8 daqiqada öqiladi

1 237 marta körilgan

Yuksak fazilatlar sohibi

Yuksak fazilatlar sohibi

Nomi tarixda ötgan yuzlab, minglab hukmdorlar qatorida sanaladigan şohlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. Uni dunyo olimlari Yuliy Sezarga, “Boburnoma”ni esa Sezarning “Estaliklar”iga qiyoslaydilar, hatto Bobur va “Boburnoma”ni Sezar va uning asaridan ustun qöyadilar. Hindistonning birinçi boş vaziri Javoharlaʼl Neru “Dunyo tarixiga nazar” kitobida: “Bobur şu paytgaça ötgan madaniyatli va jozibador insonlar orasida eng yetuklaridan biri edi…”, deb yozgandi. “Boburnoma”ning mukammal nusxalaridan birini köçirgan kotib esa Boburning yaxşiliklarini aytib va yozib tugatiş mahol ekanligini taʼkidlab, bu insonda mujassam bölgan sakkiz  fazilatni sanaydi. Bular – Boburning hamişa yuksak muvaffaqiyatlarga erişişi, himmati baland ekanligi, viloyat oliş, viloyat saqlaşdagi ustunligi, obodonçilikka – farovon turmuşga intilişi, xalqqa turmuş kengçiligini istaşi,  laşkarning könglini ola bilişi va adolatpeşaligidir.
Taqdir inʼomi bilan Boburning özi haqida, öz aʼmoli haqida, özi yaşagan zamonu makonlar haqida, davr kişilari va zamonning royişi haqida  maʼlumot beruvçi “Boburnoma” yaratilib, bizgaça yetib keldi.   
“Boburnoma”, avvalo, Boburning özi haqida sözlaydi. Otasidan ayrilgan kuni murğak könglida keçganlarini yuragining tubiga kömib, birdan ulğaygan onlaridan, şeʼrga döngan armon töla hayotidan sözlaydi.
“…Farğona viloyatiga ön ikki yoşda podşoh böldim”, deb boşlaydi kitobni Bobur.  Şu kundan qalbi gul Boburning boşi toşlarga urildi – u taqdir sinovlari içida sarson-sargardon yurdi: goh yengdi, goh yengildi, topganlarini yöqotdi, izlaganini topdi va oxir-oqibat mungli bir haqiqatni anglab yetgaç: “Jonimdin özga yori vafodor topmadim, Könglumdin özga mahrami asror topmadim”, deya yozğirdi.  
“Boburnoma”  mamlakatlar haqida sözlaydi. Bobur ilojsiz taşlab ketgan, yuragidagi armonlardan bino bölgan yurtlar haqida sözlaydi: Andijon, Samarqand, Kobul, Hindiston. Ularni Boburning taqdir yöllari bir-biriga tutaştirdi.
“Tole yöqi jonimğa baloliğ böldi”, deb hasrat qilgan şoir tolesiz kunlariga eş bölib yaşadi – kuraşdi, dunyodagi katta hukmdorlar ham amalga oşirolmaydigan işlarga qöl urdi, ularni uddaladi…
 Bobosi Amir Temur saltanatidek ulkan davlat qurişni orzu qilgan Bobur Samarqandga kirib borişga jurʼat qildi, şuhrat topdi, qamalda ham qolib, laşkari bilan birga köp azoblarni tortdi, keyinroq turli tadbirlarni qöllab yana Samarqandga intildi, şaharni egalladi. Şunday bölsa-da, xatolaridan öz xulosalariga  keldi: “Har işnikim ayladim, xatoliğ böldi…”
 Şoirtabiat bu şoh boşqa hukmdorlardan farqli ölaroq köproq köngliga quloq tutdi. Şeʼrlarida esa ğussadan qonga tölgan könglining hasratlarini  yaşirmadi:

Mening könglimki gulning
ğunçasidek tax-batax qondur,
Agar yuz ming bahor ölsa oçilmoği
ne imkondur.

