Ğölin (g)
– Sariosiyoda örikning içidan danagi olib quritilgani, turşakni ifodalaş uçun işlatiladi.
Masalan: “Bozordan bir qop ğölingni yelkalab keldim”.
Yumruq
– Xorazm şevasida “muşt”, “muştum” degan maʼnoni anglatadi.
Masalan: “Yumruqingni dölaytma”.
Yovaq
– Buxoro viloyatining Olot tumani aholisi panşaxani şunday ataydi. Xorazmning baʼzi joylarida “Yova”, “yava” şaklida ham uçraydi.
Edraymoq
– Samarqand, Qaşqadaryoning köplab tumanlarida işlatilib, qaraşning salbiy maʼnosini ifodalaş uçun qöllaniladi.
Masalan: “Nega menga edrayib qolding?”
Çagraymoq
– Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida işlatiladi. Tahdid bilan qaraşni ifodalaşda foydalaniladi.
Masalan: “Yerga yuztuban qulagan Baxtiyor şartta örnidan qözğolib, bir muddat raqibiga çagrayib turdi”.
Potloymoq
– Xorazm (Xiva) aholisi şevasida norozi bölib, xunuk qaraşni ifodalaş uçun işlatiladi.
Masalan: “Köp potloymasdan, işingizni qiling, uka”.
Jasur Jamirov tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

