(Hikoya)
Şamolday yelib yurgan kiçik öğil nogahon yuz bergan avtohalokat tufayli yarimjon, mayib bölib qolişi Buvgul xolani qattiq larzaga soldi. «Endi nima böladi? Bolam bir umr yolğiz ötadimi?» — degan öylar xonumonini kuydirardi, albatta, ammo öğlining çivinday joni qil ustida turgan kezlarda bu öylar xayolidan kötarilib, mutlaqo ahamiyatsiz bölib qolardi.
Avtohalokatni sodir etgan kimsa Mahkamboy levak qilmişiga yaraşa jazosini oldi: sudlandi, qamaldi. Ön yillik muddatni ikki yilda ötab keldi. Buvgul xolaning oğriq va alami içida edi, Mahkamboy levak köçadan KamAZini guvillatib ötganida onaning yuragi zuvillab ketardi, oçiği Mahkamboy levakning ölimi öğliga salomatlik baxş etsa, u heç ikkilanmasdan bu nokasni öldirgan bölardi, afsuski… bu befoyda. Şunday ekan, çidaşdan boşqa iloj yöq. Axir azob va iztiroblar uçun heç kim javob bermaydi…
Sirtdan qaraganda, Sobirning qöl-oyoği butun, bir yeri tilinmagan-şilinmagan, ammo uning içki aʼzolari qattiq lat yegandi: jigar qisman ezilgan, bitta buyrak işdan çiqqan, ikkinçisi yarimjon, peşob çiqariş uçun Sobirning biqinida har doim maxsus nayça va banka osilib turardi. Erkakligidan ayrilgani esa hammasidan ötib tuşdi. Sobir endi örtoqlari bilan köça-köyda tepkilaşib yura olmas, daladan xurjun-xurjun öt yulib kelolmasdi, özini avaylaşga majbur edi. Bola ekan, onasining barça talablariga böyin egardi. Biroq ona-bola qança ehtiyot bölişmasin, qişning sovuq kunlari öz taʼsirini ötkazmay qöymasdi. Sobirning isitmasi kötarilib ketardi.
Yana kasalxona.
Hafta-ön kun, gohida oylab yotişga töğri kelardi şifoxonada…
Buvgul xolaning tönğiçi Mamatqul uylangan, ikki farzandning otasi, olaxurjun boşiga tuşgandan keyin beva onasining ahvolini tuşunib, qanotiga kirgan, rözğorning barça oğirliklarini böyniga olgandi, ammo ukasining injiqliklariga sira toqat qila olmasdi. Çunki ulğaygani sari Sobir tez-tez asabiylaşadigan, xurmaça qiliqlar çiqaradigan bölib qolgandi. Biror yegulikni yeyiş mumkin emasmi, — Sobir, albatta narsani yerdi! Bajarişi mumkin emasmi, — Sobir, albatta, şu işga yopişardi! Keyin içburuğ bölib, hamma yoqni bulğab qöyardi, yo kötaram bölib yotib qolardi. Buning azobini özi va Buvgul xola tortardi.
Kasalxonaga tez-tez tuşavergandan keyin döxtirlar ham taniş bölib qolarkan. Ulardan biri kunlarning birida Buvgul xolani kabinetiga çaqirib, oçiqçasiga: “Agar öğlingizni nihoyatda ehtiyot qilib parvarişlamasangiz, yana ikki yil yaşaşi mumkin”, deb aytdi. Esxonasi çiqqan Buvgul xola bu gapga işonç hosil qiliş uçun boşqa döxtirdan töğrisini aytişni söragandi, u bu “muddat”ni yana yarim yilga qisqartirdi va oxirida maslahat berişni ham unutmadi: “Tak, çto, hozirdan bunga özingizni köniktiring va köpam özingizni urintirib qöymang, onaxon, siz hali boşqa farzandlaringizga ham keraksiz!”
Bu gaplardan Buvgul xola karaxt bölib qoldi. Miyasi falaj bölgandek heç narsa haqida öylay olmadi, hatto qayğuriş yoki tuşkunlik hissini ham tuymadi, faqat… palataga qaytib, öğliga közi tuşgandan keyingina birdan ruhiyati özgardi. Döxtirlarga işonmadi. Mana öğli, umid töla közlarini onasiga tikib turibdi.
— Men yaxşiman, ena. Endi uyga ketamizmi?
Bir neça daqiqa içida Buvgul xolaning yuragini yeb bitirayozgan dahşatli xavotir tarqadi-ketdi. Toki öğlining közlari çaqnab boqarkan, hali nimadandir umid qilsa böladi, bundan ortiq nima kerak?
* * *
Vaqt ötib borardi.
Eng ulkan qörquv qarşisida qaltirab-titrab turgan xavotirli ikki yil ham eson-omon ötdi.
Sobirning soğligida aytarli özgariş yöq, umri har doimgiday uy-kasalxona marşruti böyiça ötardi. Ob-havo quruq va issiq kelgan yili uning kuni tuğardi, özini ança bardam sezardi. Buvgul xola bundan xursand, öğlining kundan-kun çözilib borayotgan böyiga qarab közi quvnardi.
Kunlarning birida Sobir tong sahardan qayoqqadir çiqib ketdi. Buvgul xola ançadan buyon öğlining özgarib qolganini sezardi, Sobirning qadam olişini zimdan kuzatardi, ammo öşa kuni uning qayoqqa ketganidan bexabar qolgandi.
Tuşgaça yöl qarab, xavotirdan yuragi yorilguday bölgan ona oxiri sabri çidamay tönğiçi Mamatqulning uyiga yugurdi. Ötgan yili Mamatqul xotini Hanifa bilan gap talaşib qolgani uçun Sobirning yuziga tarsaki tuşirganini keçira olmagan Buvgul xola uni bola-çaqasi bilan çala bitgan imoratga köçirib yuborgandi. Şundan beri Mamatqulning ginasi içida, onasi bilan oçilib gaplaşmaydi.
Öşa kuni ham onasi bilan gaplaşganida qovoğini oçmadi, aksinça:
— Heç iş qilmasangiz ham ulingizning ketidan poylab yuring, degandim-ku, — deya aql örgatdi u. — Kim biladi, boşi oğib, qayoqlarga uloqib ketdiykin? Köngliga qarayverib, bolani besoat qilib qöydingiz, ena!
— Paşşaxona içida Maşrabgina uxlab yotuvdi. Sigirni podaga qöşib kelganimça qayoqqadir ğoyib bölibdi… — tuşuntira boşladi Buvgul xola, ammo Mamatqul onasining gaplarini oxirigaça eşitmadi:
— Qaçon qarasam, podaning ketidan yugurib yurasiz, şu işlarni qöying endi, ena! Ulingizniyam işga soling-da, yigirmadan oşdi axir.
— Ukangning yigirmadan oşganiga xursandman. Boşqa narsani öylamayman…
— Devday jinni bitta sigirminan-novvosni eplab boqolmaydimi, ena?!
Öğlining sözlari onaning hamiyatiga tegdi, yuzi özgardi.
— Bitta sigirmas, önta sigir bölsayam Sobirjon eplaydi. Senga öxşab çala-çulpa iş qilmaydi u! Lekin özim uni avaylayman. Özi yarimjon bola bölsa… Öz gavdasini özi kötarib yurganiga ham şukr qilaman! Endi tuşundingmi?!
— Hökizday yigitni avaylayman, deb, özingiz yiqilib qolmang, deyman-da, ena. Mening rözğorim bölak bölsa, kunda ahvolingizdan xabar ololmasam.
— Hökizday yigit deysan… Uning quruq gavdasi bor. Qiş oqşomlari inqillab çiqadi, bir yerlari oğriydi…
— Qaytamiz endi… Xudoning işi! Lekin töğrisini aytsam, ena, siz baribir notöğri qilyapsiz. Bolani avaylamasdan işminan andarmon qilib taşlaşingiz kerak. Şunda huda-behudaga köçaga yuguravermaydi!