Mazkur bayt, aslida, Boburning işqiy mavzudagi ğazalidan. Bir qaraşda u faqat yor hajrida bitilgandek. Albatta, baytdagi bu mazmunni inkor qilib bölmaydi. Ammo undagi iztirobning kuçi şoirning butun hayotiga daxldor. Bir yonda armon bilan yonib eslagani – Andijon, bir yonda öz ixtiyori bilan taşlab ketgani – Samarqand,  boşqa bir yonda Şayboniyxon qöliga tuşgan opasi – Xonzodabegimning taqdiri, yaqinlarining xiyonati, işonganlarining sustkaşligi, yana bir yonda esa ahmadtanballar…
Oldinda katta yöl. Oğir va maşaqqatli yöl. Or va nomus yöli. Katta orzularga erişiş imkoni yöli. Faqat bu yöldan yurişni uddalaş kerak. Oldinda – Afğoniston, Hindiston… Şoir işq haqida yozadimi, yorning visolu hijroni haqidami, öz hayotini, taqdirini – boşidan keçirgan iztiroblarini ulardan ajratib qöyolmaydi. Muhabbat va nafrat, borlik va yöqlik, tiriklik va ölim, jamiyat hayoti, inson taqdiri, şoir şaxsining butunligi – bularning hammasi işq iztirob­lariga ham uyğunlaşib ketadi, tasvirga köçadi. Çunki oşiq bölgan şoir şaxs sifatida özining boşqa keçinmalarini unutib yubormaydi. Öz tuyğularini bir özanga birlaştiradi, şeʼrlari quvvatini kuçaytiradi.
Bobur kayhoniy andozada fikrlaydigan katta şaxs edi. Uning şaxs sifatidagi butunligi “Boburnoma” sahifalariga ham muhrlangan. Har bir harakati, aʼmoli, sözlari, siyosati atrofidagilarga ibrat edi.  Hatto ölim bilan neça bor yuzma-yuz kelgan bölsa, har safar uni oxirigaça his qilişga jurʼat va kuç topişi, unga tayyorligini namoyiş qila olişi yonidagi yigitlarga, laşkarga juda katta madad berardi… Bir safar yigitlari bilan Kobul sari otlangan Bobur qattiq böronga duç keladi. Qor şunçalar qalinlaşadiki, oxir-oqibat yöl yopiladi. Şunda yigitlar beligaça, köksigaça qorga botib, qor tepib, yöl oçadilar. Bobur bu voqeani şunday eslagan edi: “… Ana şu kuni qattiq böron kötarilib, qor yoğardi. Barça ölim vahimasiga tuşdi… Ğorga yetganda, qor quyuni tezlaşdi. Uşbu ğor qoşida töxtadik… Köplar ot ustida tong ottirdi, ğor torroq körindi. Men ğorning oğzida kurak olib, qor kuradim, qorni köksimgaça qazidim, sira yerga yetmasdi. Şamoldan biroz pana böldi, öşa yerda ötirdim. Har qança: “Ğorga kiring”, deyişsa ham kirmadim. Barça el qoru böronda, men esa issiq joyda istirohatda ötiramanmi, deb öyladim. Munda barça el taşviş va maşaqqatda, men u yerda uyquyu faroğatda bölaymi?! Bu muruvvat va hamjihatlikdan yiroq işdir. Men ham har taşviş bölsa körayin, har neçuk el toqat qilib tursa, turayin. Bir forsiy maqol bor: “Döstlar bilan birga topilgan ölim – töydir…”(Tabdil matndan olindi).
Umri har qança maşaqqatlarga töla bölmasin, Bobur hayotni sevardi. Şu bois ham:  
Bölmadim umrumda bir dam
            xotiri xurram bila,
Gar iliktin kelsa bir damni
            keçurmang ğam bila, –
kabi misralari bilan özgalarni hayotni sevişga, umrning qadriga yetişga çorlar edi. Bobur Hindis­tonda vatan qurdi. Boğ-roğlar yaratdi. Dastlab  kirib borganida köngliga mahzunlik solgan, ğarib köringan yerlarni obod qildi… Lekin Andijonni, Samarqandni – ota yurtni, ona vatanni unutmadi, uni mudom soğindi. Navoiyni öqidi…
Ikki buyuk şaxs Alişer Navoiy va Bobur taqdirini şeʼriyat tutaştirdi. Yurt ğami, mamlakat obodligi, el farovonligi yölidagi orzular birlaştirdi. Hazrat Navoiy Husayn Boyqaro saroyida amirlik qilib, el ğami bilan yonib yaşagan bölsa, Amir Temurdek ulkan saltanat qurişni istab, umri yurtgirlik bilan ötgan Bobur ğurbatda vatan qurdi.
Ijodni endi boşlagan damlari Navoiyga maktub bitgan Bobur öz asarida hazratni qayta-qayta eslaydi. Hirotga safar qilib borganida Navoiy yaşagan uyda yigirma kun umrguzaronlik qilgan çoğlari xotiridan keçgan öylari, şoir barpo etgan boğu roğlar, masjidu madrasalar, ariq-hovuzlarni körib, obod yurt barpo etişga moyil könglida uluğ rejalar tuğildi. Axir, keyinroq Hindistonda Boburning saʼy-harakati bilan qad kötargan imoratlar, yaşnoq boğ va gulzorlarning tarhi dastlab Hirotda köngilga tugilmaganmidi? Bobosidek ulkan saltanat quriş orzusida yongan Boburning qalbidagi çöğni Navoiyning amallari olovlantirmadimi? Bobur Navoiyni öziga ustoz deb bilardi. U “Boburnoma”ning yuzga yaqin örnida Navoiyni eslaydi. Kitobning dastlabki sahifalariyoq Navoiyni yodga olib, Andijon xalqi tilining adabiy tilga töğri kelişi haqida gapirib, Navoiy Hirotda şu tilda yozib, nashʼu namo topgani haqida gapiradi. Bobur Navoiydan taʼsirlanib, uning ğazallariga naziralar boğladi, ustoz şoirga hamohang ruboiylar yozdi.
 Yurtidan ketib, sargardon yurgan, Hindis­tonga kirib borgan damlar şoir könglidan keçgan tuyğularni Boburning özidek his qiliş osonmas. Biroq uning birgina ğazali yoxud tört misrali ruboiysi könglidagi hasrat, iztirobni hammaga oşkor etadi. Baʼzan bir kişiga qaratilgandek tuyulgan misralarda ham şoirning intim tuyğulari emas, balki  butun umri davomida ortmoqlab ötgan katta dard bor:
Bobur, neça bu dahr meni zor aylar,
Sabrimni kamu, ğamimni bisyor aylar.
To dahrdurur, budir aning rasmiki,
Oyrib kişini azizidin, xor aylar.

