustozning özi ham sezgan holda şunday yozgan edi:
Odamlar, siz mening hayotim,
Har biringiz umrim parçasi…
Erkin Vohidov nurafşon sayyoralar kabi mendan juda olisda va ayni paytda menga juda yaqin edi.
Esimda, fan olimpiadasining tuman bosqiçida ona tili va adabiyot böyiça ğolib bölganim uçun maktab direktorimiz qalin muqovali, ustida yolqinli alanga tasvirlangan kitob bilan taqdirlagandi. Bu Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidovning “Kuy avjida uzilmasin tor” kitobi bölib, menga – öziça şeʼr maşq qilib yurgan ösmirga tengi yöq tuhfa edi. Töplamga kirgan lirik şeʼrlarni yutoqib öqiganlarim, Matmusaning beğubor sarguzaştlaridan qah-qah otib kulganlarim, ijtimoiy ruh bilan yöğrilgan misralar taʼsirida uzoq vaqtgaça öyçan yurganlarim – butun taassurotlarim yodimda.
Uyğoq nigoh
Öylab qarasam, Erkin Vohidov özidan keyingi ijodkorlarning nafaqat şoir, balki şaxs sifatida şakllanişiga ham jiddiy taʼsir körsatgan ekan. U kişining yonida yurgan yoşlar-ku, mayli, lekin poytaxtdan yuzlab çaqirim olisdagi qişloqda öz xomxayollari oğuşida yaşagan menday xayolparastning dunyoqaraşi qotişida, muayyan hayotiy maslakka ega bölişida ham bu ulkan adibning örni katta edi.
Ötgan asrning 80-yillari oxirida dadamning yoniga ötirvolib, “Vremya”, “Axborot” singari siyosiy-ijtimoiy teledasturlarni kuzatar va yoş şuurim bilan sobiq ittifoq hududida ulkan tarixiy jarayonlar yuz berayotganini ilğardim. Ammo bu çigal voqea-hodisalarni qanday talqin etiş kerak, ularga qay tarzda munosabatda böliş lozim – tajribasiz ongim qamrab olişga, tahlil etişga ojizlik qilardi. Ayni şu pallada jonkuyar adiblarimiz, xususan, Erkin Vohidovning televideniyedagi çiqişlari, gazeta-jurnallardagi maqolalari köplab yoşlar qatori mening ham aql közimni oçgan, desam mubolağa bölmaydi. Iztirobu kuyunçaklik bilan yozilgan dilörtar misralar dunyoga şoirona uyğoq nigoh bilan qaraş lozimligidan saboq bergan.
Qişloğimizga haftada ikki marta poçtaçi kelardi. Uzoqdan velosiped mingan odam qorasi körinsa, eşikka qarab chopardim. U taşlab ketgan öndan ziyod gazeta-jurnal orasida “Yoşlik” ham bölardi! Albatta, men öşa paytlari bu adabiy naşrning ilk boş muharriri Erkin Vohidov bölgani-yu, jurnal şu darajaga yetgunça qança ter tökilib, zahmat çekilganini bilmasdim. Hali qaysi kasbning boşini tutişim aniq emasligi bois tahririyat nima, jurnalistika qanday kasb – öylab ham körmagandim, butun fikru zikrim jurnalda çop etilgan bir-biridan qiziqarli asarlaru maqolalarda edi. Xususan, özbekning atoqli va ardoqli şoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub şeʼrlar, maqolalarni kesib olib (albatta, dadam öqib çiqqanidan söng), yiğib borardim.
Şoirning öşa paytlari eʼlon qilingan, “qayta quriş” otliğ davrning mohiyati yaqqol oçib berilgan şeʼrini bir öqişda yodlab olganim, özimça xirgoyi qilib yurganim ham esimda.
Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tişi yöq.
Nega arrang tişi yöq, deb
Söraydigan kişi yöq.
Çunki bizlar anoyimas,
Pişib ketgan közimiz.
Arra tuşgan öşa şoxda
Öltiribmiz özimiz.
Öşa davrga xos közböyamaçilik, xöjakörsinçilikning öta ustalik bilan çizilgan surati bu. Ustoz şoir ijodida bunday istehzoli şeʼrlar köp edi. Öşa, menga sovğa qilingan töplamdan joy olgan “Majlis qiling”, “Eski hammom, eski tos”, “Uyatçanlik”, “Orol ölayotir…”, “Iztirob” singari şeʼrlarda ham zulmning, loqaydlikning, nosoğlom siyosatning avra-astari ağdarib körsatilgandi. Eng muhimi, qizğin ijtimoiy ruh şeʼr sanʼatining nozik vositalari, badiiyat talablari bilan omuxtalaşgan holda öquvçi qalbiga yöl topar edi.
Erkin Vohidov, Abdulla Oripov singari şoirlar eng qaltis paytlarda adolattalab, haqiqatga taşna xalqning ovoziga aylangan ekan, endi bilsak.
