10 daqiqada öqiladi

878 marta körilgan

Birinçi kitob hayajonlari

Yoş ijodkorlar bahorgi irmoqlarga öxşaydi. Ularda bahor suvlarining şoşqinligi, musaffoligi, beğuborligi bor. “Birinçi kitobim” loyihasi asosida çop etilgan töplamlar bilan tanişiş jarayonida yoşlar ijodi bugungi kun ruhi va maqsadlariga muvofiq ekanligini payqaş mumkin. Joriy yilda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qoşidagi “Ijod” jamoat fondi homiyligida 20 ming nusxada naşr qilingan kitoblar orasida Fozil Farhodning “Maktub”, Kumuş Abdusalomovaning “Kuylamasam bölmaydi”, Sanjar Tursunovning “Muzaffar tong”, Zulfira Nuʼmonovaning “Osmonning fanori”, Şavkat Odiljonning “Baxt bekati”, Zebo Xudoyberdiyevaning “Yöl boşida” kabi töplamlari bor. Olti nafar ijodkorning ilk kitoblari 120 mingta oq kabutarga aylanib, adabiyotga, şeʼrga, sözga intiq yuraklarga kirib borsa, ajab emas.

Tahririyat

Foziljon, ustoz adiblarning köpçiligi sizning yoşingizda adabiy jarayonda tanilib ulgurişgan, bir emas, bir neçta kitoblari naşr etilgan. Odatda ijodkorning birinçi kitobini tönğiç farzandga qiyoslaşadi. Tönğiç farzandning nuqsonlari har doim har közga taşlanmagani kabi ilk kitob ham xatolari bilan birga suyumli böladi. “Maktub” ni qölga olganingizda, qalbingizdan qanday öylar keçdi?

Fozil Farhod:

– Kitob – maʼnaviy boylik! Allomalarimiz aytganiday, uning qiymati moddiy boylikdan yuqori turadi. Birinçi kitobim çop etilgani haqidagi xuşxabarni eşitganda yuragimdan hayajonli tuyğular keçdi. Taniqli ijodkorlarning birinçi kitoblari nomini eslaşga urindim. Abdulla Oripovning “Mitti yulduz”i, Rauf Parfining “Karvon yöli”, Matnazar Abdulhakimning “Tiniq tonglar”i, Xayriddin Sultonovning “Quyoş barçaga barobar”i, Yöldoş Eşbekning “Soğinib yaşayman”i, Eşqobil Şukurning “Soçlari sumbul-sumbul”i, Aʼzam Öktamning “Kuzda kulgan çeçaklar”i, halima Ahmedovaning “Tungi marvaridgullar”ini bir-bir köz oldimga keltirdim, qölimda borlarini varaqlab kördim. Uşbu kitoblarning mualliflari ilk töplamlari bilan maşhur bölişgan, ustozlar eʼtiborini qozonişgan. Biz ham ulardek ijodkor böla olamizmi?

Taqdimot köngildagiday ötdi. Samimiy qutlovlarni qabul qildik. Qutlovlar kelişi hamon davom etyapti. Birinçi kitobimizning 20 ming nusxada çop etilgani nafaqat biz, tanişlar, döstlar, qarindoşlarning ham boşi osmonda! Yöl boşida turgan yoş ijodkor uçun bu haqiqatan ulkan hodisa.

Kunda bölmasin, oyda bölmasin, mayli, yilda bir bölsa ham “Kitobingiz qölimda turibdi”, degan xuşxabarni oliş qalam ahliga nasib etaversin!

