9 daqiqada öqiladi

223 marta körilgan

Öngidan kelgan tuş

Hasanboy Dösmatov

Braziliyaning Rio–de–Janeyro şahrida bölib ötgan XXXI yozgi Olimpiada öyinlari çempioni Hasanboy Dösmatov bilan suhbat

– Har bir sportçi olimpiadaga yöl olarkan, eng yuksak marra – çempionlikni közlaydi, albatta. Lekin, şunga qaramasdan, har kim öz kuçiga, imkoniyatlariga xolis baho bersa kerak. Şu maʼnoda siz “Rio – 2016” ga otlanarkansiz, qanday natijani kutgan edingiz?

– Töğrisi, oltin medal olaman deb öylamagandim-u, lekin şohsupaga çiqişimni sezgandim. Çunki raqiblarimning öziga xos tomonlarini, ayrim zaif jihatlarini bilardim. Yana, qiziği şundaki, ikki-uç marta xosiyatli tuş körgandim. Tuşimda ğalaba qozonib, çempion bölgandim.

– Tuşda aniq oltin medal olganmidingiz?

– Ha, faqat oltin olganman! Xudoga şukr, tuşlarim öngidan keldi.

– Ötkazgan janglaringiz içida siz uçun eng oğiri qaysi böldi?

– Heç bir jangimni oğir böldi deb aytolmayman. Lekin qiyini ringgaça – tayyorgarlik jarayonida böldi. Ruhiy bosimni sezdim. Masalan, qozoğistonlik raqibim bilan ringga tuşişdan oldin hayajon bor edi. Çunki bu hal qiluvçi, muhim jang edi.

– Olimpiada jarayonida boksçilarni faqat ringda emas, ring taşqarisida ham kuzatgansiz, albatta. Özbek boksçilarining yuriş-turişi bilan çet ellik boksçilarning özini tutişida qanday farqlarni sezdingiz? Umuman, özi, farq bormi?

– Albatta, farq bor! Özingiz ham körgan bölsangiz kerak, biz har bir jamoadoşimizning jangida bevosita tomoşabin bölib, döstlarimizni ruhan qöllab-quvvatlab turdik. Ringga ham, oşxonaga ham, mehmonxonaga ham birgalikda, uyuşgan holda bordik. Hamişa bir yurtning farzandi ekanimizni, birikib bitta kuçli muşt bölişimizni his qildik. Xorijlik boksçilarning köpçiligi alohida-alohida şuğullandi, bir-birining janglariga köp qiziqmadi, har biri özi uçun kuraşdi. Biz esa nafaqat boksçilarimizni, boşqa sport turlaridan qatnaşayotgan yurtdoşlarimizni ham olqişlaşga harakat qildik. Yutuqlarimizning boş sabablaridan biri ham şu – ahilligimiz.

– Olis Rio-de-Janeyroda turib ona Vatanimiz – Özbekistonning, yurtdoşlarimizning qöllab-quvvatlaşini qanday his qildingiz?

– Har lahza his qildim, desam, yolğon bölmaydi. Özbekistonni öylasam, xuddi ortimda toğ turganday özimni baquvvat sezdim. Bizni yetti yoşdan yetmiş yoşgaça barça yurtdoşlarimiz – davlatimiz rahbarlaridan tortib oddiy fuqarolargaça duo qilayotganlarini bilardik. Ana şu duolar yuragimizga quvvat, bilagimizga kuç böldi.

– Final – eng masʼuliyatli, hayajonli bosqiç. Unga, Olimpiadadagi sönggi jangingizga alohida tayyorgarlik körgan bölsangiz kerak?

– Yöq, har doimgiday tayyorgarlik kördim. Çunki men raqibim – kolumbiyalik boksçi Yuberxen Martinesni yutişimni oldindan bilardim.

– Qanday?

– Çunki u mening uslubimga mos edi, özim istaganday boks tuşa olardim. Unga yengilgan boksçilar notöğri, xato uslub qöllagani uçun mağlub bölişdi.

– Ularning xatosi nimada edi?

– Ular oçiq jang qilib, uning uslubiga tuşib berişdi. Martinesning uslubi menga juda qöl keldi: aql bilan, öziga xos yaşirin taktika qöllab emas, kuçi va irodasiga tayanibgina boks tuşardi. Avvalgi raqiblarini ham faqat şu ikki jihati – kuçi va irodasiga tayanib yutgan edi.

– Demak, siz aqlli, çalğituvçi uslubda jang qilişga harakat qildingiz?