— Töqsonta gapni oldimga tönqaytirgandan köra, senminan işim yöq, ena, qanday kuningni körsang köraver, de, qöy! — Buvgul xola jahl bilan iziga qaytdi.
— Obbo, — ğudrandi Mamatqul. — Bir marta sal qattiqroq gapirib qöysam, darrov arazlab qoladi enam!
Buvgul xola tönğiç öğlining könglini ğaş qilib qöyganini sezdi, lekin ortiga burilmadi, oğir mehnatni köp qilganidanmi, oltmişga kirmay dol bölgan qaddini eggan köyi, qöllarini belida çaliştirgança uyi tomon yörtarkan, yöl-yölakay uçraganlardan öğlini körgan-körmaganini sörardi. Aksiga olganday, na yölovçilardan, na qöni-qöşnilardan Sobirga közi tuşgan odam topilmadi.
“Bir oğiz aytmasdan qayoqqa ketib qoldiykin? — öyladi ona qöli işga bormay köça eşik oldidagi supaçada ötirgança yölga köz tutarkan. — Jöralari ön beş yoşdan qizlarminan yetaklaşib yurişlarini bilsayam buning parvoyiga kelmasdi. Qayliğini töydan oldin böğoz qilib qöygan jörasiga kuyovnavkar bölganidan keyin birdan özgarib qolganini sezuvdim. Bitta-yarimta qizminan tanişib qolib, şuning ketidan hid olib ketdingmi? Oh, bolam-a!..”
Buvgul xolaning köz oldini xira parda qopladi.
* * *
— Qayoqlarda tentirab yurding şu vaqtgaça?! — namozşomda yerga qaragança hovliga kirib kelgan ukasini siquvga oldi Mamatqul. — Meni öylamasang, enamni öylasang bölmaydimi? Yuragi yorilib, ölib qolay dedi-ku enam!
— Qayerda yurganim bilan nima işingiz bor? — qörs javob berdi Sobir.
— Iya, bu nima deganing? — ajablandi Mamatqul quloqlariga işonmay. — Sen bola öylab gapiryapsanmi özi?
— Nega hadeb tergayverasiz? Yoş bola emasman axir!
— Enam seni deb…
— Enangiz borligi şunaqa vaqtlarda esingizga tuşadimi?!
— Hov bola! — Mamatqul ukasining yoqasiga çang soldi.
— Nimaga uning yoqasiga yopişasan?! — Buvgul xola örtaga tuşib, tönğiçiga qarab qiçqirdi. — Sobirga qölingni tekkizgunça, meni burdalab taşla!
— Ena… gaplarini eşitdingizmi? Meni ziğirçayam hurmat qilmaydi buningiz!..
— Sobir seni hurmat qiladi, lekin sen buni tuşunmaysan! — Buvgul xola tönğiç öğlini siltab yubordi.
Paytdan foydalangan Sobir uyga özini urdi. Eşikni içkaridan qulfladi.
— Tarafini olganingiz sayin buningiz haddidan oşib ketyapti! — dedi Mamatqul baqirib. — Siquvga olib, piça tanobini tortib qöyay desam, nega uning köngliga qarayverasiz, ena?
Buvgul xolaning çarçoq nigohlari tönğiçiga taʼnali boqdi, ammo lom-mim demadi.
Ikki kun ötdi.
Ikki kun içida ona-bola oçilib gaplaşmadi hisob.
Uçinçi kuni ertalab yasan-tusan qilib olgan öğlini körib hayron bölgan ona unga savol nazari bilan boqdi.
Sobir buni tuşundi.
— Ötgan kuni meni davolagan döxtirning oldiga borgandim. Operatsiya köp ekan, şu kuni keçgaça kutib ötirdim, lekin men bilan gaplaşişga vaqti bölmadi. Indinga kelsang, gaplaşarmiz, degandi… Boraveraymi?..
Buvgul xola siyrak kipriklarini pirpiratganiça bir neça soniya öğliga tikilib turdi, söng asta:
— Boraqol, — dedi.
Sobir xonadan uçib çiqdi.
— Oh, bolajonim-a… — onaning közlaridan yoş tirqiradi. — Oh, bolajonim-a… Oh…
“Tiq” etsa eşikka köz tutib ötiriş oson emasdi. Buvgul xola istar-istamay işga unnadi. Keksaygan çoğida qölini sovuq suvga urmay, huzur-halovatda yaşaş örniga, tönğiç öğli bilan kelinining rözğorini bölak qilib, özi hali-hamon qöli kosov, soçi supurgi bölib yurganini öylab gohida Buvgul xola bölib ketadi, lekin özi, faqat özi bu qismatni öziga ravo körgani bois, alamini içiga yutadi.
“Bugun ham namozşomda kelarmikan? — oşxonayu molxonalarni galma-gal kirpişlayverişdan çarçagan ona hammasiga qöl siltab, köça eşik oldiga çiqib yölga köz tikdi. — Esim qursin, qaçon qaytasan, deb sörab qolsam, ölarmidim!”
Huv narida, köz ilğaydigan yerda avtobus bekati.
Bir-ikki soat içida bekatga neça-neça avtobus kelib-ketmadi, kimlar tuşmadi ulardan, biroq Sobirdan darak yöq edi.
Buvgul xola buruşgan lablarini qimtib, tamşandi, oğzi quruqşadi, çanqaganini, qorni oçganini his qildi, oşxonada ovqat tayyor edi, lekin onaning iştahasi tortmadi.
Qöllarini iyagiga tiragança supada ötirib öğlini kutdi.
Nihoyat… ana u!
Buvgul xola örnidan turib ketdi.
— Keldingmi, bolam?..
— Ha…
Sobir yerga qaraganiça onasining yonidan ötib içkariga kirib ketdi.
Öğlining aftoda qiyofasi Buvgul xolaning yuragini örtab yubordi. Sobir uyga kirdiyu, özini karavotga taşladi.
— Ovqat içasanmi, bolam? — söradi Buvgul xola eşikdan möralab.
— Yöq.
— Tuş payti böldi-ku.
— Qornim töq, — dedi Sobir va yuzini yostiqqa qattiq bosdi.
Buvgul xola eşik oldida munğayib turdi birpas, söng sekin iziga qaytdi. Oşxonada yolğiz özi nomiga, istar-istamay tamaddi qilgan böldi, butun fikri-zikri öğlida bölganidan nima yeb-içganini ham bilmadi, alağda köngli sira tinçlik bermasdi:
“Döxtir yaxşi gap aytmagan, — öylardi ona. — Beçora bolamning enka-tinkasi qurib ketibdi. Döxtir ham toza nokas odam ekan-da. Uzil-kesil javob aytmasdan, umidvor qilib yuborsa bölardi-ku! Odamlar bir oğiz şirin sözga bunça xasis bölişmasa?!”
Buvgul xola oşxonada uzoq ötira olmadi. Örnidan turib taşqariga çiqdi. Köçadan xotin-xalajning şovqin-suroni, suv boçkalari ortilgan aravalaru çelaklarning darang-durungi eşitildi.
Qişloqda ançadan buyon suv tanqis edi. Vodoprovodlardan ilgarigidek suv şarillab oqmas, ariqlardagi suvning ham tanobi tortilgan, kunduzgi soat ikkidan uçgaça köça boşidagi vodoprovoddan suv beriladiyu yana çört uziladi. Dastyori borlar ikki-uç kunlik suvni ğamlab olişadi. Buvgul xolaga öxşaganlar esa bor-yöği uç-tört çelak suv olib qolişga zörğa ulgurişardi. Biroq ayni zamonda Buvgul xolaning köngliga suv siğmadi, öğlining yonida bölişni istaydi.
Sobir onasining qadoq kaftini his qildi, ammo qimir etmadi, çunki yostiq jiqqa höl edi…
Sobirning keçki ovqatdan ham boş tortişi Buvgul xolaning sabr kosasini töldirib yubordi. Bir kosa ovqatning ustiga non qöyib, römolçaga tugib, Mamatqulning uyiga yöl oldi yana.
