2015-yil 19 oktyabr kuni Özbekiston milliy universiteti Madaniyat saroyida “Özbekiston Respublikasining “Davlat tili töğrisida”gi qonunini hayotga tatbiq etişda OAV roli va örni” mavzuiga bağişlab maʼrifiy tadbir ötkazildi. Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi va Özbekiston Milliy universiteti taşkil etgan uşbu tadbirda taniqli jurnalistlar, professor-öqituvçilar, OAV vakillari va talabalar qatnaşdi.
Yiğilişda söz olganlar davlat tili va uning jamiyat hayotidagi örni, bu borada jurnalistlar yelkasiga tuşadigan masʼuliyat haqida töxtaldi.
Tadbirning badiiy qismida universitet talabalari tayyorlagan turli sahna körinişlari, qiziqarli öyinlar, kuy-qöşiqlar yiğilganlar eʼtiboriga havola etildi.
Ona tilimizni asrab-avaylaş, keng jabhada quloç yoyişiga hissa qöşiş barçamizning vazifamizdir.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

