Ilksöz
Yaxşi kitob – daryodir. Mutolaa jarayonida kitob öqiyotganingni esdan çiqarib, asar qahramonlari bilan yaşasang, quvonsang, iztirob çeksang, demak, sen öşa lahzalarda hayot va dunyo qonuniyatlarini teranroq anglayotgan bölasan. Özbekiston xalq yozuvçisi Muhammad Alining “Uluğ saltanat” epopeyasini qayta-qayta öqir ekanman, har safar yangi maʼnaviy kaşfiyotlarga oşno bölaman. Uluğ bobomiz huzuriga tavofga boraman. Ul zotning bağri daryoligi, mehri beqiyosligi, har bir sözi, har bir harakati insoniylik nurlari ila yöğrilganidan taʼsirlanaman.
Ilohiy maslak sohibi
Amir Temir qudratli davlat tuzib, unda el-ulus halol, emin-erkin, faroğatda yaşaşini orzu qildi. Öz tasarrufidagi davlatlarda insofu diyonat, rahmu şafqat tuzuklarini örnatdi. Bu yoruğ olamni razolatu zalolatdan tozalamoq uçun umrini bedor ötkazdi. Bu juda maşaqqatli yöldir. Bu yölda ul zot qançadan-qança xiyonatlarni kördi, sotqinlikni, oçközlikni kasb aylaganlarning zaharli çangalzoridan ötdi. Bir inson vujudida şunçalik jurʼatu jasorat jo bölmoği mumkinmi? Ha, çunki Sohibqiron Yaratganning irodasi bilan dunyoga kelgan ilohiy maslak sohibi edi.
Keçirimlilik – Amir Temur qalbining bebaho duru-gavhari. U xiyonatkor Şibirğon hokimi Zindaçaşim Opardiyning gunohidan ötadi. Tutingan “öğli” Töxtamişxonni keçirib, nomardlik ustiga nomardlik köravergaç, nadomat ila deydi: “Töxtamişxonni öğlim deb atağonimdan keyin tört marta keçiribmen, non-tuz hurmatini örniga qöymağon “öğlim”ning insofga kelişiga işoniblar yuribmen men sodda… Yo rabbiy! Kamina hali qafasda böronni tutmoqqa umid boğladimmu? Ğalvirda suv olamen degan xayolga bordimmu hali? Ammo biror marta ham uning noşudligini yuziga solmadum, bu Töxtamişxonning yigitlik, erkaklik şaʼnini yerga urğon bölurdi. Erkakning şaʼnini yerga urmoq eng dahşatli narsa. Er kişining bor davlati – uning şaʼni. Agar erkak şaʼni poymol ersa, u holda unda nima qoladi?”
Rum qaysari Yildirim Boyazidni keçirib, “Qaysar banddan böşatilsun, elik-oyoğidan zanjirlar yeçilsun! Hurmat bilan yaxşi liboslar kiydirilsun! U sultondir, sulton izzat-ikromi özgaça bölur!” deydi.
Asar 1370 – 1405-yillardagi tarixiy evrilişlar asosida yozilgan bölib, voqealar tarixiy hujjatlardan oğişmasdan, işonçli dalillar asosida bayon etilgan. Asar zamirida nafaqat isteʼdodli yozuvçining, balki bilimdon muarrixning maşaqqatli mehnati yotibdi. Murakkab tarixiy muammolar, qonli töqnaşuvlar, qirğinbarot jang maydonlari, inson vujudini qovuruvçi saraton olovlari-yu, odamni suyak-suyagigaça qaqşatuvçi qiş qahrini öziga böysindirgan insoniy metin bardoşni tasvirlaşda yozuvçining olimligi, şoirligi, faylasufligi qöl kelgan.
Ildizi bir tört çinor
Asarni alohida-alohida holda emas, yaxlit öqiş öquvçiga voqealar silsilasini, sababu oqibatlar zanjirini töla his qilişga, tasavvur etişga yordam beradi. “Uluğ saltanat” Sohibqiron qalbining goh mağrur, goh armonga töliq qirralarini yoritadi. Jahongir Mirzo, Umarşayx Mirzo, Mironşoh Mirzo, Şohrux Mirzo haqidagi kitoblarning har birida uluğ Sohibqironning nurli qiyofasi, faqat özigagina xos boşqaruv salohiyati, ilm-fan sohiblari suhbatiga oşiqişi, yuksak aql egalarini taniy bilişi, har bir navkarini öz farzandidek yuragiga yaqin olişi kabi insoniy fazilatlari yorqin böyoqlarda aks etgan. Epopeyaning tört kitobi tört şahzodaga bağişlangan bölsa-da, bu tört çinorning öq ildizi bitta, yaʼni Sohibqirondir.
