Çin şeʼr – köproq odatiy mantiqqa tuşmaydigan irratsional hodisa. Töğri, ijod tajribasida aql bilan puxta öylab bitilgan gözal şeʼrlar ham uçrab turadi. Lekin asl şeʼrlar öydan emas, tuyğudan, tuyqus paydo bölgan jöş (ilhom)dan tuğiladi. Şeʼrlarda aql bovar qilmaydigan taşbihlarning, hamişa ham mantiq bilan izohlab beriş mumkin bölavermaydigan misralarning uçrab turişi şundan. Jöşning paydo bölişiga çuqur öylab yuriş ham sabab bölişi mumkinligi boşqa masala.
Ilk kitoblari çiqqan bir neça boşlovçi şoirning bitiklari bilan tanişiş mendagi çin şeʼr ğussadan tuğiladi, ğussa uyğotadi va şu orqali şeʼrxon könglini tozalaydi, degan fikrni qatʼyilaştirdi. Köngillardagi bu tozariş, juda bölmaganda, öqirman şeʼr bilan tanişayotgan jarayonda keçsa ham foydali. Bir umr tuganmas taşvişlar orasida yaşayotgan odam uçun oniy tozariş ham ulkan bir neʼmatdir.
Xöş, yoşgina şoir yigitlarda ğussa qayerdan paydo böladi, buni ular qanday sezadi? Öylaymanki, bu savollarga kitob mualliflari ham mondali javob berolmaydi. Zero, şu vaqtga qadar kişilik tarixidagi biror ijodkor bu holning asl sababini aytib berolmagan. Ammo hazrat Navoiyning: “Köngil içra ğam kamligi asru ğamdur, Alam yöqliği doği qatiğ alamdur” hamda “Könglum ğam ila töq ayla, yo rab, Işq içra meni yöq ayla, yo rab!” deganlari haqiqat. Demakki, poetik isteʼdodga ega odamki bor ğam-ğussa oğuşida bölişga mahkum. Çin şoirning ğami özigagina tegişli, şaxsiy va maişiy bölmaydi. Ğamnoklik – unga Yaratgan tomonidan isteʼdodga ilova qilib berilgan qismat. Çin ijodkor – nokomil va ötkinçi bu dunyoga kelib qolgani hamda isteʼdodga egaligining özi bilan ğussaning doimiy oşnosi. Şunga öxşaş hol yoş şoirlarning men öqigan kitoblarining köpiga xos.
Nurmuhammad AZIZning “Zarif ğussalar” tarzida atalgan kitobi nomi bilanoq şeʼriyat ğussaning öz tuqqan, quvonçning ögay bolasi ekanini aytib turganday böladi. Suyagi siyosiy huşyorlik bilan qotib, tanglayi sunʼiy bardamlik bilan kötarilgan kimsalar uçun ilk kitobini çiqargan tört muçasi but yigitning bitigini şunday nomlaşiyoq – noşukurlik belgisi. U kitobini “Porloq quvonçlar” deyişi kerak edi. Negaki, mustaqil yurtda soğ-u salomat yaşayotgan bölsa, ota-onasi ham bor, öqişni bitiribdi, işi joyida, farzandli hamdir, şunça narsa kamday, birinçi kitobi bepul çiqarib ham berilibdi, balki qalam haqi ham olgandir? Şunday ekan, “ğussa”ga balo bormi tarzida “haqqoniy” savol qöyadi undaylar.
N.Aziz “Şeʼr” degan bitigida şeʼrga taʼrif bermoq, uning mohiyatini anglatmoq istab:
“Şeʼr – köksingdan tomçilagan qon,
Siyohdan gul yasamoq zavqi” ekanini aytadi. Quyidagi satrlarda asl şeʼr hamişa tirikligini, öqigan odamni hayratga solib, şoirining ölimidan keyin ham yaşaydigan şeʼr yozib, ölişga-da rozi ekanini ifoda etadi:
Şoirni mahv etar Azroil,
Şeʼr – mangulik, poklik, joziba.
Oh, qaniydi, bitta ŞE’R yozib,
Hayratidan ölsam…
Roziman!
Şoir “Tun” bitigida şeʼr köproq tun mahsuli ekani, negaki şoir tunda kunlik maişiy taşvişlardan xoli bölib, oçun miqyosida fikrlay olişi, rözğorga doir kundalik muammolar çetga surilgandagina dunyo muammolarini hal qilişga tutinişini öziga xos tasvirlaydi: “Taşbeh tutday tökilar duv-duv, Sen dahosan, kelgunça sahar. Qöllaringni kişanlar kunduz, Şoirni tun kaşf etar faqat”.
“Bobo” şeʼrida Nurmuhammad: “Bobo, men haqiqat izladim, Qabringni izlagan kabi mozordan”, – deb yozadi. Şoir uçun haqiqat – boboning qabri va ruhi singari muqaddas tuşunça. Şeʼrda haqiqat izlaşning poetik tasviri ğoyat haqqoniy va şafqatsiz aks ettirilgan:
Mana, çökkan qabr,
Xaroba qabr,
Körpa qaviyotgan qari momomday,
Taşqari körimsiz,
Içkari jannat.
Döppaygan qabrning taşqaridan egilib körpa qaviyotgan kampirga öxşaş körimsizligi, ammo içkari jannat ekani, çunki momo bir umr yaxşilik qilib kelgani tasviri juda moddiy. Haqiqat qidirgan lirik qahramon jimlikka duç keladi. Haqiqatga eltuvçi yölni körsatadigan odam yöq. Ammo uni içidagi kimdir haqiqatni yozişga undaydi. Haqiqatni yozişga uriniş esa hammaga ham yoqavermaydi:
Yuragimni öyib omoçday,
Haqiqatni yoz deydi kimdir.
Kafanlikka mengzab bayroqni,
Şeʼr öqidim, muzlab qoldi zal.
Ixtiyori haqiqatni yoz deydigan “kimdir”ning qölida bölgan şoirgina bayroqni kafanlikka mengzaşi mumkin. Bunday mengzaş – yurt yölida fidolikka hozirlik izhori. Könglidan çiqmagan gaplarni aytayotgan şoirning holati: “Botinim gung, sirtim sayroqi, Sevgim emas, izhorim gözal” tarzida betakror aks ettiriladi. Sevgisidan izhori gözal ekanidan nafratlanayotgan şoir tuyğusi – haqqoniy va yuqumli. yetti bandli şeʼrning “Bobo, Mudom nurli bölsin mangu Vataning!” şaklidagi sönggi misrasida şoirning tasvir mahorati körinadi. U mangu Vatan deganida ham bobosining qabrini, ham yurtni közda tutadi. Bu şeʼrni özidan qoniqmagan odamning ijtimoiy bözlovi deyiş mumkin.