— Bolangga berarsan, — eşik oçgan Hanifa kelinning qöliga tugunni tutdi. — Mamatqul işdan keldimi?
— Işga borgani yöq, — xömrayib javob berdi kelin. — Traktri buzilib qolganini bahona qilib ikki kundan beri uyda yotibdi!
Buvgul xolaga kelinning xömrayib turişi yoqmadi. “Eri işga bormasayam alamini mendan oladi”, — deya piçirlagança içkariga yönaldi.
— Nega işga bormading? — adyol bilan boşigaça öralib, terlab-pişib uxlayotgan Mamatqulni sekin turtib uyğotdi Buvgul xola, söng töşak yoniga çöqqaydi.
— Tinçlikmi, ena? — Mamatqul örnidan turib ötirdi. Xomuza tortdi.
— Nega işga bormading, deyapman? Ikki kundan beri uyda yotganmişsan?
— Ikki kun, deb kim aytdi sizga? Traktrim buzilib qolib, tuşda uyga qaytib keldim-ku!
— Hah, bolam boyoqiş, — Buvgul xola öşşayib eşik tomon qarab qöydi. — Yarim kun imillaganingga, köziga baloday körinib qopsan-da!
— Özingiz keç bölganda nima qilib yuribsiz, ena?
— Ena bilan ukadan xabar olmay gumqovib yotganingdan keyin tirik arvohday izillab yuraman-da!
— Ena…
— Sobir tuşdan berisiga tuz totmay yotibdi…
Mamatqul ensasi qotib yuzini burdi, biroz jimlikdan keyin jahl bilan dedi:
— Ena, Sobirning nima işlar qilib yurganidan xabaringiz yöq!
— Nima iş qilibdi? — bilmaganga olib söradi Buvgul xola.
— Döxtirga qatnab yuribdi!
— Nima qipti borsa…
— Döxtirlar yordam berolmasligi maʼlum-ku, jonini saqlab berdi bizga, şuning özi katta gap. Nega buni ulingizga tuşuntirmaysiz?!
Buvgul xola yerga qarab qoldi.
— Qanday aytaman buni, — dedi u birozdan keyin ayançli ovozda.
— Özingiz aytolmasangiz, menga ixtiyor bering, axir kimdir aççiq bölsayam haqiqatni aytişi kerak-ku!
— Sen aralaşma! Mayli, boraman degan yeriga borib-kelaversin.
— Ana şu-da! Ana şu… yana mendan öpkalaşingiz ortiqça.
— Nima qilay, axir… — Buvgul xolaning mijjasiga yoş qalqidi.
— Aytganday, sizga yana bir xabar bor, Sobiringiz sayxonlik bir qizminan gaplaşib yurganmiş!
— Yöğ-ye? — Buvgul xola quloqlariga işonmagandek tönğiçining yuziga ajablanib boqdi.
— Ha, anavi Anvar degan jörasi Sayxondan uylandi-ku, şuni töyida tanişib qolgankan.
— Yöğ-ye… — onaning mudom ğam-taşviş arimaydigan yuziga iliq tabassum yoyildi. — Sobirjon qizlarminan gaplaşar ekanmi?..
Mamatqul onasining yuziga hayron boqdi.
— Nimaga xursand bölyapsiz, ena? Axir…
— Qiz ham Sobirjonminan gaplaşayotganmişmi axir?
— Gaplaşayotganmiş! Şu qizga uylanaman, deb yurganmiş Sobirjoningiz jöralariga. Lekin bu mumkin emas-ku, ena! Buning oldini olmasak bölmaydi.
Buvgul xola birdan huşyor tortdi.
— Nima qilmoqçisan? — deya tönğiçiga xavotirli nazar taşladi.
— Şuning maslahatini qiliş uçun keçqurun oldingizga ötmoqçiydim özi. Nima qilamiz, menam hayronman… Birovning qizini umidvor qilmasdan, bor gapni oçiq aytib, ora oçdi qiliş kerakmidi?
— Yöq! Bu gapni kallangdan çiqarib taşla! — qatʼiy javob berdi Buvgul xola.
— Bu iş gazak olib ketmasdan nimadir qilmasak bölmaydi.
— U yoğiminan işing bölmasin!
— Ena…
— Sen aralaşma! Sobirjonning öziga yaraşa aqli bor. Nima qilayotganini yaxşi biladi.
— Sevgi uni ado qiladi axir!
Buvgul xola javob bermadi. Şoşilib örnidan turdi. Eşik oldiga yetganda töxtab ortiga ögirildi.
— Heç kimni yaxşi körmasdan ado bölgandan köra, birovni yaxşi körib ado bölgani durust emasmi?! — dedi ona dona-dona qilib, söng yiğlamsiragança özini eşikka urdi.
— E, menga nima! Joningizga tekkunça papalayvering-çi. Suv töğonni urib ketgandan keyin oldimga yiğlab kelasiz, lekin unda men tugul, otam tirilib kelgan taqdirdayam sizga yordam berolmaydi!
Mamatqul yana örniga çözildi. Ammo köp yota olmadi. Uzalib tokçada turgan aroq şişasi bilan piyolani qöliga oldi. Oç qoringa ikki piyola aroqni sipqordi-yu özi bilan özi andarmon bölib qoldi.
— Heç kimning men bilan işi yöq… — u yelkalari silkinib-silkinib yiğlay boşladi. — Heç kimning men bilan işi yöq…
Eşikdan möralagan Hanifa kelin erining ahvolini kördi-yu közining paxtasi çiqdi…
* * *
— Ena, — dedi Sobir kunlarning birida xijolatli kulimsiraganiça. — Bir gap aytsam xafa bölmaysizmi?
— Nima gap? — tikiş qilib ötirgan Buvgul xola öğlining yuziga qaramasdan söradi.
— Sayxonda bir qiz yaşaydi. Ismi Marvarid… — dedi Sobir past ovozda, söng birdan jimib qoldi, nigohlari gilamga qadaldi.
Buvgul xola közoynagi ustidan öğliga qaradi.
— Xöş?..
— Şu qiz… meni yaxşi körib qopti. Onangizni qaçon sovçilikka yuborasiz, deb sira tinçlik bermayapti…
Buvgul xola kulib yubordi.
— Ha, muğombir, öylab-öylab, oxiri şu yölni topdingmi?
Sobir ham onasiga qöşilib kuldi. Ançadan buyon bunday beğubor kulgini eşitmagan devorlar zirillab ketdi.
— Kimning qizi ekan? — söradi ona jiddiy tortib tikişini bir çetga qöyarkan.
— Majid akaning…
— Sayxonda Majid degan odam bitta edi-yov, adaşmasam. Uyi maktab yonidami?
— Ha, xuddi özi…
— Ular yaxşi odamlar, mayli, ertan keçqurun ötib kelaman.
Sobirning közlari çaqnadi.
Aytilmagan yana nimadir bor edi. Ammo bu haqda na ona, na öğil oğiz oçişga jurʼat qilardi. Noqulay sukunat ikkalasining ham yuragini örtab yubordi.
Buvgul xola yamoq-yasoği esiga tuşib qolgandek keskin burilib işiga maşğul böldi.
— Ena, — dedi nihoyat Sobir tilga kirib. — Ota-onasi yöq, deyişsa va yana… har xil… gaplarni gapirişsa… nima deysiz?.. Uyalib qolmaysizmi?..
— U yoğiminan işing bölmasin, ulim, — şipdan köz uzmay javob berdi Buvgul xola. — Aydaqarning qiziga sovçilikka boring, desang ham, boraman!
— Enajon…
Sobir onasining qoqsuyak yelkasiga boş qöydi.
Ertasi keçki payt Sobir bir örtoğining maşinasini eşik oldiga köndalang qildi.
— Avtobusga osilib yurasizmi, — dedi öğil onasiga. — Nuriddin moşinasida ğir etib oborib keladi.
“Elga joriya qilmasang bölardi”, — demoqçi böldi ona, ammo indamadi.