– Ha (kuladi). Menda kuç va irodaga qöşimça ravişda boksçiga hamişa kerak böladigan aql va taktik yondaşuv ham bor edi. Çunki boksçi kerak paytida urişni ham va kerak paytida qoçişni ham bilişi kerak.

– Demak, boks nafaqat kuçlar, ayni paytda aqllar jangi ham ekan-da!

– Albatta! Kim ringda aqli bilan kuçini uyğunlaştirsa, öşa ğolib böladi.

– Olimpiadada juda köp boksçilar qatnaşdi. Ğoliblar içidan aynan sizni eng yaxşi boksçi deb topişganining siri nimada deb öylaysiz? Bunda natijadan taşqari, mutaxassislarning xayrixohligi ham muhim ahamiyatga ega emasmi? Nazarimizda, sizni barça muxlislar, jumladan, taşkilotçi mutasaddilar ham yoqtirib qolganday böldi…

– Menimça, birinçidan, ğalabalarim işonçli bölgani uçun deb öylayman. Çunki köp janglarda birinçi raundda bu boksçi, ikkinçisi raundda u boksçi yutib, uçinçi raund bahsli bölib qoldi. Men ötkazgan janglarda esa, maqtanişga öxşab qolyapti, uzr, bunday ikkilanişga, bahsga örin qolmadi. Qolaversa, eʼtibor qilgan bölsangiz, Olimpiada davomida yuzim kökarmasdan, jarohat olmasdan janglarni tugalladim. Kimningdir qoşi yorildi, kimningdir yuzi şişib ketdi, Xudoga şukr, men jarohat olmadim. Sababi – kam zarba oldim, yuzimni raqib muştiga tutib bermadim, özimni keyingi janglarga asradim…

– Ota-onangiz çempion bölganingizga qança suyungan bölsa, jarohatsiz qaytganingiz uçun yana şunça quvongan bölsa kerak!

– (Kuladi) Albatta, ota-onalarni bilasiz-ku…

– Har bir raqibingizga alohida tayyorgarlik kördingizmi?

– Ha. Olimpiadaga ketayotganimizda federatsiyamiz har birimizga planşet taqdim etdi. Bizga sovğa berişdi deb xursand bölib, planşetni şunday yoqsak, unda har bir raqibimizning janglari aks etgan videotasvirlar yiğilgan ekan. Ularni örganiş, Olimpiadaga yanada yaxşi tayyorgarlik körişimiz uçun qilingan ekan bu.

– Bilamiz, sizga köpçilik bergan savolni takrorlayapmiz: şohsupaga çiqqan çoğingiz, Özbekiston Respublikasining madhiyasi yangrab, bayroği kötarilayotgan payt nimani his qildingiz?

– Rostdan ham, bu savolni menga juda köp berişdi. Lekin şu paytgaça javob berolganim yöq. U holatni taʼriflaşga söz ojizlik qiladi. Faqat öşa holatga tuşib yaşab köriş kerak.

– Afsuski, bu lahzalarni yaşaş hammaga ham nasib qilmaydi. Fazoga çiqqan kosmonavtdan hamma: “U yoqda özingni qanday his qilding?” deb söraydi-ku. Çunki özi fazoga çiqmasa-da, öşa hissiyotlarning “taʼm”ini bilgisi keladi…

– Töğri. Lekin men bu hayajonli holatni ifodalab berişga qiynalaman. Şuning uçun har gal şu savolga javob qaytarolmayman.

– Javob berolmasligingiz – eng yaxşi javob, aslida! Olimpiya iştirokçilarini yurtimizda kutib oliş marosimi haqida nima deysiz?

– Bunaqasi bölmagan! Özbekistongaça ön sakkiz soat uçgan bölsak, keyin, yurt tuproğiga tuşib ham, ruhan parvoz qilib yurdik! Davlatimiz, xalqimiz bizga beqiyos izzat-ikrom körsatdi. Buning uçun ming bor rahmat deymiz. Şunday yurtning farzandi bölganimizdan, xalqimizning işonçini oqlaganimizdan baxtiyormiz.

– Şu örinda bir mulohaza tuğiladi. Ğalabangizdan söng sizga davlatimiz, el-yurtimiz, vatandoşlarimiz tomonidan çeksiz hurmat-eʼtibor körsatilyapti. Bunday yuksak ehtiromdan barça muxlislar qatori mamnunmiz, albatta. Ammo, şu bilan birga, köngilning bir çetida kiçik hadik ham yöq emas. Yaʼni, bunday beqiyos eʼtiboru ehtirom yoş boksçimizning öziga bölgan talabçanligini sal susaytirib qöymasmikan, deganday…

– Yöq… Bizga bölayotgan bunday yuksak eʼtiborning sababini, masʼuliyatini har lahza his qilib turamiz. Bu ehtirom bizning şunçaki ğalabamiz uçungina emas, balki ona Vatanimiz – Özbekistonni sevganimiz, könglimizda vatanparvarlik tuyğulari jöş urgani uçun bölyapti. Muxlislar ham, avvalo, bizni emas, Vatanimizni sevganlari uçun bizni şunday şaraflayapti. Özbekistonsiz özimizning heç kim emasligimizni yaxşi bilamiz. Menimça, Vatanini, xalqini çinakam yaxşi körgan odamning oyoği yerdan uzilmaydi. Keyin, şubhasiz, bunday eʼzozu ardoqlar bizning faqat “Rio–2016” dagi ğalabamiz uçun emas, kelajakdagi yutuqlarimiz uçun ham bölyapti, deb öylayman…

– Avvalgi Hasanboy Dösmatov bilan Olimpiada çempioni Hasanboy Dösmatovning xalqaro musobaqalar, kelgusi Olimpiadalarga tayyorgarligi örtasida farq böladimi?

– Albatta, böladi. Rio Olimpiadasida men ham, boşqa raqiblarim ham kubalik jahon çempioniga qarşi tayyorgarlik kördik. Endi uning örnida özimni köryapman – barça boksçilar menga qarşi tayyorgarlik körişadi. Demak, men murabbiyim bilan kelişgan holda öz uslubimga yangilik kiritişim, ularga nomaʼlum “syurpriz”lar tayyorlaşim kerak.

– Yaʼni raqiblar uçun “oçiq kitob” bölmasligingiz kerak…

– Ha, çunki ötkazgan barça janglarim – ularning qölida. Sinçiklab tomoşa qilib örganişadi, şunga yaraşa tayyorgarlik körişadi…

– Şunday yirik ğalaba boksçi sifatida emas, inson sifatida sizda qanday özgarişlar paydo qildi?

– Inson sifatida… birinçi galda, özimga nisbatan işonç hissini mustahkamladi. Turli davralarga işonç bilan qadam qöyib, odamlar bilan kirişib ketişimga yöl oçdi. Oldin kimdir suhbatga tortib, intervyu olaman desa, yuragim betlamasdi. Qöying, undan köra boks tuşay, derdim.

– Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev sizlar bilan uçraşib, qöllaringizni siqib, yuksak davlat mukofotlarini şaxsan özi topşirdi. Bu, öylaymizki, sizlarga yangi kuç, şijoat bağişlagan bölsa kerak.

– Albatta! Har bir fuqaro hayotda muvaffaqiyat qozonib, şaxsan Prezident qölidan mukofot olişni, minnatdorlik sözlarini eşitişni orzu qiladi. Ana şu şarafli orzum uşalganidan behad baxtiyorman. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov bizga yuksak işonç bildirib, yuragimizga quvvat bergan edilar. U kişining farmonlari bilan “Özbekiston iftixori” faxriy unvoniga sazovor böldim. Unvonni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning qölidan oliş nasib etdi. Davlatimiz rahbari şu kungaça bizning xayrixoh homiyimiz, suyançimiz bölib kelyaptilar. Olimpiada öyinlariga kuzatiş va kutib oliş jarayonlariga ham özlari boş-qoş bölganlari ğalabalar sari dadil borişimizga qanot berdi. Braziliyaga jönashimiz oldidan “Böş kelmanglar! Ğalaba bizniki!” deb yelkamizga qoqib, bir işonçimizga ön işonç qöşgan edilar. Fursatdan foydalanib, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga özim, oila aʼzolarim, barça sportçilar nomidan minnatdorlik bildiraman. Qanday şaroit kerak bölsa, biz uçun yaratişyapti, endi bunga javoban ğalabalarimizni davom ettirişimiz kerak. Bu haqda Prezidentimizga vaʼda berdik. Endi bu vaʼdani bajariş, işonçni oqlaş şart.