Olamga özgaça nazar bilan qaragan Nurmuhammad Aziz unda boşqalar ilğamagan holat-u xususiyatlarni köradi. “Mart çizgilari” şeʼrida ayollar bayrami arafasidagi şoir yigit holati betakror ifoda etilgan:
Quvğin qilar qişni boyçeçak,
Yozsa, doston bölar ming varoq.
Hayajoni bosilmas heç ham,
Içimdagi şoir telbaroq.
Şoir öz taʼsirçanligi, serhayajonligini nimtabassum bilan ifodalaydi. Aslida uning hayajonlari judayam sababsiz va kulgili emas. Negaki, “Mart osmoni – yiğloqi osmon, Köz yoşida poklanur dunyo”. Yiğloqi mart osmonining közyoşisidan poklanmoqçi bölgan şoir olamga umid közi bilan qaragani bois öz holatiga yumor bilan yondaşa biladi:
Tuşun, şoir – parilar yerlik,
Guldökonga uçrab ötmoq şart.
Atirgulsiz öqilgan şeʼrni
Xuşlamaydi sakkizinçi mart!
Odatda şeʼriyat jonsiz narsalarni jonlantirib, mavhum narsalarni konkretlaştirişni talab qiladi. N.Azizning jonli va konkret ayolni sakkizinçi martga aylantirib, jonsiz va mavhumlaştirgani bu şeʼrga özgaçalik bağişlaydi. Şoir borliqqa romantik köz bilan boqqani uçun uning: “Quyoş, quyoşliging yolğon-u mubham, Meni kuydirmading bitta qizçalik” tarzidagi iddaosi ğaşga tegmaydi.
“Bolalik soğinçi” şeʼri tazodga qurilgan. Unda şoirning dunyo şumliklaridan xabardor buguni bilan könglida ezgulikdan bölak tuyğusi yöq bolaligi qarama-qarşi qöyib tasvirlanadi: “O, bobosandalda yayragan jonim, Qoronğu xonada yop-yoruğ dunyo…”, “Ruhimni çavaqlar, bolalikdan söng, Yop-yoruğ xonada qop-qora dunyo”. Şeʼr bolalik ortda qolmagan, balki oldinda turgan manzil, ezgulik örnaşgan bolalik manziliga yetib bormoq kerak, degan fikr uyğotadi.
Haqqa, halollikka, ğururga intiqlik tuyğusi şoirning juda köp bitiklariga xos. “Isfandiyorga” şeʼri – öğlining özidan köra jurʼatli, haqgöy, ğujurli, mağrur bölişini istagan ota niyati ifodasi:
Turkular yoğilar Turkiston uzra,
Mitti yuraklarda uyğonar ğujur.
Soliha kelinlar toşolma tusab,
Yana Qodiriylar kelar kun uçun.
Ayni örinlarda oçiq aytiş örniga işora qilingani şeʼrning taʼsirini oşirgan. Unda soliha kelinlar Qodiriyday öğlonlarga boşqoronği bölib, toşolma istab qolganligi işora orqali berilgan. Kelinlarning aynan toşolmaga boşqoronği bölişi – boşi toşdan qattiq, yuragi toğdan yuksak qodiriylar tuğiş istagi ifodasi. Şeʼrda vatan egasi bölmiş öğilning otasidan yurakli, dadil, jangari; nodon-u nomardga böş kelmaydigan bölişi orzulangani aks etadi:
Otangga öxşama…
Yolğonga tik boq,
Nomard-u nonkörga, nodonga tik boq.
“Nasimiy” şeʼridagi “Ming yildirki, bizlar farişta, Faqat zamon qotil, Hazratim” yösinidagi misralarda millatga xos illatlar kinoya bilan aks ettirilgan.
Şoirning ayrim şeʼrlarida ifoda ğalizliklari uçraydi. Çunonçi, bir şeʼrida: “Quniş tortar dov-daraxtlar-da” tarzidagi tasvir bor. “Qönişiş” holat ifodasi, u tortiladigan narsa emas.
Şahriyor ŞAVKATning “Ruhim quşlari” kitobi ham qator jihatlari bilan diqqatni tortadi. Şoir bugunni keçadan ayro körmaydi. Katta bobosining ön tört botmon yoyini kötarişga qiynalayotgan Yodgorga Alpomişning murojaati özbek millatining bugungi yodgorlarga qaratilgan çorloviga aylanib ketadi:
Yo ota, deb kötar, ey Yodgor!
Ajdodlaring sarbador ötgan.
Bugun boşda ozodliging bor,
Yaxşi ajrat yaxşi-yomonni,
Sendan boşqa kötarolmaydi
Ön tört botmon Özbekistonni!
Şahriyor şeʼrlarining lirik qahramoni ötyurak bobolardan ulgu olgan yovqur öğlon ölaroq ötmişidan iftixor qilib: “Mening tomirimda qaynayotgan qon – Jahonning yarmini etib nazorat, Tangri inoyati bilan bir zamon Muqaddas Turonni qurgan jasorat!” – deya hayqiradi.
Isteʼdodi millatning şonli ötmişidan suvlangan şoir jonaçir bir öğil sifatida ulusi holatidan köngli tölmaydi. Özimbölayçilik, munofiqlik, qörqoqlik, maydalik singari illatlarga yöliqqan kimsalar yöqolmay turib, millatga ozodlig-u yurtga obodlik yöq ekanini oçiq aytadi:
Yöq, jigarim, endi bas,
Qozoningni yiğiştir!
Hurlik töyib yeyişmas,
Yöqsillarga berişdir!
Hali-beri buğdoy yöq,
Mudom tariq eksalar.
Olib yurar bizni Nuh,
Qirilgunça keksalar!..
