3 daqiqada öqiladi

216 marta körilgan

Azmu jazm bilan iş tut

Amir Temur

Amir Temur ögit va yöriqlaridan

Buyuk bobomiz Amir Temurning hayot va faoliyat yöli biz – avlodlarga juda katta ibrat maktabidir. Buyuk davlat arbobi va sarkarda bölgan Sohibqiron yuksak bilim va salohiyat egasi edi. Tarixiy asarlar, yodnomalarda bunga juda köp misollar keltirilgan. Zamondoşlarining yozişiça, Temur bobo har qanday sohaning bilimdoni bilan bemalol ilmiy bahsga kirişa olgan. Quyi­­da havola etilayotgan ögit va fikrlar aqlu idrokimizga oziq bölişi şubhasiz.

Işbilarmon, mardlik va şijoat sohibi, azmi qatʼiy, tadbirkor va huşyor bir kişi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kişilardan yaxşidir.

Kengaş ikki turli bölur: biri – til uçida aytilgani, ikkinçisi – yurakdan çiqqani. Til uçida aytilganini şunçaki eşitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim quloğiga quyardim va dilimga joylardim.

Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik işni qilişga töğri kelgudek bölsa, ikkovidan barobar qutuliş çorasi topilmagaç, bir xatarini ixtiyor etmoq kerak.

Davlat işlarining töqqiz uluşi kengaş, tadbir va maşvarat, qolgan bir uluşi esa qiliç bilan bajo keltirilur.

Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini özimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm çiqardim. Xayr-ehson işlarim bilan odamlar könglidan joy oldim.

Qilmoqçi bölgan işlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror işni qilmaslikka söz berar ekanlar, yaqiniga ham yölamasinlar. Xotirdan çiqmasinkim, Tangri taolo jasur kişilarni ardoqlaydi.

Azmu jazm bilan iş tutdim. Biror işni qilişga qasd etgan bölsam, butun zehnim, vujudim bilan boğlanib, bitirmagunimça undan qölimni tortmadim.

Xarob bölib yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan köprik­larni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga yangi köpriklar qursinlar, yöl ustida har manzilgohga rabotlar qursinlar. Yöllarga kuzatuvçi va soqçilar qöysinlar, har bir rabotga bir neçta odamni joylaştirsinlarki, yöllarni kuzatiş va saqlaş işlari şularga tegişli bölsin. Yölovçilar mollarini ğaflat bosib, öğirlatib qöymasliklarining vazifasi ham öşalarning zimmasida bölsin.

Hokimlar, sipoh va raiyatdan qaysi birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eşitsam, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan çora kördim.

Har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning ölçovini belgilab olişing va şunga muvofiq iş yuritişing kerak.

Oçiq yuzlilik, rahm-şafqat bilan xalqni özimga rom qildim. Adolat bilan iş yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bölişga intildim.

Döst-duşmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bölsa, döstlarga şunday muomala qildimki, döstligi yanada ortdi, duşmanlarga esa şunday munosabatda böldimki, ularning duşmanligi döstlikka aylandi.

Eng baland minora ham yerdan kötarilgay.

Har mamlakatda adolat eşigini oçdim, zulmu sitam yölini tösdim.

Şijoatli kişilarni döst tut, çunki Tangri taolo jasur kişilarni ardoqlaydi.

Heç kimga ğazab bilan qattiq muomala qilmadim va heç bir işda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning ğazabiga duçor bölmayin va işimni buzib, holimni tang aylamasin deb.

Menga iltijo qilib kelgan badkirdor odamlar xoh menga yaxşilik qilgan bölsinlar, xoh yomonlik, saltanat taxtiga ötirganimdan keyin ularni xayr-ehsonlarim bilan xijolatga qöydim. Menga qilgan yomonlik­larini qilmagandek körib, ularni yomon qilmişlari daftari ustiga afv qalamini tortdim.

Sarmoyasi qölidan ketib qolgan savdogarga öz sarmoyasini qaytadan tiklab olişi uçun xazinadan yetarli mikdorda oltin berilsin. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonçilik qilişga qurbi yetmay qolgan bölsa, unga ekin-tikin uçun zarur uruğ va asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatişga qurbi yetmasa, kerakli uskunalarni yetkazib berib, unga yordam berilsin.

Yaxşilarga yaxşilik qildim, yomonlarni esa öz yomonliklariga topşirdim. Kim menga döstlik qilgan bölsa, döstligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom körsatdim.

Yuz ming otliq askar qila olmagan işni bir töğri tadbir bilan amalga oşiriş mumkin.

Heç kimdan öç oliş payi­­da bölmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni Parvardigori olamga topşirdim. Sofdil kişilar, sayyid­lar, olimlar va fozillarga dargohim doim oçiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, köngli buzuq qörqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)