14 daqiqada öqiladi

684 marta körilgan

Boysunda tong otdi…

Boysunda tong otdi...

yoxud xarsang ustidagi xayollar

Kamtar bu sukutda köpdir haqiqat –

Unda zil hayotning surati zohir:

Boysunda toğ bölmoq qanday maşaqqat,

Boysunda daşt bölmoq naqadar oğir!

Usmon AZIM

Kampirimga yigitlik çoğlarimda “Seni toğlarga olib çiqib, bulutlarning orasidan oyni olib beraman” degan vaʼdamning ustidan çiqiş niyatida uni qöltiqlab yölga otlandim. Boysundan yigirma çaqirimça toğlar orasidagi buloq boşiga yaqinlaşgunça tasavvurimdagi manzara özgarmadi. Aylanma yöllar yonbağirlardan kötarilib, pastga tuşayotgan paytlari rang-barang tomlar bilan yopilgan uylar körinadi.

– Keldikmi? – deb söradim haydovçidan.

– Yöq, hali ança bor, bu qişloqning boşlanişi, – dedi u.

Yölning balandu pastida joylaşgan uylar örtasidan çamasi uç-tört çaqirim yöl bosgandan söng toğ yonbağridagi arçazorlar tepasida joylaşgan zamonaviy ikki qavatli uzun imorat körindi.

Maşhur “Omonxona” oromgohi, şifo suv maskani… Yigitlar bizga tepadagi imoratning qulay xonalariga joylaşişni taklif etdi, lekin kampirga azaldan konditsioner yoqmasdi, biz arçalar orasidagi çodirli supalardan birini tanladik… Özi, ayollarga na issiq, na sovuq yoqadi. Biz erkaklar esa aslida ularga yaxşi köriniş yölini izlab yaşasak kerak. Yana kim bilsin!

Tong otdi, Boysun tongi… Buloq boşidagi ğala-ğovur bilan otdi. Ertalab buloq boşi gavjum bölarkan. Ular suvga ham, şifoga ham çanqoq odamlarga öxşadi, nazarimda…

Ertalab tepaga çiqib, xarsangga çökib, dunyoning bordi-keldilarini öylasangiz, ğaroyib fikrlar kelarkan… Şu alpozda Boysun tongini kutib oliş odatimga aylanib qoldi. Nazarimda, Boysun tongi insonni uyğotibgina qolmay, unga hayot mezonlarini öqitayotgan yangliğ, yaşaşdan rozilik va ertanggi tongga ham umid tuğdirar ekan. Göyo qalbingizga şoirona nur bilan tuyğular quyib, moyböyoqda natyurmort çizdiradi va bulbullarni lol qoldiradigan ovozda qöşiq aytdiradi…

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

…Adirlarga tutaşgan, biri biriga mengzaş toğlar orasidagi taʼmirlanayotgan yöllardan yursangiz, betakror manzaralarga duç kelasiz va Boysunga kiradigan joyda sizni afsonaviy Alpomiş bilan Barçinoy qarşilab oladi. Sizni mağrurlik va gözallik timsoli bölmiş afsona kutib turgandek…

Men Boysunni “Alpomiş” orqali bilardim. Bu qadim dostonda  tuğilgan tuproq va mana şu biz qadam otayotgan qir-adirlar bilan baland toğlar, arçazorlar va buloqlar guvoh böladigan sevgiga sodiqlik va uşbu borliqni taşqi ğanimlardan asraşdagi şiddatli janglar jirlanadi. Qöbiz ovoziga jör jirov ovozlari hali quloğimizda… Alpomişni mardlikka undagan tuyğular ona tuproği, eli va yori Barçinoyiga sodiqlikdan uyğongan edi.

Bellarimga oltin kamar böğaman,

Nomard bölsam, nega sendan tuğaman.*

Ota, meni boğlasang ham turmayman,

To ölgunça Barçinoy, jonni quvaman…

Axir, yölbars yuragiga boşqoronği bölgan onadan – mardlik, mağrur otadan – sodiqlik meros Alpomişning muhabbat himoyasida uluğ yöldan toymaydigan jurʼati uşbu tuproqda şakllandi.

Toğlar afsonalarga boy böladi, bu yerda afsonalar toşga aylanadi. Baʼzan dunyoni kezib yurgan afsonalarni özida olib qoladi… Afsonalarga aylanib ketgan doston qönğirot yurtining farzandi Alpomişni Boysunda tuğdirib, taqdiri azalini daştu toğlarga boğlaganida ham qandaydir ajabtovur sir bordek.

