4 daqiqada öqiladi

751 marta körilgan

Qizil guling böloyin

Qizil guling böloyin

Erta bahor. Qişning zerikarli kunlaridan bezgan köngillar bahor nafasidan entikib bahra olayotgan dam. Uç yaşar qizaloğim bilan zaruriy iş yuzasidan şoşib köçaga otlandik. Ança ilgari odimlab, atrofimda qizim yöqligini payqab ortimga qaradim. Ajib manzara… Jajji qölçalariga yovvoyi gullardan terib olib, ularga tikilib turibdi. Yaqiniga borsam, beğubor nigohida quvonç porlab: «Oyijon, gulçalar, qarang, çiroyli!» dedi. Egilgança, qölçalaridagilarga qaradim. Çindan-da, murğak gödak köngliga çeksiz hayratu quvonç hadya etganiça bor ekan. Ajob-o, diametri bor-yöği yarim santimetr kelgudek mitti gulça. Biroq unda kişini maftun qila oladigan darajada ulkan joziba mujassam.  
Qadim-qadimdan ajdodlarimiz betakror körinişu xususiyatga ega bölmiş gulu çeçaklarga befarq bölişmagan. Buning birgina isboti tariqasida Örta Osiyo xalqlarining mavsumiy marosimlari tizimidan joy olgan, bahor faslida ötkaziladigan «gul sa­­yillari»ni misol qilişimiz mumkin. Tabiat bilan boğliq uşbu sayillar xalqimizning Navröz bayrami bilan boğliq marosimlari sirasiga kiradi.  Bahor faslida uyuştiriladigan anʼanaviy gul sayillari yurtimizning turli joylarida turliça nomda, turli tarzda nişonlanadi. Gul bilan boğliq bayramlarni tadqiq etgan olima L. Tulsevaning yozişiça, Nurotaning qir-adirlarida qizğaldoqlar oçilgan paytda “Qizil gul” sayili, Farğona vodiysida “Lola sayli”, Samarqandda mevali daraxtlar, ayniqsa, behi gullaganda “Behi gul sayili”, Buxoroda “Guligardoni bulbulxon”, “Guli surx”, Zarafşonda “Boyçeçak guligardoni” sayillari ötkazilgan.
“Qizil gul” sayili paydo bölişining tarixiy asoslari tabiatning boqiyligi töğrisidagi ibtidoiy işonç-eʼtiqodlarga borib taqaladi. Qadimgi ajdodlarimiz kuz faslida yaproqlaridan ajralgan dov-daraxtlarning erta bahorda yana barg yozişi, köklam kelişi bilanoq qir-adiru dalalar köm-kök maysalarga, gul-çeçaklarga burkanişida  tabiatning ramziy manoda ölib-tirilişi timsolini körişgan. Şuning uçun bölsa kerak, köpgina joylarda “Qizil gul” sayli qabristonlar yoki unga yaqin joylarda ötkaziladi. Xalq işonçiga köra köklam ilk bor qabristonlarga kelib, öz gul-çeçaklarini taqdim etar ekan. Marhumlar göyoki gul timsolida tirilib, tiriklarga zavq ulaşar ekan. Xorazm viloyati Xiva şahrida ham “Qizil gul” saylini şahar yaqinidagi Bavoris bobo qabristonida nişonlaşgan.
“Qizil gul” qayerda nişonlanmasin, tabiatning uyğonişi inson ruhiyatiga, kayfiyatiga yaşariş, şodiyonalik, kötarinkilik baxş etganligini köriş mumkin. Uşbu sayillarda aholining barça qatlami birdek iştirok etişi uning umuminsoniyligidan dalolat. “Qizil gul” sayli Navröz bayramidan keyin baʼzan bir hafta, baʼzan bir oy davomida ötkazib kelingan. Hozirda ham yurtimizning köpgina joylarida bahorgi gullar oçilib, tugaguniga qadar, yaʼni yozning ilk kunlarigaça gul sayil­lari davom etadi. Sayil kunlari turli xalq öyinlari ötkazilgan. Ayniqsa, baloğatga yetgan qiz-yigitlar tomonidan “Gul uzatiş”, “Anor otiş”, “Olma otiş” kabi öyinlarning öynalişi qiziqarli keçgan. Yoşlarning ikki guruhga bölinib, bir-birlariga olma, anor, gul uzatişlarida ramziy tanlaniş, mehr-muhabbat, yaşirin sevgi izhorlari aks etgan böladi. Sayilda inson qalbi va tabiatning yaşarişi uyğunlaşgan milliy hunarmandçilik işlari, amaliy sanʼat namunalari ham namoyiş qilingan. Hozirgi kunda ham uşbu anʼana davom etib kelmoqda.