* * *

Qizaloqda yangi tuyğu paydo böldi – kutiş. Endi u har tong derazadan darvozaxonaga termilişni odat qildi; otasining kelişini intiqib kuta boşladi. har gal ularning örniga baroq qoşli poçtaçi amakini qarşi olarkan, maktubni unga berardi-yu, mitti yuragi bir oğrinib qöyardi. Biroq har oqşom maktub yozişini qöymasdi…

“Maktub” hikoyasidan

Öz ovoziga ega bölişni istagan yoş ijodkor adabiyotimizning asriy anʼanalari bilan bir qatorda milliy folklorga ham befarq bölmasligi kerak. Çunki har qanday millat adabiyoti avvalo uning folkloridan oziqlanadi. Qaysi xalqning oğzaki ijodiyoti boy bölsa, şunga muvofiq ravişda adabiyoti ham muhtaşam böladi. Kumuş, aksariyat şeʼrlaringizda xalqona qöşiqlarga xos ohang va kayfiyat bor. Ilk kitobingizdagi “Gul sayli”, “Maktub”, “Qiz qöşiği” singari şeʼrlarni öqib, şunday xulosaga keliş mumkin. Buning boisi nimada?

Kumuş Abdusalomova:

– Gyotening şunday gapi bor: “Xalq qöşiqlarining asl qadr-qimmati şundaki, ulardagi ohanglar bevosita tabiatning özidan olingan”. Xalq qöşiqlari insonning özi bilan tuğilib, özi bilan birga ulğayadi. Bolalikda “Oq terakmi, kök terak”, “Çittigul” qöşiqlarini sevib aytamiz. Ösmirlik pallasiga yetib, oq-qorani taniy boşlagan çoğimizda esa “Soy böyi”, “Eşik oldi”, “Boşginam oğriydi” kabi qöşiqlarni qanday yod olganimizni özimiz bilmay qolamiz. Yillar ötib borar ekan, xalqimiz turmuş tarzining uzviy qismi bölmiş mehnat qöşiqlari ham hamrohimizga aylanadi. Xalq qöşiqlarining ahamiyatli jihati şundaki, ular heç qaçon eskirmaydi, zeriktirmaydi, vaqt tösiqlaridan ildam ötib boraveradi. Bolalikda eşitganimiz termalar soçimizga oq tuşganda ham yangidek tuyuladi. Ularni yodlaş ham, yozib oliş ham şart emas. Bolaligimda xalq qöşiqlarini köp bor eşitganman, dugonalarimga jör bölib kuylaganman. Xalq qöşiqlariga bölgan mehrim tufayli şeʼrlarimning aksariyati xalqona yölda yozilgan. Menimça, xalqona uslubda şeʼrlar yoziş yoş ijodkorga köp narsa beradi, ijodini millat ruhiga yaqinlaştiradi.

Çillak

Sindirib olişdi uni daraxtdan,

Söng kesib taşlaşdi oyoq-qölini.

Yerdan çuqur qazib, boşin qöyişdi,

Zulmatlar qopladi öngu sölini.

Tayoqni ayamay urişdi keyin,

Samoda sovuqdan titradi dir-dir.

Tayoqning bir aybi, bitta gunohi –

Soqovligi bilan töğriligidir.

hikoyalaringizda yuksak toğlar havosi, daşt odamlarining sodda hayot tarzi, aytgani hikmatga aylanuvçi insonlar taqdirini qamrab olişga intilasiz. Qahramonlaringizning aksariyati ğururi baland polvonlar, çavandozlar, umri zahmat içida keçadigan soddadil çöponlar… Bu hol öquvçiga özgaça zavq bağişlaydi.

Sizningça, badiiy adabiyotda ijodkor tuğilib ösgan maskan, u yaşagan muhitning ahamiyati neçoğlik?

Sanjar TURSUNOV:

– Sangardak toğlarida qişu yoz, bahoru kuz kakliklar sayraydi. Boğlaridagi daraxtlar şoxida keç kuz kunlarida ham olmalar böladi. Bahorda daryolar toşadi, qorlar eriydi, sel keladi. Xuddi ön sakkiz yoşli yigitça kabi daryolarning kuçi “bilagi”ga siğmaydi. Lekin yozda daryo sal tiniqlaşadi. Xuddi öttiz yoşli oğir-bosiq odam singari. Kuzda suvlar dokaday mayin tortib qoladi. Ellikdan ötib, oqu qorani tanib olgan odam yangliğ sekin oqadi. hatto, 1-sinf öquvçisi ham uni mensimay kesib ötadi. Qişda esa… muzlaydi. Usti muz, pastida suv oqib turaveradi. Yuzi kulib tursa-da, qarilikka çora topolmay qalbi azob çekayotgan otaxon misol…