Özigaça Hindistonga kirib borib, u yerda saltanat qurgan hukmdorlar haqida Bobur şunday deydi:
“…Hazrati Risolat (payğambarimiz Muhammad s.a.v.) zamonidan şu kungaça Hindistonga biz tarafdan faqat uç kişigina hokim bölib, öz saltanatini örnatgan. Ulardan biri – Sulton Mahmud Ğoziy bölib,  u va uning avlodi saltanat taxtida uzoq muddat ötirdilar. Ikkinçisi – Sulton Şihobiddin Ğuriy edi. Uning özi, qullari va unga tobe bölgan kişilar bu mamlakatda köp yillar podşolik qildilar. Uçinçisi – menman, lekin mening işim u podşohlarning işiga öxşamaydi”.
 Nega bu şohlarning şuhrati Boburçalik bölmadi? Buning sabablari köp. Eng muhimi, Bobur ulardan farqli ölaroq, Hindistonda vatan qurdi. Ona vatanidan könglini uzolmay, u yerga qaytolmasligini anglab tursa-da, könglidagi niyati sönmadi, özi qaytolmasa, farzandlari qaytişini öylab yaratdi bu vatanni. Andijonda, Samarqandda, Kobulda, Hirotda közlarining tubiga yaşirgan, könglida asrab-avaylagan orzularini Hindiston zamini uzra soçdi. Boğlar yaratdi, gulzorlar barpo etdi. Bir faslga yo bir yilga yaraydigan qamiş uylar va boşqa omonat kulbalar örniga baland imoratlar soldi, ariqlar torttirib, hovuzlar qazitdi, obodonçilik işlarini olib bordi. Eng muhimi, elning köngliga yöl topdi, elning mehrini qozondi.  
Zahiriddin Muhammad Bobur qalbi gözal, keçirimli donişmand edi. “Boburnoma”ning mazmuni buni yana bir bor isbotlaydi. Turli mamlakatlar, kentlar va ularning tabiati, odamlarining hayoti tasvirida nuktadon olim qiyofasida namoyon bölgan şoh va şoir, ayni paytda, öz maqsadiga erişiş uçun farmonlar çiqaradi, qöşindagi yigitlarni ruhlantiradi, ğalabaga daʼvat etadi. Uning qalbidagi  judolik iztiroblari, soğinç va hasrat ham “Boburnoma” misralari zimniga singib ketgan. Biroq şular bilan birga Bobur hayotsevar, nekbin inson edi.  Soğinç, hasrat va nekbinlikning uyğunlaşuvi Boburning katta şaxs sifatidagi qiyofasini namoyiş qiladi.
Bobur şeʼrlari bugun ham har qanday kitobxonning qalbiga kirib bora oladi. Ularda soxta lutf, ortiqça jimjimadorlik, eng muhimi, riyo yöq. Şoir faqat könglida keçirganini, boşidan ötkazganini yozdi. Yozganda ham könglining tub-tubida asrab, jamlab, jonu jahoniga aylantirib, keyin yozdi. Boburning özi qayd etişiça, köp vaqtgaça biror ğazalini bir yozişda oxirigaça tugatolgan emas. Çunki u hamişa yölda, jangda – ot ustida böldi. Bir bayt yoki ikki bayt köngilga tugilgaç, bu tugun şoir boşidan keçirayotgan boşqa voqealarga ham boğlanib ketgandan söng yeçildi. Bunda esa ularning maʼno kölamdorligi, taʼsir quvvati ortdi, kuçaydi, şu bois şeʼrdagi dard-hasrat kitobxon dardiga aylanişi oson keçadi.  
Bugun şoirning hayot yöli va asarlari dunyo miqyosida sevib örganilişi şeʼrlaridagi rost tuyğularning gözal ifodasi, ayniqsa, öta murakkab hayot yölini aks ettirgan “Boburnoma”dek ölmas asaridagi realis­tik tasvirlarning köngilga yaqinligi bilan boğliqdir.  
 “Boburnoma” mohiyatan  vatan haqidagi, uni seviş va qadrlaşga bağiş­langan gözal asardir. Şu bois, şarqşunos olim A.Samoyloviç eʼtirof etganidek, Bobur asarlarini örganiş, tarjima qiliş va naşr etiş burç, şaraf va baxt­dir.
Karomat MULLAXÖJAYEVA,
filologiya fanlari nomzodi. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)