10 daqiqada öqiladi

76 182 marta körilgan

Zamonamiz qahramoni kim?

Tabiiyki, har bir zamonning öz qahramonlari böladi. Ular hurlik va istiqlol uçun kuraşgan, öz xalqini ozodlikka olib çiqqan yölboşçilar yoki duşmanni yurtidan haydab çiqargan sarkardalar bölgan. Baʼzan uluğ kaşfiyotlar qilib, öz millati nomini dunyoga yoygan olimlar yoki ezgulik va adolat uçun jonlarini fido qilgan oddiy odamlar bölgan. Har bir zamonning qahramonlari öşa davr kişilarining eng oliy fazilatlarini – axloq-odobi, aqlu zakovati, halolligi va mardligini, orzu-umidlarini özlarida mujassam etganliklari bilan ajralib turişgan. Şuning uçun ham xalq ularni sevgan, ularga ergaşgan, kelgusi avlodlarga ibrat qilib körsatgan. Ular haqida dostonlar töqilgan, romanu qissalar yozilgan, sahna-tomoşalari qöyilgan.

 

Tengdoşlar bilan suhbat

Bir kuni biz – mustaqillik bilan tengdoş yoşlar «Zamonamiz qahramoni kim?» degan mavzuda suhbatlaşib qoldik. Birov «Sönggi urfda kiyinadigan, kamida ikkita tilni biladigan, çet elda öqib kelayotgan yoşlar» desa, yana biri: «Zamonamiz qahramoni degan nomga sportçilarimiz munosib, çunki yurtimiz nomini dunyoga yoyişda ularning hissalari köproq», dedi. Boşqasi: «Çöntagida puli, taniş-bilişi borlar tezda muvaffaqiyatga erişib qahramon böladi», deb hisobladi. Kimdir dehqonlar desa, kimdir estrada yulduzlarini tilga oldi. Hammamiz özimizça haq edik.

Uşbu suhbat menga jiddiy taʼsir qildi. «Zamonamiz qahramoni kim?» degan savol oddiy savol emasligini his qildim. Tengdoşlarimning yuragida bu savolning javobiga katta ehtiyoj borligini angladim. Şundan söng, katta-kiçik yoşdagi juda köp odamlardan sörab çiqdim – zamonamiz qahramoni kim? Bildirgan fikrlarini tahlil qilar ekanman, menda turli xulosalar va mulohazalar paydo böldi. Ularni bayon qilişdan oldin, şu mavzuga doir öz şaxsiy fikrimni aytib ötsam.

Tomoşabin emasmiz

Xalqimizning mustaqillikkaça bölgan hayotini men körmaganman. Lekin badiiy va tarixiy kitoblar, yoşi kattalarning hikoyalari orqali tasavvur qilaman. Ilgari xalqimiz yolğon ğoyaga, kimningdir hukmiga buysunib yaşaşga majbur bölgan, elsevar arboblarimiz, şoir va yozuvçilarimiz qatağon qilingan, ota-bobolarimiz öz ajdodlarining kitoblarini oşkora öqişdan, aziz-avliyolarimiz nomlarini hatto tilga olişdan ham mahrum qilingan, dunyoga çiqişni-ku xayollariga ham keltirmaganlar – men bularni özimga his va hozirgi davr bilan çoğiştiraman.

Bugun özgalar hukmronligiga barham berilgan, yoşlarga, sanʼatga va sportimizga dunyo eşiklari oçiq, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Moturudiy, Marğinoniy, Abduxoliq Ğijduvoniy, Bahovuddin Naqşband singari uluğlarimiz nomlari tiklanib, qadamjolari obod qilinyapti – bularning bari mening köz öngimda yuz beryapti.

Ayni vaqtda Afğoniston, Suriya, Misr kabi mamlakatlarda kimlarningdir fitnasi bilan yoqilgan uruş olovi öçmayapti, şaharu qişloqlar vayron, bolalar qon içida – bularni ham körib turibman. Yurtimizda esa tinçlik-osoyiştalik, xotirjam uydan çiqamiz, xotirjam öqiymiz.