Sinov ham odamning özini, ham atrofidagilarni elakdan ötkazişi, bu sinovlardan odam bölib, erkak bölib ötmoq uçun kişi halovatdan keçmoği, erk qöşiğini bor ovozi bilan kuylamoği kerakligi butun keskinligi bilan aks ettiriladi: “Halovat, sen mendan umidingni uz, Turkular kuylanmas kulib, hiringlab, Turonday vatanni umatgan ulus Tariqday ovozni tururmi tinglab?! Ey turkiy döstlarim, Kemamiz uçqur! Yiğib qöyilmaydi şamolda yelkan. Avvalo, Turonga bir yurak zarur, Yurakki, salmoği Turondan ulkan”. Şavkat Rahmonning ohangi sezilib turadigan satrlarda turon öğlonlariga Turonning özidan ulkan yurak kerakligi aks etadi.
Şahriyor – tom içkin şeʼrlarida ham ijtimoiy oğriqlarini tasvirlaşdan tortinmaydigan ijodkor. Uning suyuklisiga qarata: “Farzandimga aytarsan deya, Tomoğingga alla ekarman” yösinidagi iqrorida umri mazmunini millatining şaʼnidan ayro körmaydigan şaxs sezimlari aks etgan. Şeʼrning davomidagi:
Barçasiga boqqança loqayd,
Senga ulkan sevgi asradim.
Dil asradim, qoronğu keça
Osmoningni yoritar porloq.
Söz asradim atrokday öjar
Va muqaddas Turon kabi pok.
Köngil istaklari bir qadar oçiq ifodasi bölgan bu misralar şoirning yuragidan çiqqani bilan qimmatlidir.
Şahriyor ham barça şoirlar singari köngil tozaligiga intiladi, uni qömsab turadi. Bu tuyğu “Bolalik” şeʼrida şunday ifoda qilinadi:
Yomğirlarga uzoq termulib,
Peşayvonda yotgan bolalik.
Singlisiga çoponin berib,
Özi sovuqqotgan bolalik.
Bolalik bu – qaçon, qayerda tugagani nomaʼlum ertak…
Çindan-da, odam qaçon bolalik pallasidan umrining özga bosqiçiga ötganini bilmay qoladi. Kimdadir bu ertak juda tez tugaydi, kimdir uni uzoqroq tinglaydi, kimlardir bir umr şu ertak içida yaşaydi.
Çinakam şoir aytibgina qolmay, körsatib-u tuydirib ham qöyadi. Şahriyor bir şeʼrida oşiqqa emas, musiqaga köngil qöygan suluv haqida yozar ekan, öqirmanga könglidagi dardlar musiqasini eşittiradi: “Siz yomğirni yaxşi körasiz, Tinglaysiz tomçilar navosin, Ammo neçun bilmaysiz hanuz Yuragimning ob-u havosin?!” Şeʼrxon bu misralardan ozgina yumor silqib turganiga tayanib, nekbin tugallovdan umid qiladi. Lekin şeʼrning sönggi bandida bu umid tamomila yöqqa çiqadi:
Anglaşimça, barçasi tamom,
Könglingiz boşqaga erimas,
Siz yomğirni yaxşi körasiz,
Motsartni,
Notani,
…menimas!
Bunday kutilmagan yakun şeʼrning taʼsir quvvatini oşirgan.
Şahriyorning qator şeʼrlaridagi taşbihlar tasvirni porlatib yuboradi: “Yor, sandan uzoğlik – jondan uzoğlik, Yölingda muzladim, yonib otaşdek!” satrlaridagi otaşdek yonib muzlaganlik ifodasi yoki “Sen mutlaqo bekamsan, faqat… Faqat bekam emassan mening!..” misralaridagi “bekam” sözini ikki ma’noda qöllaş orqali bir söz vositasida ham hayrat, ham alamni aks ettira olgan.
Şahriyor bir şeʼrida suyuklining tengsiz ezguligiga özining tengsiz yomonligini qarşi qöyadi. Bunda şoir odatdagi jabrdiyda oşiq emas, balki nurday toza maʼşuqaning çekiga tuşib, uning şaʼniga doğ böladigan nobop bandaligidan xijolatini şunday ifoda etadi:
Sening közyoşlaring qança begunoh,
Mening dil huşlarim asosi anduh.
Men – Qadr keçasi may içgan gumroh,
Sen – Kavsar suvida suğorilgan ruh!..
Ay, hatto tuşlari bokira dilbar,
Qaysi gunohingga jazo böldim-ay?!
Şahriyor dunyo-yu dunning bebaqo, özgaruvchan va buqalamunligini, ne bir işlarni orzulagan odamning rejalari vaziyatning sal özgarişi bilan barbod bölişini öziga xos yösinda tasvirlaydi: “Vaziyat ustiga yiqildi reja, Muzaffar aşʼorlar etildi ğorat. Fasl bir aksirib oldi, natija: Keçagi sajdalar bugun – haqorat!” Keça ğolib bölgan şeʼrlar bugun ğorat qilinişi, keça qilingan sajdalar endilikda haqorat sanalişi, hayotda ötkinçilikdan bölak ötmas narsa yöqligi taʼsirli aks ettirilgan. Şeʼrning keyingi bandida eng muqaddas tuşunçalar ham vaziyat izmida bölib, uning raʼyiga qaraşga mahkumligidan tuğilgan anduh kuçayib, tanqidiy ruh kasb etadi: “Vatan bu – çopondir yaqosi sarğiş, Yo qayta böyoqqa kirgan imorat”. Vaziyat vatanga emas, vatan vaziyatga moslaştirilayotganidan ulkan norozilik vatanning qayta böyalgan imoratga öxşatilişida aks etadi. Şoir şeʼrda tojdorlik oğirligi, tojni kötarib yuriş oson emasligi, hukmdor nazokatni nazorat bilan birday olib borolmasa, qadriyatlar almaşib ketişi mumkinligini tasvirlaydi:
Inçunin, podşolik kulohi oğir,
Şart birda nazokat, birda nazorat.
Ertani öylaymiz, ertani axir –
Keçagi sajdalar bugun – haqorat!..
Şahriyorning intim şeʼrlarida juda gözal poetik topildiqlar közga taşlanadi: “Kipriklaring oğirlaşdi jim, Kötarmoqqa yetmadi kuçing. Yuzlaringga botdi nigohim, Şunda paydo böldi kulgiçing”. Ğulu darajasidagi bu tasvirlar öqirman xayolotiga parvoz bağişlaydi. Şoirona uçqur xayolgina oşiqning maʼşuqa yuzlariga botgan nigohi suyuklisi yuzida kulgiç paydo qilişini tasavvur qila oladi. Suyuklining gözalligi, marhamatga moyilligi oşiqda paydo qilgan eyforiya holati: “Şarh-u şakli nimadir kuzning, Noyabrda gulladi oçun” tarzida ifoda etiladi.