Sangardak şarşarasi raqsga tuşadi. Dimoğingizda istagan kuyingizni xirgoyi qilib şarşaraga tikilsangiz, u sizni eşitgan kabi raqs tuşa boşlaydi. Agar unga maftunligingizni oşkor etsangiz, u boşingiz uzra kamalak yasaydi, tomçilarini yuzingizga sepib şöxlik qiladi. Beparvolik qilsangiz, şamol bilan yuzingizga çang soladi…

Ha, ijodkor uçun tuğilib ösgan maskan, adabiy muhit va tabiiy manzaralar muhimdir. Bolaligimda ertakdagi voqealar toğning orqasida sodir bölgandek tuyulardi. Öşa tomonlarga borgim, yetti boşli Ajdarhoni öldirgim, Kenja botir bilan gurunglaşgim kelaverardi. Ulğaygaç kördimki, toğning ortida ham bizga öxşagan odamlar yaşaşarkan. Xuddi biz singari ertaklardan miriqib ulğayayotgan bolalar bor ekan. Va ular ham biz tomonlarni “voqea sodir böladigan joy” deb öylaşarkan. Töğri, tasavvurim meni aldadi, biroq baribir ertaklarga işonaman. Çunki qölimga qalam tutqazgan, nimalarnidir yozişga undagan kuç, huv, öşa ertaksiz uxlolmaydigan tunlarimizdan boşlangan bölsa, ne ajab?

hozir har keça öşa tunlardan ilhom olaman. Ularning oldida özimni qarzdor sezaman va bu qarzdorlik tuyğusi meni ançayin qiynab qöyadi.

Tuğilib ösgan maskanning ahamiyati ham, masʼuliyati ham şu bölsa kerak…

* * *

Bolalik yakuni yöq tuşga öxşaydi. Bu oltin damlarda köngling nimani buyursa, xayolingga nima kelsa, qilasan. Birov seni ayblamas, dağdağa qilib ğururingni toptamas, nari borsa şöxlikka yöyişar, undanam oşib ketsa, beozor “bezori”ga çiqarib qöyişadi. Yana bir muhim tomoni, öşa bezoriliklar yoqadi-da odamga. Bu xuş onlar bir keladi-yu ketadi. Ana şunisi yomon. Yigirma kun oldin hayotimda biror muhim voqea röy bergandir, ha, ha, yigirma kun oldin. Esimda yöq. Yöq. Ammo yigirma yil oldin röy bergan har bir voqea hali hamon yodimda…

“Ovuldagi bir oqşom” hikoyasidan

har qanday millat adabiyotining salmoqli qismini bolalar adabiyoti namunalari taşkil qiladi. Kiçik yoşli şeʼrxonlar uçun yoziş kattalarga yozişdan köra osonroq bölib tuyulsa-da, aslida undan köra masʼuliyati oğirroq. Ijodiy faoliyati davomida bolalarga asar yozgan şoir va adiblar köp. Lekin bolalarning sevimli şoiri yoki adibi sifatida keng ommaga taniliş hammaga ham nasib etavermaydi. Nega aynan bolalar ijodkori bölişga ahd qildingiz?

Zulfira Nömonova:

– Badiiy adabiyotning asosiy vazifasi tarbiyadan iborat. Asar qaysi janrda yozilganidan qatʼiy nazar zamirida tarbiya yotadi. Qolaversa, bolalikdagi tarbiya inson maʼnaviyatining poydevori hisoblanadi. Ana şu ilk tarbiya elementlarini bolalar ongiga sodda, ular ruhiyatiga mos holda singdiriş esa şoirdan mahorat talab etadi. Bu bolalar şoirlari zimmasidagi vazifadir. Bolalar uçun yoziş murakkab, ammo zavqli. Çunki tanlangan mavzu, uning zamiridagi ğoyani bolalarga yetkaziş uçun ularga tuşunarli va qiziqarli bölgan poetik obrazlarni izlab topiş kerak. Demak, bolalar ijodkori böliş uçun qiziqiş va intilişning özi kamlik qiladi.