Özi va sözi bir şoir
Köp ijodkorlar kabi talabalik, dunyo va yangi özbek şeʼriyati bilan tanişuv, adabiyotdagi turli “izm”larga mahliyolik bosqiçlarini boşdan ötkazdik. Murakkab uslublarga qiziqib, sodda va samimiy şeʼriyatga biroz bepisand qaraganimiz ham bor gap. Nihoyat, ustoz Erkin Vohidov mahorat bilan tarjima qilgan nemis mutafakkir şoiri Gyote ilgari surgan şoirning şakllanişi haqidagi “Avval soddalik, keyin murakkablik va yana soddalik…” degan purmaʼno hikmat mağzini çaqdik. Jumladan, Erkin Vohidov şeʼriyatidagi tiniqlik va tabiiylik, soddalik va teranlik, musiqiylik va ravonlik, fikr va tuyğu muvozanati ulkan isteʼdod, hayotiy tajriba va toblangan mahorat mahsuli ekanini, bu maqomga kötariliş hammaga ham nasib qilavermasligini anglab yetdik. Yana bir narsani tuşundik: şoirning yoniq şeʼrlari muayayn qatlamga emas, butun xalqimizga maʼnaviy oziq, ruhiy quvvat bölgan, yaʼni ustoz çin maʼnoda xalq şoiriga aylanib ketgan ekan.
Afsuslanadigan joyimiz – Toşkentda işlay boşlaganimizdan söng ham adabiyotimiz faxri bölgan köp ustozlarga yaqinlaşmabmiz. Töğrisi, bunga haddimiz siğmagan. “Ular kim-u, biz kimmiz? Huzuriga borsak, qanday kutib olarkin?” qabilidagi andişali savollar tösiğidan oşişga jurʼatimiz yetmagan. Holbuki, asarlari orqali doimo muloqotda edik, televideniye va matbuotdagi çiqişlarini muntazam kuzatardik. “Falon gazetada Erkin Vohidovning yangi şeʼrlari berilibdi. Piston suhbatda şunday fikr bildiribdi…” deb özimizça tahlil qilardik.
Bir gal Erkin Vohidov el suygan şoir va jamoat arbobi sifatida televideniyega kelgani, u kişiga peşvoz çiqqanimiz yodimda. Qisqa suhbat asnosida bir-biriga zidday tuyuluvçi ikki xislat – kamtarlik va salobatning bir şaxsda jamuljam bölganidan hayratga tuşganman.
Özbek şeʼriyati tarixida bir-biriga öxşamaydigan ulkan isteʼdod egalari köp. Har biri alohida dunyo. Erkin Vohidov deyilganda köz oldimizda tuğma isteʼdod va yuksak şarqona madaniyatni özida uyğunlaştirgan, intellekti baland, şaxsiyati va ijodi muvofiq keladigan zabardast şoir qiyofasi gavdalanadi. Şunday uluğ insonga goh olis, goh yaqindan hamnafas bölganimiz, uning köngil va ruhiyat buloğidan suv içganimiz kişiga çeksiz faxr, mamnuniyat bağişlaydi.
“Emas oson bu maydon içra turmoq…”
“Yoşlik” jurnalida iş boşlaganimda xayolimga dastlab “Bu tahririyatga qanday uluğ insonlar rahbarlik qilgan-a!” degan öy keldi. Birinçi galda köz öngimda Erkin Vohidov siymosi purviqor qoyaday namoyon böldi. Ham adabiyotda, ham jamiyatda beqiyos obrö, nufuzga ega şunday şon-şavkatli boş muharrirga izdoş böliş… kişiga xursandçilik va ayni paytda katta masʼuliyat ham yuklaydi.
Jurnalning öttiz-öttiz beş yil oldingi taxlamlarini varaqlaş, ustozlar tajribasini örganiş asnosida yana bolalikka qaytganday, öşa paytdagi qadrdon döstimni qayta topganday böldim. Erkin Vohidovning ism-şarifi “Boş redaktor” degan yozuv ostida qör tökib, jurnalga bezakday turibdi. Birmunça mayda harflarda bosilgan, lekin köp yirik, salmoqli asarlarni çop etgan jurnal… Adadi ham hozir xayolga siğmaydigan darajada köp. Öşa paytda tahririyatda işlagan yoş ijodkorlarning aksariyati bugun adabiyotimizda öz örniga ega ustoz adiblarga aylangan.
Eski taxlamlarni varaqlarkanman, jurnalga mehnati singgan barça ustozlarga, birinçi galda tahririyatning birinçi boş muharriri Erkin Vohidovga ğoyibona minnatdorlik bildiraman. “Sizlarning tengsiz isteʼdodingiz, fidoyiligingiz, jonkuyarligingiz tufayli “Yoşlik” jurnali şunday nom qozondi. Hali ham sizlar taratgan dovruq soyasida yuribmiz. Taşakkur!” deyman ularga xayolan.