Muhammad SIDDIQ qalamiga tegişli “Yohu” şeʼrlar töplamida ğoyat ingiçka, qölga ham, közga ham ilinmaydigan, tuyiş ham qiyin insoniy sezimlar tasvirlangan şeʼrlar köp uçraydi. “Keçaga aylansa rangsiz bugunim” deb boşlanadi şoirning bir şeʼri. Şu birgina misra birvarakayiga ham ruhini kirlatgan bugunidan norozi bölib, keçagi toza bolaligini qömsagan odamning, ham bugunining tezroq ortda qolib keçaga aylanişini istagan kişining holatini ifoda etadi. Şeʼrning davomida şoirning armonlari ulğayib borgani aks etadi:
Bir öngirdan sakrab gödakka dönsam,
o, undan narida –
tuğilmagan dil,
yaralmagan yöqlik qaʼriga tölsam,
söngra nafas olib tortsaydim yengil.
Bu – bekorçilikdan surilayotgan köknorixayol emas, balki tozarişga astoydil intiq şaxs orzusi. Muhammad Siddiqning ayrim şeʼrlarida şiddatkor va umidbaxş ruh böy körsatadi: “Böğzimni tiğ misol yirtgan har sözim Tunlarni lahzada aylagay yoruğ”.
Şoir bir şeʼrida suyuklisi bergan azoblardan töyib ketgan çorasiz oşiq tilidan:
Bu ne xilqat edi?
Işq tutgan malak
bergan iztirobdan topmasam panoh!
Bandang şunça azob bersa, ne qilay
Sening ğazabingga yöliqsam, Alloh?!
tarzida nido qiladi. Yaxşigina poetik topildiq asosiga qurilgan şeʼrdagi “ne qilay?” söroği “ne qilgum” şaklida berilganda ham mantiqan töğri, ham ifoda taʼsirliroq bölardi.
Şoir hamişa özini taftiş qiladi. Minazidagi illatlardan ozorlanişi, ularni yöqotmoq istaşi, Yaratganga xuş keladigan odam bölolmayotganidan yozğirişi şeʼriy misralarga aylanadi:
Nasllar ğazabin qözğatsa holim,
ojizlik köpçigan bölsa qonimda –
Yo Rabbiy!
Şunda ham
qismatdan nolib,
qörqmay ketayapman nahot yoningga?
Şoir özi, hayotdagi örni, insonlik missiyasi töğrisida köp öylaydigan, nega va qanday yaşayotgani borasida tinmay boş qotiradigan fikr kişisi sifatida gunohdan nari bölişni istaydi. U mömin ölaroq gunohkor bölib yaşagandan köra tuğilmagan maʼqul edi degan töxtamga keladi. Tiriklikni neʼmat emas, bandasiga berilgan jazo hisoblaydi: “Ortiq yaşamoqqa yetarmi kuçim? Ölim ham çoradek körinmas gohi. Aytgil, meni qaysi gunohim uçun Dunyoga badarğa etding, Ilohi? Uzlat najot emas ozod bölmoq-çun, Qanot yozmoq uçun osmon ham tordir. Nuringdan bebahra yaratilgan qul Iblisning şakliga qadar iqrordir”. Bu satrlarda Yaratganning marhamatidan bebahralik Iblis kabi laʼnatga duçorlikdan yomon ekani aks etadi.
Boşqa bir şeʼrida şoir kirlangan va nafs botqoğiga botgan ikki qiyofali muhitda yaşab turib fazilatli böliş mumkin emasligini alamli armon bilan tasvirlaydi:
Na ölib öla oldim,
na tirildim tuğilib,
Yarmim – şayton,
yarmim – hur,
Hukmingga köndim, Barhaq!
Özining içiga dunyolardan kattaroq dunyoni joylagan şoir tobora içkarilab boradi. Içkarilagani sayin özidan qoniqmaslik kuçayib, noroziligi ortaveradi: “…Yarmim – qafas, yarmim – quş, Na tutqunman, na ozod. Yarmim – siyoh, yarmim – qon, Devorlarga saçradim!” Bu satrlar taşqariga alanglayverişdan köra öz içiga böylaşni xuş köradigan bugunning kişisi tuyğularining ifodasi bölgan.
Tangrining jilvagohi bölmiş köngilga qul bölgan şoir bir kun özini tozartirib, yorini baxtli qilişiga işonadi. Özini poklamay turib, toza tuyğular egasi bölmiş maʼşuqaga özini ham ravo körmaydi:
Işon, seni baxtga eltaman, gulim,
Yöllarim bir kuni böladi ravon.
Hozirça köngilning telbavaş qulin
Toza hislaringga körmayman ravo.
Muhammad Siddiq şeʼrlarining lirik qahramoni – nafsiga uruş oçgan köngil odami. U butun va toza şaxsiyat egasi bölişni orzulaydi. Nafs va muhit bunga imkon bermaydi. Imon butunligiga intilgan dard odami sifatida nafsini parçalaşga intilib: “Poyingga tökilmoq istayman hargiz, Asrayman yoşimning tiniqlarini. Söqir közlarimga sançaman hanuz, Nafsimning bahaybat siniqlarini”, – deb yozadi. Bu misralar közining tiniq yoşlarini yor poyiga tökişga çoğlangan, bunga tösiq bölgan nafsini parçalab, uning siniqlarini ezgulikni körmagan söqir közlarga sançişni istagan tozariş yölidagi odamning anduhlari ifodasi bölgan.
Şoir “Ötinç” şeʼrida sukut izlagan, öz köngli bilan yuzma-yuz qolganda, nafsga egilgan qaddini çin işq tilkalaşi kerak bölgan kişining ruhiy holatiga munosabatini aks ettiradi:
Mayli, öz holiga qöying ayni dam,
egilgan qaddini işq tilkalasin.
Töyib sukutlansin,
axir, aynigan
kalomlarga töldi Yofas ölkasi.
Şoir lirik qahramonning Yofas ölkasi bölmiş turkiy dunyoning şonli bobolariga loyiq böliş istagini şunday ifodalaydi.