Sobir uydan çiqiş oldidan onasiga yana dedi:
— Qizning özi men bilan yaşaşga rozi, bemalol aytavering buni. Faqat ota-onamning roziligini olsangiz böldi degan.
— Yaxşi qiz ekan…
— Bordiyu ota-onasi rozi bölişmasa yana xafa bölib yurmang, — dedi Sobir ovozi özgarib.
Buvgul xolaning çap köksiga birov nina sançib olgandek böldi.
— Mayli, bolam, mayli, — degança taşqariga yönaldi ona.
Maşinani jildirişdan avval Nuriddin: “Işimiz öngidan kelsin!” deya omin qildi, Buvgul xola ham piçirlagança duo öqirkan… bexosdan Sobirning ixlos bilan yuziga fotiha tortayotganiga közi tuşib… yuragi ezilib ketdi. Öğlining bu xatti-harakatlari bemaʼnilik ekanligini bilardi ona, şu bilan bir vaqtda bu bemaʼnilik qismatga qarşi mardona isyonning öziga xos körinişi ekanligini ham his qilardi Buvgul xola; Sobir şu taxlit hayotdagi böşliqni töldirişga, haqiqatdan qoçib qutulişga urinayotganini fahmlardi…
Sayxon qişloği.
Maktab yonidagi uy.
Buvgul xola bu fayzli uy içida özini qançalar aççiq taʼna-daşnomlar kutayotganini sezdi, ammo ona har qanday andişayu istiholani yiğiştirib qöyib, içkariga dadil qadam bosdi.
— Qanday haddingiz siğdi, nogiron öğlingizga gulday qizimni sörab kelişga?! — Buvgul xolaning muddaosini eşitgan Majid aka tutaqib ketdi. — Yo Majidning qizi köçada qolgan, deb öylayapsizmi?!
— Unday öylaganim yöq, — dedi Buvgul xola vazminlik bilan. — Jahlingiz çiqmasin, inim. Meniyam tuşuning…
— Ahvolingizni tuşunganim uçun şaytonga hay berdim, — dedi Majid aka. — Bölmasa hozir…
— Ulimning ahvolini yaşirmayman, buni butun qişloq biladi. Mana siz ham allaqaçon eşitgan ekansiz… Lekin yoşlar bir-birini tanlaşibdi. Özaro kelişibdi ham!.. Johillik qilib yoşlarning uvoliga qolmaylik tağin…
— Aslo uvoliga qolmaymiz. Aksinça, savobga qolamiz ularni bir-biridan uzoqlaştirsak!
— Lekin qizning özi… rozi-ku!
— Qizim rozi bölsa bölaversin, ammo men ikki dunyoda ham könmayman! Köra-bila turib uni ötga taşlamayman! Bir umr hur qiz bölib ötib ketişini istamayman!
— Balki…
— Yöq. Gap tamom-vassalom! — Majid aka yuziga fotiha tortdi. Ketişingiz mumkin, degandek qaradi Buvgul xolaga.
Biroq Buvgul xola örnidan qözğalmadi. Titroq barmoqlari körpaça çetini tutamlagança yerdan köz uzmay ötiraverdi.
Majid aka tomoq qirdi. Örnidan turişga taraddudlandi, Buvgul xola şunda ham örnidan qözğalmadi.
Majid aka yana tomoq qirdi.
— Hozir… Hozir turaman, — dedi Buvgul xola nafasi qaytib, yuragi siqilayotganini sezdirmaslikka urinib. — Lekin avval sizga bir ötinçim bor, heç kim peş qilmasayam birovning qizini yöqlab borişga haqsizligimni yaxşi bilaman, ammo bolangiz közingizga möltirab tursa, çiday olmas ekansiz, uyingizga bostirib kelganimni bepisandlik deb tuşunmasligingiz uçun aytyapman bu gapni, endi ötinçim şuki, qiz bolani boşingizga boliş qilmaysiz, albatta, qaçondir baxti oçilsa, kimgadir uzatasiz, baxtli bölsin, iloyim, biroq hozir oldimga çiqqan ulimga: “Qizning otasi öylaşib-kengaşib köraylik”, deb aytdi, deyişimga ruxsat bering, xöpmi?
Majid aka qiyin ahvolda qoldi. Özini u yoqqa taşladi, bu yoqqa taşladi, oxiri rozi böldi.
— Mayli, nima desangiz özingiz bilasiz, lekin bu gapim bolangiz har kuni ostonamga kelib tursin deganim emas! Şuni yaxşilab tuşuntirib qöying.
— Baraka toping, iloyim.
Buvgul xola örnidan turdi.
* * *
Sobirning kiyimlarini hafsala bilan dazmol qiliş, tuflilarini yaltirab ketgunça tozalaşlari, qöşiq xirgoyi qilib yurişlarini kuzatiş Buvgul xolaga benihoya huzur bağişlardi. Öğlining yuziga ğam soya solişini istamasdi. Umrining oxirigaça uni baxtiyor holda körişni xohlardi ona. Keçki payt Sobirning kiyinib, yasan-tusan qilib köçaga otlanganini körgan kezlarda esa Buvgul xola xursandligidan dunyoga siğmay ketardi. Kuçiga kuç qöşilardi. Öğlining halokatidan keyin azobga aylangan hayotga nisbatan qalbida yaşaş iştiyoqi kuçayardi.
“Bu hol qança vaqt davom etarkin?” degan savoldan etlari junjikib ketgan vaqtlar ham köp bölardi, şunday kezlarda ona özini munofiq sanab, tinçini yöqotardi, ammo öğlining baxtiyor çehrasiga közi tuşgan lahzadan boşlab hammasini butkul unutar, ertaga nima bölsa bölar, mana hozir bolamdan baxtli odam yöq dunyoda, menga bundan ortiq yana nima kerak, deya öziga taskin berardi.
Oilaning tönğiçi Mamatqul bölsa vaqt-bevaqt kelib onasining kayfiyatini buzib kelişdan boşqasiga yaramasdi.
— Bu bolangiz toza beboş bölib ketdi-ku, ena, — deya şikoyat qilardi u. — Toza ixtiyoriga qöyib yubormay, jilovini tortib tursangiz bölmaydimi?!
— Nima qipti? Öğrilik qildimi, ğarlik qildimi, gapir! — derdi Buvgul xola jerkib.
— Tovba qildim, Sobir töğrisida sal mundayroq gapirgan odam sizga yoqmaydi-ya, ena, — deydi Mamatqul hayron bölib. — Sobirni yomonlagan odam öz bolangiz bölsayam keçib yuborasiz-ov!
Buvgul xola qovoq solib, yuzini burdi.
— Özingizça Sobirni farişta deb öylaysiz-ov, — davom etdi Mamatqul borgan sayin alami ortib. — Lekin bilib qöying, şu farişta bolangiz Majid akaning qiziminan kanal böyida öpişib, quçoqlaşib yuribdi!
Buvgul xola avval seskanib tuşdi, söng… qimtingan lablariga tabassum yugurdi.
— Şuytib… yurgan ekanmi?.. — Buvgul xola kemtik milkini körsatib iljaygança tönğiçining yuziga termildi.
Mamatqulning jon-poni çiqib ketdi.
— Ena!
— Vahima qilaverma.
— Özingizning qizingiz yöq-da, şuning uçun birovning qizining şaʼnini öylamayapsiz!
— Öpsa öpar, yuvsa ketar, deganlar. Qolaversa, ikkovi bir-birini yaxşi körişadi. Sen … qisib yur!
Buvgul xolaning vajohati qörqqulik edi, Mamatqul işini bahona qilib qoçib qoldi. Ammo eşik oldiga yetganda baribir aytadiganini aytdi:
— Bu işingizdan hali puşaymon bölasiz, ena!
Öğlining sözlari Buvgul xolaning yuragiga öqdek qadaldi. Oyoqlaridan mador qoçib yerga ötirib qoldi.
