Vatan haqida qöşiq
Aytişuv
– Aka, men osmonga boylanib qolsam,
Oppoq bulutlarga aylanib qolsam,
Qanday yaşar edim, nima qilardim?
– Uka, sen osmonga boylanib qolsang,
Oppoq bulutlarga aylanib qolsang,
Yurtim tuproğini soğinar eding,
Kumuş yomğir bölib yoğilar eding.
– Yana men osmonga boylanib qolsam,
Uçqur quşçalarga aylanib qolsam,
Qanday yaşar edim, nima qilardim?
– Yana sen osmonga boylanib qolsang,
Uçqur quşçalarga aylanib qolsang
Ölkam boğlarida yayrab uçarding,
Ozodlik haqida sayrab uçarding.
– Aka, men gulzorga boylanib qolsam,
Gulmi yo giyohga aylanib qolsam,
Qanday yaşar edim, nima qilardim?
– Uka, sen gulzorga boylanib qolsang,
Gulmi yo giyohga aylanib qolsang,
Yurtim çamanida çiroy oçarding,
Sabolari bilan atir soçarding.
– Aka, men suvlarga boylanib qolsam,
Anhormi, daryoga aylanib qolsam,
Qanday yaşar edim, nima qilardim?
– Uka, sen suvlarga boylanib qolsang,
Anhormi, daryoga aylanib qolsang,
Çölu sahrolarga hayot berarding,
Bu tilsiz jonlarga bayot berarding.
– Aka, men zaminga boylanib qolsam,
Bir parça tuproqqa aylanib qolsam,
Qanday yaşar edim, nima qilardim?
– Uka, sen zaminga boylanib qolsang,
Bir parça tuproqqa aylanib qolsang,
Özingni bermasding şamol, böronga,
Qöşilib ketarding Özbekistonga.
Bugun ayt
Şoir ukalarimga
Hali yer yumşoqdir, osmon ham yaqin,
Tört muçang butundir: kamtiging yöqdir.
Közing qorasidan soçilar yolqin,
Jismu joning uçun hadiging yöqdir.
Gul bölib tuyular senga giyohlar,
Kuyday xuş yoqadi har ovoz, har sas.
Yölingda porlaydi yaşil çiroqlar,
Ğururing balandda: Tangritoğlar past.
Xiyonat ötmagan hali köçangdan,
Çin döstlar qurşagan tört tarafingni.
Hayot ölçovlaring halol ölçamda,
Joningday qöriysan şaʼn, şarafingni.
Ertami? Ertani ötirma kutib,
Köksingda gulxanlar çarsillagan payt.
Sovqotib qolmasdan oloving, öting,
El-yurtga aytaring bugun, hozir ayt.
Berk tutma kuyunçing, sevinç, titroğing,
Bu fasling – şoh qöşiq, özing şohbaytsan.
Yoşlikdir umrning ozodlik çoği,
Ozod söz aytasan, bugun söz aytsang!
Qaqrab borayapsan
Bu qadar öjarsan, gulim, ne uçun?
Izhoring keskindir, keskin inkoring.
Senga bersam bori mehrimning kuçin,
Kiprigimda olsam dildagi xoring.
Juda ham balandga sakraysan, axir,
Demagin: “Borim – şu, erkin, erkaman”.
Asrasin, yölingda duç kelib qahr,
Yiqilib, sinmasang deya qörqaman.
Qattiq sevilmoqlik uçun sev qattiq,
Siylanmoğing uçun avval siylagil.
Haq Senga qirqta jon etdimi tortiq,
Bittasin qoldirmay fido aylagil.
Öğlingni, qizingni bağringga bosgin,
“Ota” deb, “Ona” deb ming marta ayttir.
Şu sözlar juft yursa, kelar baxt, taskin,
Yöldagi işqingni iziga qaytar.
Joning qiynalmoqda: boryapsan qaqrab,
Insonga faqat işq kiydiradi toj.
Sevilmagan ayol – gulgunmas sahro,
Sevmagan ayol ham qurigan yoğoç…
… Bunçalar öjarsan, gulim, ne uçun?
Birga
Şamol, böron bölib yaşamaymiz biz,
Boğu böston bölib yaşaymiz mangu .
Mehr iplaridan töqilgan aziz –
Özbekiston bölib yaşaymiz mangu.
Qarimas ekan
Men otamdan qoldim juda yoş,
Ajal erta ninasin saydi.
Tul onamga bölib qayğudoş,
Bolalikni sezmay ulğaydim.
Qizğaldoqday qizil köylakda
Qir-adirlar aro çopmadim.
Qizlar çuğurlaşsa yölakda,
Çiqqim kelib, yurak çatnadi.
Gulobida yuzlarin çayib,
Qizlar töyga otlangan palla,
Kuyrab yotgan onamni ayab,
Qöş beşikka aytganman alla.
Bir kun qizlar işqnoma olib,
Nozli-nozli şivirlaşgan çoq,
Yer çopganman, bellarim tolib,
Gardanimga tuşib öt-öçoq.
Öyin faslim öyindan uzoq,
Işqsiz ötdi umrim bahori.
Uluğ yoşga yetdim men, biroq
Tökilmadi ökinç ohori.
Nabiramga qöşilib gohi
Qöğirçoğin soçin tarayman.
Sakson yoşli çolimdan yoki
Gullar kutib yölga qarayman.
Unutaman yoşim, holatim,
Keng dunyolar tordek, siğmayman.
Qaytmaydi-ku yoşlik, bolalik,
Bilib, anglab turib, yiğlayman.
Kumuş suvi bilan yuv garçand,
Soğinç zangi arimas ekan.
Yaşolmagan fasling to abad –
Oğriqlari qarimas ekan.
Men kim?
Köçada yoqa yirtişayotgan yigitlarni ajratmoqçi bölsam,
“Sen kimsan?” degan tanbeh eşitdim.
Begimga tun-kun hamroh –
Muhabbat mehrobiman.
Hamşiraman bemor çoğ,
Çanqaganda obiman.
Öğil-qizim qoşida
Hamişa Kunçiqarman.
Bulut kelsa boşiga,
Kunga öxşab çiqarman.
Nabiralar nazdida
Ertakçi, allakaşman.
Örtoqlarim bazmida
Şeʼrparast, daldakaşman.
Qalb vijdon qirğoğidan
Bexos toşsa, roşiman.
Doğlangan el doğidan –
Köngillar farroşiman.
“Assalom” deb darvozam –
Qoqqanlarga oçgayman.
Kim yetişsa parvozga –
Suyunçiga şoşgayman.
Men kim? Izohim qanday?
Bordir aniq söz manda:
Qoraközlarni jonday –
Sevar qoraközman-da.
Qutlibeka RAHIMBOYEVA,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
1952-yilda tuğilgan. Farğona davlat pedagogika institutining (hozirgi Farğona davlat universiteti) özbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. “Yuragimda körganlarim”, “Uzun kunduzlar”, “Uyğoniş fasli”, “Ozodlik”, “Köksimdagi Tangritoğ” kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida