Farzand tarbiyasi haqida gap ketganda, kimdir “Bolaga nisbatan qattiqqölroq böliş lozim”, desa, yana kimdir: “Yöq, bolani erkin tarbiya qiliş kerak”, degan fikrni ilgari suradi. Hatto bu ikki qaraş egalari örtasida qizğin bahslarga ham guvoh bölamiz. Har bir qaraş egasi hayotdan misol keltirib, öz fikrining töğriligini isbotlamoqçi böladi. Ha, hayotga qaraydigan bölsak, har ikki uslubda tarbiya topganlar orasida ham ilğor, jamiyatda öz örnini topgan şaxslar köp uçraydi. Yoki aksinça…
Xöş, buning siri nimada? Genetik olimlar bunday holatlarni insonning geniga boğlab tuşuntirsalar, psixolog-mutaxassislar temperament xususiyatlaridan söz oçadi. Biz barça ilmiy muşohadalarni eʼtirof etgan holda, xalqimizning hayot sinovidan ötgan bir maqolini eslatmoqçimiz: “Nimani eksang, şuni örasan”. Yaʼni, tarbiya uslubi emas, farzandingga nima berayotganing, uning musaffo, toza ong-şuuriga nima “ekayotganing” köproq ahamiyatga ega. Agarda kimdir hayotda qattiqqöllik bilan tarbiya körib muvaffaqiyatga erişgan bölsa, şubhasiz, ana şu temir intizom ostida u yetarliça mehr-muhabbatga ham töyingan. Yoki yana kimdir erkin ruhda ösib-ulğayib vazmin, muşohadali şaxsga aylangan bölsa, uning tiynatiga kerakli darajada masʼuliyat, tartiblilik hissi ham singdirilgan. Obrazli qilib aytganda, gap idişda emas, öşa idişning içidagi narsadadir…
Bola ruhidagi ulkan energiya mitti jussasiga siğmagani uçun ham u bir joyda turolmaydi: goh sapçiydi, goh daraxtga çiqib ota-onasini xavotirga soladi. Şunday paytda qaysidir ota-ona yaxşilab tarbiya berib qöyay deya qöqqisdan bolaning yuziga şapaloq tortadi, yana kimdir erinmasdan bu işning notöğri, xavfli ekanini tuşuntiradi, ikkinçi marta takrorlasa, jazolaşga majbur bölişini aytib ogohlantiradi. Birinçi holatda bolaning içidagi energiya siqilib, qora kuçga – nafratga, alamzadalikka aylanadi, eng yomoni, taşabbussiz, boşqalarning ham erkinligini hazm qilolmaydigan, eʼtiqodi mört kimsa şakllanadi; ikkinçi holatda esa murğak ongda fikrlaş, oq-qorani taniş jarayoniga yöl oçiladi, hayot sinovlaridan çöçimaydigan, dunyoqaraşi sobit şaxs kamolga yetadi. Mutaxassislarning fikriça, yoş bolaga yetkazilgan ruhiy jarohat it qopişidan ham xavfliroq asorat qoldirar ekan.
Ota-ona va farzand örtasida ruhiy-maʼnaviy muloqot qançalik kuçli bölsa, tarbiya ham şunçalik samarali böladi. Şu örinda Prezidentimizning bir fikrini keltirmoqçimiz: “Bolalarimizning tarbiyasini mahkam uşlaşimiz lozim. Yöq, bolam, bunday emas, mana bunday, sen kimning, qanday buyuk zotlarning avlodisan, qanday bebaho maʼnaviy merosning vorisisan, degan gaplarni ularning quloğiga quyiş kerak. Bugun yaxşi yaşayapmiz, deb taltayib ketmasligimiz, oyoğimiz yerdan uzilmasligi zarur”.
Nazarimizda, uşbu fikr maqola boşida tilga olingan ikki qaraş örtasidagi “oltin örtaliq”ni – meʼyorni belgilab beradi. Bunga amal qilsak, şubhasiz, kam bölmaymiz…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