Muhammad Siddiqning şeʼrlarida quloqqa zarb bilan uriladigan şovqin emas, balki köngil pardalariga mayin suykaladigan ğamdan namiqqan un borday. Özi, özgalar va olam töğrisida tinimsiz öylanib, bularning tutumlariga baho berişga uringan kişida anduhdan özga tuyğu, yitib ketmoqdan bölak istak bölişi mumkinmi? Ötkinçi dunyonigina tengsiz saodat sanaguvçi kişilar uçun baqoga ketmoqni fanoda qolmoqdan afzal bilgan kişi tuyğularini qabul qiliş unçalar oson bölmaydi. Şu bois şoirning: “Mana, şu holimça ulkan bardoşman, Kulim ham qolmagan ortiq yonmoqqa. Bir bor ölmoq kammi birgina boşga? Lomakon qoldimi faqat qönmoqqa?!” yösinidagi ingroqlarini yoş şoirning oliftaligiga yöyiş heç gap emas. Holbuki, oxiratni şunçaki maʼjoz emas, balki çin borliq hisoblagan öy odami dunyoga kelgandayoq qarib böladi. Va tuğilgan kunidan ketmoqqa tayyorlana boşlaydi. Hayotning hikmati ham şunda. Muhammad Siddiqning:
…Men! –
Nafsin yengmagan bir motamsaro,
Intiho şarpasin xayol suraman!
Keksaygan şoir va yoş odam aro
Jon talaşib yotgan tirik murdaman
satrlari toza köngilning çin iqrorlaridir. U dunyoning boş-u adoğini öylaydigan şoir sifatida dunyo qadar keksaygan, ayni vaqtda endi hayotga qadam qöyib, intiho şarpasin xayol surayotgan yoş odam ekanini arz qilmoqda. Bugun jamiyatda ana şunday öylar girdobidagi odam şakllanayotir. Hayqiriqsiz, köpçiligi nido va munojotdan iborat bu şeʼrlar ana şunday odamlar könglining siniqlari…
“Bözla endi, böztörğay” kitobining muallifi Najmiddin ERMATOV öziga xos fikrlaşga intiladi. Hayot hodisalariga öz közi bilan qarab, uning heç kim ilğamaydigan jihatlarini körib, xayolga kelmaydigan xulosalar çiqaradi. Adabiyotning neça mingyillik tarixidan ayonki, dunyodagi barça oşiqlarning tamsilçisi bölmiş şoirlar hijron azobidan yozğiradi. Najmiddin esa visolni rad etgan ilkinçi oşiqdir:
Kelma!
Soğinçni öldirar sening taşrifing,
Diydorga töyişdan qörqaman, kelma.
Kelma!
Hijronning ovçisi bölgan visolga,
Öljasin berişdan qörqaman, kelma.
Kelma!
Bir olam baxt bilan kelarsan, kelsang,
Men baxtli bölişdan qörqaman, kelma.
Kelma!
Mana şu dard bilan, gulim, tirikman,
Davodan ölişdan qörqaman, kelma.
Qançalar kutilmagan bölmasin, şoirning xavotiri, iztiroblari öylab topilmagan, ular – tomoşaga, közkörsinga emas, çin tuyğular.
Odatda, şoirlar mehr körsatib köngil söraydigan dildorga zor-u taşna bölib şeʼrlar bitişadi. Najmiddin esa könglini söragan yordan yozğirib unga: “Faqat söramaysan, Söray olmaysan. Mening yana bitta azobim bordir – Yaratgan yaratgan, ey, tengsiz dildor, Hijronga evrilgan umr yölimda – Mening sen siğmagan peşonam ham bor” – ekanini eslatadi. Şeʼrdagi “Yaratgan yaratgan, ey, tengsiz dildor” satridagi tajnisli takrir bitikka alohida tarovat bağişlagan.
Şoir bitiklarida tuyğular qarama-qarşiligi tasviri yetakçilik qiladi. Şeʼrlarida köproq özini izlab, topiş va anglaşga urinib, iztirob çekayotgan odam talpinişlari aks ettiriladi:
Bulbul sayroğida visolga umid,
Kuygan kökayimga botmoqda tiğday.
Ertamni körmakka oçilgan öşal
Közim kosasida uzataman may.
Bözla özing, böztörğay.
Oldinda nima bor – ilon yutgan yöl,
Imkon yöq, qaytib ham bölmaydi izga.
Anduhga çayilgan uzu-u-un umrda
Öluv bittaligi kam böldi bizga.
Bözla endi, böztörğay.
Sirtdan qaralganda, şeʼrda bir-biriga boğlanmaganday tuyulguvçi tamsillar qöllanişi şoirning niyatini tölaroq oçişga xizmat qilgan. Bulbul sayroğiga joy bölgan visoldan umid bilan ertani körmoq umidida oçilgan köz örtasida mustahkam aloqa bor. Bu boğliqlikni payqagan köngil odamida bir marta emas, qayta-qayta öliş iztirobi mavjud va uning böztörğayini bözlaşga çorlaşi rost.
Şoirning quyidagi şeʼrida aks etgan mubham tuyğular yoqimli samimiyati bilan öqirman köngliga taʼsir qiladi: “Sen yoqtirgan yomğirlar yoğdi, Oynaga urildi vido şitiri. Uyasi buzilgan quşday ruhimni Ololmadim uyga kiritib”. Yor yoqtirgan yomğirning yoğişi visol belgisi bölişi kerak edi. Najmiddinda u “vido şitiri”. Uyasi buzilgan quşday çirqillayotgan ruhni şu bois uyga kiritib bölmaydi. Şeʼrning keyingi bandida hayot köpinça söraganingni bermasligi juda hayotiy aks ettirilgan:
Tör taşlab ötirdim baliqçi çolday,
Bisotimda qolgan xöragim jondir.
Tilla baliqnimas, duridan ayri,
Tutib qaytayapman çiğanoqlarni.
Jonini xörak qilib tör taşlasa-da, unga duridan ayri çiğanoqdan boşqa narsa tuşmasligi oşiqlarning azaliy qismati. Puşkin ertagidagi noşukur kampir noçor baliqçi çolini qiynagani kabi kampir timsolidagi visol ham oşiqni tiriklay yurgizib qöyişi mahol. Şeʼriyat tarixiga visolni kampir qiyofasida tamsillaş tajribasini Najmiddin olib kirdi deyiş mumkin:
Bu kampir ölmadi, tinçitmas meni,
Boriga könmagan bu kampir – visol.
Gar tirik bölsa u,
Uşbu dunyoda
Mening ham tirikday yurmoğim mahol.
