Hayotimda yoşlik sözi bilan boğliq şirin xotiralar köp. Atoqli şoirimiz Erkin Vohidovning “Yoşlik devoni”, boşlovçi şoir va adiblarning ilk asarlari jamlangan töplamlar – “Yoşlik” almanaxlari, teleradio kanallarimizning “Yoşlik” studiyalari orqali berib borilgan körsatuv va eşittirişlar…
Köngli kök bilan böylaşgudek orzularga töla yangi nomlar, yangi isteʼdodlar va ularning panjasiga panja urib, şu qatorda özni körmoq istagi…
Xullas, yoşlik degan şu birgina söz bolalik yillarimda men uçun hali nomaʼlum, lekin öta sirli va jozibali olamning mujassam ifodasi edi…
Qişloğimiz Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi maşhur qadimiy yodgorlik – hozirgi kunda tadqiqotçilar Katta Söğd davlatining ilk poytaxti deb atayotgan Köktepa qörğonining şundoq biqinida, özi ham bir neça tepaliklar qurşovida joylaşgan. Tört-beş çaqirim şarqqa qarab yursangiz, yana bir muqaddas qadamjo – hazrati Imom Buxoriy maqbarasi qarşisidan çiqasiz.
Bir zamonlar Buyuk ipak yöli ötganidan dalolat beradigan qörğon va qalʼalar, rabotlar qoldiği har qadamda munğayib yölingizda paydo böladi… Xurşid Davron aytganidek:
Suydim sening Oqdaryongni ham,
Hamda Qoradaryongni suydim…
Bu yerlarni kezib, nedir bir tilsimlarni oçiş ilinjida dil rozimni yer-u köklarga aytganlarim, uluğ ajdodlarimiz ot çoptirib, şaʼn-u zafar quçgan sarhadlarda tuproqqa termulib, ğöza östiriş, paxta terişdan böşamaganlarim – bular ham yoşlikning unutilmas, totli va iztirobli lahzalari…
Samarqand davlat universitetining Özbek va tojik filologiyasi fakultetida öqir edim. Domlamiz – yorqin isteʼdod sohibi, hayotdan juda erta ketgan olim va adib Ilhom Hasanov “Yoşlik” jurnali “Yoş munaqqidlar minbari” rukni uçun talabalar orasidan mualliflar tanlab, ijodiy hamkorlikni yölga qöymoqçi ekanini aytdi. Ustozning tavsiyasi bilan nimalarnidir qoralagan böldik. Jurnalning qattiqqöl, talabçan jamoasi biz – ğör yoşlarga “tarbiyalasa, odam böladi”, deb bağrikenglik bilan qaradi, şekilli, yozganlarimiz heç bir moneliksiz maşhur majallada çiqib ketsa deng! Ana endi köring şov-şuv, sarmastlik va havolanişni. “Layli körsin Majnun tomoşasin”, desa, degulik.
Ana şunday “zafarli yuriş”lardan söng filolog diplomini qölga olişimiz bilan Toşkent sari ravona böldik. Bu azim şaharda senga kimning közi uçib turibdi, deydigan mardum topilsa, qani! Köngilda “bölar ekan” degan işonç bor, şuning daldasida töppa-töğri, samarqandça aytganda, tikkalayiga Çilonzor tumanining Qatortol köçasida joylaşgan “Yoşlik” jurnali binosiga kirib bordim.
Haligi maqolamizni tayyorlaş jarayonida ança taniş bölib qolgan ustozlar qöllab-quvvatladi. Jurnal boş muharriri, Özbekiston xalq şoiri, rahmatli Omon Matjon “Hozirça böş örnimiz yöq, xohlasangiz şartnoma asosida, ijodiy hamkor sifatida işlab turing”, dedi. Rozi böldim. Şunday jurnalda aniq vazifa-vakolatga ega bölmasdan işlaş ham qandaydir yoqimli edi.
Qiladigan işim – qölyozmalarni öqib, taqriz yoziş, saragini – sarakka, puçagini – puçakka ajratiş. Iş hajmiga qarab, şartnoma asosida pul tölanardi.