* * *
Qiş adoğida Buvgul xola öğlining tarki dunyo qilgan odamdek xonaga qamalib olganini, ertayu keç bağrini yerga berib yotişlarini körib saodatli kunlar nihoyasiga yetganini fahmladi. Içida bir nima öpirilib tuşdi göyo…
Sobirning kirtaygan, soğinç töla nigohlariga boqiş oğir edi. Uning: “Nega bunday böldi, ena?” deb sörab qolişidan çöçirdi Buvgul xola, şu bois kun sovuq bölişiga qaramasdan ertayu keç goh hovlida, goh uy içida ğimirlab yurardi.
Bir keç Sobir indamay uydan çiqib ketdi-da, ikki soatlardan keyin gandiraklagança qaytib keldi.
U mast edi.
Buvgul xolaning yuragi orqaga tortib ketdi, axir Sobirga içkilik içiş, tamaki çekiş mumkin emasdi!
— Ena… — Sobir onasining fikrini uqqanday aybdorlarça boqdi. — Içmaslikning iloji bölmadi…
— Mayli, bolam, mayli… Har zamonda içsang, zarar qilmas…
— Nega içding deb söramaysizmi, ena?
— Xabarim bor, bolam…
— Indinga uni unaştirişmoqçi ekan… Otasi undan bir oğiz ham söramasdan sovçilarga rozilik bervoribdi.
— Otasi qaysar odam ekan-da…
— Agar hozir yana bir marta sovçilikka boring, desam borasizmi, ena?
— Mayli, boraman… Lekin…
— Qizning özi ham şunday deyapti. U meni telbalarça sevadi!
— Oh bolajonim-a…
— Yana bir marta boring, agar otasi yana könmasa… keyin mayli…
Buvgul xola ilon çaqqanday seskanib tuşdi. “…otasi yana könmasa…” degani Sobirning avvalgi sovçilik mojarosidan boxabar ekanligini bildirmaydimi işqilib?..
Buvgul xolaning içidan qirindi ötdi. Öğlining közlariga tik qaraşga yuzi çidamadi.
— Nuriddin jöramni çaqiraveraymi bölmasa? — söradi Sobir.
— Çaqir.
Sobir köçaga çiqib ketdi.
Buvgul xola bir fursat öy surib qoldi. Söng imillab kiyindi, dasturxonga törtta non, qand-qurs tugib tayyorlab qöydi.
Şu çoğ eşikdan Mamatqul kirib keldi. U haddan taşqari darğazab edi.
— Agar meni ham bolam desangiz, heç qayerga bormaysiz! — deya dağdağa qildi u kirgan zahoti onasiga.
— Yo pirim-yey, nega bunça ödağaylaysan, tinçlikmi, bolam?
— Eşitdim, qayoqqa ketayotganingizni, Sobirning köngliga qaraşni bas qiling endi!
— Menga aql örgatma, demabmidim senga.
— Nima, odamlarga masxara bölmoqçimisiz?! Meni qişloqda boş kötarib yurolmaydigan qilib qöydingiz-ku!
— Senga nima?! Sen öz aravangni özing tortib yuraver. Kasal uka, qari enangminan işing bölmasin. Boşimda turib olib göngqarğaday ğönğillamasang böldi!
— Obbo… Juda bölmasa öz tengimizni topaylik, ena!
— Bolamning tengi öşa qiz!
Köça eşik oldiga maşina kelib töxtaşi hamon Buvgul xola dasturxonini kötarib yölga otlandi.
Mamatqul ildam yurib onasidan oldin eşik oldiga çiqdi.
— Hov bola, bu yoqqa kir, senda gapim bor, — dedi u Sobirga.
Engaşgança pildirab yetib kelgan Buvgul xola tönğiçining bilagidan tortib öziga egiltirdi va quloğiga şivirladi:
— Agar Sobirga “ğing” desang oq qilaman, bilib qöy!
Mamatqulning yuzi böğriqib ketdi.
— Nima deysiz, aka? — deya yaqin keldi Sobir şu vaqt.
— E, bor-ye!
Mamatqul orqa-oldiga qaramay jönab qoldi.
* * *
— Yana qaysi yuz bilan keldingiz, opa? Ötgan safar kelişgandik-ku! Beçora bir beva ayol ekan, deb iltimosingizga köndim, lekin siz buni bilmadingiz. Ayol kişi bölsayam odam-ku, deb siylagandim, ammo siylaganni bilmadingiz. Bilganingizda közingizni löq qilib yana uyimga bostirib kelmasdingiz. Öğlingiz bor, desa yugurib kelaverasizmi? Aqlingiz bormi özi?! He, öşa xotinçaliş öğlingizniyam, sevgisiniyam… — qizining xarxaşasidan xunobi oşib ötirgan Majid aka ostona hatlaşi bilan Buvgul xolaning boşiga şunday malomat toşlarini yoğdirdiki, şörlik ayolning qölidan dasturxoni tuşib ketdi, ammo quda böliş heç qaçon nasib qilmaydigan qudasiga qarşi bir oğiz ham gap qaytarmadi, köylagining uzun yengini oğziga bosib, yerga qaragança miq etmay turdi.
Bu holdan Majid akaning battar jazavasi qözidi.
— Köçada qolgan buzuqi ham ulingizga özini ravo körmaydi, endi sizga oçiğini aytib qöya qolay. Ota-ona papalab katta qilgan qizini qorni töq, usti but yuradi, deb erga bermaydi-ku, nahotki şu oddiy narsani ham tuşunmasangiz?!
Majid aka naq yigirma daqiqa çamasi javradi, oğzidan bodi kirib, şodi çiqdi, aytmagan gapi qolmadi hisob, Buvgul xola bularning barini quloq qoqmay eşitdi, Majid aka holdan toyib, jimib qolganidan keyingina sekin ortiga burilarkan:
— Nima desangiz ham haqingiz bor. Bundan battar gaplarni eşitişimni bilardim. Ammo bolamning sazasini öldirgim kelmadi… — dedi va ohista eşikni yopdi.
Zaharolud sözlar, bepisand, kinoyali nigohlar suyak-suyagidan ötib ketgan, qon bosimi kötarilib, köz oldi qoronğilaşib, zörğa maşinadan tuşgan Buvgul xola peşvoz çiqqan öğlini körib özini dadillikka oldi.
— Işqilib… haydab solişmadimi?.. — aybsinib onasiga yuzlandi Sobir.
— Nega haydab solişadi?! Ular tuşungan odamlar… Faqat narigi tomon bilan qarindoşliklari bor ekan-da. Qizning özini körmadim, lekin toza esi köp qiz ekan, qarindoşga erga tegmayman, deb oyoq tirab turganmiş… Şuning uçun şörlik Majid qayoqqa borarini bilmay, boşi garang. Qiz östirgan otaga ham toza qiyin ekan-da.
— Demak, butunlay uzib yuborişmabdi-da, a? — söradi umidvor ohangda Sobir.
— Ha… — bor kuçini töplab javob berdi Buvgul xola va sekin yonboşga quladi.
* * *
Aprelning örtalarida atirgullar yakkam-dukkam oçilayotgan bir paytda Marvaridning töyi böldi. U öşa qarindoş yigitga turmuşga çiqdi.
Şundan keyin Sobirning xayolida keskin özgariş yuz berdi. U içkilikka, tamakiga ruju qöydi. Allaqayoqlarga ketib qoladigan odat çiqardi. Buvgul xolaning köp vaqti öğlini izlab ötardi. Yoğingarçilik mavsumi emasmi, neça martalab Sobirni loyga belanib yotgan holda topib, yiğlab-siqtab uyga olib kelardi.
— Munça köp içadigan böp qolding? Aroqdan foyda qilmaysan, deb aytgandim-ku senga! — öğli özini özi xarob qilayotganiga çidab tura olmay javrardi ona.
Sobir esa bunga javoban:
— Nima bölsa bölar, parvo qilmang, ena, — derdi.
Ukasining köça-köyda mast-alast yurganidan or qilgan Mamatqul onasiga kelib zahrini soçdi:
— Niyatingizga yetdingizmi, ena? Endi rohatini körib yotavering!
Buvgul xola eʼtiroz bildirib tönğiçini jerkib taşlamadi bu safar, ammo keçga borib körpa-töşak qilib yotib qoldi.