Öz davrida Quddus Muhammadiy, Zafar Diyor, Pölat Mömin, Qudrat hikmat, Tursunboy Adaşboyev, Anvar Obidjon kabi şoirlarimiz şeʼrlari mening bola könglimni tölqinlantirgan, öyga toldirgan. Keyinçalik men ham şeʼrlarim bilan bolalarga ana şunday zavq ulaşişim mumkinligi töğrisida öyladim. Ilk şeʼrlarim öşa paytlarda qoğozga tuşdi. Men şeʼrlarimdagi yumor, yoşlik şavqi orqali bolalarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqiş uyğotib, ulardagi insoniy sifatlarning ilk körinişlarini şakllantirişni öz oldimga maqsad etib qöyganman. Bu yölda hali köp izlanişim kerakligini bilaman. Ustozlarim kömagi va işonçi menga yöldoş ekan, maqsadim albatta amalga oşadi.

Kapalak

Kanoting ipak misol

Biram momiq va mayin.

Parvoz qilasan kökda

Beğubor orzudayin.

O, kapalak, qalbimga

Ezgu hislar solding sen.

Mayli, men tutolmagan

Orzu bölib qolgin sen.

Bugungi adabiy jarayonni kuzatganda, “Bu gulşan sahnida gul köp, çaman köp” degan sözlar yodga tuşadi. Çunki isteʼdodli şoirlar juda köp. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan ötkaziladigan seminarlar har yili önlab yoş ijodkorlarni kaşf etmoqda. Turli sabablar bilan mazkur seminarlarda qatnaşa olmay, çekka qişloqlarda erkin ijod bilan şuğullanib yurgan ijodkorlar ham bor. Ayni holat bir tarafdan yoş ijodkorning baxti – negaki köpinça iqtisodiyotga nisbatan qöllanuvçi “raqobat bor joyda rivojlaniş böladi”, degan fikrni adabiyotga ham joriy etsa böladi. Nima dedingiz?

Şavkat Odiljon:

– Yengil-yelpi asarlar, qoğozga tuşar-tuşmas qöşiqqa aylanayotgan “şeʼr”lar qayerdan paydo bölayapti? Öşa siz aytayotgan, “raqobat bor joyda rivojlaniş böladi”, degan iboraning orqasidan-da, albatta. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bölgan havaskor şoirlarning “Bugun rekord örnatdim, bir kunda 30dan ortiq şeʼr yozdim”, – degan sözlarini öqiganda, har qanday ijodkor öyga tolişi tabiiy… haqiqiy şeʼr çinakam ilhomdan tuğiladi. Sözning asil Sohibi ijod ahlini ilhomdan ayirmasin.

Adabiyot – raqobat maydoni emas. Öqib-örganadigan, öz könglini tökib, özga köngillarni topadigan maydon. Menimça, bu maydonda ijodkorlarni raqobatçilar emas, xalq tiliga yaqin tarzda “yölda yöldoşlar” deb atasak böladi. Yoki “safdoşlar” debmi… Ijodkor uçun eng yaxşi safar öz köngliga qilgan safaridir. Bu manzilda özingni topasan. Safar davomida senga ilhom parisi hamroh böladi. Maşhur adib Markes “Ilhom – ilohiy neʼmat, u kelganida iş yengil keçadi”, – deydi. Şeʼr yozayotganda ruhiy holatimizda ham özgariş sodir bölganini sezamiz. Özimizni parvoz qilayotganday his etamiz.

Seminarlar masalasiga kelsak, ular adabiyotni raqobat maydoniga aylantiriş uçun emas, yoş ijodkorlarni topiş, qöllab-quvvatlaş, bir-birlari bilan taniştiriş, kitobga oşno qiliş, ustoz ijodkorlardan saboq olişlariga imkon beriş maqsadida taşkil qilinmoqda. Bu seminarlar ijobiy natija berayotganini keng jamoatçilik, adabiyot muhiblari kuzatib, guvoh bölib turibdi. Joriy yilda “Birinçi kitobim” loyihasida naşr etilgan kitoblar orasida “Baxt bekati” nomli töplamimning borligi men uçun bir umr unutilmas voqea böldi. 20 ming nusxada çop etilgan ilk kitobimni katta masʼuliyat, kelajakka bölgan umid va işonç ramzi sifatida qabul etdim. Ustozlardan minnatdorman.