Va bu şaroit, bu özgarişlar öz-özidan yuz bermayotganligini, bir Yölboşçi xalqning oldiga tuşib, yurilmagan örmondan yöl oçib ketayotganligini ham körib turibman. Eng asosiysi, uşbu ezgu işlarni biz yoşlar xuddi özimiz amalga oşirayotganday faxrlanyapmiz, ğururlanyapmiz. Çunki özimizni tomoşabin emas, balki ana şu Yölboşçimiz qurayotgan imoratga turli sohalardagi katta-kiçik yutuqlarimiz bilan ğişt, loy olib berib yordamlaşayotganday his qilyapmiz. Qalbimizda esa özimizning dunyodagi heç qaysi tengdoşimizdan kam emasligimizni isbotlaş orzusi yonib turibdi.

Zamonamiz qahramoniga ehtiyoj

Inson idealsiz, uni olğa undab turuvçi mayoqsiz yaşay olmaydi. Buni kitoblardan ham, tarixdan ham, oddiy odamlarning kundalik hayotidan ham bilib olsa böladi. Masalan, öşa ideal yoki qahramon bölmasa oiladan ham, mahalladan ham, xalqdan ham suyanadigan tayanç nuqta yöqolganday böladi.

Maʼlumki, har bir oilada öz sözini ötkazib turuvçi, oilaning boşqa aʼzolaridan özgaça xarakterga egaligi, doim boşqaça fikrlovçi, yoniq ruhiyati bilan ajralib turuvçi qahramoni böladi. Boşqalar beixtiyor ana şu oila qahramoniga suyanadilar, unga öxşaşga intiladilar, biror masalada ikkilansalar uning fikri hal qiluvçi qaror böladi. U ota yoki ona, köpinça farzandlardan biri böladi.

Maktabda norasmiy sinf qahramonlari, universitetda kurs qahramonlari bölişini hamma biladi. Ular yo bilimi bilan, yo favqulodda xarakteri bilan tengdoşlari havas va taqlid qiladigan şaxsga aylanadilar. Sinf yoki kursning suyanadigan nuqtasi hisoblanadilar, ular bölmasa öşa jamoada böşliq yuzaga keladi, göyo maʼno yöqolganday.

Mahallada ham maraka-mavridga boş bölib, hay-haylab yuradigan, hamma maslahat söraydigan, suyanadigan, havas qiladigan qahramonlari bor. U mahalla raisi bölmasligi mumkin, balki çörtkesarligi, töğrisözligi, aqlliligi bilan boşqalardan ustun turuvçi oddiy odamdir. Eng muhimi, ular mahallaning bezovta, olğa undab turuvçi yuragiga aylangan.

Eʼtibor bersangiz, ana şu oila, sinf, kurs, mahalla ahlida öz qahramonlariga tabiiy ehtiyoj bor, endi oila, sinf, kurs, mahallani kengaytirsak, mamlakatga aylanadi, xalqqa aylanadi. Ammo zamona qahramoniga ehtiyoj ehtiyojligiça qoladi. Uşbu ehtiyoj qondirilmasa uning örnini boşqa jalb etuvçi narsalar egallaydi. Masalan, odamlarga yöl körsatişga, ergaştirişga daʼvogar bölgan aqidaparastlar yoki qöşa-qöşa qasrlari bilan tilga tuşgan, göyo yaşaşning yölini biladigan zamona «zör»lari, yo «rohat-faroğat» dunyosiga olib kiruvçi giyohvandlar. Çunki ular odamlar yonida, ular bilan birga yaşayapti, har kuni közlari tuşadi. Kattalar mulohaza qilsa-da, men tengi yoşlarning könglida bir kunmas-bir kun ularga havas yoki taqlid qiliş iştiyoqi tuğiladi. Agar ularning könglidagi «zamonamiz qahramoni» sahifasi böş turgan bölsa, öşa jalb etuvçilar nomlari yozilib qoladi.