Hanifaxon kelinlik burçini ado etiş maqsadida xipça beliga bir tutamgina şohi fartukni boğlab namoyişkorona hovliga kirib kelganida şirakayf Sobir yöliga köndalang böldi:
— Enamga özim qarayman!
Hanifa kelin qizarib-bözargança çiqib ketdi.
Sobir içkilikni bas qildi. Onasini parvarişlay boşladi. Ammo Buvgul xola hadeganda öziga kelavermadi. Qörqinçli öylarni öziga yaqinlaştirmaslikka urinsa-da, baribir Sobirning asablari doş bermadi.
— Siz bölmasangiz men qanday yaşayman, enajon? — deya yiğlab yubordi u kunlarning birida. — Mening baxtimga tezroq soğayib keting, enajon. Menday notavon sizdan boşqa kimga ham kerak bölardi? Soğayib ketsangiz bas, içkilikni umuman oğzimga olmayman! Söz beraman.
Buvgul xolaning yumuq közlardan yoş sizdi…
Faqat ön kunlardan keyingina ona örnidan turdi. Bundan hammadan köp Sobir quvondi. U yana ğinğillab qöşiq xirgoyi qila boşladi…
* * *
Yoz odatdagiday yaxşi ötdi.
Sentyabr oxirlarida Sobir ğalati yangilik topib keldi.
— Marvarid eri bilan yaşolmabdi, ajraşib, uyiga qaytib kelibdi, ena.
— Yöğ-ye, çakki böpti-da.
— Yaxşi böpti deng, — kuldi Sobir.
— Ha, şumtaka.
— Behazil gapiryapman, ena.
— Tuşunmadim…
— Yana sovçilikka bormaysizmi, ena?..
— Qanday bölarkin…
— Bir gap aytsam xafa bölmaysizmi?
— Ayt.
— Köklamda kasal bölganingizda qattiq qörqqandim… Sizga bir gap bölsa… yolğiz qolişdan qörqdim…
Buvgul xola titrab ketdi. Nigohlarini yerga tikdi.
— Ehtimol otasi endi rozi bölar, — dedi Sobir jurʼatsiz ohangda.
— Balki…
— Ammo-lekin Marvaridni boşqa erga berganlari bilan u baribir yana qaytib keladi!
— Senday boladan köngil uzolmasa kerak-da, aylanay özim sendan, — mehri tovlanib öğlining boşini köksiga bosdi Buvgul xola.
— Nima qilamiz endi, ena?
— Sen nima desang, şu!
Sobir xursand bölib ketdi. Onasini dast kötarib gir aylantira boşladi.
— Özimning enajonim… Yagona mehribonim…
— Meni tuşir yerga, senga oğir narsa kötariş mumkin emas! — yalindi ona.
Ammo Sobir onasining iltijosiga quloq solmadi. Holdan toygunça Buvgul xolani gir-gir aylantirib, söng avaylab yerga qöyarkan hansiragança piçirladi:
— Çumçuqday bölib qolibsiz-ku, enajon… Çumçuqday… Tağin oğirman, deysiz-a?..
Buvgul xola gandiraklagança devorga suyanib qoldi. Uning boşi aylanar, köngli ozar, ammo nihoyatda baxtiyor edi…
Uç kun ötib Buvgul xola yana Sayxon qişloğiga yöl oldi. Majid aka bu safar adi-badi aytişib ötirmadi, ostonadan haydab soldi, bu kamlik qilganday, tentak onangni yiğib ol, aks holda özim uçun javob bera olmayman, degan mazmundagi gaplarini oqizmay-tomizmay yetkaziş uçun Mamatqulga odam yubordi.
Ançadan buyon şunga yaqin dilxiralikni kutib yurgan Mamatqulga Xudo berdi-qoldi.
— Odamlarga kulgi bölganingiz yetmaganday, mana telba degan nomni ham oldingiz! Endi könglingiz örniga tuşdimi yo haliyam kami bormi xurmaça qiliqlaringizni?! — deya ayyuhannos soldi u onasining oldiga kelib.
“Telba” degan sözni eşitib Buvgul xolaning xiyol yuzi özgardi, ammo indamay piyoz ötoğini davom ettiraverdi.
— Odamni toza xit qilib yubordingiz-ku, ena! Bölmaydigan iş uçun nima qilasiz elga masxara bölib!
— Elning kulgisini eşitganim yöq, — dedi Buvgul xola işdan boş kötarmay.
— Sizning quloğingiz Sobirning ovozidan boşqa ovozni eşitmaydi.
Buvgul xola indamadi.
Mamatqul bir neça soniya öylanib turdi-da, söng murosali ohangda dedi:
— Raz Sobirni uylantiriş şart bölsa, öz tengimizni topaylik, deb avval ham aytgandim. Sizlar bölsa osmondagi oyni orzu qilyapsizlar nuqul! Men öşa qizni kördim… Xullas, hurliqo desam ham kamlik qiladi. Şunday qiz ersiz qolgan taqdirdayam Sobirga…
Kutilmaganda Buvgul xola örnidan turdi. Etagidagi ötlar piyoz puştasiga soçildi.
— Nega hadeb Sobirni yerga uraverasan?! — baqirdi Buvgul xola. — Közi körmi, oğzi qiyşiqmi?! Xudo ravo körgan “aybi”ni sen peş qilmasang ham hamma biladi. Öşa qiz ham! Lekin sen aytgan hurliqolarning sonmingtasiga bolamning harom tukiniyam ravo körmayman! Bildingmi? Endi bor, ket!
— Darrov jahlingiz çiqmasin, ena. Menam bolangizman, sizlarga yomonlikni ravo körmayman. Faqat elga masxara bölmaylik, deyman. Lekin siz boşlagan gapimni oxiriga yetkazişga ham qöymaysiz, jovullab tarmaşib ketasiz darrov!
— Gapir, nima demoqçisan özi? — dedi Buvgul xola yuragi siqilib.
— Tugalboy akaning bir qizi borakan. Yoşi Sobir qatori çiqar-ov. Gavdasi sal besönaqay demasangiz hamma işni eplarkan…
— Şörim qursin… — Buvgul xola köylagi yengini közlariga bosdi.
— Ena!.. Holini bilgan halak bölmaydi, deyişadi. Hamma iş qölidan kelsa, Sobirning oş-ovqatini berib, kir-çirini yuvib yursa böldi-da!
Buvgul xola birdan yiğini bas qildi.
— Gulday ukangga telba qizni ravo kördingmi?!
— Boşqasi könmaydi!
— Könmasa könmasin! — jazavaga tuşib baqirdi Buvgul xola. — Ammo Sobir telba qizga uylanmaydi! Tur, yöqol! Közimga körinma!
Mamatqul ham özini bosa olmadi.
— Haydamasangiz ham ketaman! Ammo bilib qöying, endi bu uyga qadamimni bosmayman!
Mamatqul urişqoq dakang xörozday böynini çözgança köça tomonga yörtdi.
Beş daqiqalardan keyin uydan çiqqan Sobir onasining yoniga keldi va hazin ohangda dedi:
— Endi heç qayerga bormang, ena!..
Buvgul xolaning köz yoşlari piyoz puştasiga tökildi…
Bu gaplar sentyabrning oxirlarida bölib ötdi. Oktyabrning örtalarida esa Marvaridni yana uzatişdi. Uzoq toğli qişloqqa kelin bölib tuşdi u…
Şundan keyin Buvgul xolaning körgan kuni qursin… Sobir yana içkilikka mukkasidan ketdi. Buning ustiga izğirinli, yomğirli kunlar boşlangandi. Bularning bari Sobirning soğliğiga yomon taʼsir qilardi. Omon qolgan yarimjon buyrak ham, jigar ham, umuman hamma aʼzolar tobora işdan çiqardi. Sobir isitmalab yotib qolardi. Ammo soğaygan zahoti yana içiş-çekişni boşlardi. Faqat sarxuş vaqtlarida uning kayfiyati kötarilib, quvnoq bölib qolardi; avvaliga yaxşi gaplardan gapirib, hangomani qizdirardi, söng latifa aytib onasini rosa kuldirardi, oxirida esa yo ötirgan yerida uxlab qolardi, yo höng-höng yiğlardi.
