Alişer Navoiy haqida söz ketsa, köz oldimizda nuroniy çehrali, avliyo rutbali şaxs qiyofasi namoyon böladi. Ul zotning pokiza eʼtiqodi, gözal maslagi, asarlaridagi ezgu ğoyalarning yuksak badiiy tarannumi bilan tanişarkanmiz, inson bolasi ham şu darajada mukammal böladimi, deb hayratlanamiz. Ul zotning nurli şaxsiyati biz uçun yetib bölmas darajadagi quyoşday porloq ideal. Hazrat bu maqomga, şubhasiz, yuz karra, ming karra munosib. Navoiy siymosi to qiyomat qadar nafaqat biz avlodlarini, balki butun dunyo xalqlarini poklik va saodatga çorlovçi nurafşon mayoq bölib qolgusi!
Hazrat şaxsi va ijodi oldida boş egib taʼzim qilarkanmiz, köngildan bir iştiboh ötadi: uluğ Navoiyni yetarli öqimasdan, uqmasdan çala, havoyi tasavvurimizga tayanib, u zotni özimizdan uzoqlaştirib qöymayapmizmi? Navoiy va zamondoşlarimiz orasida mavhum devor paydo bölmayaptimi? Odamlarda “Ha, endi u zot Navoiy-da, biz oddiy odam jinsidan bölsak, demak, qusurimiz, kamçiligimiz ham özimizga yaraşadi”, degan qanoat hosil bölmayaptimi?
Aslida, Alişer Navoiy ham sizu bizdek ota-onadan tuğilgan. U kişi ham barça bolalar kabi vaqtida öynagan, quvnagan, arazlagan, erkalangan. Boşqa ösmirlar kabi, tabiiyki, könglida ötli tuyğular uyğongan – sevgan, sevilgan. El qatori u zotning ham yaqin döstlariyu maslakdoşlari, duşmanlariyu körolmaydigan ğanimlari bölgan. Barça insonlar kabi hazrat ham kimgadir ixlos qöygan, kimdandir ranjigan – kimnidir alqagan, kimdandir nafratlangan. Bir söz bilan aytganda, Alişer Navoiy ham odamzot his qilişi mumkin bölgan barça quvonçu alamlarni tuyib yaşagan. Yaratganning bir bandasi sifatida turfa sinovlarga röbarö bölgan. Faqat, gap şundaki, u zot imon-eʼtiqodiga sodiq holda, öz hayotiy missiyasini çuqur idrok etgan tarzda bu imtihonlardan yoruğ yuz bilan ötib bani başarga namuna bölganlar!
Navoiyning sof insoniy xislatlari, xarakter çizgilari öz asarlarida yetarliça aks etgan. Qolaversa, Navoiy haqida zamondoşlari yoki sal keyinroq yaşab ötgan tarixnavislarning bitiklarini öqirkanmiz, u kişining jonli yurak zarblarini tuyamiz. Turli vaziyatlardagi tutumlari, feʼl-atvori, ruhiy holati haqida aniq tasavvurga ega bölamiz. Va oddiy inson sifatida bugungi kun odamiga ham nihoyatda yaqin bölgan va ayni paytda özining yuksak axloqi va isteʼdodi bilan barça davr odamlariga namuna böla oladigan kuyunçak, samimiy, nozik qalb egasini köramiz. Navoiy bilan oramizdagi mubham devor, beş asrlik masofa ğoyib böladi.
Nazarimizda, adabiyot muallimlari dars çoğida Navoiyni öquvçiga (töğriroği, öquvçini Navoiyga) yaqinlaştirişga harakat qilmoği lozim. Buning uçun öqituvçining özi Navoiy şaxsiyatini yaxşi bilmoği va uluğ şoir ilgari surgan ğoyalarga amal qilmoği zarur. Toki bugun yoş avlod Navoiyni afsonaviy qahramon deb emas, balki insonga xos zaifliklarni yenggan, içki tarbiya orqali öz siyratini bezagan, xudo bergan isteʼdodini toblab ijodiy möjizalar yaratgan jonli, barhayot şaxs sifatida tanisin. Ana şundagina Navoiyga talpinuvçilar, undan kuç va quvvat oluvçilar, ğoyalariga ergaşuvçilar köpayadi. Ana şundagina Navoiy oldidagi burçimizni bir qadar ötagan bölamiz…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