Doimiy zamonamiz qahramonlari

Menga «Zamonamiz qahramoni kim?» deb savol berişning nima hojati bor, barça davrlar uçun ölmas zamonamiz qahramonlari bor-ku, öşalarga ergaşiş, taqlid qiliş, intiliş, öşalarni ideal qilib yoşlarni tarbiyalaş, yaşaş mumkin-ku, deyişingiz mumkin. Darhaqiqat şunday. Neça-neça avlodlar uçun yölçi yulduz bölib kelayotgan, aqlu zakovati, kuç-qudrati, komil fazilatlari, ölmas asarlari bilan insoniyat tarixida öçmas iz qoldirgan buyuklarimiz bor. Birgina Amir Temur bobomiz yoki Jaloliddin Manguberdi nomlarini tilga olsak qalblarimiz faxru ğururga töladi. Ularning hayotlari haqida öqisak, Vatanni seviş, uni duşmandan himoya qiliş ilmidan saboq olamiz. Ular abadul-abad millatimiz qahramonlari bölib qolaveradilar. Yoki buyuk meroslari taʼrifiga til ojiz Alişer Navoiy bobomiz bizning zamonamiz uçun ham qöl yetmas yulduz, oliy insoniy fazilatlar ramzi. U zotning barça turkiy xalqlarni bir til bayroği ostiga birlaştirganlarining özi neça yuzlab avlodlarga iftixor va ibratdir. Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Al-Farğoniy, Bobur… Barça davrlarning zamonamiz qahramonlari deb taʼrif beriş mumkin bölgan uluğlarimizning qay birlarini sanay, qay birlarini taʼriflay?

Lekin ular şunçalar yuksakdaki, bugungi avlod uçun ularga yetişiş muşkul, ularga taqlid qiliş muşkul, faqat havas qiliş va munosib avlod bölişga harakat qiliş imkoni bor, xolos. Qolaversa, hayot tarzimiz, fikrlaş tarzimiz örtasida şunçalik katta vaqt masofasi borki, ularni zamonamiz qahramoni sifatida yonimizda his qilolmaymiz. Faqat qalbimiz bilan ramziy zamonamiz qahramonlari deb qabul qilamiz.

Ammo bizning ham özgarişlar, yangilanişlar tölqinida keçayotgan öz zamonamiz bor, öz orzularimiz va armonlarimiz, öz ğalabalarimiz va mağlubiyatlarimiz, öz yaxşilarimiz va yomonlarimiz bor. Ammo şular içida biz öz zamonamiz qahramonini ham izlaymiz. Biz bilan bir xil imkoniyatga ega böla turib bizdan özib ketgan, dunyoni heç kimnikiga öxşamagan bir tarzda idrok etişi, fikrlaş tarzi özgaçaligi, favqulodda                                                                                                                                       qobiliyati, irodasi, aqlu zakovati bilan bizni hayratga soladigan, ortidan ergaştiradigan öz zamonamiz qahramoni bölişini xohlaymiz.

Badiiy adabiyotdagi «zamonamiz qahramonlari»

Xöş, u qanday odam yoki qanday hodisa? Şu savol miyamizda köndalang bölişi bilan badiiy adabiyotdagi zamonamiz qahramonlari xayolimizdan bir-bir ötadi.

Albatta birinçi navbatda uluğ rus şoiri M. Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» asarini, uning boş qahramoni Peçorinni eslaymiz.

Öz adabiyotimizdan yoki jahon adabiyotidan beixtiyor Peçoringa öxşaş qahramonlarni izlaymiz. Peçorin kim – u Lermontovning özi, u XIX asr rus ziyolisining butun illatu fazilatlarini özida jamlagan qahramon. Eng asosiysi, u öz zamonasining farzandi. Yaʼni bir tomondan dunyo fotihligiga daʼvogar Napoleonni yaqindagina tor-mor qilgan xalq Rossiyani qayta tiklaş bilan band, ikkinçi tomondan krepostnoylik tuzumi tufayli qaşşoqlik avj olgan, taraqqiyparvar ziyolilar Çor hukumatining zuğumidan ilojsiz bir ahvolda bölgan zamona farzandi.

Demak, Peçorin bizning davrimiz uçun, bizning avlodimiz uçun zamona qahramoni böla olmaydi. Puşkinning Yevgeniy Onegini ham Peçoringa yaqin qahramonlardan. Uning Tatyana bilan muhabbati qissasi naqadar gözal bölmasin, mavzumizga aloqasi bölmagani uçun alohida qöyaylik. Oneginni esa barça qusur va xislatlari bilan biz talpinadigan şaxs sifatida qabul qilolmaymiz. Yoki Gogolning Taras Bulbasini olaylik. Vatanni seviş, duşmanga nafrat tuyğularini singdirişda doimiy zamonamiz qahramonlari sifatida eslab ötganim – özimizning Jaloliddin Manguberdilar Taras Bulbadan köra bizga yaqinroq. Deylik, F.Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo»sidagi Raskolnikov ham öz zamonasi qahramoni. Takrorlanmas obraz, jahonning buyuk yozuvçilarini ham hayratga solgan. Ammo uning örni biz istagan zamonamiz qahramonidan boşqa joyda. Yoinki A.Qodiriyning «Ötkan kunlar»idagi Otabek biz uçun ideal böla oladimi, deb öylayman. Uning özbekona axloq-odobi, muomala madaniyati, muhabbat va adolat uçun murosasizligi kabi fazilatlari biz uçun beqiyos saboq va ibrat. Ammo Otabekni qurşab turgan dunyo boşqaça, bizni qurşab turgan dunyo boşqaça. Taqlid qiliş uçun ana şu tafovutlarga duç kelaverasan kişi. Yoki Ç.Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanidagi Edigeyni zamona qahramoni sifatida qabul qiliş mumkinmi degan fikr ötadi xayoldan. Xuddi biz Peçorinda Lermontovni körganimizdek, Edigeyda Aytmatovning kuzatişlariga, xulosalariga, falsafasiga duç kelamiz va şu jihati bilan tortib ketadi. Umuminsoniy fikr-muşohadalardan oziq olsak-da hayotdagi örnimiz Edigey erişgan mavqeda qolib ketişini istamaymiz. S.Ahmadning «Ufq»idagi Azizxon, Tursunboy yoki O.Yoqubovning «Diyonat»idagi Normurod Şomurodovlar ham öz zamonasining qahramonlari, ammo ularda faol ijtimoiy şaxslik xususiyatlari asosiy öringa çiqib qolgan. Ular bizga mehnatsevarlik, halollik, qatʼiylikni örgatsa-da, öşa davrdagi tuzum va undagi şaxsning örni, muammolari bizdan olisroqda. Bizning davrimizning nafasi boşqaça.

Adabiyot xazinasining men sanab ötgan durdonalari hali neça-neça avlodlarga hayot va ijod maktabi bölib xizmat qilişi şubhasiz. Ammo ularning qahramonlarini muşohada qilar ekanman, şuurimda «bizning zamonamiz qahramoni boşqaça bölişi kerak» degan tasavvur va fikr çarx uraveradi. Balki bunga mening hayotiy tajribam kamligi, hali köp asarlarni öqib çiqmaganligim, yoşligim tufayli qandaydir favqulodda qahramonga intiqligim bois bölsa kerak. Çunki yoş ham, tajriba ham, dunyoqaraş ham zamonamiz qahramoni haqidagi tasavvurning turliça bölişiga sabab böladi-ku.

«Zamonamiz qahramoni»ga turliça yondaşuv

Maqola avvalida “Zamonamiz qahramoni kim?” degan savolni juda köp odamga berib körganligim haqida aytib ötgan edim. Asosan javoblar xonandalar, sportçilar, tadbirkorlar atrofida böladi deb taxmin ham qilgan edim. Ammo şu qadar turli-tuman fikrlar bildirildiki, odamlarda öz ideali haqidagi tasavvurning şakllanişi ularning faqat yoşi, tajribasi, dunyoqaraşiga emas, boşqa juda köp sabablarga ham boğliqligini angladim.

Masalan, yurt haqida, kelajak haqida öylaydiganlar boşqaça fikr yuritarkan, faqat özi, şaxsiy manfaati haqida qayğuradiganlar özgaça öylarkan. Yoki realist, hayotdagi özgarişlarni bor holiça qabul qiladiganlar va romantik orzular qöynida yaşaydiganlarning ideal haqidagi tasavvurlari bir-biridan tubdan farq qilar ekan. Yoki kayfiyati yaxşi odam bilan kayfiyati yomon odam bir-biriga teskari fikr yuritar ekan. Xuddi şuningdek, omadi kelib turgan boy kişi, işlari yurişmayotgan kambağalroq odamga qaraganda öz idealini boşqaça köradi. Eng qiziği, şaharda, diqqinafas, köpqavatli imoratlarda yaşayotgan kişi bilan dalalarda, daraxtzorlar qöynidagi qişloqda ösgan odamning ham mavzumizga munosabati turliçadir.