Xalqimizning qadimiy eʼtiqod va  anʼ­analarini örgangan olimlarimiz gullar bilan boğliq marosimlar, tantanalarini ölib-tiriluvçi  tabiat timsolini özida aks ettirgan Siyovuş kabi afsonaviy obrazlar bilan boğlaşadi. Köhna asotirlardan Siyovuş afsonaviy şoh ekanligi, uning öldirilişi fojeaga aylangani, har bahorda uning xoki izlanişi, unga atab turli marosimlar ötkazilganligi­, bu qadimgi ajdodlarimiz uçun muqaddas sanalgan mifologik personaj  ekanligini biliş mumkin. Hatto hozirda ham ölkamizning ayrim hududlarida erta bahorda unib çiqqan gullarni “Siyovuş aksi” deyişadi.
Xorazmliklar orasida esa köklamdagi qizil gullar qadimda hukmronlik qilgan afsonaviy şoh Siyovuş qonidan rang olgan, yaʼni u öldirilganida qoni tomgan joylardan qizil gul unib çiqadi, har bahorda Siyovuş qizil gul timsolida tiriladi, degan tasavvurlar mavjud. Bunday qaraşlar aksini xalq oğzaki ijodining qadimiy janrlaridan biri bölgan topişmoqlarda uçratiş mumkin. Masalan, javobi qizğaldoq sanalgan quyidagi topişmoqda Siyovuş haqidagi mifologik tasavvur izlari mavjud: “Madad akamning boşida baxmal taqiyasi bor”.
Aslida gullar, qizil rang timsoli ayollarga taşbeh qilinadi. Biroq topişmoqda qizğaldoq erkak kişiga qiyoslangan. Qizil-baxmal döppi “Madad akam” boşida deyilgan. Bilamizki, özbeklarda döppi qimmatli, eʼzozlangan kiyimlardan sanaladi. “Boş kiyimi davlat, davlatni birovga berib bölmaydi”, deydi dono xalqimiz. Xalq oğzaki ijodi namunalarida ham boş kiyimi, xususan döppi magik himoyaçi vazifasini bajaradi. Topişmoqda keltirilgan ism ham kişi eʼtiborini tortadi. Anvar, Komil emas, aynan Madad ismining qöllanilişi, uşbu ismning luğaviy maʼnosidan kelib çiqib aytiş mumkinki, yuqoridagi topişmoqning tarixiy ildizi aynan afsonaviy xalqparvar, odil şoh Siyovuş bilan boğliq qadimiy qaraşlarga borib taqaladi.
Umuman olganda, gul sayillarining ötkazilişida tabiat bilan inson hayoti örtasida çambarças boğliqlikni köriş mumkin. Bunday marosimlar kişilarni tabiatni sevişga, uni asrab-avaylaşga, undan bahra olişga va, ayniqsa, mehr-oqibat, qadr-qimmatni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Gullar… Bir-birimizning könglimizni kötargimiz kelsa, dökonlarda taxlanib turgan zaruriy narsalar qolib gullar hadya etişga oşiqamiz. Oşiqlar dil izhorini gullarsiz izhor etmaydi… Inson yaralibdiki, hamon köngillarni kötarguvçi, betakror gözalliklarga qiyoslanguvçi, har qanday qimmatbaho sovğadan-da qadrliroq gullarning örni bölakça! Guldek gözal, sevimli, qadrli bölişga, intiliş hissi heç birimizni tark etmasin!

Munis JÖRAYEVA,
ÖzR FA Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti
ilmiy xodimi  
 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)