8 daqiqada öqiladi

232 marta körilgan

“Bir soat, ijozat ayla, quvonay…”

Abduvali Qutbiddin

Abduvali Qutbiddinday yetuk şoir ötdi, öziga “Sizday şoir noyob” deb ulgurmadik. U şoir edi. Bilimli, ilmli, dili işq olovida qovrilayotgan, otaşnafas şoir edi. Alloh huzurida, Hokimi mutlaq yaratgan ön sakkiz ming olamda sözdan özga boqiy qudrat, şeʼriyatdan uluğ maʼvo yöq deb bilgan şoir umri söngidagi suhbatlarining birida Vatandan özga uluğlik yöqligini taʼkidlagandi. Uluğlikning turli yölaklarini sayr qilgan vatanparvar, elparvar şoir şunday xulosaga kelişi tabiiy edi. Uning umri Alloh huzuriga pokdomon boriş ilinjida ötdi. Imonli böliş qölida çöğ uşlab turiş bilan barobarligini bila turib ham bir umr nafaqat qölida, balki dilida, jonida çöğ uşlab ötdi şoir. Uning şeʼriyatida boş mavzu kir dunyo makridan özni asraş, poklanib yaratgan huzuriga boriş istagi bilan boğliq.

Abduvali Qutbiddin uçun har bir söz ardoqli edi, har bir satrida sözlar tilla uzukka qöyilgan zumradlar kabi öz örnida bölardi. U tartib bergan şeʼriy töplamlarning nomi ham betakror. “Bor” töplami undan oldin naşr bölgan kitoblar asosida saralab tuzilgan. “Bor” – “mavjudlik” “harakat”, “yuk” kabi maʼnolarni anglatişiga köra şakldoş söz (Masalan, “Menda bor”, biznikiga bor, bor – keldi):

 

Dösti aziz,

Pufakday yorilma – qorilma tun suvoqlariga,

Kuy, yaxşisi,

Jiz etib gulxan ila sudraş va böğiş –

Yaşaş ham işmi –

Oqar tongning bökiriğida –

Hammasi yöğida – yölga tuş, döst…

Şoirning “Bor” allegoriyasi” şeʼridan olingan bu satrlar mohiyatini anglaş uçun xos şeʼrxon bölmoq lozim. Unda şoir “bor” sözining şakldoşlikdagi barça maʼnolarini sözning özini qöllamay turib ifodalagan. “Yölga tuş, döst…” deyişning özi bor deb undaşdir. Ammo lirik qahramon sirdoşning, dildoşning, yaʼni dösti azizning pufakday yorilişini, tun suvoqlariga qorilişini istamaydi. Uning maslakdoşi havoyi bölmasligi lozim, şoir döst kuysa ham gurullayotgan olov bilan yoqalaşadigan darajada jasoratli bölişini istaydi. Oqar tong, yaʼni subhi sodiqning bökiriğida yölga tuşişi kerakligining özi şoir uni uluğ manzilga tomon borişini söraganini anglatadi. Abduvali Qutbiddinning bu şeʼri kitobning nomini bizga izohlamoqda. Keyingi şeʼrning “Bor” allegoriyasi”ga aloqasi yöqligini bilib turganimiz holda boğliq degimiz keldi. Bu hol şoir şeʼrlar ketma-ketligini ham jiddiy öylagan deyişimizga asosdir:

 

Ona – polvonim, bahodirim mening,

Qanday kötarasiz dunyo yukini.

Bir zarrasi tegsa – tuşadi larza,

Jajji gardi tegsa – ketdim qoqinib.

Onasi borligi uçun şukrona qilib yozilgan şeʼr. Ona haqida özbek şeʼriyatida mavjud eng çiroyli, eng eʼtirofga loyiq şeʼrlar bilan bellaşadigan, ammo heç birini takrorlamagan şeʼr. Oddiy, ammo heç qaysimiz öylamagan buyuk haqiqat bor: ona dunyo yukini kötara oladigan yagona polvon, bahodir! Bu şeʼr ham, nazdimizda, kitobning nomini bizga şarhlab bera oladi. Şu örinda Abduvali Qutbiddin ijodiga xos bir jihatni taʼkidlasak: aksariyat hollarda şoir kitobiga nom öylab topmaydi, balki mavjud şeʼrlari nomi orasidan yoki biror şeʼrining bir sözidan munosibini kitobga nom sifatida tanlaydi. U tanlagan nomlar ham betakror va şoir şeʼriyati boş ğoyasini ifodalay olgan.