Farzandlarining içida Jahongir Mirzoning örni boşqa! Tönğiç öğil, bamisli kişi yiqilsa, eng avval yordamga yetib keladigan öng qölday padari buzrukvoriga suyançiq, ha, Temurbekning öng qöli…
Jahongir Mirzo jang sanʼatini puxta egallagani bilan birga tabiatan yumşoq köngil va xayolparast bölib ösdi. Endi ön beş yoşga qadam qöyayotgan esa-da, tutumining bosiqligi, özining salobatliligidan katta yigitlarga mengzardi, bunga durkun, böyçanligi ham sababçi edi, albatta. “Bölarining bolasi ön beşida boş bölar, bölmasining bolasi yigirma beşida yoş bölar”.
Olam ahlining şahzodasi, saltanat valiahdi Jahongir Mirzo har taraflama Sohibqironga tortgan edi.
Asarda Umarşayx Mirzo ham mard va jasurligi bilan nom qozongan şahzoda sifatida talqin etiladi. U köp janglarda zafar quçib, Sohibqiron işonçini oqlagan munosib bahodir edi. Uning şiddatiga Töxtamişxondek özini yaktoyu tanho botir hisoblovçi Çingizxon avlodi ham tan bergan edi.
Umarşayx Mirzo – juda yorqin obraz. U Sohibqiron tomonidan tinimsiz rağbatlantirib turilsa-da, uluğ ehtiromni biror joyda suiisteʼmol qilmaydi. Kutilmaganda olamdan ötgan Umarşayx Mirzo Amir Temurga munosib farzandi arjumand bölib yaşab ötadi. Uning ham fitrati onalariga, opa-singillariga, öz haramiga rahm-şafqat ila bezangan edi.
Asardagi eng murakkab obraz bu Mironşoh Mirzo obrazidir. Mast-alast holda Sohibqironga qarşi beandişa maktub yozgan ham şu. Uning baxtiga, maktub manzilgaça yetib bormaydi.
Mironşoh Mirzo öz haramiga xiyonat qilgan yagona temuriy şahzoda. U hatto Jahongir Mirzo vafotidan söng öşa davr odatiga köra, qolaversa, begona qöllarda xor bölmasin deb Saroymulkxonim va Amir Temur xohişiga binoan Mironşoh Mirzo nikohiga kirgan Xonzoda xonimni haqorat qiladi. Bu holatdan xabar topgan Sohibqiron uni hokimligidan mahrum etib, yasoqqa hukm qiladi.
Amir Temur Mironşoh Mirzoni Xonzoda xonimga qöl kötargani uçun şunday jazolaydi, deb yoziladi ayrim asarlarda.
“Uluğ saltanat”da Xonzoda xonim Saroymulkxonimdan keyin turadigan tabarruk ayol sifatida tasvirlanadi. U köz öngimizda vafo va sadoqat, ibo-hayo, sabru bardoş timsolida bölib gavdalanadi. Sohibqiron uni kelin emas, qizim deb, hatto matonati uçun öğlim deb ardoqlaydi. Xonzoda xonim şu qadar jafokaş, ğamdiyda, nozik qalb egasiki, unga qöl kötarib bölmaydi. Uning mungliğ qismati oldida hatto Amir Temurdek zot ham özini aybdordek sezadi.
Sohibqironning Xonzoda xonimga körsatgan ğamxörligida ul zotning zaifalarga – xotin-qizlarga nisbatan naqadar eʼtiborli, mehr-şafqatli bölgani aks etgan. Zero, Amir Temurgaça heç bir hukmdor kelinining köz yoşlari uçun öğlini jazolamagan bölsa kerak.
