Bahorga talpinmagan qalb yöq. Kunlar isib, dov-daraxtlar gullab, tevarak-atrof yaşillikka burkanişini intiq kutamiz. Köz öngimizda tabiatning nodir möjizalari sodir böladi: keçagina şoxdan iborat oğoçlar nafis gulğunçalar bilan bezanib közimizni yaşnatadi. Quloq pardalarimizga qora «çoponli» qarğalarning qar-r-illaşi emas, sayroqi quşlarning nafis xonişlari uriladi. Butun borliq birlaşib hayot, muhabbat simfoniyasini ijro etayotganday tuyuladi.
Aslida eng muhimi bu emas. Eng muhimi – bizning qalbimizdagi jonlaniş, botinimizdagi uyğoniş, ruhiyatimizdagi yangilanişdir. Tabiat xuddi közgu kabi inson içki olamida keçayotgan özgarişlarni aks ettiradi göyo. Qaçondir mudrab qolgan orzu-umid çeçaklarimiz qayta kurtak yozadi. Sarğaygan his-tuyğularimiz yana yaşillanadi. Muzlagan tomirlarimiz eriganday böladi. Bu holat, ayniqsa, Navrözi olam arafasida yaqqol seziladi.
Bu yil xalq sayli tarzida ötkazilgan Navröz tantanalarida hamyurtlarimiz qalbi, ong-şuuridagi uyğonişni, jonlanişni his qildik. Jumladan, bir guruh ijodkorlar bilan viloyatlardagi bayram tantanalarida iştirok etarkanmiz, tabiat va jamiyatdagi yangilanişlar uyğunligini, muvofiqligini tuydik. Dasturxonlarni bezab turgan rang-barang, bir-biridan totli Navröz taomlari, kelinsalomu boşqa urf-odatlar namoyişi, askiya-payrov, xuşovoz xonandalarning çiqişlari, köngli yoş onaxonlarning dilbar laparlari, kuraş, toş kötariş, futbol va boşqa sport turlari böyiça bellaşayotgan yoşlarimizning ğayrati, bir söz bilan aytganda, xalqimizning boy maʼnaviy merosini qamrab olgan Navröz şukuhidan dillarimiz yayradi.
Sayillarda bu qutluğ ayyomning yana bir fazilati – turli millat vakillarini birlaştiruvçi qudrati namoyon böldi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning bayram tabrigida aytilganidek, Navrözi olam Vatanimizda yaşayotgan barça millat va elat vakillari uçun, butun xalqimiz uçun eng suyukli bayram ekaniga bevosita guvoh böldik. Yurtimizda ahil-totuv, döstona muhitda yaşayotgan millatlar özlarining rang-barang urf-odatlari, bayram tuhfalari bilan Navrözga yanada fayz, şukuh bağişladilar.
Bugun tabiatu jamiyatdagi jonlanişni körib, yuragida ozgina ğayrati bor inson, tabiiyki, öziga, imkoniyatlariga boşqaça köz bilan qarayotir. Qalbini, ong-şuurini titkilab, borliğini taftiş qilyapti. Zero, Navröz – yangi kun har bir odamdan yangiça fikrlaşni, yangiça yondaşuvni talab etmoqda. Bu talabga befarq kimsalarga esa hazrat Alişer Navoiyning tanbehidan örinliroq söz yöq deb öylaymiz:
Tuxm yerga kirib, çeçak böldi,
Qurt jondan keçib, ipak böldi.
Lola tuxmiça ğayrating yöqmi?
Ipak qurtiça himmating yöqmi?
Bu savollarga yoruğ yuz bilan javob berayotgan hamyurtlarimiz judayam köp. Ular orasida siz ham borsiz deb umid qilamiz…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