Jurnalning asosçilaridan biri, ilk boş muharriri Erkin Vohidov hamda u kişi şakllantirgan jamoaning asosiy ustunlari – Erkin Aʼzam, Xayriddin Sulton bu paytda Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida işlayotgan edi. Lekin “Yoşlik”da ularning saʼy-harakati bilan yölga qöyilgan ijodiy tajriba va anʼanalar davom etardi. Öşa maktab havosidan nafas olgan xodimlar jurnalning har bir sonini tayyorlaşga katta masʼuliyat bilan yondaşar, xizmat vazifasini sidqidildan bajarar edi.
Dastlabki paytda jamoada yaxşi ijodiy muhit bor edi. Xodimlar iş jarayonida yuzaga keladigan masalalar böyiça fikrini, munosabatini erkin bildira olardi. Hatto matn teruvçi Xolida opa ham badiiy pişiq yoki böş asarning farqiga borar, örni kelsa, nomdor-nimdor şoir va adiblarni ham ayab ötirmasdan, fikrini dangal aytib qöyaqolardi. Opaning “falonçi – savodsiz, falonçi – yozişni örganmadi-örganmadi-de, falonçi haliyam “x” bilan “h”ni ajratolmaydi”, deb baralla aytganlarini köp eşitganmiz.
Opamiz isteʼdodli yoşlarni qadrlaşni ham joyiga qöyardi. “Mening bolalarim – zör!” derdi faxr bilan. Bir xonada ötirib işlaydigan şerigi Saodatxon esa bu gaplarni tasdiqlagandek, mayin tabassum qilib qöyardi.
Öşa vaqtlarda filologiya fakultetida tahrir ilmi va amaliyoti maxsus öquv kursi sifatida öqitilmasdi. Şu bois bunday ilmdan bexabar edim. Bu borada “Yoşlik” men uçun çinakam dorilfunun böldi.
Matnlarni naşrga tayyorlaşda adabiy tahrirga alohida eʼtibor berilar, şu tariqa ular yanada tiniqlaşib, mazmuni va jozibasi ortar, sarlavhasidan tortib sönggi jumlasigaça nişonga aniq tegadigan, diqqatni tortadigan darajada özgaça ruh kasb etardi. Nufuzli naşrning ana şunday zargarona mehnat orqali şakllangan betakror qiyofasini saqlab qoliş, son emas, sifatni birinçi öringa qöyiş, muxtasar aytganda, ijodda poklik va halollik “Yoşlik” maktabini körgan ijodkorlar uçun hayot mazmuniga aylanib qolgan edi.
Jurnalning öşa yillardagi sonlarini varaqlasangiz, milliy adabiyotimizda muhim voqea sifatida baholangan hikoya, qissa va romanlar, şeʼr-u dostonlar, publitsistik maqolalar ayni şu naşrda çop etilganini körasiz. Keyinçalik, mustaqillik arafasida – öta oğir, tahlikali zamonda Abdulhamid Sulaymon öğli Çölponning şeʼrlari, ustoz adabiyotşunos olimlar Najmiddin Komilovning tasavvuf taʼlimoti haqidagi, Ibrohim Haqqulning Ahmad Yassaviyning adabiy merosi va falsafiy qaraşlari töğrisidagi maqolalari birinçilar qatorida “Yoşlik” jurnalida eʼlon qilindi. Bularning barçasi özbek tafakkuri, maʼnaviyati rivojida, milliy jurnalistikamiz ravnaqida jurnalning beqiyos örni va hissasi borligidan dalolat beradi.
Atoqli adibimiz Asqad Muxtor rahbarligida “Guliston” jurnalida boşlangan ijodiy anʼanalar, mardona ruh şu tariqa “Yoşlik”da tadrij topgani, albatta, eʼtiborga molik tarixiy jarayon. Yana bir muhim jihati – bu bezavol ruh, oradan yillar ötib, “Tafakkur” jurnalida butunlay yangiça kuç va şaklda davom ettirildi va yangi bosqiçga kötarildi. Rahmatli Asqad akaning “Tafakkur” jurnalining nişona soni çiqqanidan söng, oxirgi asari – “Tundaliklar”i qölyozmasiga ilova qilib, Erkin Aʼzamga yöllagan bir enlik xatidagi “Sizga havas qildim”, degan sözlari zamirida juda teran maʼno bor. Çunonçi, sobiq mustabid tuzum davrida siqilib yaşagan, ijod qilgan katta avlod vakillarining doğ-u hasrati, armonlari, şu bilan birga, erkinlik zamoni ijodkorlariga mehri va havasi mujassam bunda, desak, adaşmagan bölamiz. Heç şubhasiz, yana bir uluğ siymo – Zulfiyaxonimning “Hurriyat, keldingmi – nahotki kelding, Pinhona soğindim, pinhona kutdim” kabi satrlari ham şu ruhni ifoda etadi.