Aytmoqçi, jurnalist Şomurod Şaropovning “Omonxona möjizalari” kitobi qölimga tuşib, bu afsonalar yurtining rivoyatlariga ğoyibona oşiq bölib qoldim. Uşbu afsonalar kampirimga qirq yil ilgari “Seni baxtli qilaman” deb bergan vaʼdamni esimga soldi va unga toğdan çiqqan buloqlar, daştlarning pastu balandlarini körsatgim keldi… Erkak kişi sözida turmaydimi, axir!

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

…Sahroning tongi otmasdan oldin atrof yoruğlanib, kunning tuğilişini bemalol kuzatiş mumkin bölsa, Boysun toğlarida quyoş birdaniga tepangizga kelib qolarkan. Oppoq bulutlar qaysi bir çöqqilarni siypalab ötib, nari toğ ortiga ketadi. Öşa bulutlar sari yonbağirlarda örmalayotgan qöy-eçkilar toğ intizomi böyiça ilonizi söqmoqdan ketayapti. Toğning tabiati toğ nizomi bilan yaşaydi-da…

Ot kişnaydi, eşak hangraydi, it huradi, xöroz qiçqiradi, böri uliydi… Har birining öz örni, öz ovozi bor. Tabiatning adolatli qonuniyati, bu yerda barçasining ovozini eşitiş va özini köriş mumkin. Lekin men adabiyot, umuman maʼnaviy dunyoda eşak obraziga salbiylik buyoqlarini surkay beradigan qalamkaşlarga qoyil emasman. Boysunda odamlarni ot öta olmas toğli söqmoqlardan olib ötsa-yu, biz yana eşakni yomon otliğ qilib ötirsak! Beçora eşakning aybi… eşak bölib tuğilganimi? Eşakning ança yaxşi-­yomon xususiyatlarini bundan qariyb ikki yarim ming yil ilgari badiiy sifatlagan Apuleyga rahmat. U romanini heç tortinmasdan “Oltin eşak” deb atagan edi.

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…..

…Umuman, ot çopib, eşak mingan toğ farzandlariga qoyil qolmasdan iloj yöq. Surxon vohasining  çangqovuz ovozi bilan voyaga yetgan farzandlaridan qançadan-qança buyuklar çiqmadi deysiz! Men közim körib, yaxşi tanigan oğalarim – yozuvçi Şukur Xolmirzayev, rassom Rözi Çoriyev va qalamkaş döstlarim Erkin Aʼzam, Usmon Azim, Nodir Normatov, ukalarim Qöçqor Norqobil bilan Mahmud Nomozov ham Surxon daştlarini kezib, uşbu toğlarga örmalab ulğaygan… Boysunda ularning izlarini körgandek va asarlarida aks etgan tabiatning pok dunyosiga engandek böldim… “Omonxona” şifo suvidan içib, buloqlarida çömilganda ham ularning mehrlari totiladi…

Bir paytlar bu toğlarning daryolari Amudaryoga oqib, suvlarga aylangan mehrlar Orolni töldirib turgan edi. Toğdan oqqan jilğa böyi­­da turib, öqigan sari yaxşi köradigan şoira singlim Faroğat Xudoyqulovaning satrlari esimga tuşib ketdi.

Keçir meni, ey toşqin daryo,

Faryodingga quloq solmadim.

Faxr etdim Orol onam deb,

Lek onamni asray olmadim.

 Dard bir-u, darmon bölak, masofa uzoq, lekin dardingni oladigan, yelkadoş qardoş-qorindoşing borligidan köngling taskin topadi. Muqaddas kitoblarda toğlarning insonga tayanç va suyanç qilib yaratilganini öqiganmiz. Çöqqilar borligini toğlarda körganmiz. Çöqqiga çiqişni etakda turib orzu etganmiz.

Daşt yöllarida kelayotganimizda kampirim: “Bu notekis tepaliklarni tekislab eksa bölmaydimi, qanday suğorarkan?” deb suragandi. “Bu lalmi yerlarni yomğir suğoradi… – degandi denovlik haydovçi. – Endi, opa, daştni tekislab bölmaydi-da…”.