Ayniqsa insonning kasb-kori uning nafaqat “zamona qahramoni”ga munosabati, balki hayotga qaraşini ham qatʼiy belgilab berişini körib ajablandim. Misol uçun, bir öqituvçi: “Bugungi zamon qahramoni Internet”, deb javob qilgan bölsa, bir firmaning egasi: «Pul», deb javob berdi. Bir dehqon: «Halol peşona teri bilan ertasini xotirjam qilib qöygan odam», degan bölsa, bir militsioner: «Jinoyat qilmay yurgan odam», degan fikrni aytdi.

Kasbi-koridan taşqari, kişining bilimi, qanday kitob öqigani, xarakteri, qanday oilada tarbiya topgani, maʼnaviy dunyosi, eʼtiqodi, qiziqişlari, atrofdan muttasil qanday axborot olayotgani ham uning öz ideali haqidagi fikrining şakllanişiga taʼsir qilar ekan. Ana şu kuzatişlardan söng har bir odamning qalbida öz-öziga yaratib olgan “Zamonamiz qahramoni” borligiga işonç hosil qildim. Balki bu tabiiy holdir. Ammo yana takrorlaşga majburman: biz yoşlar ötkinçi sabab va muammolardan yuksakda turadigan, kimningdir xulosalari asnosida yasalmagan özimizning haqiqiy zamonamiz qahramoni bölişini xohlaymiz. Toki u bizni kattaroq maqsadlar bilan yaşaşga örgatsin, ruh bersin, öz kuç-qudratimizga işonç uyğotsin, yovuzlik va nopoklikka nafrat, ezgulik va halollikka muhabbat uyğotsin.

Kimdir har bir avlod öz zamonasi qahramonini özi yaratadi, deyişi mumkin. Çunki şu davr hayotining içidan ötib köriş, voqealarni boşdan keçiriş, quvonç va iztiroblarni qalbdan ötkazib körişi lozimdir balki. Lermontov va Puşkin, A.Qodiriy va Ç.Aytmatov kabi yozuvçilar öz qahramonlari hayotini deyarli öz boşlaridan keçirişgan-ku. Agar bu hol yozilmagan va tabiiy qonuniyat bölsa, biz – mustaqillik bilan tengdoş avlod içida ham ertaga buyuk dramaturglar, şoirlar va yozuvçilar çiqişiga va biz öz zamonamiz qahramonini özimiz yaratişimizga işonaman.

Ibrohim AZIZ 1990 yilda Navoiy viloyati Qiziltepa şahrida tuğilgan. 2011 yil Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2007 yilda “Kelajak ovozi” Respublika körik tanlovining “Badiiy ijod va publitsistika” yönalişi böyiça ğolibi bölgan.

2008 yilda Ğ.Ğulom nomidagi NMIUda “Muhabbat gulxani” nomli adabiy maqolalar töplami naşr etildi.

Bugungi kunda “Sinfdoş” va “Tengdoşlar ijodi” jurnallarida faoliyat yuritmoqda.

2012/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (25)

  1. sofia

    ajoyib

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Ajoyib

  3. Narzullayev MIRFAYZ

    Zurrr

  4. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Zör

  5. jamoldinxudoyberdiev

    Rahmat

  6. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Arzimaydi!

  7. Zokirjon

    Juda ham Zar esse ekan

  8. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Bizga ham yoqqan…

  9. Muhammad ali

    Raxmat menga katta yordam berdiz

  10. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Taşakkur.

  11. Aziz Rametov

    Raxmat juda zör ekan

  12. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Zör, maqolalar beramizda

  13. Zohidjon

    Rahmar

  14. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Taşakkur

  15. Aziza ahatqulova

    Yaxşi esse ekan ♥️ 💙 Yana bitta mavzu bor qiberolasmi

  16. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Şunday

  17. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Bu maqolani yozgan muallifga murojaat qilib köring…

  18. Aziza ahatqulova

    Yaxşi esse ekan♥️ 💙 Yana bitta mavzu bor qiberolasmi

  19. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Şunday

  20. Aziza ahatqulova

    Qiberasmi

  21. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Nimani?

  22. Aziza Ahatqulova

    essenida bitta qiyin mavzu bor

  23. Aziza ahatqulova

    Essenida

  24. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Ha

  25. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Qanday mavzu?

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)