“Erkin Vohidov falon yili qiyin vaziyatga tuşib qolganimda menga şunday yöl-yöriq körsatgan…”
“Erkin Vohidov falon yili meni adolatsizlikdan himoya qilgan…”
“Erkin Vohidov falon yili katta xato qilganimda dakki beriş örniga, jilmayib könglimni kötargan…”
“Erkin Vohidov falon yili heç esimdan çiqmaydigan yaxşilik qilgan…”
Ustoz bilan birga işlagan hamkasblari, şogirdlarining bunday samimiy, minnatdorona dilsözlarini eşitib, könglimdan bir öy ötadi: Erkin Vohidovday şoir böliş qançalar qiyin bölsa, u kişiday boş muharrir böliş ham şunday muşkul ekan!
Mardona ruh
2015-yilning 28 dekabri. Ustoz bir kam sakson yoşni qarşi olayotgan kun. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari, Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo: “Erkin akani tabriklab kelaylik. Şu bahonada jurnalning birinçi boş muharriri duosini olasiz”, deb qoldi. Taklifdan könglim yorişdi va birgalikda yölga tuşdik.
Erkin Vohidov neça ming marta goh xursand, goh xafa, goh öyçan holda hatlab ötgan darvoza oldida turibmiz. “Mana, men maqolamda yozgan qönğiroq!” dedi Iqbol aka eşik yonidagi tugmani bosarkan. Çindan ham, şogirdlarni saboqqa çorlovçi qönğiroq ovozi jaranglaganday böldi.
Içkari kirib, ustoz bilan yuzma-yuz kelganimizda, u kişining xastalikdan jisman toliqqanini, özini sal oldirib qöyganini sezdik. Katta şoirimizni teleekranlarda doimo öktam qiyofada körib odatlanganimiz bois könglimizda xijillik uyğondi. Ustozning ruhini kötarişga, dalda berişga intildik. Iqbol aka: “Yaqinda Samarqandda ijodiy safarda böldik, şeʼriyat muxlislari Sizni eslab, qayta-qayta söraşdi”, dedi. Men ham özimça nimalardir deganday böldim. Ustoz minnatdorlik bildirdi. Soğlom paytlari ham ohista, sözlarni avaylab-erkalab gapiradigan şoirning ovozi şikasta çiqardi. Erkin aka asta-sekin hayotidagi köp kulguli, yoruğ xotiralarni sözlay boşladi. Hajviy şeʼrlarini eslab, baʼzi parçalarni yoddan öqidi. Birpasda könglimizdagi ezginlik tarqalib, xuşçaqçaq kayfiyat, erkin muhit paydo böldi. Samimiy gurung qildik. Qiziği, biz ustozning emas, u kişi bizning könglimizni kötardi, qalbimizga yoruğlik ulaşdi. Şunda, yana bir bor, xastaligu keksalikdan zaiflaşgan vujudda qanday uluğvor, mardona ruh borligini tuydik.
Suhbat söngida ustozga “Yoşlik” jurnalining yangi sonlarini taqdim qildik. Ustoz bir paytlar özi yölga qöygan jurnalni özgaça mehr, soğiniş bilan varaqladi. Tahririyat işiga rivoj tilab, duoga qöl oçdi. “Kitob-jurnal öqiydigan odamlar köpaysin!” degan tilak, ayniqsa, bizni mutaassir etdi.
Qutluğ xonadondan çiqarkanmiz, ustoz Erkin Vohidov bilan keçgan lahzalarimiz yillarga tatigulik saboq bölganini his qildik.
Yuksak eʼtibor
Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzodi körsatilgan Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangandan keyin çiqargan ilk qarorlardan biri Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nişonlaş töğrisida böldi. Yangi saylangan Prezidentimizning uluğ şoir merosi va xotirasini eʼzozlaşga qaratilgan bu qarori butun xalqimizni xursand qildi. Çunki Erkin Vohidov, sal avvalroq taʼkidlaganimizdek, çinakam xalq şoiri edi. Heç mubolağasiz aytiş mumkinki, Erkin Vohidov öz salaflari qatori ötli, isyonkor şeʼrlari bilan elimizni istiqlolga ruhan tayyorlaşda faol iştirok etdi. Mustaqillik yillarida Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov bilan yelkama-yelka turib, isteʼdodu bilimini, kuçu ğayratini ozod va obod mamlakat bunyod etişga sarfladi. Borliğini jonajon xalqimizga baxşida qildi. Haqli ravişda Özbekiston Qahramoni deb eʼtirof etildi.
Bugun Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidovning 80 yilligi tantanalarida iştirok etarkanmiz, barça yoşlar, şogirdlarning könglidan bitta öy ötyapti: “Ustoz! Siz kuylagan yurt, siz alqagan el borki, porloq yodingiz, yoniq sözingiz heç qaçon öçmagay! Ilohim, bizga ham sizning şarafli, nurli yölingizdan yuriş nasib etsin!”
Nodir JONUZOQ
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