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

Toğ insonni balandga kötarilişga daʼvat etib, köz köradigan olamning maʼlum bir çegarasi borligini, öşa çegaralardan keyin ham toğlar borligini qayd etadi. Robert Byorns, Mixail Lermontov, Rasul Hamzatov, Çingiz Aytmatov, Nodar Dumbadze singari uluğlar ham toğ farzandlari ekaniga eʼtiborga bersak, baland toğlarda insonni yuksaklikka eltadigan, qalbiga şoirona mehr quyib, yaratiş, yaşaş iştiyoqini kuçaytiradigan sir bor, şekilli…

Yana öşa şoira singlimning qalbidan çiqqan satrlari:

Boyçiborim, sen ham öksima,

Qolib ketdik kimlar nuqsiga?

Şamol tegsin Barçin köksiga,

Alpomişni tuğib ber, singlim.

Toğlar orzularni yerdan kötaradimi yoki inson öz armonlarini baland çöqqilarga özi olib çiqadimi, bilmadim-u, lekin toğliklarning ajoyib odamlar ekanligini bilaman…

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

…Öttiz yil ilgari kelgandik… Öşa paytlari biz suv izlagan “Orol-88” ekspeditsiyasi aʼzolarining bir qismi – bizning guruhimiz Omonxona soyidan ötayotib, beş-olti körimsiz uylarning odamlari bilan uçraşganimizda, ular qişloqning boş muammosi içimlik suvi ekanligini aytgandi. Rus publitsisti Vasiliy Selyunin:

– Ana, eşitdingmi, Örozboy? Sen Orolga suv yetmayapti deya zorlanasan, bu kişilar qismati undan ham badtar ekan. Qara, buloq boşida turib çanqayapti, – degandi.

Öşa suhbat çoğida qişloqning bir yoşullisi meni çekkaga çaqirib olib, xufyona dardini aytdi.

– Bularning orasida bizga öxşagani siz ekansiz. Kuni keça rayqömdan kelgan kattalar bizning ziyoratgohimizni vayron etib ketdi. Sulton Vali Balogardon mozoriga ziyoratga kelganlarni quvib, qaynayotgan qozonlarini töntarib, bittasini uloqtirib sindirdi va milisasiga: “Ziyoratga kelganning barini qamaysan”, deb topşiriq berib ketdi… Aytmoqçi, özingiz musulmonmisiz?

– Alhamdulillah… – dedim ovozimni pasaytirib.

– Borakallo, borakallo… Mana, birga yurgan yöldoşlaring öşa rayqömlarning kattalari bölsa kerak, bizga jabr qilayapti deb quloqlariga şipşitib qöymaysizmi?

– E, oğa, bular nimaga Orol dengiziga suv yetmayapti deb, suv izlab çiqqan yozuvçilar-ku. Bularning gapi rayqömga ötmaydi-da.

– Orasida Maskovdan kelganlari bordir?

– Hov uçtasi öşa yoqdan.

– Ha, ana, eng bölmasa, öşa uçtasining quloğiga şipşitib qöying. Borib Maskovdagi katta rayqömlariga aytsin: “Boysunning rayqömi odamlarning qozonlarini sindirayapti”, deb. Axir, ziyoratda nima ayb, ayniqsa, pişgan oşning uvolini aytmaysizmi!.. Agar bizning rayqumning zöravonligini eşitsa, bularning quloğini burab qöyardi-da…

– Oğa, – dedim, bu oqköngil oqsoqolga jonim açib. – Bitta tödaning börilari bir-birining göştini yeganini körganmisiz?!

Oqsoqolning qöltiğidan tarvuzi tuşib ketdi…

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

…Buloq boşida ovuldagi loyqa suvni birga içib, birga çömilib, birga öynab-ösgan Ilyos oğamni uçratdim. Ilyos oğa Qoraqalpoğistonning obrö-eʼtiborli oqsoqollaridan.

– Bitta çalapartiş hamşiraning ukolidan gepatit degan baloga mubtalo bölib, bu yerga ön olti yildan buyon kelyapman, – dedi Ilyos oğa. – Anov qişloqdagi Norboy oğa bilan oğayni bölib qoldik. Özi har yili kutib olib, qöy söyib, tandir qiladi, neça kun suv içib, çömilib, vaqtning qanday ötganini sezmay qolaman. Bu yil ayolim va öğillarim bilan oilaviy keldik. Anov kenjatoy öğlim, özing bilasan, yurak döxtiri… U meni kuzatib, şifo suvning qon bosimiga qanday taʼsir qilayotganini örganayapti…

  Qarasam, Ilyos oğam tandirda pişgan qöçqor göştidan paqqos tuşirayapti.

