5 daqiqada öqiladi

693 marta körilgan

Asqar toğni közlab…

Asqar toğni közlab...

Çinakam rejissyor davr va tomoşabin talabiga mos keladigan asarlar sahnalaştirişi, butun jamoani öz ortidan ergaştira olişi zarur. Özbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritayotgan Asqar Xolmöminov ana şunday kamsonli yoş rejissyorlar sirasiga kiradi. “Yoş rejissyor” jumlasi, tabiiyki, uşbu soha kişisining yoşidan kelib çiqib belgilanmaydi. Aktyor uçun öttiz yoş yetuklik bosqiçi, eng gullagan payt bölişi mumkin. Biroq rejissyor bu yoşda sohaga endi kirib keladi. Çunki maʼlum taj­ribaga ega bölmay, hayotning past-balandini körmay turib yaxşi spektakl sahnalaştiriş amrimahol. Qahramonimiz rejissyorlik sohasiga kirib kelişdan oldin tayyorgarlik davrini ötadi. Institutga öqişga kirguniga qadar bir neça yil davomida Respublika Yoş tomoşabinlar teatrida aktyor sifatida faoliyat olib bordi. Öşa paytlarda teatrning badiiy rahbari bölgan Olimjon Salimov qölida tarbiya topdi. Özbekis­ton davlat sanʼat va madaniyat institutining dramatik teatr rejissyorligi yönalişi talabasi bölganida ham şu kişining kursida öqidi. Ustoz endi unga rejissyor sifatida saboq bera boşladi. Şogird ustozining ijodiy işlaridan taʼsirlansa-da, öz yölini, öz “men”ini topişga intilardi. Şu bois Asqar özini qiziqtirgan mavzular, ğoyalar haqida, ularni röyobga çiqariş haqida boş qotira boşladi.

Ustoz şogirdlariga Navoiy asarlarini qunt bilan öqişni uqtirar, Navoiyni bilmay turib rejissyor böliş haqida öylaş uyat ekanini bot-bot taʼkidlardi. Asqar esa Navoiy asarlarini qayta-qayta öqisa-da, ularning sahna körinişlari qanday bölişi mumkinligini tasavvur qilolmay boşi qotardi. Nihoyat, uni topganday böldi…

“Xamsa”ga yuzlanib…

Taʼtillarda qişloqqa borib, dehqonçilik işlari bilan band böldi. Issiqdan horib, salqinda dam olarkan, nogohon közi Hazrat Navoiyning tavalludi munosabati bilan çop etilgan kitobçaga tuşdi. Uni varaqlab spektakl qilmoqçi bölib yurgani “Saddi Iskandariy” dostonining sahnaviy variantini topganday böldi. Tabiiyki, doston sahnaga töğridan-töğri köçirilmaydi. Bundan taşqari, bu asar asosida oldin ham sahna asarlari yaratilgan, ular “panjasiga panja urmoq”ning özi muşkul iş.

Asqar qalbidagi qörquvu iştibohlarni yengib, işga kirişdi. Bu işda unga mumtoz adabiyotni, ayniqsa, Navoiy ijodini yaxşi biluvçi teng­qur bir hamfikr kerak edi. Şunday kişi ham topildi. Bahodir Bozorov bilan hamkorlikda dos­tonning sahnaviy variantini yaratiş işlari boşlandi. “Saddi Iskandariy”ning oldingi sahna körinişlaridan farqli ravişda yangisi monospektakl uslubida işlandi. Yaʼni rejissyor spektakl voqealarini, ular asosidagi fikr, ğoyani faqat birgina aktyor ijrosi orqali yetkazib berişga intildi.

Asqar Xolmöminovning “Iskandar” spektakli sahnaga Darveşning kirib kelişi bilan boşlanadi. Sahna töridan, qoronğilik qaʼridan çiqib kelgan Darveş hikoyat aytib beradi… Darveş, Faylaqus, Iskandar bölib gavdalanayotgan aktyor yuz ifodasi, xatti-harakatlari orqali bir qiyofadan boşqa qiyofaga ötib turadi. Teatrning şartlilik xususiyatiga köra, aktyorning turli obrazlarda bir xil libosda bölişi tabiiy hol. Garçi spektakl bir aktyor ijrosiga asoslansa-da, tomoşaning muhim ikki omili – xarakter va konflikt masalasiga alohida eʼtibor qaratilgani seziladi.

Spektakldagi asosiy konflikt insonning öz-özi bilan içki kuraşi sifatida aks etadi. Sönggi sahnada Darveş tomoşabinlarga qarata xulosa çiqaradi: yaşaşdan maqsad – yaxşilik qiliş, yaxşi nom çiqariş. Bu qaysidir maʼnoda Navoiy aytmoqçi bölgan fikr. Zero, har bir banda bu yoruğ olamda yaşar ekan, öz hayotining mohiyati nimadan iborat ekanini anglaşga, özligini anglaşga intiladi. Har narsa ötkinçi bölgan dunyoda inson özidan keyin qoladigan yaxşi nom bilangina asrlar oşa yaşaşi mumkin.

Asqar Xolmöminovning “Iskandar” spektakli avval institut sahnasida tomoşabinlarga namoyiş etildi. Ustozlarning yöl-yöriqlari bilan yanada takomillaşdi. 2012-yili “Deb­yut” anʼanaviy yoş rejissyorlar festivalida qatnaşdi va ğolib böldi, tomoşabinlar eʼtibori va eʼtirofini qozondi. 2012-yili Qozoğistonning Olmaota şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining IV Xalqaro teatr festivalida “Eng yaxşi debyut” nominatsiyasida birinçi örinni qölga kiritdi.

