Siniq nafs va uluğ tavozu egasi
Xayru ehson, latofat va köngil zarofati bobida amir Alişerning tengi yöqligidan jahongir podşoh1ning xotiri hammavaqt unga moyil bölib, uluğlik, vazirlik va amirlik martabasini unga inʼom etdi. Sözning qisqasi şulki, avval ul hazrat uluğ muhrni amir Alişerning qöliga tutqazdi va ul amir bir neça vaqt muhrdorlik lavozimida qoyim turib, xizmatkorlik poyasini yuqori osmondan ham ötkazdi. Bir neça vaqtdan keyin, bu mansabni tark etiş bobida iltimos qilib, bu lavozimga amir Ahmad Suhayliyni tayin qilişni iltimos qildi. Xoqoni Mansur uning bu iltimosini qabul qildi, lekin hijriy 876-yili şaʼbon oyida (1472-yil yanvar oyida) bandanavoz podşoh ul vojib ul-atob amirni amorat mansabi bilan sarfroz qilmoqçi böldi. Amir Nizomuddin Alişer avval bu mansabni qabul qilmay dediki, men endi uluğ ostona içkilari qatoridaman, uluğ mansab egasiman, osmon qadar taxt amirlarining barçasidan yuqoriroq örinda öltiribman. Bordi-yu, amorat mansabiga mutasaddi bölsam, barlos va orlot amirlaridan baʼzilari turaga binoan mendan yuqori öltiradilar. Bas, bu amirlarga kafil bölmoq mansabimdan pastroqdir.
Xoqoni Mansur uning bu uzrini qabul qilib, bağoyat inoyatidan “barlos umarosidan amir Muzaffar barlosdan boşqa biron kimsa amir Alişerdan avval muhr bosmasin”, degan humoyun hukm çiqardi. Şundan keyin amir Alişer mamlakat oçuvçi hoqon raʼyini rioya qilib, amorat mansabini qabul qildi, tilladöz çopon, navröziy kuloh kiyiş bilan faxr topdi. Ammo xoqoni Mansurning pokiza köngli şu ediki, amir Alişer vojib ul-izʼon farmoniga köra boşqa amirlardan yuqori muhr bossa, lekin ul janobning qöliga maʼlum soatda muhr bossin uçun nişon berganlarida, nafsi siniq bölganidan va bağoyat uluğ tavozuliligidan, nişonning şunday joyiga muhr bosdikim, undan tubanroqqa muhr bosişga joy qolmadi… Bu voqea surati xosu avomning imtihoniga sabab bölib, islompanoh podşohning eʼtiqodini oşirdi. Keyin sof köngillik amirning muhri bosilgan yer muhrga ega bölgan har bir mansabdor orasida talaş böldi va ularning har biri öşa yerga muhr bosiş iştiyoqida böldi…
Mirxond,
“Ravzat us-safo”dan
1 Xusayn Boyqaro nazarda tutilyapti.
“Xatoimni berkitsang bölmasmidi?”
Sohibdorodan naql qilişlariça, u debdi: bir kuni Mir1 döstlari bilan suhbat qurib ötirardi. Fozilu şoir, nadimlari şu yerda yiğilgan edi. Kaminaga dedilar:
– Hazrati maxdum ustod (Jomiy) ançadan beri bemorlar. Men u kişini iyodat qilolmadim. Borib, uzrxohlik qilsang.
Men çiqib ketişim bilan taom tortilibdi. Taomdan söng majlis ahli hazrati Mirning köpçilik oldida köngillari behuzur bölib, yolğizlik talab qiliş odatlari xotirlariga kelib… bir-biriga boqişib, örinlaridan turdilar-da, taşqariga çiqdilar. Mirzo şu kuni suhbat va ulfatçilikni qömsab turgan ekanlar. Taşqariga çiqqan jamoaga qarab, Mir ğazab va eʼtiroz bilan dedilar:
– Har holda Alişerning uyi oşpazlar dökoniyu Alişer esa oşpaz ekan-da. Hariflar keladilaru oş yeb ketaveradilar…
Men yetib keldim. Mir jahllari çiqib turganidanmi, meni mavlono va ustod yoniga iyodatga yuborganlari xotirlaridan kötarilib, dedilar:
– Ana, ey Sohib, senga nima böldi. Oşdan keyin yonimda birpas turmaysan! Yo sen ham manavi past, nafs ketidan yuruvçi odamlarga taqlid qilmoqçimisan?
Men tiz çökib, dedim:
– Maxdum, odam badani sihatu kasal bölib turar ekan, malaksimon zotingiz sihatu salomat bölsin. Duşmanlaringiz jismi hamişa kasalu illatlar makoni bölsin! Oftobdek munavvar xotiringizga maxfiy qolmasinki, siz bu faqirni oxund iyodatiga yuborgan edingiz, çamasi?
Şunday deb izoh berişim bilan Mir şuʼladek qizişib ketdilar. Bezovta bölib, ötirib tura boşladilar.
– Şunday odamlar bilan oşnaçilik va musohiblik qiluvçiga laʼnatlar bölsin, – dedilar.
Şunday eʼtirozli bir holda örinlaridan turib, haramlariga kirib ketdilar. Men öşa yerda turib qolganlarga qaradim: döstlarim, köryapsizlarmi, qanday balolarga qoldik…
Alqissa, jonimdan töygan bir holda uyga qaytdim. peşin namozi payti odatdagidek Mirning mulozamatiga keldim. Mir binafşazorda turgan ekanlar. Menga közlari tuşişi bilan binafşadek menga ters ögirilib oldilar. Yuzlariga töğri bölişga şunça urinsam ham baribir özlarini olib qoçaverdilar. Uyimga qaytib ketdim. Ertasiga kelsam, yana öşa muomala qaytarildi. Özimça endi ketsam qaytib kelmaganim bölsin, deb jazm qildim. Şu fikrni xotirga keltirişim bilan “davlat arboblari xudo ilhomini olgan kişilardir”, deganlaridek, şu maʼni malhami kabi meni çaqirib, dedilar:
– Ey mavlono Sohib, ğalat va xatoga yöl qöymaslik Parvardigorgagina ravodir. Men kamoli ğazabim tufayli seni ustod oxund iyodatiga jönatganimni faromuş qilgandurman. Senga eʼtiroz bildirdim. Tiz çökib, hammaga şuni aytişing va Alişerga nima böldiykin, qarib aqldan ozibdimi, deb hammaning közi oldida meni şarmanda va xijil qilişing lozimmidi? Döstlik olami nima böldi? Ötinib qöysangu mening bu xatoimni berkitsang va meni odamlar hayratiga sababçi bölişdan saqlasang bölmasmidi?
Mavlono Sohibdoro insofga kelib, darvoqe haqiqat Mir tomonda edi, xato mendan ötgan edi, dedi.
1 Alişer Navoiy nazarda tutilyapti.
Zayniddin Vosifiy,
“Badoye ul-vaqoye”dan
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