– Hov, oqsoqol, bu tandir göştini soppa-soğ odamlar zörğa hazm qiladi, sizga yöl bölsin? – dedim hayronim çiqib va döxtir öğliga: – Hammaga parhez–parhez deysanlar, nimaga öşa parhezni otangga qöllamaysan…

– E, oğa, otam mening aytganimni qilarmidi! – dedi döxtir bola. – Hali tandir göşti gazakka aylanib ketmasa deng…

Omonxona havosi bilan suvining qudratini Ilyos oğam misolida kördim. U jigar kasalidan foriğ, otdek sakrab yuribdi…

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

…Sayyoramizning hozirgi olti qitʼadan iborat quruqligida yetti milliarddan ortiq odam yaşaydi, yer kurrasining esa  deyarli sakson foizi suv bilan qoplangan, öşa suvlarning atigi ikki-uç foizigina içimlik suvi ekan. Yana, inson tanasining yetmiş foizi suvdan iboratligi ham maʼlum. Tomirimizda oqayotgan qonning sakson foizidan ortiği suvdan iborat va qon ham suv vositasida har ön beş kunda yangilanib turarkan. Demak, inson jismining qariyb uçdan ikkisi suvdan taşkil topgan… Qoraqalpoqlar baʼzi tuturiqsiz kişilarni “Suvdan badtar suyuq ekan”, deyişadi, bunda ham qandaydir haqiqat bor, şekilli… Lekin jiddiy öylab qarasak, bizning hayot manbaimiz bölmiş suvning yana qanday sirlari bor ekan?

  “…biz insonlar, suvni oddiy suyuqlik, faqat çanqoğimizni qondiradigan  neʼmat deb bilamiz. Holbuki, suvning bundan boşqa taʼsir kuçiga ega ekanini, hayot riştasining mustahkamligini saqlaşda uning qiymati oltin va platina qiymatidan-da yuqoriroq turişini hamma ham bilmasa kerak”, deb yozadi tibbiyot fanlari doktori, professor Jumanazar Beknazarov.

Yapon olimi Masaru Yamatoning “Jahon adabiyoti” jurnalida eʼlon qilingan “Suvning aytganlari” nomli tadqiqotidan suvning “köriş”, “eşitiş”, “seziş”, “his etiş”, “xotirlaş” xususiyatlari mavjudligini öqigandim. Demak,  suvning “jon”i bor ekan-da… Rus olimi S.Zeninning taʼkidlaşiça, bitta suv molekulasida 44 ming axborot qutiçalari mavjud bölib, tabiiy “biokompyuter”ni eslatarkan. Bu qutiçalar axborot ötkaziş qobiliyatlariga ega, deyapti olimlar…

Esimda, maktab kutubxonasidagi Rablening maşhur romanida umri ovqatlaniş bilan ötayotgan Gargantyuaning qança yeb-içsa ham bir umr töyib körmagani, Pantagryuelning esa dengiz sayohatida xuddi aysberglar yangliğ qalqib yurgan “muzlatilgan sözlar”ga duç kelganini öqigandik. “Muzlagan sözlar” eriganida asosan hayqiriq, iztirob va sökinişlardan iborat edi… U paytlari ertaksimon öqiladigan bu asarning “muzlatilgan sözlari”ga eʼtibor bermaganmiz.

Yapon olimining mikroskopik tadqiqotlaridan maʼlum böladiki, yaxşi sözlarni “eşitgan”, ezgu tuyğularni “his etgan” va ezgu fikrni “sezgan” suv muzlatilganda beğubor, gözal köriniş va rangga enarkan-da, yomon sözlarni “eşitib”, yovuzlik “körgan” va yomon niyatlarni “his etgan” suvning muz kristallarida qandaydir qoramtir, tartibsiz böşliq – xaos alomatlari paydo bölarkan… Demak, suvning sifati faqat uning möl-kölligi va tarkibining tozaligigagina emas, balki undagi ruhiy holatga ham boğliq ekan. “Avesto”dagi “Suvning köpligining ham, kamligining ham zarari birdek” degan fikrga eʼtibor bering. Doktor Yamatoning yana bir gapi: “Agar çuqur tadqiq etilsa, eng oğir jinoyatlar oğzi şaloq odamlar yaşaydigan joylarda sodir etilişi maʼlum böladi”.