Dastlabki spektakldan keyin ançagina tanilgan Asqar Xolmöminov töxtab qolmasligi şart edi. Uning oldida bitiruv malakaviy işi uçun spektakl topşiriş vazifasi turardi. U birinçi işi bahonasida Navoiy “Xamsa”sini öqib çiqqan va ikkinçi iş uçun ham taxminiy rejalar tuzgan edi. Uni oldindan qiziqtirib kelgan, mutolaa jarayonida yanada öziga tortgan doston “Layli va Majnun” böldi.

Uşbu doston asosida ham özbek teatrining ustoz namoyandalari spektakl yaratgan. Butun dunyoda ham bu asar asosida köplab filmlar, spektakllar işlangan edi. Asqar Xolmöminov sahnalaştirgan spektaklning ğoyaviy asosi insonning içki gözalligini, köngilning betakrorligini uluğlaşga qaratildi. Bu asar ham eʼtirofga sazovor böldi.

Yaxşi spektaklning asosi – yaxşi asar

Asqar Xolmöminovning ijodiy işlari jamoatçilikning eʼtiborini tortgaç, unga katta imkoniyatlar eşigi oçildi. Özbek Milliy akademik drama teatriga işga qabul qilindi.

Asqar Xolmöminov birinçi örinda özini taʼsirlantirgan asarlarni sahnalaştirişga harakat qilardi. Çunki spektakl avvalo özingga huzur, zavq bağişlaşi kerak, deb hisoblaydi u. Xuddi mana şu yölda, pyesalar, nasriy asarlarni tinimsiz mutolaa qildi. Hadeganda unga yoqadigan asar topilavermadi. Nihoyat u teatrdagi dastlabki işini Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim qalamiga mansub “Tong otgan taraflarda” pyesasi asosida sahnalaştirdi. Uşbu asar xalq oğzaki ijodi motivlariga asos­lanadi. Unda “Alpomiş” dostonida uçraydigan Şakaman mergan bilan boğliq original voqea tasvirlanadi. Spektaklda oriyat boş ğoya bölib qalqib çiqadi. Insonning, millatning, xalqning ğururi doim ustuvor bölişi kerak!

Spektakl Belorasning Minsk şahrida bölib ötgan II Yoşlar teatr forumida original dramaturgiyasi, öziga xos dekoratsiyasi bilan yiğilganlarning eʼtiborini tortdi. Spektakl 2014-yili “Debyut” festivalida “Eng yaxşi spektakl” nominatsiyasida ğolib deb topildi.

Asqar Xolmöminovdan asar tanlaşda nimalarga eʼtibor berişini söraganimda u: “Asarni öqigaç, uni sahnalaştiramanmi-yöqmi, bundan qatʼi nazar, uning talqin şaklini, badiiy ifoda vositalarini qidiraman. Matn holidagi asarni qaysi vositalar orqali teatrga köçiraman, voqeaga aylantiraman, xuddi mana şu narsa men uçun muhim böladi”, deb javob berdi. Uning taʼkidlaşiça, “Bu borada asosiy omil boş qahramon va unga mutanosib obrazni topişdan iborat böladi. Misol uçun, “Iskandar”da boş qahramonga parallel arqonlar fikr taşiydi va ular özaro göyo bir fikrni ifoda etişga xizmat qiladi. “Tong otgan taraflarda” spektaklida esa Ona bilan birga kökka tutaşgan oq mato; “Kuzgi maktublar”da Muallif va daraxtlar örtasida ruhiy yaqinlik mavjud…”

Yangi izlanişlar

Şu kunlarda premyerasi bölgan “Kuzgi maktublar” spektakli mana şunday izlanişlarining samarasidir. Ölmas Umarbekovning qariyb öttiz beş yil muqaddam sahnalaştirilgan “Kuzning birinçi kuni” pyesasi va “Qizimga maktub­lar” asari asosida yoş dramaturg Maftuna Muhammadaminova sahna asari tayyorladi. Garçi ikki asarning bu taxlit birlaşuvi biroz sunʼiydek taassurot uyğotsa-da, spektaklning umumiy ruhiyati tomoşabinni öziga tortadi. Ösmirlarning beğamlik, oxirini öylamaslik natijasida sodir etgan jinoyatlariga ota-onalarning javob berişi sahnasi esa ogohlikka çaqiruvçi qönğiroqqa öxşaydi. Zero, bugun bezovta qalqib turgan Kurrayi Zaminning kelajagi yoşlarga boğliq bölib qolmoqda. Yoş rejissyor teatrning ijtimoiy vazifalarini ham unutmaydi. Tomoşabinlarga oyna tutadi, ularni ogohlikka çaqiradi. Uşbu spektakl borasida, uning kelajagi haqida gapirişga hali erta. Albatta, asarning taqdirini tomoşabinlar, vaqt belgilaydi…

Baxtiyor YOQUBOV

1986-yili tuğilgan.

2009-yili Özbekiston davlat sanʼat institutini tugatgan. Kino va teatr sanʼatiga bağişlangan ilmiy-tahliliy maqolalari, taqrizlari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)