Sirtdan oliftalikka bitilganday köringan bu satrlarda hayotning haqiqati aks etgan. Çunki visol heç qaçon boriga könmaydi va oşiqni yangi iztiroblar sari yönaltiraverişini şoir taʼsirli ifodalay bilgan.
Najmiddin köp örinlarda jonlantiriş va şaxslantiriş sanʼatidan mahorat bilan foydalanadi. Bir şeʼrida: “Sentyabr tiğ urdi avgust ortidan, Yaproqlarga saçrab ketdi qon. Holsizlangan quyoşni sudrab, Ketib borar edi saraton”. Bu tasvirlar şunçaki kuzning topib qilingan betakror manzarasigina emas. Bu yerda çigaldan-çigal insoniy munosabatlarga işora ham bor.
Işq insonni yuksaltirişi, suyukli yorga muhabbat aslida Biru Borga muhabbat ekani köp aytilgan. Najmiddin bu holatning öziga xos bosqiçlarini aks ettirişga uringan: “Bir qiz keldi xayoldan çiqib, Tört tomonim misli kök edi. Osmonlarga ketdim yiqilib, Turmoğimga imkon yöq edi”. Bu tasvirlarda könglidan muhabbat joy olgan yigitning kötarinki romantik holati aks etgan. Unda sevgi qudrati sabab barça tarafni osmon bilib, xayolan uçib yurgan oşiq holati işonarli çizilgan. Şeʼrning keyingi bandida sevgisining darajasi yuksalib, işqi yerdagi gözaldan ham nariroqqa yönalgan oşiq holati tasvirlanadi:
Bir söz keldi kelmagandayin,
U qiz kutdi, men içga yutdim.
Faqat işqni öyladim, yo Rab,
Ul suluvni butkul unutdim.
Şoir mantiqiy qarşilantiriş orqali közda tutilgan maʼnoni çiqarişga erişadi. Şeʼrda majoziy işq haqiqiy işqqa eltadigan ilk bekat ekani şu yösin taʼsirli ifodalangan.
“Sörov” şeʼrida şoir çin insonga xos azaliy sifatlarga muvofiq adolatsizlik, zulm va haqsizlikka qarşi kuraşolmagan kişining qalb nidolarini aks ettiradi: “Hayronman, ne uçun Haq demas tilim, Yoki öçirdimmi dildagi çöğni? Nega könayapman haqsizlikka jim, Menga bir qaranglar, ölganim yöqmi?” Alamga yöğrilgan bu ötli satrlar Haq va Haqiqat oldidagi burçini uddalay olmagan şaxs tuyğularining alamli ifodasidir. Boşqa bir şeʼrida millatni ozod, vatanni obod körmoqni orzulagan, ammo orzulari armonga döngan yurtsevar kişining dardçil anduhi mayin aks ettirilgan:
Xazonlar tovlangan kunbotar vaqti,
Şu ğamnok vatanning kuzgi boğida,
Quloçing keng yoyib,
(Qizni quçganday)
Bu bir kam dunyoning mangu ohini
Qu-u-u-çsang.
Şoirning ğamnok vatan va hamişa biri kam dunyoning mangu ohini qizni quçganday quçiş istagi ifodasidagi samimiy va içkin dard öqirmanni-da asarlaydi. Taşvişi tuganmas hayotning tuşovlaridan qutulib, jism istaklarini kiyimday yeçib taşlab, kuragidan qanot çiqarib yuksaklarga uçib ketiş orzusi sönggi bandda ğoyat jozibali tasvirlanadi: “Işonsang, Heç yöqsa, tuş körsang şunda, Sendan tuşovini yeçsa bu hayot. Jismingni kiyimday yeçib taşlasang, Kuragingdan çiqsa bir ulkan qanot. Ke-e-etsang”. Şeʼrdagi sönggi sözning beriliş şakli va ohangi qadimiy hamda uşalmas orzuning audial moddiylaşuvi ifodasi bölgan. Şeʼrdan armonning dardçil ohangi silqib turadi.
Bir şeʼrida Najmiddin özining közga taşlanmaydigan, birov bilmaydigan va talab ham qilmaydigan, ammo bajarmasa bölmaydigan azaliy missiyasini heç qanday poetik böyoqlar hamda tiniş belgilar yordamisiz çizadi:
dunyo –
oxiriga yetmagan çiziq
naryoği yöqsizlik
ammo unda yurardi ajab
bir qalbi siniq
yiğlardi tinmay
şoir edi u
şeʼr yozar edi
çiziqning davomi haqida.
Şoirga boş vazifasi – dunyoning azaliy kemtigini töldirmoq nasib etsin!
Feruz NEʼMATULLAYEVning “Kabisa” deb nomlangan kitobidagi bir qaraşda tuşunarsizday tuyuladigan ilk şeʼrda vatanga jon bağişlab, çinakamiga tiriltiriş, uni taşqarida yotgan tuproqdan odamning yuragidan joy olgan tuyğuga aylantirib içkariga kiritiş orzusi ortiqça jimjimalarsiz aks ettirilgan:
Rasm soling.
Yurak soling suratga.
Bir his soling –
Qaroğlardan tomçilasin yoş.
Tört devor oraliğida öt olsin yurak –
Vatan –
Quyoş!
Razm soling…
Feruzning boşqa bir şeʼrida katta hayot yölining boşida taraddudlanib turgan kişining çigal ruhiy holati manzarasi çiziladi: “Xayolotga çökib bordim – tor yölak, Yöl juda uzun. E voh! Tuman aro yaşasam kerak Yolğiz bir özim”. Tun, tuman lirik qahramon keçirişi kerak bölgan hayotning ramzi, juda uzun tor yölak esa u yaşab ötadigan siqinti umr. Lirik qahramon ham şu yöldan ötişga mahkumligidan iztirobda.
Şeʼrlarida Feruz erk, muhabbat, haqiqat istagan köngil holatlarini ifodalaşga urinadi. Aksariyat bitiklarida ana şu yuksak tuyğular yetişmayotganidan ozurdaligini ifoda etadi:
Siniq derazadan boqadi olam,
Siniq derazadan çökib kelar tun.
Söniq közlarimda balqiydi jola,
Siniqlik ortida çeksiz ERK tutqun.
Osmon körinadi dengiz aksida,
Tazallum qaʼridan taralar sado:
“Dunyo haqiqatning boşini egar,
Tiriklik – arosat, yaşamoq – azob!..”