Qoraqalpoqlarning:

Xafa bölsang, oqin suvni yoqala,

Haddan oşsang, mozorlarni orala…

degan naqlida ham suvning allaqanday botiniy sirlari yaşirinib yotgandek tuyuladi.

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

…Har xil tarixiy manbalardan har xil davrlarda bu toğlar bilan adirlardan Iskandar Zulqarnayn, Kirdan qasos olişga otlangan massagetlar sardori Tömaris, xalq botiri Alpomiş, buyuk sohibqiron Amir Temurning ot öynatib ötganini bilamiz. Rivoyatlar Omonxona tarixini yetti asr ilgaridan boşlaydi va şifobaxş buloq suvining paydo bölişini Sulton Vali Balogardon hassasi toşga sançilişidan keltirib çiqaradi. Yana bir rivoyat ötloqdagi sigirini izlab iztirob çekkan Sulton Valining yetti yaşar öğli Qamari Azizning ixlosiga olib borib taqaydi. Yana bir rivoyat Amir Temurning tuş körgani va Omonxona ğoridagi Sulton Valini ziyorat qilgani töğrisida sözlaydi. Xullas, ajdodlarimizdan meros qolgan bu tuproqning toğlari bilan buloqlari, qir-adirlari, çöl-biyobonlari, dengizu daryolari Ollohning ijozati va özimizning xohişimiz bilan özimizga buyurgan zamonda uning qadr-qiymati ortib, köz qoraçiğidek asrab-­avaylanayotgani körinib turibdi…

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

Aytişadiki, Maʼmun akademiyasida işlayotgan Luqmoni Hakim – Ibn Sino bir kuni şogirdlari bilan daryoning narigi sohilida yaşayotgan qoraqalpoqlarning ahvolidan xabar olay deb Çimboyga otlanibdi. Şaharga yaqin bir ovulga kelsa, peşinda qoratolning tagidagi supada uxlayotgan çolga közi tuşibdi. Yonidagi yoziq sufradagi zarang yoğoç tovoqda ozgina ayron bilan yarimta jöxori zoğora turganmiş. Luqmon Hakim şogirdlarini töxtatib: “Bu yurtda biz qiladigan iş qolmabdi, endi orqaga qaytamiz”, debdi. “Şunça yöl bosib keldik, nimaga endi, ustoz?” debdi şogirdlari. “Hov ana, ayron bilan zoğoraga qarang! Şulardan oziqlanib, qoratolning tagida uxlaydigan xalqda heç qanday kasallik bölmaydi…”. Öşa payt çol uyğonib, mehmonlarni dasturxonga taklif etibdi-da, tolga osilgan meşdan ayron qöyib, ötovdan jöxori zoğora olib kelibdi. Luqmon Hakim şogirdlari bilan ayron içib, zoğoradan tatib, çolning yoşini sörabdi. “Beşta kam yuz”, debdi çol… Şogirdlari Luqmoni Hakim sözlari tasdiq topganiga iqror bölibdi.

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

…Ikki zamonni körgan mening tengqurlarim keçagi kunlarda nafaqat yer bilan suv, hatto odamning qadri bir pul bölganini yaxşi biladi. Toğlarning asrlar böyi şakllangan tabiiy suv oqimlariga töğonlar qurilgaç, Markaziy Osiyoning tabiiy suğoriş tizimi bilan iqlimi özgardi. Qatağon qarorlar asosida paxta monopoliyasi joriy etilib, sarflagan xarajatini oqlamaydigan dehqonçilikka majburiy mubtalo böldik. Xalqqa suv tanqisligi azobini berayotgan töğonlar tepasiga va çanqoq dalalar bilan devorlarga “Suv – hayot manbai” degan şiorlar katta harflarda yozildi. Lekin uşbu şiorning aksiça suvlar xlor, gerbitsid, pestitsidlar bilan bulğanib, odamlarning soğliğiga xavf solindi. Hududda ötgan asr örtalaridan boşlangan saraton, sariq, gepatit, sirroz, xafaqon, kamqonlik kasalliklarining asosiy sababi içimlik suv bilan isteʼmol qilayotgan oziq-ovqatimiz sifatiga boğliq ekanini hammamiz bilamiz, lekin xastalik­larning sababi örniga oqibati bilan kuraşaveramiz. Polvonlardan uzr sörayman, ularning xudo bergan kuçi kuraşlarda sinaladi. Hamma polvon emas-ku, oddiy odamlar kim bilan, nima uçun kuraşa berişi kerak ekan? Möl hosil uçunmi? Sotsialistik musobaqa ğolibligi uçunmi?  Axir, möl hosilni oddiy mehnat bilan, heç kim bilan kuraşmasdan ham, kuçanmasdan ham yetiştiriş mumkin edi-ku…

Mana, şöro siyosatining natijasi: daryolar tortilib, dengizga yetmay qolyapti.