“Yoşlik” jurnalida ul-bul işlarga aralaşib yurganim, tahrir sanʼati borasida birmunça malaka va tajriba orttirganim, albatta, beiz ketmadi. Keyingi butun mehnat faoliyatim şu soha – adabiy tahrir bilan boğliq holda keçdi. Hayotimda nimagaki erişgan bölsam, şu hunar orqali erişdim.
Ayni paytda bu işning öta maşaqqatli yumuş ekanini ham aytib ötmoqçiman. Yillar mobaynida tahrir könikmasi, söz tuyğusi qalbingiz, ongingizga şu qadar singib ketar ekanki, hatto maşhur asarlarni mutolaa qilganda ham töxtab, tin olib, qoqinib öqiysiz – söz va jumlalar özbekona talaffuzga mosmi, degan öy-xayol köngilda qalqib, bezovta qilaveradi. Baʼzan uyquda ham tinçlik bermaydi.
Tuz-nasiba qöşilgan ekan, keyinçalik ustozlarim Erkin Aʼzam va Xayriddin Sulton bilan köp yillar davomida birga işladik. Bu, avvalo, Yaratganning inoyati, qolaversa, “Yoşlik”da sabr-qanoat bilan mehnat qilib, jurnalistika alifbosi – tahrir sanʼatini örganganim şarofatidan, deb bilaman.
Albatta, kamina bu zotlar taʼrifida bir söz demakka ojizman. Şunday damlarda taʼrif ilmini haddi aʼlosiga yetkazgan buyuk salaflarimiz sözlari quyulib, butun qalbimni egallab, madadga kelgandek böladi. Balki bu taʼrif emas, minnatdor şogird könglidan tökilgan samimiy bir lutf, mehr ifodasidir. Nima bölganda ham, Alişer Navoiy taʼbiri bilan aytganda: – “davron elining safo-yu naqşi, navosoz ulusning navobaxşi, maoniy sipehrining mehri duraxşoni, agar çin desam, söz mulkining sohibqironi bugun – xujasta zamonda ulardir”.
Tabiiyki, qirq yillik tarix va anʼanalarga ega bölgan “Yoşlik” jurnalida ötgan qariyb ikki yillik umrimga açinmayman. Taqdir ekan, uning yutuqlari-yu yuksaliş onlarini, kezi kelganda, kamçilik va muammolarini ham kördim. Barçasidan saboq çiqardim. Barçasiga özimni daxldor deb bildim. Çunki “Yoşlik” – butun millatning maʼnaviy mulki, bisoti, tariximiz va maʼnaviyatimizning ajralmas qismidir. Şu bois hayotimning bir uçginasi boğlangan uşbu naşrdan, “ştatsiz xodim” sifatida bölsa ham işga olgan aziz insonlardan minnatdorman. Ötganlarini Olloh rahmat qilsin, hayot yurganlarining umrini, rizq-u nasibasini ziyoda etsin!
“Yoşlik”da “töliqsiz maqom”da bölsa-da, tölaqonli inson, ijodkor böliş ulkan baxt ekanini teran his etdim va doimo şunday martabada bölişga intilib yaşadim. Eng muhimi şu.
Murtazo Qarşiboy,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.
1961-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Öttiz yillik andişa” (şeʼrlar), “Inson möjiza izlab yaşaydi” (adabiy-tanqidiy, maʼrifiy-publitsistik maqolalar, badiiy tarjimalar) kabi kitoblari naşr etilgan. Dino Butssatining “Taqiq” hikoyasi va Ion Drusening “Asl makonga qaytiş” qissasini tarjima qilgan.
2023/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