Şeʼrda odamning siniq bölsa-da derazadan olamga emas, balki olamning siniq derazadan odamga boqayotgani, tun ham ana şu siniqlik orqali kirib kelgani, erkning tutqunligi sabab lirik qahramonning söniq közlarida jola balqişi tasvirlanadi. Butun boşli olam boş suqqan, çeksiz tun esa kira olgan joydan erkning ötolmasligi “Dunyo haqiqatning boşini egar, Tiriklik – arosat, yaşamoq – azob!” – deya nido qilişga asos berişi taʼsirli aks ettiriladi. Tovuşlar ohangdoşligi iztiroblar izçilligi tasviri bilan uyğunlikda şeʼrga özgaça joziba baxş etgan.
Şoir ayrim şeʼrlarida tafsilotlarga berilmaslikka, fikrini aytib ötirmay, işora bilan çeklanişga intiladi: “Yomğir yoğar, odil hakam yöl – Ikki ayro loy keçilgan iz”. Bu satrlar zamiridagi maʼnoni topiş uçun öqirman aqlini bir qadar zöriqtirişi kerak böladi: lirik qahramon yomğirli kunda suyuklisi bilan uçraşdi. Lekin uçraşuv visolga emas, ayriliqqa olib keldi. Buni loydagi bir-biridan ayro izlar qolgan yöl oçiq körsatib turibdi. Bu xildagi bitiklar interfaol xususiyatga ega bölganidan öqirmanni-da öylaniş va izlanişga undaydi.
Köproq mayin tuyğular ifodaçisi bölgan Feruz özining baʼzi şeʼrlarida yoniq sezimlarni hayqiriq-la ifoda etadi: “Yaşamak muşkul iş, tiriklik Naqadar aççiq va azobli. Sen – şamol… Men – şamol… Şamol – ERK… Rutubat madhidek hayotim. Yaşadim – isyonni qözğadim, Izmimni topşirdim özlikka. Sözlarim yulduzdek soçilib Yondirdi. Çatnadi muzliklar”. Bu ötli misralar özini anglaş istagida rutubat madhidek aççiq va azobli hayotga erk shamolini kiritiş orqali isyonni qözğagan, sözlari muzliklarni yondirgan otaşqalb şaxs tuyğularining ifodasidir. Bunday sifatlarga ega şaxsgina: “Bandaman, ölsam-da qaçondir Zulmatni piçoqlab ölarman”, – deya oladi.
Şoir köpinça odatiy holatlarni kutilmagan yösinda tasvirlaş orqali öqirman könglini zabt etişga urinadi:
Dalaga quloq il, kuylar tabiat,
Yana körişgaymiz, köz yoşlar neçun?
Muhabbat – ehtiros, ehtiros – uyat,
Qaçondir qaytarman uyaliş uçun!
Yiğlayotgan sanamni ovutişning bunday yösini tasviri şeʼrga özgaça joziba bağişlagan. Muhabbatning ehtirosligi çin, ehtirosning uyatligi ham çin. Oşiqning suyuklisiga qaytiş istagida ekani ham çin. Şunça çin holatlarning bunday şakldagi iqrori esda qoladi. Şunga öxşaş tasvir tarzi Feruzning: “Fikr yoruğlikdek qarodir, Yoşlik qarilikdan ham qari” singari paradoksal fikrlaş mahsuli ölaroq yaratilgan bitiklarida ham yaqqol körinadi.
Oşiqib yozganidan bölsa kerak, Feruzning şeʼrlarida sözni örinsiz qöllaş holatlari tez-tez uçraydi. Bir şeʼrida: “Sen mendan tobora yana olisda”, – deb yozadi. Boşqa bir şeʼrda esa:
“Qurolidan ayro uçqurlar
Izlagança ketdi quyoşni” tarzida tuşunarsiz söz işlatadi. Şoirning: “Yöl boşlagan yuz dumli ğardek” ifodasida mantiqsizlik körinib turibdi. Kitobda: “Şaxs qaytadi, ölik tafovut Tiriklikka qilar qaytariq” singari körinişdan originalday, ammo nima deyilmoqçiligi mutlaqo tuşunarsiz misralar ançagina. Boşqa bir şeʼrdagi: “yelkamga yuk taşlar sönggi bor Taqdir soçim silab, oğrinib” satrlarida ham mantiq buzilgan. Negaki, agar taqdir oğrinsa, soçni silab ötirmaydi, balki boşga uradi.
Şoir Niyatillo ELBEKning “Könglimdagilar” kitobidan hamişa ne bir yuksak orzular yetovida yurguvçi qoniqmas odam köngil holatining ifodasi bölgan şeʼrlar joy olgan. Çunonçi, “Aprel” şeʼrida samo holati lirik qahramonning kayfiyati bilan muvoziy tasvirlangan:
Samo
Bağrim kabi kengdir, qalbim kabi böş,
Tongda quyoş yolğiz, tunlar oy jimdir.
Huvillagan kökda darbadar kezsam,
Közim uçib borar, uçramas kimdir.
Mubham bir ozurdalik bilan boşlangan şeʼr qahramonning mavjud holatga isyoni, ertangi kuniga işonçi sabab tobora umidbaxş ohang kasb etib boradi: “Aprel. Hamon vujudimga kirolmas bahor, Ammo qahratonga umrimni bermam. Içimni töldirgin, Tangrim, sujudga, Yuragimdan çiqib ketgunça fevral”. Garçi aprelda ham vujudiga köklam kirolmayotgan bölsa-da, şoir umrini qahratonga bermoqçi emas. U yuragidan fevral – sovuqlikni quvib çiqarişda Tangri marhamatidan umid qiladi.
Niyatilloning şeʼrlarida sevişgan köngillar örtasidagi tuşuniksiz va çigal munosabatlar öziga xos tarzda aks ettiriladi. “Örindiq” şeʼrida bir-biriga intizor köngillar holati samimiy tasvir etiladi:
Gumonlarni itqitib çetga,
Unutgança dunyo öyini,
Nigohimiz jim sözlaşardi.
Biz tinglardik işqning kuyini.
Şeʼrda işq ahli uçun dunyoda özlaridan boşqa heç kim yöqligi taʼsirli aks ettiriladi. “Layli va Majnun”da hazrat Navoiy: “Sen bölsang-u men jahonda mavjud, Bölsa yana koinot nobud”, deganlari singari “Örindiq”ning qahramonlari uçun ham bu çeksiz olamda özlaridan bölak heç kim yöq ekani esda qolarli yösinda ifoda etilgan: “Tamom. Qonun buzilgan edi, Uzilgandi uzviylik töliq. Zamin uzra faqat qolgandi: Dunyo, biz va yolğiz örindiq”.
