Baxşi-şoirlarning şaxsiy ijod namunalari asosan XX asrning boşlari, folklorşunoslar xalq dostonlarini yozib olişga kirişilgan – 30-yillariga töğri keladi. Çunki bu davrda şöro hukumati xalq ijodi quvvatini ham öz mafkurasi özanidan oqizişga katta eʼtibor qaratgan vaqt edi. Buning mevasi ölaroq baxşilar ijodida ham zamon yangiliklari kuylangan asarlar paydo böldi. Keyinçalik bu harakat davomiy tadbirga aylandi. Hatto baxşilarning özi ham ayni holatni tabiiy ravişda qabul qilib, könikişdi. Natijada baxşilar ijodida zamonaviy mavzularda doston va termalar yaratiş anʼanasi paydo böldi. Hozirgi vaqtda keng tarqalgan, individual ijod mahsuli bölgan aksariyat doston va termalarning yaratiliş anʼanasini uşbu tadbirlarning mevasi sifatida baholaş lozim. Fozil Yöldoş öğlining “Oçildov”, “Jizzax qözğoloni”, Pölkan şoirning “Komsomolka Oytöti”, Umr şoirning “Qoraqum”, Ergaş Jumanbulbul öğlining “Örtoq Lenin” dostonlarini ayni anʼanalar avvalida paydo bölgan asarlar sifatida keltiriş mumkin. Bugungi kunga kelib bu asarlarning barçasini yangi mezon – badiiylik va epik ijodning davr bilan boğliq rivojlanişi va özgarişlari ölçamlari kesimida baholaş talab etiladi. Şunday bölmoqda ham. Xususan, adabiyotşunos Ibrohim Haqqul Ergaş şoir ijodida alohida örin tutuvçi “Örtoq Lenin” dostoniga bağişlangan öta muhim maqola eʼlon qildi. Bu maqola baxşi şoirlarning zamonaviy mavzudagi individual asarlariga yangiça talqinda yondaşilgan eng eʼtiborli, adolatli va hozirça yagona tadqiqot ekanligini alohida qayd etamiz. Jumladan, olim yozadi: “Yaşiriş yoki xaspöşlaşga hojat yöq: lekin sobiq şöro davlati haqida adabiyotimizda juda köp asarlar yaratilgan. Ularning köpçiligi çin dildan, mehr va minnatdorçilik tuyğulari ila bitilgan. Mustaqillikdan söng bu asarlarning umri tugadi. Lekin tirik odam “qalovi”ni topar ekan. Baʼzi ijodkorlar Lenin, partiya, şöro kabi söz, nom va tuşunçalarni özgartirib, eʼtiqod, sadoqat, ozodlik va kuraş ifodasi bölmiş öşa narsalarini naşr ettirdilar. Buni yangi bir ijodiy tajriba deb bölmaydi, albatta. Çunki bir paytlar Stalinning siyosiy faoliyati va şaxsiga siğiniş qoralangandan keyin ham şunday qilingan. Öşa “tahrir” va özgarişlar qançalik töğri yoki notöğri bölgan, ijodkorlik burçi, masʼuliyati va vijdoniga neçoğli muvofiq yoki nomuvofiq kelgan, bu – boşqa masala. Ammo ayrim asarlar borki, ularda proletar dohiylar obrazi ham, siyosiy ğoya va haqiqatlarga ham bir vosita ölaroq tayanilgan. Agar ulardagi nom, baʼzi söz va parçalardan keçilsa, yaşaşda bemalol davom etişi mumkin. Menimça, Ergaş Jumanbulbulning “Örtoq Lenin” dostoni şunaqa ijod namunalaridandir”. (1) Demakki, Ergaş şoirning “Örtoq Lenin” kabi şöroviy deb qaralgan dostonida ham şoir öz sözi, fikrini ayta olgan ekan. Ibrohim Haqqul bu maʼnolarni hassoslik bilan töğri talqin etib bermoqda. Ergaş şoir yozib bergan yana bir muhim doston – “Tarjimayi hol” nomi bilan maşhur. Bu dostonning qimmati faqat şöroviy ğoya taʼsiridan xoli ekanligi bilangina belgilanmaydi. Bu doston, avvalo, Ergaş şoir mansub Qörğon dostonçilik maktabi haqida bebaho maʼlumotlarni badiiy aks ettirişi bilan ahamiyatlidir. Qolaversa, Ergaş şoirning özi, oilasi, şoir tarbiya topgan muhit haqida ham batafsil axborotlar bu dostonda kuylangan. Birgina maqolada dostondagi barça maʼlumotlarni şarhlaş, baholaş imkoni yöq. Biz bu örinda Qörğon dostonçilik maktabining özagini taşkil etuvçi Ergaş şoir ota-bobolari va oilasi haqidagi faktlarga eʼtiborimizni qaratmoqçimiz. Avvalo, Qörğon dostonçilik maktabining özbek dostonçilik markazlari orasida alohida öringa ega ekanligini taʼkidlaş lozim. Xalq orasida: “Qörğonning quduğidan suv içgan odam şoir bölmay qolmaydi”, degan hikmatning bekorga paydo bölmaganligini Qörğon dostonçilari şajarasi bilan tanişişning özi isbotlab beradi. Şajara avvalida Yodgor şoir nomini köramiz. Yodgor şoir kim edi? Ergaş şoir dostonida öqiymiz: “…Jöş dahasining Qörğon qişloğidan Mulla Ergaş, oltmiş bir yaşar, Jumanbulbul öğli, Jumanbulbul Mulla Xolmurod öğli, Mulla Xolmurod Mulla Toşning öğli, Mulla Toş Usta Lafasning öğli, Usta Lafas Yodgorning öğli…” (2) Maʼlum bölmoqdaki, Yodgor şoir Ergaş Jumanbulbul öğlining beşlamçi otasi ekan. Ergaş ota öz dostonida Yodgor şoirni şunday taʼriflaydi:
Beşlamçi otamning otidir Yodgor,
Şu vaqtda elida sözga eʼtibor,
Har yerda ötkazib yurgan sözini,
Çeçanlikda heç kim bölmay barobar.