Qiş keçalari inqillab çiqmagan tun kamdan kam bölardi.
— Soğligingga töğri kelmasligini bila turib nega hadeb aroq içasan? — iltijo qilardi Buvgul xola. — Şu zahar-zaqqumni içmasang bölmaydimi?!
— Uylaniş nasib etmadi, heç bölmasa içkilik bilan köngilni xuşlab turaylik, ena! — derdi Sobir beşiktebratardek tebranib.
— Uylaniş nasib qilmadi, deysan nuqul. Uylanişda bir hikmat bor, deb öylaysan çoği. Er-xotinçilikning turgan-bitgani ğurbat. Hay-hay, hozirgi davring! Mana akang uylanib, nima karomat kördi? Nima karomat kördi, a? Uylangandan beri boşi ğurbatdan çiqmaydi beçoraning. Yarim kun işga bormasa, xotini boşida yonğoq çaqadi. Akang şörlikni bizning oldimizga ham yubormay qöydi xotini. Bu juvonmarg jodugarlar nikohingga ötib olgunça mömin-qobil bölib turadi, keyin hunarini körsatadi. E-ha, sen xotinlarni bilmaysan! — Buvgul xola qanday bölmasin öğlini uylaniş fikridan “sovutiş” niyatida jon-jahdi bilan ayollarni, qizlarni yomonlay ketdi.
Rangpar yuzida azobli tabassum qotgan Sobir onasining sözlarini jim turib eşitdi, söng:
— Eh, enajonim-a, — deb qöydi-yu, kostyumini yelkasiga taşlaganiça köçaga çiqib ketdi.
Şu ketgança u ikki kun qorasini körsatmadi.
Buvgul xola adoyi-tamom böldi. Mamatqul ikkalasi bormagan, qidirmagan yer qolmadi hisob, ammo Sobirning daragi çiqmadi.
— Bu oqşom ham kutaylik, kelmasa ertan ertalab milisaga xabar beraman, — dedi Mamatqul iddao bilan qoronği tuşganda uyga kirib kelişarkan.
Buvgul xola javob bermadi. Oyoqlari şişgan, zörğa harsillab nafas olayotgan onaning gapirişga holi qolmagandi. Mamatqul yana nimalardir dedi, ammo Buvgul xola uni eşitmadi, özining “kampir uyi”ga kirdi-yu, töşagiga bazör yetib borib huşdan ketdi…
Allamahalda ğönğir-ğönğir ovozlar quloğiga çalingan Buvgul xola közini oçdi.
Yonginasida Sobir yuziga xavotir bilan tikilib ötirardi.
— Yaxşi bölib qoldingizmi, ena? — söradi Sobir xiyol engaşib. Ovozi böğilib, hirqirab çiqdi.
Buvgul xolaning qoraçiqlari kengaydi.
— Özing soğmisan… Bolam…
— Soppa-soğman, xavotir olmang.
Mamatqul örtaga gap qöşdi.
— Ikki soatdan beri buni tergov qilyapman, lekin miq etmadi, tilini içiga yutib yuborganmi, nima balo?
Buvgul xola tönğiçiga maʼnoli qaradi. Lekin Mamatqul buni tuşunmadi.
— Buningiz bizni tiriklay görga tiqişga qasd qilganmi? Odam şunçalik beöy böladimi?! Böldi, yetar, şunça vaqt ixtiyoriga qöyganingiz. Endi bu bolaning jilovini menga berasiz, ena. Qayerga borganini aytsa aytdi, aytmasa uçastkovoyga oborib topşiraman. Uçastkovoyning yertölasida ikki kun ötirsin, keyin şunday sayraydiki, bulbul ham doğda qoladi!
Buvgul xola jahl bilan örnidan turib, tönğiçiga şunday vajohat bilan öqrayib qaradiki, Mamatqul beixtiyor örnidan turib eşik tomon yönaldi.
— Özi omon ekan, şunisiga şukr qilmaysanmi, noşukr! — deya uning ortidan yozğirdi Buvgul xola.
Sobir onasini tinçlantirdi.
Keyin ona-bola ança vaqt u yoq-bu yoqdan gurunglaşib ötirişdi.
— Qayoqqa ketib qolding, deb nega söramaysiz, ena? — dedi Sobir bir mahal.
— Özing aytib qolarsan, deb kutib ötiribman…
Buvgul xola kemtik tişlarini körsatib iljaydi.
Sobir onasining aynan mana şu holatini xotirasiga muhrlab olmoqçi bölgandek bir zum kiprik qoqmasdan tikilib turdi.
— Marvaridni körib keldim, — dedi u keyin şikasta ovozda.
— Voy ölmasam, şunday sovuqda toqqa borib keldingmi?!
— Toğ bölsayam unça-munçamas… Oyqor degan joy ekan. Marvarid yaşaydigan uy toğning kindigida. Pastda bulutlar suzib yuribdi…
— Özi omon ekanmi?.. — ehtiyotlik bilan söradi Buvgul xola.
— Omon, omon… — peşonasini siladi Sobir. — Şunday baland toğda qanday yaşar ekan, deb kelgunça öylab keldim…
— Öziminan körişdingmi?!
— Ha, körişdim, gaplaşdim.
— Yo alhazar!
— Bir kunmas bir kun qaytib boraman, dedi. Lekin hozir iloji yöq, dedi. Betavfiq eri köçaga ham çiqarmas ekan. Darvozani qulflab kalitini özi bilan olib yurarkan. Biz u bilan darvoza ortida turib gaplaşdik… — Sobir bir zum tin olib, söng qöşib qöydi: — Menimça, u yangi yilga yaqin kelib qoladi…
— Özi şunday dedimi?
— Özi.
— Yo Xudoyim-yey…
— Nima, kelişiga işonmayapsizmi? Endi içmayman, hatto sigaret ham çekmayman. Yangi yil kelişiga yaqin qoldi. Zör qilib kutib olamiz, ena, xöpmi?
— Xöp.
Ona-bola yana biroz gaplaşib ötirişdi, söng uyquga yotişdi. Sobir boşini yostiqqa qöydi-yu, xurrak ota boşladi. Buvgul xolani esa xayol oçib qoçdi. Bir mahal Sobirning alahlagani quloğiga çalindi-yu, Buvgul xola irğib örnidan turdi.
Sobir isitmadan alangayi otaş bölib yonardi.
Buvgul xola neça yillardan buyon nomlari yod bölib qolgan dorilarni öğliga içirdi, qöşni kelinni çaqirib isitmani tuşiradigan ukol qildirdi, ammo heç biri naf bermadi.
Tongga yaqin Sobirni kasalxonaga olib jönaşdi.
* * *
Yangi yil arafasida Sobir kasalxonadan çiqdi, faqat içmaslik, çekmaslik va ikki oydan keyin kelib davolanişni yana davom ettiriş şarti bilan…
Uyga kelgan kundan Sobir yangi yilni kutib oliş harakatiga tuşdi.
— Bu yilgi yangi yilni butunlay boşqaça kutib olamiz, ena, — derdi u hayajon bilan har ikki gapning birida.
Sobirning yangi yil oqşomi sevgilisi öz oyoği bilan kirib keladigandek orziqib yaşayotganini fahmlagan ona uning baʼzi harakatlari eriş tuyulsa-da, odatdagidek miq etmasdi. Öğli nima desa şuni maʼqullardi.
Nihoyat orziqib kutilgan yangi yil keldi. Biroq…
Tungi soat uçlarda ham Sobirning tökin dasturxon, yasatilgan arça yonida bedor ötirganini körgan Buvgul xolaning yuragi sel böldi… Suyaklari zirqiradi…
Ertalab esa Sobir uç-tört örtoğini çaqirib, rosa maişat qildi.
