4 daqiqada öqiladi

164 marta körilgan

“Yoşlik” – tajriba, bağrikenglik maydoni

Xurşid Döstmuhammad

“Yoşlik” jurnali çiqa boşlagan paytlarni eslasak, “ayni vaqtida” degan iborani kengroq talqin etişga töğri keladi. Çunki yangi jurnal taʼsis etilişi köp jihatdan ayni vaqtida yuz bergan VOQEA edi!

Avvaliga adabiy jamoatçilik davralarida “Yoşlik” jurnali taʼsis etilar emiş, degan miş-miş tarqadi. Köp ötmay miş-miş hayotiy tasdiğini topdi: “Yoşlik” jurnali taʼsis etilgani çinakam bayramga aylandi! Buning sabablari bor edi.

Yuzaki qaraganda, hammaga kundek ravşan bölgan sabablardan biri respublikada mavjud jurnallar uzviyligida uziliş mavjud edi. Bolalarga möljallangan jurnallar bor (“Ğunça”, “Gulxan”), salmoqli va zalvarli “Şarq yulduzi” bor, lekin öşa zamonlarning maşhurdan-maşhuri “Yunost” toifasidagi yoşlar naşri yöq edi. “Yoşlik” şu maʼnoda böşliqni töldirişi möljallangandi.

Yangi jurnal ayni vaqtida dunyoga kelganining va bayramga aylanganining asl sabablaridan yana biri ançagina jiddiy.

Asosiy sabab – 80-yillarning boşlaridan adabiyotimizga yangi avlod vakillari gurillab kirib kelayotganida. Yangi avlod tölqini öz nasri, şeʼriyati, adabiy qaraşlari orqali zamonaviy milliy badiiy tafakkurni tubdan özgartiriş, yangilaş dardida nafas olardi. Törtta yoş töplandimi, adabiy bahs-munozaralar joy tanlamas, milliy va jahon adabiyotidagi katta-kiçik yangiliklar muhokama mavzusiga aylanardi. Murosaga örin qolmasdi, taʼbir joiz bölsa, tanqid, tan olmaslik va inkor ruhi hukmron edi. Yaşab turgan,  ijodini davom ettirayotgan katta avlod vakillari u yoqda tursin, 60-yillarning ikkinçi yarmi va 70-yillarda adabiyotimizga bir qadar yangi “nafas” – ruh olib kirgan örta avlod vakillari ijodi ham yangi avlod vakillarining nazarida almisoqdan qolgan hisoblanardi. “Boşqaça fikrlaş kerak, boşqaça yoziş kerak, buning uçun yaqin yarim asrlik anʼanalar yölidan bormaslik kerak!” mazmunidagi qaraşlar şakllandi.

Öşa inkor etuvçi avlod vakillarining qaraşlari neçoğli asosli edi yoki yöq, rad etilayotgan avvalgi adabiyot örnida yangisi yaratildimi, bular butkul alohida mavzu. Muhimi, 70-yillar adoğidan boşlangan uşbu isyonkor tölqin urinişlari 90-yillarning boşlariga qadar saqlanib turdi. Mutlaqo yangi rassomlar yetişdi, musiqa sohasida yangiça ohanglar paydo böldi, noodatiy, “ğalati” nasriy asarlar yaratila boşlandi. Şeʼriyat karvonboşilikni qölga oldi. Qiziğini qarangki, katta avlodga mansub eng ilğor fikrli adib­larimiz ham baʼzan yangi şeʼr, yangi nasrni talqin etişga ojizlik qilib qola boşlaganidan köpçilik ajablanmadi ham. 

Xullas, mana şunday jangovar pozitsiya uçun yangi naşr nihoyatda zarur edi. “Şarq yulduzi”ga yaqinlaşib bölmas, u otaxon adabiy-badiiy naşr sifatida asosan yoşi uluğlarimiz “tasarrufi”dan böşamasdi. Asqad Muxtor boş muharrirlik qilgan “Guliston” jurnali çinakam maʼnodagi maʼrifiy inqilob yasadi. Lekin jurnal hajman ixçam edi, u yuqorida aytilgan gurillab kelayotgan avlod uçun minbar vazifasini ötaşga torlik qilardi. Şu nuqtayi nazardan, “Yoşlik” ayni muddao böldi.

