6 daqiqada öqiladi

332 marta körilgan

Tasmaga muhrlangan abadiyat

Hotam Fayziyev

Özbekistonda xizmat körsatgan sanʼat arbobi, kinorejissyor Hotam Fayziyev — jahon kinematografiyasi durdonalari safidan munosib örin egallagan ajoyib filmlar yaratgan, ulkan ijodiy izlanişlar olib borgan ijodkor, özbek kinosi operatorlik sexining yirik vakillaridan biri. "Sen yetim emassan", "Toşkent — non şalri", "Sevgi fojiasi"  singari bugungi kunda klassik filmlarga aylangan kino asarlariga operatorlik qilgan, "Oq bino oqşomlari", "Kiçkina odamlar" singari badiiy filmlarga sahnalaştiruvçi rejissyor bölgan Hotam Fayziyev iltimosimizga köra kinematografiya tarixida muhim örin tutgan operatorlik sanʼati haqida öz mulohazalari bilan örtoqlaşdi, gurung orasida maşhur "Sen yetim emassan" filmi qanday tasvirga olinganligini eslab ötdi. Ayniqsa, bugungi kunda, xususiy studiyalarda suratga olinayotgan ayrim baçkana filmlar sababli kino sanʼatini juda oson iş ekan degan xulosaga kelib qolgan yoşlar uçun bu fikrlar maʼlum maʼnoda saboq vazifasini ötaydi deb öylaymiz. Zero, biz odatda televizorda yoki kinoteatr ekranida berilayotgan tasvirlarni tomoşa qilib ötirarkanmiz, bu kadrlar ortida operatorning maşaqqatli mehnati yotganini köpinça esdan çiqarib qöyamiz. Holbuki, aynan kadr ortida qoladigan operator mehnati kinosanʼatida möjiza yaratadi, yaʼni tasvir paydo etadi.

Kinooperatorlik sanʼati — kinematografiyaning kam örganilgan sohasi. Filmning tasvir qismini söz bilan ifodalaş juda muşkul: tasvirni köriş kerak va aynan şu sababli kinooperatorlarning köp yillik badiiy faoliyati yetarli darajada örganilmagan.

Kinooperatorlar haqida kam yozişadi. Kinofilm deyarli hamişa göyoki yagona ijodkori bölgan rejissyor nomi bilan boğlanadi. Filmlar haqida yozişganda ham asosiy eʼtibor rejissyor va boş rollar ijroçilariga qaratiladi. Kinooperator işiga esa nari borsa ikki-uç satr ajratiladi, xolos.

Holbuki, kinooperator — musavvir, faqat möyqalam va xolst örnida kinoapparat işlatadi  va u öz asarlarini tasmaga yozadi. Uning sanʼati — köra biliş sanʼati. Nigol sanʼati.

Kinooperator işi haqida butun film qanday olinganligiga qarab hukm çiqarsa böladi. Bu iş bittagina kadrda ham namoyon böladi: peyzajda yoinki aktyor yuzida  aks etgan kayfiyatda.

Operatorlik sanʼati qoidalari musavvir uçun köplab yillar burun mavjud bölgan qoidalardan iboratdir. Şu sababli rassomni tasviriy sanʼatning ota-onasi deb ataş joiz bölar.

Biroq kinooperator ijodida rassomlar uçun ançayin notaniş bölgan şunday öziga xosliklar ham bor: u fizika, ximiya, optika fanlari, suratga oliş texnikasi bilimdoni bölişi kerak.

Fan orqali — ijodga. Kinooperatorlik yöli şundan iborat.

Yodimda, ötgan asrning 60-yillarida «Özbekfilm» kinostudiyasi işlab çiqarilayotgan filmlar soni kamayib ketişi muammmosiga duç keldi. Bu talabga javob beradigan ssenariylar hamda ijodkor kadrlar yetişmasligi oqibatida röy berdi.

Şunda studiya rahbariyati yoş ijodkorlarga alohida eʼtibor qaratdi va ularga işonç bildirdi. Rejissyor Şuhrat Abbosov yetakçiligidagi yoşlardan iborat ijodiy guruhga «Sen yetim emassan» filmini suratga oliş topşirildi.

Ikkinçi jahon uruşi yillarida ön tört yetim bolani öziga farzand qilib olgan temirçi Ş. Şomahmudov oilasi haqidagi ssenariy taniqli özbek nosiri Rahmat Fayziy qalamiga mansub edi.

Rejisyor Şuhrat Abbosov bilan men ssenariyning adabiy asosiga tayangan holda rejissyorlik ssenariysini yoza boşladik. Bu jarayonda köp bor ssenariyning kinematografik ifodasidagi aosiy mohiyatni ifodalaydigan muqobil sahnalar ustida işlaşga töğri keldi. Hamma öylab topganlarimiz ham özimizga yoqavermasdi, şu sababli biz taʼsirçan va qisqa sahnalar topgunimizga qadar izlanişda davom etardik. Asta-sekin, asarga "şönğib ketiş" asnosida biz uning jonli ifodasini his eta boşladik. Zero, işlayotgan materialimiz ruhan bizga juda yaqin edi, axir bizning bolaligimiz ham uruş yillariga töğri kelgandi. Biz ham bola paytimizda "uruş-uruş" öynaganmiz, oç qolganmiz, sovuq maktablarga qatnaganmiz, frontdan qaytgan yarador jangçilarni körganmiz. Ssenariy ustida işlar ekanmiz, biz har bir personajni, uning xarakterini, voqea keçadigan joyni, liboslarni, dekoratsiyalarni aniq-tiniq his qilib bordik.