“Bor” kitobi “Nayson”, “Humo”, “Baxtli yil”, “Sen va sen uçun”, “Xayol keçasi”, “Uzoqdan olisga” nomli oldin çop etilgan kitoblardan tanlab olingan va “Bor” allegoriyasi” nomi ostida berilgan yangi şeʼrlardan tuzilgan. Şoirning har bir kitobi mavjud şeʼrlardan saralab tuzilgan. Kitoblarga kirgan şeʼrlar eʼtirofga munosib bölsa-da, şoir “Bor” töplamiga ular orasidan ham eng saralari deb bilganlarini kiritgan. Kitobdagi şeʼrlar Abduvali Qutbiddin uç şeʼriy tizimda ham ijod qilganini, ammo aruz şeʼriy tizimida kamroq baytlar bitganini, ularni ham “Erkin aruz” nomi ostida berar ekan, bu misralar şeʼriy tizimning temir qonunlari talabiga javob bermasligini anglagani uçun şunday nomlaganini dalillaydi. Şoir barmoq şeʼriy tizimining sodda va murakkab vaznida barakali ijod qilgan, ayni damda, erkin şeʼriy tizim şoirning jilovlanmas, şiddatkor, çegara bilmas, töfonli ilhomiga juda mos kelgan.

Abduvali Qutbiddin ijodi folklordan, kunçiqar va kunbotar şeʼriyatidan birday bahramand bölgan, umrini, ijodini komillik kasb etib Allohga yuzlanişga sarflagan, şu orzu-armonlarini ijodiga jo aylagan ijodkorga, mutafakkirga xos. Bu mubolağa emas, şeʼriyatining har bir satri tahlil qilinsa, bu fikrga iqror böliş oson keçadi.

Şoirning har bir şeʼriga bir jihat xos: har bir bandning öz mavzusi, manzarasi bor va şu mavzular boş mavzuni anglaşga kömaklaşadi, har bir manzara asosiy tasvirning qismlari bölib çiqadi. “Bor” kitobidagi ilk şeʼrdan boşlab qöya qolaylik. “Sohibdilim – diloro” şeʼri olti bandli şeʼr sifatida berilgan bölib, har bir band “Sohibdilim – diloro” satri bilan boşlanadi. Beş bandda toq misralar qofiyalanmagan. Taʼkidlaş lozimki, ijodi davomida şoir bir şeʼrida qofiyaga mumtoz qoidalar darajasida diqqat qilsa, bir şeʼrida qofiyaga siğmaydi, ruhdagi şiddat qofiya qoliplarini buzib çiqadi. Tilga olganimiz şeʼrida juft misralarda aksar töq qofiyalar: qulfmidur – zulfmidur; çekdim-ku – ekdim-ku. Birinçi bandda karvon ketmoqda, quyun nay puflamoqda, lirik qahramon karvon töxtaşi lozimligini “Ayyit” deb sohibdiliga murojaat qilmoqda. Çunki biyobon – quyunning enasi. Ena karvonni emas, bolasini qöllaşi aniq. Şoir “ayt” sözini til qoidalariga zid tarzda qöllab, vaznning mukammalligini taʼminlamoqda va sözga taʼkid maʼnosini yuklamoqda. Ikkinçi bandda giryon çaşma, jilğa bölgan köngilni quritgan mujgon tasviri bor. Satrlardagi bu tasvir rassom çizgani kabidir. Uçinçi bandda qulf kabi yopiq turgan köz, uni oçib çiqayotgan nigoh va nigohni çopayotgan zulf tasviri bor. Qolgan bandlarni ham şu taxlit keltiriş mumkin. Har bir manzara alohida. Ularni birlaştiradigan bandga eʼtibor qarating:

 

Sohibdilim – diloro,

Vasling sarobmi, röyo.

Hofiz emasman işqda,

Abduvaliman göyo.

Majnunlik tasviri karvon, quyun, biyobon, nay, işq kabi detallarni birlaştirib beradi. Şoir oşiqning işq iztiroblarini köngil jilğasini quritib bölgan kiprik tasviri bilan bersa, yorning zulmini oşiq nigohini zulf qiliçi bilan çopgani ifodasi orqali namoyon qiladi. Şeʼrning oxirgi satrida ismini ham taxallus sifatida, ham oşiqligi hatto Hofizga öxşamasligini taʼkidlaş uçun qöllaydi. Işqning darajasini qay taxlit bergani şeʼrxon idrokiga havola qilingan.

Abduvali Qutbiddinning şeʼriyatiga xos yana bir tomon bor: aksariyat şeʼrlarida bir söz yoki bir satr takror-takror qöllanişi orqali şeʼr mazmunidagi qaysidir jihat börttiriladi, maʼno kuçaytiriladi. “Qasam”, “Umr ögitlari”, “Köngil”, “Istardim”, “Keça” kabi şeʼrlari fikrimizni dalillaydi. Yoki har banddan keyin maʼlum sözlar keltiriladi, ammo bu sözlar bir-birini takrorlamaydi, bir-biriga qofiyalanmaydi. “Visol”, “Xayol”, “Yomğir”, “Sevgi qissasi” şeʼrlarini misol keltiriş mumkin. Ayrim şeʼrlarida söz ohangni ifodalaydi, tovuşga taqlid keltiriş orqali şoir ruhiy holatini aks ettiradi. Masalan, ikki qismli “Ohang” şeʼrining birinçi qismida “Ayyy…”, ikkinçi qismida “O-o-o-o…” banddan keyingi takror misra bölib kelgan:

 

Xudoyim, boşimni qayga berkitay,

Qaysi daqiqangda qanday yirtilay,

Kimga nima beray, kimdan ne tilay,

Ayyy…

Abduvali Qutbiddin şeʼriyatini öqisangiz, tasavvuf ilmidan xabardorligini his qilasiz. Ayni damda, folklor taʼsiri ham beqiyos. Masalan, uning ikki qismdan iborat “Yomğir” şeʼrini öqib köring. Birinçi qismida yomğirga aylanib, tuproqqa singgan oşiq obrazi bor. Sevgan, ammo sevilmagan lirik qahramon dastlab yomğirga dardi hol qiladi. Şeʼrning barça bandlaridagi törtinçi satr bir xil: “Meni sevmas heç kim”. Şoirni qiynagan dard şu. Lirik qahramon yomğirga aylanişni istaydi.

 

Qiyofam yomğirda, u esa menman,

Tağin, qayta-qayta köriniş berdim.

Tezroq yaşiringin, tomçiman, tiğman,

Meni sevmas heç kim.

(“Sen va sen uçun” töplamidan)

Yomğir qaçon tiğga aylanadi?! Sevilmagan inson dastlab oğrinadi, bu oğriq ğazabga, ğazab öçkorlikka, nafratga aylanib boradi. Şoir şu jarayonni anglatar ekan, sevilmagan bu oşiqning yomğirga evrilganini ifodalaydi. Faqat öta ğazabnok holatda, yaʼni şitob bilan yoğayotgan yomğir tomçidan tiğga aylana oladi. Sevilmasa-da, sevgani sabab seviklisining yaşirinişini söramoqda, buni “Zinhor senga, ey yor, yomonligim yöq” deb taʼkidlamoqda. Şeʼrning ikkinçi qismida yomğirga aylanib, tuproqqa singgan oşiq “Tindimmi, indimmi, oxir-ul kalom” deb öz holati özgarganini, ğazabidan tuşganini ifodalab, maysa, çeçaklarga “yorimga salom ber” deb ötinmoqda.

Folklorning ertak janrida evriliş turli körinişlarda aks ettirilgani kabi şoir şeʼrning ikkinçi qismida yomğirga aylangaç, yalpizning unişiga kömaklaşadi va yalpizdan yorning uyiga borişini söraydi:

 

Yalpizim, suyuklim uyigaça bor,

Iloj qil, deraza rohida kökar,

Böy tarat, dimoği yonsin, u bilsin,

Mendan bu xabar.

Söng kaklikka jon bölib, kaklik orqali yori diydorini körişini istaydi. Söng kabutar vujudiga kiriş orqali yorining kaftiga qönişni orzu qiladi:

 

Bir soat, ijozat ayla, quvonay,

Don bersa ajabmas kaftida orzum.

Zora men haqimda surib qolsa öy,

u…

Şoir orzu-armonlarining barini yomğirga evrilgan lirik qahramon orqali amalga oşirişni orzulaydi. Uning bunday şeʼrlari yetarli.

Bunday tahlillarni uzoq davom ettiriş mumkin. Xulosa şuki, şoir şeʼrlarining maʼno qatlamlari köp. Uni anglaş uçun xos şeʼrxon kerak, ammo oddiy şeʼrxon öqisa ham foydalidir, ruhiyati tarbiyat topadi.

“Bor” töplamida “Tasavvur lahzalari”, “Barokko”, “Onçaki”, “Nazmdagi nasr”, “Erkin aruz”, “Illustratsiya” turkumlari, “Ozodlik” dostoni keltirilgan. Ularning har biri ijodkorning yangi-yangi qirralarini kaşf qiliş imkonini beradi. Şoir “Iqror”, “Avtoportret” şeʼrlarida öz umrining qanday ötganini şeʼr satrlari qatiga yaşiradi. “Iqror” şeʼri “Bor” kitobi bilan birga şoir hayoti haqida ham xulosa bera oladi:

 

Sizga hammasini sözlab berdim,

Uluğ kördim sizni,

Qulluq qildim bağrimni berib,

Qiliq qilganim yöq,

Ilikday qoqib berdim vujudim gavharin.

Çunki men borman,

Siz kabi borliqda –

Va men Abduvali Qutbiddin.

Ha, yana bir yetuk şoirimiz “Ilikday qoqib berib vujudi gavharin”, evaziga minnatdorçilik kutmay Alloh huzuriga şoşdi. Bu satrlardan heç birini inkor qilolmaymiz, yetuk şoir Abduvali Qutbiddinning ruhan barhayotligi ham haq. Şeʼriyati bunga kafildir.

Laylo Sharipova,

 filologiya fanlari doktori, professor.

 

1968-yili tuğilgan. Buxoro davlat universitetini tamomlagan.

“Oh, armonlar”, “Qismat surasi”, “Şodlik sohili”, “Bu şunday dunyoki…”, “Onamga tortiq” kitoblari naşr etilgan.

 

2023/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)