Işonçni oqlaş masʼuliyati! Buning zalvorini faqat mard, bir sözli insonlargina his qiladi. Uşbu suhbatimizdan söng Hasanboy Dösmatov öz vaʼdasiga muvofiq el-yurt işonçini oqlaşda davom etyapti. Jumladan, uning  Xalqaro havaskor boksçilar uyuşmasi (AIBA) şafeligidagi turnirda iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» – «Özbek yölbarslari» jamoasidagi janglari bunga misol böla oladi. Boksçimizning uşbu nufuzli musobaqadagi çiqişlarini kuzatarkanmiz, könglimizda yana bir-ikkita savol tuğildi. Telefon orqali Hasanboyga boğlandik. U 3-9 aprel kunlari Tailandda bölib ötgan «Qirol kubogi – 2017» musobaqasida qatnaşib, yurtimizga qaytganiga endi bir soat bölgan ekan! Şu bois suhbatimiz qisqa savol-javoblardan iborat böldi…

– Safar çarçatmadimi? Ona yurtimizni soğinib kelgandirsiz?

– Har gal şunday böladi: xalqaro musobaqalar neça kun bölganiga qaramasdan Vatanimizni soğinib qaytamiz. Lekin aeroportga kelib tuşamiz-u, butun çarçoqlarimiz tarqab ketganday böladi. Ona-Vatanimiz tuproğidan kuç olamiz…

– Yöq demasangiz, «Uzbek Tigers» jamoasidagi faoliyatingiz haqida gaplaşmoqçi edik…

– Mayli.

– Maʼlumki, bu yilgi çempionatning ilk ikki öyinida jamoamiz Xitoy va Qozoğiston boksçilariga yutqazişdi. Bu öyinlarda siz jamoamiz safida yöq edingiz. Nima, sizni taklif qilişmadimi?

– Yöq, taklif etişdi. Ammo u payt özim tayyor emas edim. Olimpiada öyinlaridan söng hali tiklaniş jarayonida edim. Şuning uçun ilk ikki öyinda iştirok etolmadim.

– Keyingi öyinlarda esa sizning ham, jamoadoşlaringizning ham janglaridan muxlislarimiz xursand bölişdi…

– Özi, ringga tuşişdan ham maqsadimiz şu: hamyurtlarimizni xursand qiliş…

– Yakka va jamoaviy tartibdagi janglarga tayyorgarlikda farq bormi?

– Har bir jangga tegişli qonun-qoidalardan kelib çiqib tayyorgarlik köramiz. Aytaylik, Olimpiadada uç raund bölsa, jamoalar çempionatida 5 raund boks tuşamiz. Demak, kuçimizni, diqqat-eʼtiborimizni beş raundga mos, töğri taqsimlaşimiz lozim böladi.

– Jamoadagi şerigingizning ğalabasi yoki mağlubiyati sizga taʼsir qiladimi?

– Albatta, taʼsir qiladi. Bu xuddi futboldagi asosiy vaqtdan keyin penalti tepiş jarayoniga öxşaydi. Tasavvur qiling, 2:1 ga yutyapmiz, navbatdagi boksçimiz yutqazib, hisob 2:2 böldi, tabiiyki, bundan xafa bölasiz, ustiga ustak, beşinçi – hal qiluvçi jangga siz çiqasiz va sizning natijangiz butun kuraş taqdirini hal qiladi! Qanday katta masʼuliyat! Qanday ulkan hayajon! Ammo siz bu hayajonni ham, raqibingizni ham yengişingiz şart. Çunki siz faqat özingiz uçun emas, butun jamoa uçun ringga çiqqansiz…

– 3-9 aprel kunlari Tailandda bölib ötgan «Qirol kubogi – 2017» musobaqasida ham muvaffaqiyatli qatnaşdingiz. Raqiblaringizni yengdingiz. Lekin… final jangida iştirok etmadingiz. Sababi?

– Sababi – murabbiylarimizning tavsiyasi bilan özimni muhimroq janglarga asradim. Bilasiz, boksdagi final janglari şiddatli keçadi. Holbuki, bu musobaqa biz uçun judayam ahamiyatli emas edi. Qolaversa, oldinda  – 29 aprelda Osiyo çempionati boşlanadi.

– Baribir finalgaça borib, ringga çiqmaslik boksçini xursand qilmasa kerak?

– Ha. Özim ham ğalati böldim. Ammo professional boksçi bölişni istasak, faqat bugunni emas, ertani ham öylaşimiz, aql bilan reja tuzib, unga amal qilişimiz şart. Çunki asosiy janglarda xalqimiz bizdan faqat ğalaba kutadi…

– Bu yölda sizga omad tilaymiz. Xalqaro maydonlarda özbek xalqiga xos bölgan kuç, epçillik va, albatta, aql-zakovatni şaraf bilan namoyon qilib yuravering!

– Rahmat.

Nodir JONUZOQ

suhbatlaşdi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…