Biz uçun filmning qanday körinişda olinişining ahamiyati bor edi: ranglimi yoki oq-qora. Har bir variantning öz ijobiy va salbiy jihatlari mavjud edi. Misol uçun, turli millat bolalarini rangli tasvirda körsatiş kartinani  boyitardi, ammo bu holda biz maşaqqatli uruş yillarini töla his qila olmasdik. Ranglar beixtiyor tasvirlarga şodlik ohangini olib kirardi, bu esa uruş davrining şafqatsiz voqeligi yöqolişiga olib kelardi. Filmni oq-qora körinişda suratga olişga qaror qildik.

Biz Eski Toşkentning jami köçalarini piyoda aylanib çiqdik. Bunga ança vaqtimizni sarfladik. Bizga uruş yillari holatini, ruhiyatini eslatadigan köça va hovlilar kerak bölganligi uçun bu işga masʼuliyat bilan yondaşdik.

"Malkamovlar hovlisi" dekoratsiyasini Çilonzorda bunyod etdik. "Malkamovlar xonasi" pavilyonda qurildi.

Qöllanilayotgan optika yetarli yoruğlik kuçiga ega emasdi. Kartina vazni 65,5 kilogramm bölgan "Moskva" sinxron kamerasida suratga olindi, operator kadrni tasma qathami ortida, qalin qora yopinçiqqa öralib olgan holda körardi. Yoz kunida qora yopinçiqqa öralib suratga oliş dözax azobining özi edi.

"Sen yetim emassan" filmini suratga olar ekanman, men yoruğlikdan tasvirga turliça xarakter bera oladigan va bölib ötayotgan voqealarning mohiyatini oçadigan dramaturgik vosita sifatida foydalanişga ahd qildim. Boltiqböyidan Malkamovlar xonadoniga özining farzandini izlab kelgan, ammo Dzidraga röpara bölgan onaning paydo böliş sahnasini suratga olar ekanman, men aktyorlar çehrasini goh nur tasmasi bilan yoritadigan, goh qoronğulatib qöyadigan yoritiş usulini qölladim. Bunday yoritiş usuli tasvirga dramatizm va xavotir baxşida etdi. Şunday usuldan naturada "bolalarning uruş-uruş öyini" sahnasini suratga olişda ham foydalanildi. Abramni qiynaş sahnasi eski Toşkentning tor köçalaridan birida tavsvirga tuşirildi.

Film ustida işlaş jarayonida men uçun asosiy vazifa yoruğlik yordamida kadrdagi lozim kayfiyatni bera biliş edi. Uzoq vaqt "Dzidraning tuğilgan kuni" epizodiga kalit topolmay yurdim, men maʼqul keladigan yoruğlikni qidirardim. Aynan yoritiş orqali Dzidraning maʼyusligini, kayfiyatini körsatib, uning dardiga şerik bölişni istardim. Suratga oliş bir neça marotaba keyinga qoldirildi. Men hali tayyor emasdim, qahramonimni joylaydigan atmosfera topilmagandi. Niloyat, bu sahnani quyoş botişi oldidan, butun tabiat harir moviy tutunga çulğanganday taassurot uyğongan payti suratga oldik. Natijada men mazkur sahnaning şoirona va obrazli bölişiga erişdim.

Yoruğlik bilan işlar ekan, kinooperator aktyorlar bilan özaro aloqa örnatişi lozim. Aktyor yoruğlikning badiiy ahamiyatini tuşunişi va operatorning barça körsatmalarini aniq bajarişi kerak.

Bizning filmimizda esa kartinada band aktyorlarning kattagina qismi bolalar edi. Ularni kadrda chiroqni his qilişga örgatiş zarurati mavjud edi. Pavilyonlar va tungi suratga olişlar ulardan maksimal diqqat-eʼtiborni hamda rejissyor va operatorning barça körsatmalarini aniq bajarişni talab etardi. Rolni ijro etarkanlar, ular bir lahzaga ham özlariga yönaltirilgan nurni yoddan çiqarmasliklari lozim edi. Professional aktyorlar Lutfixonim Sarimsoqova va Obid Jalilov yoruğlikni juda yaxşi his qilardilar.

Film uzoq suratga olindi. Bunga obyektiv sabablar bor edi. Yil fasllari özgarardi. Daraxtlarning yaşil barglari zarğaldoq tusga kirardi. Agar dastlabki sahnalar yoz issiğida suratga olingan bölsa, yakuniy qismni daraxtlar yalanğoç bölgan paytda tasvirga tuşirdik.

Dzidraning kinoteatrdan uyga yugurib kelişi sahnasi rejissyorlik ssenariysida juda qisqa yozilgan edi. Tasvirga oliş jarayonida esa bu sahnaga ijodiy yondaşdik. Bolalarning hissiyotga boy ijrosi kameraning şiddatli harakati bilan muvofiqlaştirildi. Dzidra entikkaniça "Oyijon!.. Oyijon!.." deya çopib ketarkan, kamera sodir bölayotgan quvonçli voqeada iştirok etayotganday qahramon yonida yelib borardi.

Film ustida işlaş jarayonida men rejissyor Şuhrat Abbosovning har tomonlama qöllab-quvvatlaşini his etib turdim. U kişidan  ssenariy, rejissura, montaj ustida mehnat qilişni, aktyorlar bilan işlaşni örgandim.

Abduqayum YÖLDOŞEV

2009-yil, 1-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)