Bu örinda aytilgan: “Çeçanlikda heç kim bölmay barobar” bahoni çuqur öylab köriş lozim. “Çeçan” kalimasi söz ustalariga nisbat beriluvçi atama qiymatiga ham ega. Bu esa Yodgor şoirning zamondoş baxşilarning uluği bölganligini bildiradi. Aslida ham şunday edi. El orasida maşhur Jalmon baxşini Yodgor şoirning atoqli şogirdi bölganligi hali-hali eslanişi bejiz emas.
Ergaş Jumanbulbul öğli törtinçi otasi Usta Lafasni şoirlikda tengsiz, töy-yiğinda ölan, gapni öylamay aytuvçi mohir badihagöy sifatida tilga oladi. Baxşi-şoir uçinçi otasi Mulla Toşni har yerda sözi ötgan, oqil, sohibi kengaş, deb körsatadi. Bobosi Mulla Xolmurodni öz zamonida çeçanlarning ustodi, gap bobida sözning dehqoni bölganligini alohida urğulaydi. Uşbu örinda diqqat qilinişi şart bölgan bir fakt ham kelmoqda, yaʼni Ergaş şoir bobolarining ismiga epitet sifatida kelayotgan “mulla” va “usta” sözlaridir. Folklorşunos Ş.Turdimov şajara sanoğidagi bu sözlar xususida şunday yozgan: “Qörğonning ustalari şoir, şoirlari usta edi. Qadim-qadimdan bu ikki kasb el orasida hurmat-eʼtiborda bölib kelgan. Şajarada sanalgan otalarning mulla sifati esa bu avlodlarning aksariyati xat-savodli, ziyoli insonlar ekanligidan dalolat beradi. Qörğon baxşilarining dostonlarni “suluv” uslubda ijro etişlarida ularning mumtoz adabiyotdan bahramand bölganliklari ham öz taʼsirini ötkazgan. Ergaş şoir ana şunday adabiy muhitda ösdi, ulğaydi, kamol topdi”. (3)
Mulla Xolmuroddan uçta öğil qolib, uçovi ham katta şoirlar bölganligi dostonda aytilgan. Öğillarning kattasi Joşözoq şoir köp şogirdlar çiqargan, baxşilar orasida köp doston bilişi bilan maşhur bölganligi aytiladi. Örtançining oti Yorlaqab bölgan va Ergaş şoir bu amakisini şunday taʼriflaydi:
…Çeçanlikda tani söz bilan tölgan,
U Joşözoqdan baland bölib ötgandir,
Tamom umri elga şoirlik qilgan.
Mulla Xolmurodning kenja öğli Jumanbulbul edi. Ergaş şoir Jumanbulbulning tönğiç farzandi bölgan. Dostonda Jumanbulbul taʼrifiga alohida örin berilgan. Jumanbulbul dovuşining bir toş yölga borgani, yigirma xil nağma bilan dovuşiga muvofiq soz çertgani, eşitgan odamni balqitib, eritib, bir damda yiğlatib, bir dam kuldirib, hammani öziga qoyil qilgani, doston aytib, elning könglin yupatgani, bir söz bilan aytilsa, Juman BULBUL bölib ötgani kuylangan. “Tarjimayi hol” dostonida Ergaş şoir ukalari Abduxalil, Abdujalil, singillari Mahkamoy va Zumradoylar haqidagi maʼlumotlar ham bevosita Qörğon dostonçilik maktablari vakillari, dostonçilik muhiti haqidagi tasavvurlarni yanada kengaytiradi. Baxşilik maktabi muhiti birgina dostonlar bilan töliq bölmaydi. Bu muhit vakillari folklorning boşqa janrlarining ham mohir ijroçilari ekanligiga dalolat beradi. Dostonda Zumradoy va Mahkamoylar aytgan marsiya namunalari fikrimizni isbotlaydi. Ergaş şoir kuylagan “Tarjimayi hol” dostoni bilan yaqindan tanişuv bizga ana şunday xulosalar çiqarişimizga asos beradi.
- Ibrohim Haqqul. “Maişatman kayfu safo bir yoqda…” // Özbek folklori masalalari VII kitob, Ergaş Jumanbulbul öğlining 150 yilligi munosabati bilan çop etilgan ilmiy maqolalar töplami. Fan. Toşkent 2018. 84-85 betlar.
- Bulbul taronalari. 5-tom. Doston va termalar. Toşkent, Fan, 1973. 21-b.
- Şomirza Turdimov. Men şoirman, şunday aytsam yaraşar…(Ergaş Juman bulbul öğlining hayoti va ijodi) // Özbek folklori masalalari VII kitob, Ergaş Jumanbulbul öğlining 150 yilligi munosabati bilan çop etilgan ilmiy maqolalar töplami. Fan. Toşkent 2018. 58-59 betlar.
Feruza TURDIMOVA
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti magistranti
2021/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