“Yoşlik” endi-endi oyoqqa turayotgan paytda “Guliston”da boş muharir özgardi.  Kutilgan raqobat muhiti vujudga kelmadi, balki Asqad Muxtor davri “Guliston”ining eng yaxşi anʼanalari beixtiyor “Yoşlik”ka köçib öta boşladi. Ehtimol, bunga öz davrida “Guliston”ning olovini gurillatgan tahririyat xodimlari “Yoşlik” tahririyatiga ötişgani sabab bölgandir.

“Yoşlik” har jihatdan ilğor naşrga aylana boşladi. Yangidan-yangi nomlar kaşf etildi. Lekin… jurnal nihoyatda vazmin va ehtiyotkorona yölni maʼqul kördi, risoladan taşqariga çiqişni öziga ep bilmadi, yaʼni katta daʼvolar bilan yaşayotgan, şu maslakda qoğoz qoralagan ijod namunalariga emin-erkinlik yaratolmadi. Endi öylab körilsa, ayni “Yoşlik” adabiy daʼvolarga-eksperimentlarga keng yöl oçmoğining, jurnal sahifalari murosasiz bahslar maydoniga aylanişining nafi kattaroq bölur edi. Anʼanaviy yösindagi silliqqina, “qoş-közi” pardozlangan asardan köra öxşamayroq çiqqan, dağalroq maşqlar omma eʼtiboriga havola etilişi, yaʼni tajriba maktabi vazifasini ötamoği maʼqulroq edi “Yoşlik”.

Kim bilsin, şöroviy mafkura xastaligi bunga yöl qöymasa qöymagandir…

Tahrir ayovsiz, hatto şafqatsiz edi.

Mahoratli tahrirning ikki jihati hamişa bahs uyğotadi.

Hozir tahrir maktabi qariyb boy berilgan, zahmatkaş muharrirlar anqoning uruğiga aylangan bir paytda öşa, “Yoşlik”da şakllangan muharrirlik maktabining qadri seziladi. Çunki tahrir natijasida asar sayqal topadi, uning badiiy qimmati oşadi, qolaversa, muallif (ayniqsa, yoş va katta daʼvolardagi muallif!) sözni his etişga odatlanadi, fikrni tiniq, mukammal ifoda etiş maşqini, hadisini oladi. Biroq tahrirga haddan taşqari zör berişning qaltis jihati şundaki, asar birlamçi qiymati-ohorini yöqotadi. U yakka muallifning emas, muallif va muharrir asariga aylanadi. Hatto muallif qalami muharrir qalami ostida özligini yöqotadi. Eng yomoni, yoş muallif ana şunday qattiqqöl muharrir “haşari”ga örganib qoladi. Bunday tahrir “saltanati”da muallif uslubi, uning öziga xos (ifodaviy-tahririy kemtiklari aralaş) hayotiy qaraşlari – konsepsiyasi haqida gapga örin ham qolmaydi. 

Oqibat esa ayon: “Yoşlik” jurnali dastlabki yillarda kaşf etgan aksari faol mualliflar uzoqqa bormasligi muqarrar edi. Şunday böldi ham.

…Yarim asr burungi adabiy jarayonga doir mulohazalar bugungi kunimiz uçun ham asqotsa ajabmas. Çunki yangilaniş, izlaniş istagidagi har qanday milliy adabiyot (ayniqsa, hozirgi zamonda!) öz saflarida köz oçayotgan umidbaxş uçqunlarni asrab-avaylaş va ularni unib-östiriş uçun ham özligidan keçiş darajasida bağrikenglik qilmoği, navqiron avlod vakillarini yangi tölqinlarga aylanişiga imkon yaratmoği kerak böladi.

Bunday uluğ niyatlar uçun hozirgi “Yoşlik”da barça imkoniyatlar muhayyo!       

Xurşid Döstmuhammad,

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

 

 1951-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)­ning jurnalistika fakultetini tugatgan. Adibning  “Nigoh”, “Hovli etagidagi uy”, “Panoh”, “Jajman”, “Oromkursi”, “Söroq”, “Sof özbekça qotillik”, “Yolğiz” singari qissalari, “Bozor”, “Donişmand Sizif” kabi romanlari va önlab hikoyalari çop etilgan.

Ryunoske Akutagavaning “Rasyomon darvozasi” hikoyasini, Temur Pölatovning “Yetti huzur-halovat va qirq qayğu-alam” romanini özbek tiliga tarjima qilgan.  

2022/8 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)