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

…Olis-olislardan zamona temir karvoni – poyezd vagonlarining “taqa-tuq”i eşitiladi va arçazorlar orasidagi quşlarning sayraşiga jör böladi. Bobotoğ çinorlari bu notaniş sasga hayron qolgandek çayqaladi. Norboy oğaning ayğiri oxurdan boş kötarib, quloqlarini dingillatadi. “Yöq, bu taqa-tuq baytalning çopganiga öxşamaydi” degandek, afsuslanib yana oxurga boş uradi…

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

…Xayolimga baʼzi zamondoşlarimning: “Poçta yaxşi işlamayapti, gazeta-jurnallar oyning oxirida bir keladi, quvur jömragini oçsangiz loyqa suv oqadi, maoşni plastikka solib, dökonga borsak, sotuvçi qimmat, naqd pulga esa arzon narxda sotyapti va hakozo…” deb nolişlari keladi. Ammo şu örinda savol tuğiladi: muammolarni sanab, faqat kuzatuvçi bölib qolmasdan, ularni bartaraf etişda iştirok etayapmizmi? Biror masalani yeçişda şaxsan taşabbuskor bölayapmizmi? Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev boşçiligida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli yangilanişlar jarayonida bizning hissamiz qanday bölyapti? Ha, inson tabiat bağrida ham jamiyat qöyayotgan masalalarni unutolmaydi.

Boysunda tong otdi… Tongda xarsangga çöksangiz, xayollar olis-olislarga olib ketarkan…

…Biz yozuvçilar doimo şoirlarga havas qilamiz. Şoirlar kezib yurib, toğlardan, boğlardan, gullardan, bulbullardan ilhom olib, şeʼrini yozib taşlaydi. Endi uni biror joyda öqib qolsa, hammaning eʼtibori öşalarda. Çiroyli qizlarning mahliyo bölganini aytmaysizmi?! Biz yozuvçilar esa yillab kitob yozib, uni birovlar öqigunça, suluvlar qarib qoladi, hatto nevarali ham bölib ulguradi. Balki, kampirimning mening yozganlarimni öqimaganligi ham şundan bölsa kerak…

Omonxonada bölganim bilan Boysundan ot usti ötib ketdim, balki uning  kamina bilmagan qirlari bilan sirlari köpdir. Ularni tasvirlaşni qalami ötkir döstlarim ixtiyoriga qoldirib, yaxşi şoirlarning yaxşi yozganlaridan ilhom olaman. Şuning uçun Boysunda tuğilib, Toşkentda yigit bölgan döstim, xalq şoiri Usmon Azimdan ijaraga olgan satrlar bilan gapimni tugataman…

Mening Boysunimda tuğilar bulut,

Toğlarga qadalgan – osmoni yaqin.

Mening Boysunimda kök yuzin yulib,

Tuğilib-ölişni maşq qilar çaqin.

Mening Boysunimda tentakdir bahor –

Sellarni quvadi soydan oşirib.

“Ena”, deb Alpomiş kelar har nahor –

Ertaklar ulaşar dilga boş urib.

Mening Boysunimning – köçalari tor,

Mening Boysunimning – keçalari keng.

Boysun bergan mening bitta döstim bor –

Meni yöqotişda Qorajonga teng.

Boysunga yetgunça söngagim çöpdir,

Yöllarim suvsizdir, yöllarim – ensiz.

Boysunimda Boysun tobora köpdir,

Boysunimda Boysun tobora mensiz…

Örozboy ABDURAHMONOV,

Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi

 1949-yili tuğilgan.

Toşkent davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

“Bir muhabbat tarixi”, “Qöşnilar”, “Çangalzor payğambari halokati”, “Orolim, dardim mening” kabi kitoblari çop etilgan. “Öjar” komediyasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat teatrida sahnalaştirilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)