“Ketdim” deb atalgan şeʼrda maʼşuqasini tark etişga majbur bölgan oşiq xayolidagi suyuklining çigal ruhiy holati aks ettiriladi:
Ketdim…
Seni taşlab xayollar bilan,
Köklardan tuşganding, kökka sovurdim.
Va yana javobsiz savollar bilan,
Tirik xotiralar bilan ovunding.
Juda çiroyli boşlangan şeʼr, afsuski, ança jön tugallangan. Şoir şeʼrga salmoqli maʼno yuklay olmagan. Ikki sevişgan köngilga doir kattagina fojia yengilgina bir ovunç bilan yakun topgan.
Şoir “Salomni unutib qöydim” şeʼrida öz minazida keçayotgan yoqimsiz maʼnaviy evrilişdan qiynalayotganini aks ettirar ekan, qismda butunni közda tutadi. Yaʼni bunday evriliş butun jamiyat ahliga xosligini körsatadi:
Köçalar ğuvillar, lek odamlar jim,
Jimlikka singaman ingraydi dilim,
Qadamda qarzga botgaydir tilim,
Men salom berişni unutib qöydim.
Arzimasday köringan holat tasviri öz maʼnaviy ildizidan tobora uzoqlaşib borayotgan etnos holatidan ogoh qiladi.
Niyatillo Alloh işqi bilan asarlanişni orzulaydi. Özini unutib, qurbon bölişdan-da çöçimaslik darajasidagi yuksak tuyğularga egalik qilişni istaydi. U Tangriga munojot qilib, yer sanamigagina bölgan muhabbat uni qoniqtirmayotgani, buyuk bir IŞQning yöqligi hayotini rangsiz qilayotganidan yozğiradi. Şoir könglidagi bu holatni: “Qalbimga singdirgil halovat taʼmin, Töldirma mayliga dunyomning kamin, Ortiq kötarolmam işqsizlik ğamin, Oddiy sevgidan işq qurib çarçadim” tarzida ifoda qiladi.
“Dengizni sevasan” şeʼridagi: “Men mavjlari ulkan dengizman, Boşim Senda, poyonim hadsiz. Sensiz men eng maşhur yolğizman, Soğinçlari çeksiz, sarhadsiz” satrlarida sevişganlar munosabatlaridagi çigalliklar va muhabbat odamni yuksaltirişi, unga baland tuyğular baxş etişi samimiy tasvirlanadi. Bitikning sönggi bandida suyuklisi qalbini zabt etiş istagi şoir tomonidan nekbinlik bilan kuylanadi:
Tun. Jimgina orom olasan.
Tong. Dengizga aylanaman, sen
Ummonlarni sevib qolasan!
Men soçilib ketaman tamom!
“Aʼzam Öktamga” şeʼrida Niyatillo millatning şoiri qanday bölişi kerakligi haqidagi öylarini marhum şoir obrazi tasviri orqali ifoda etadi:
Ilk bora kördim men nazmning kuçin,
Şeʼrlar yozib qoğoz yondirgan qölni.
Ketarda yengilroq jon bermoq uçun,
Tanlab yaşadingiz oğirroq yölni.
Bu satrlarni yoş şoir özi uçun ham ijodiy şior qilib olgan, deyiş mumkin. U özining ham qoğozni yondirar darajadagi ötli şeʼrlar yoza olişini orzu qiladi. Niyatillo ayrim şeʼrlarida esda qoladigan favqulodda taşbihlar qöllay biladi: “Lablarim gullaydi isming eslasam!”
“Oq yöl!” şeʼrida çin sevgining qadriga yetmagan suyukliga oşiqning mardona munosabati aks etgan. Şoir çin oşiqning asl tuyğulari xorlanişini istamaydi. Şeʼrning lirik qahramoni – öz qadrini biladigan şaxs. U suyuklisidan yozğirmaydi, unga yomonlik tilamaydi: “Mendan ketmoq istasang, oq yöl, Ketma, deya tutmam qölingni. Sen quyoşdan uzoqlaşyapsan, Xudo yoruğ qilsin yölingni”. Suyuklisidan ayriliş oşiq uçun oğir qismat, lekin çin oşiqqa işqning qaysidir bekatigaça boradigan yölovçi emas, balki hamişalik manzilga intiladigan yöldoş kerak:
Ketmoğing-çun oçaman eşik,
Yuragimning qat-qatlaridan.
Sen şunçaki yölovçi bölib,
Ketding işqning bekatlaridan…
Bu şoirning ayrim şeʼrlarida ham sözni örinsiz qöllaşday kamçilik uçraydi. Çunonçi, “Tortib ketib şoirligimga, Qömsay boşlar qişloqi qalbim” kabi tumtaroq misralar, “Şeʼrlarimni boğladim senga” yösinidagi notöğri ifodalar, “Zulflaring gajakdir tutgil doringni” singari ohanjamali qaytariqlar yaxşigina bitiklar saviyasini tuşirişga olib keladi. Şuningdek, kitobga nomi çiqarilgan “Könglimdagilar” bitigiga taniqli şoira Farida Afrözning “Dilimdagilar” şeʼrining ohangi urib qolganday tuyuladi…
Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan isteʼdodli ijodkorlarning ilk kitobi xolis tanlanib, köp nusxada çiqarilişi va tegişli taʼlim maskanlariga tekin tarqatilişi tahsinga loyiq yumuş. Biz tahlilga tortgan barça şoirlar kitobining saviyasi tanlov juda adolatli bölganini körsatadi. Eʼtibor qilgan bölsangiz, maqolada “yoş şoir” degan birikmani kamroq işlatişga urindik. Çunki bu kitoblarning mualliflari özini tutib olgan, nimani, nega yozayotganini biladigan ijodkorlardir.
Qozoqboy YÖLDOŞ, pedagogika fanlari
doktori, professor
1949-yili tuğilgan.
Sirdaryo davlat pedagogika instituti(hozirgi GulDU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Adabiyotşunoslik
va adabiyot öqitiş metodikasiga oid kitoblar, darsliklar va beş yuzdan ziyod ilmiy maqola muallifi.
2021/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