Şohrux Mirzo şahzodalar içida eng saodatlisidir. Hazrati Sohibqiron Şohrux Mirzoda uluğ saltanat uçun masʼullik va javobgarlik tuyğularini tarbiyalaydi. Unda saltanatga tirgak va ustun böladigan qudratni kamol toptirdi. Hamişa xuşyor, ğofillikdan yiroq, el-ulus ahvolidan xabardor Şohrux Mirzoni Yaratgan Egam Uluğbek Mirzodek öğil bilan siylaydi. Xuroson hukmdori Şohrux Mirzoning padari buzrukvoriga körsatgan oqibatlari öziga öğli – Turon hukmdori Uluğbek Mirzodan qaytadi. U talon-taroj qilingan xazinaga kirarkan, bir çetda tuşib qolgan bir dinor oltin tangani yengi bilan artib, öpib, közlariga surtgança şunday deydi:
– Ollohga şukr, bizga ham otamizdan uluş tegdi!
Ha, “Uluğ saltanat” epopeyasi öquvçi könglida şukronalik boğlarini parvarişlaydi. Ezgulikning mangu bedor buloqlari tomon çorlaydi.
Zavol bilmas saodat
Butun dunyoni saodatli qilmoq uçun bel boğlagan uluğ Sohibqironning hayoti şavkatli voqealarga töluğ bölsa-da, ziddiyatli sinovlar, kutilmagan musibatlar aro keçdi. U saltanatda tamomila adolat örnatib, xalqini baxtiyor körmoqçi edi.
Sohibqiron bilan Saroymulkxonimning töylaridan uç oy ötib Jetaga yuriş boşlanadi. Ayni fasli navbahor. Yangi kuyov va kelin otlardan tuşib piyoda yaşil maysalarni kezib, kiçik tepalikda yoqutdek yonib turgan lolazorga duç keladilar. Temurbek Saroymulkxonimga quçoq-quçoq lolalar terib beradi. Yillar ötib Saroymulkxonim öşal masʼud onlarni Sohibqironga eslatadi.
– Umrim bino bölib bunday köp lolalarni körmağon edim. Lolalar bir-biriga gal bermay köksimga boş qöyardilar. Bilmadim, öşanda kim köp baxtiyor edi: suyukli Hazratim inʼom etğon gullarni bağriga bosğon menmi, yoki köksimga boş qöyğon, çekkamni yondirğon lolalarmi, yoki şu gullarni qabul qilğonidan gul-gul yaşnoğon suyukli dildoridan köz uzolmay boqib turğon Hazrati Sohibqironmi?..
– Hamma ham baxtiyor edi… Bibi… Hamma…
* * *
Men yaqinda Samarqandga bordim. Registon xiyobonida bahor saltanati… Bibixonim masjidi poyida yal-yal yongan lolalarni körib közimni uzolmay qoldim. Aqiq lolalar… Gulu lolalar aro yurib, Sohibqiron mangu qönim topgan tabarruk ziyoratgohga bordim. Hazratim poylarida tiz çökib, xayolan tönlarining etagini öpib, közimga surtdim. Men ham asrlar berida turib söradim:
– Hazratim, körayapsizmi, ona yurt tinç, osuda, faroğatda. Vatan baxtiyor. Ziyoratgohingizning şunday yonginasidagi oliygohlarga boqingiz, unda Saroymulkxonimlar, Xonzoda xonimlar, Sulton Baxt begimlar, Soğinç xonimu Gavharşod begimlar qöllarida kitoblar va gullar bilan saboqxonalarga şoşilmoqdalar. Bu gullarni ularga sizning vorislaringiz – zamonamiz şahzodalari tortiq etmişlar.
– Qani, ayting-çi, kim baxtiyor, gulu lolalarmi, davrimiz malikalariyu şahzodalarimi?
Sohibqironning javobi aniq:
– Hamma baxtiyor… Hamma…
Söngsöz
“Uluğ saltanat” epopeyasini öqib tugatarkanman, iç-içimda takrorlayman: qalbimdagi ğurur toğlarini kök qadar yuksaltirganing, ongu şuurimni buloq suvidek tiniqlaştirganing, bu muqaddas zaminga, ona tuproqqa nisbatan farzandlik mehri va qarzdorlik tuyğusi ila çambarças boğlaganing, olam ahli qoşida, tarix sahnida bizdan-da baxtiyor, boşi baland xalq yöqligini muqaddas qöşiq singari eslatganing uçun rahmat senga, Adabiyot! Taʼzim senga, Isteʼdod, Mehnat!
Zulfiya MÖMINOVA
1959-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan.
“Azizim, baxtiyorman”, «Vatan taşlab ketmaydi», «Beşiklarni asragin, dunyo», «Yonayotgan ayol» kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