Baxt

Yöldan ötib ketmoqda taqdir,

Sevgi javlon urar mehnatda.

– horma, nega işlaysan, sevgi?

– Nomim qolsin abadiyatda.

Savol-javob çözildi rosa,

Taqdir işqdan öylanib qoldi.

horma, – dedi yana bir karra

Va qöliga ketmonni oldi.

Mehnat qildi ikkovlon uzoq,

Noni halol – yugurdi, yeldi.

Inoqlikdan nişon dunyoga

Baxt ismli çaqaloq keldi.

Buyuk şoirligiga mos tarzda talabçan adabiyotşunos ham bölgan hazrati Bobur zamondoş şoirlardan biriga taʼrif berar ekan, uning “Devon”idan örin olgan ğazallarning barçasi bir vaznda bitilganligini taʼkidlaydi. Bu bejiz emas. Şoirning mahorati maʼlum maʼnoda uning turli janrlarda, turfa vaznlarda qalam tebratişiga köra ham baholanişi mumkin. “Yöl boşida” nomli möjaz töplamingizda bir-ikkita mumtoz ohangdagi şeʼrlarini ham öqidik. Ayting-çi, yoş ijodkor qalbida mumtoz adabiyotga mehr, mumtoz adabiyot namunalarini öqişga iştiyoq borligi uning ijodida qançalik ahamiyatga ega?

Zebo Xudoyberdiyeva:

– Binoning mustahkamligi uning poydevoriga boğliq, deyişadi. Men baquvvat ildizlarga ega bölgan milliy adabiyotimizni vaqt sinovidan ötib, bugungi kunga qadar yetib kelgan köhna obidalarga öxşataman. Özbek adabiyoti, ayniqsa özbek mumtoz adabiyotiga maftunligim oilaviy muhitda şakllangan. Bilasiz, farğonaliklar azaldan adabiyotni, kuy-qöşiqni, askiyani yaxşi körişadi. Bolaligimdan mumtoz qöşiqlarni sevib tinglayman, xirgoyi qilib yuraman. hazrat Alişer Navoiyning purhikmat ğazallarini takror-takror öqiyman, misralari qatidagi maʼnoni anglagim keladi. Zahiriddin Muhammad Bobur ğazallari latif samimiyati bilan qalbimni hayajonga solsa, Nodirabegim va Jahon otin Uvaysiy ğazaliyoti ayol qalbining eng nozik, ayni çoğda bir qadar mahzun tasvirlari bilan yuragimni tölqinlantiradi. Asosan barmoq vaznida yozaman. Lekin mumtoz şeʼriyatga bölgan mehrim, maftunligim tufayli ğazallar maşq qilib turaman. Yaxşi şoir böliş uçun faqat isteʼdodning özi kifoya qilmaydi, adabiyotga doir nazariy bilimlarni ham puxta özlaştiriş, mumtoz şoirlar ijodini köproq öqiş kerak. Zero, mumtoz şoirlar ijodi yoş qalamkaşlarga sözni sözdan farqlaşni örgatadi.

Suvrat

Cuvda olam aks etar,

Baʼzan quyoş, baʼzan oy.

Suvratni qayga eltar

Şoşqaloq musavvir – soy?

Köklam çoği bir özim

Soy böyida yurgandim.

Nogoh tuşgandi közim,

Bir yigitni körgandim.

Bir bor körsat rasmin deb

har kun soydan sörayman.

Meni qiynama hadeb,

heç qursa… bir köray man.

Yoniga borolmayman,

Jazmim yetmas jurʼatga.

Qiyoslab körsam deyman

Qalbimdagi suvratga…

Yoş ijodkorlarning fikrlarini G. Möminova yozib oldi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Mamtov Fazliddin

    Mening ham eng katta orzuyim şu aka-opalarim kabi birinçi şeʼriy töplamimni çiqariş.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)