Yangi yilning birinçi kunidan boşlangan içkilik oxiri Sobirni yana töşakka yiqitdi. Fevralning örtalarida u yana kasalxonaga tuşdi. Bu gal ahvoli ança oğir edi. Bir burda bölib qolgan vujudi keçayu kunduz isitmadan qovrilardi. Qaqşatqiç oğriq, behollik, iştahasizlik…
“Bu kunlarni körgunça ölib ketsam bölardi, — öylardi Buvgul xola siqilib. Lekin zum ötmasdan tavba qilib, aytgan gaplarini qaytib olardi. — Sen ölib ketsang bolangga kim qaraydi, ahmoq! Bolang xor bölmasin, desang, özingga umr söra Xudodan!”
— Ena, — derdi Sobir isitmasi tuşib, sal öziga kelgan kuni. — Şu safar ham soğayib ketarmikinman?..
— Soğayib ketasan, albatta, soğayib ketasan! Hozir seni sovuq havo ham abgor qilyapti-da. Bir amallab yozga çiqib olsak, körmaganday bölib ketasan!
— Gap içkilikda bölsa, endi bir gramm ham içmayman, ena.
— Töğri qilasan, bolam.
Ikki oydan keyin Sobirga uyga qaytişga ruxsat tegdi. Uning ahvoli ança durust edi.
Biroq taniş döxtirning gaplari Buvgul xolani öylantirib qöydi.
— Bu öğlingizga qilingan sönggi muolaja, — dedi döxtir ketişi oldidan Buvgul xolani kabinetiga çaqirib. — Uç-tört oydan keyin uni yana şu ahvolda olib kelsangiz, oçiği, heç qanday yordam bera olmaymiz!
Buvgul xola döxtirning xonasidan yiğlab çiqdi. Ammo öğlining yoniga kelganida mijjalari qup-quruq edi…
Şu yili yozni Sobir har doimgiday bölmasa ham, har qalay yaxşi ötkazdi. U endi içmasdi, çekmasdi, bir yerlarga daydib ketmasdi, özini nihoyatda ehtiyot qiladigan bölib qolgandi. Lekin baribir soğliği unçalik yaxşi emasdi.
Atay qilgandek şu yili kuz erta tuşdi. Yoğingarçilik möl böldi. Salqin havo Sobirning soğliğiga töğri kelmasdi. U uyga qamalib qoldi…
Buvgul xola tönğiçini siquvga olib yaxşi hamki kömirni möl qilib ğamlab qöygan ekan. Oktyabr yarimlamay turib Sobirning xonasida peçka yoqildi. Soğlom odamning badaniga xuş yoquvçi, kuçiga kuç beruvçi salqin, nam havo ne ajabki Sobirga töğri kelmasdi. Xuddi yozdagiday issiq uyda u birmunça tetik yaşardi. Şuning uçun Buvgul xola Mamatqulga: “Kömir ğamlayver, kömir”, deya köp tayinlardi. Mamatqul gap qaytarmasdi bunday kezlarda, ammo malol kelganday pişqirib qöyardi. Buvgul xola kenjasining dastidan tönğiçining köziga balo-qazoday körinib qolganini sezardi, ahyon-ahyonda: “Mamatqulning mendan köngli qolgan, enam odam ajratadi, deb öylaydi u, Xudo körsatmasin, uning qölida qolsam, xarob bölaman”, deya öylab qolardi. Biroq bu öy-xayollari uzoqqa çözilmasdi, özining kelajagi haqida boş qotirişni istamasdi.
Yangi yil yaqinlaşgani sayin Sobir yana bezovta böla boşladi. Öqiyotgan kitoblarini yiğiştirib qöyib derazadan taşqariga tikiladi nuqul…
Taşqarida esa… gupillatib qor yoğar, tom böğotlarida bilakday-bilakday sumalaklar osilib turar, kun sovuqligidan hatto quşlar ham parvoz qilmay qöygandi.
Öğli bu yilgi yangi yildan ham möjiza kutayotganini his qilgan ona öziça bayramga tayyorgarlik köra boşladi.
Çerdakdan ötgan yilgi sunʼiy arçani olib tuşib, öyinçoqlarini bir-bir ilayotganida Sobir yoniga kelib qölidan tutib, onani öziga qaratdi.
— Hamma iş özingizga qolib ketdi, ena… Meni deb toza ovora bölyapsiz-da…
— öam yema, menga jin urmaydi. Eson-omon yozga çiqib olaylik, keyin hamma işni senga topşiraman. Ammo hozir manovi öyinçoqni qayerga ilişni bilmayapman.
— Bering menga, siz dam oling birpas.
Buvgul xola öyinçoqlar solingan xaltani öğliga berib, ortga tislana-tislana karavotga kelib ötirdi. Çarçaganini his qildi. Böğinlari böşaşib, töşak köziga yaxşi körindi. Ammo… arça atrofida aylanib, hafsala bilan öyinçoqlarni ilayotgan öğlining közlarida yaşaşga, sevişga bölgan iştiyoqni tuyib beixtiyor öpkasi töldi…
Yangi yil oqşomi.
Möjiza röy bermadi.
Ammo Buvgul xola bir kun avval atay borib taklif qilgan mehmonlar kelişdi. Örtoqlarini körib Sobir xursand bölib ketdi. Allamahalgaça çaqçaqlaşib ötirişdi. Bu har qalay deraza oldida taşqariga köz tikib ötirişdan yaxşi-ku!
Nihoyat mehmonlar ketişdi.
Ona-bola munğaygança yana yolğiz qolişdi.
Uy isib ketdi, degan bahona bilan Sobir yana deraza oldiga qöndi.
Köçada hamon bayram tantanalari davom etar, ola-tasir şovqin, qiyqiriqlar quloqqa çalinardi. Ona-bolani bağriga olgan xonaga esa şu qadar çuqur sukunat çökkan ediki, bundan uy devorlari ham siqilib ketayotgandek munğayib turardi. Bir mahal Sobirning yelkalari silkina boşladi.
Buvgul xola köngli vayron bölib öğliga tikildi.
Şu payt Sobir ortiga ögirildi: uning qonsiz yuzidan yirik-yirik tomçilar dumalardi.
Buvgul xola tuşundi: Sobir hammasini biladi, özining uzoq yaşay olmasligini ham, Marvaridning kelmasligini ham biladi, biladi-yu, onasidan yaşiradi, xuddi onasi undan yaşirganday, ammo şu topda u özini idora qilolmadi, dunyoning butkul dard-alami közlariga jam böldi.
Buvgul xola öğlining boşini köksiga bosdi. Qaynoq köz yoşlar endi uning köksini kuydirib, yuragiga tomçilar va undan qon bölib tomirlarga sizib oqardi…
Sobir çuqur xörsindi va keskin burilib yana derazaga tikildi.
Taşqarida esa hamon şovqin-suronli, tantanali hayot davom etar, nafas olar, tomirlari gupillab urib turardi.
Odamlar gurros-gurros bölib köchani töldirib ötişar, bir-biriga gap otişar, qah-qah urişardi.
Ular sovuqdan qörqişmasdi. Agar istaşsa, hov ufqda qorayib turgan anovi beşafqat toğ örkaçidan ham narigi tomonga ötib ketişga qodir ular, ammo bunday hayot Sobirga begona…
— Bu yil qor yili ekan-ov. Bizdaki şunça qalin yoğdi, toğ… tomonlarni aytmasa ham böladi, — dedi Buvgul xola bir mahal, göyo indamay ötiraversa öğli nigohlari bilan oynani teşib, taşqariga otilib çiqib ketadigandek xavotirga tuşib.
Sobir javob bermadi.
— Toğ yöli bekilib qolgandir… — dedi Buvgul xola yana.
— Ena, endi dam oling, — dedi Sobir va asta burildi. Uning dahani titrardi.
Buvgul xola eʼtiroz bildirmadi.
* * *
Ertalab soat sakkizlar atrofida ayvondan kelayotgan şovqin-suron quloğiga çalingan Buvgul xola irğib örnidan turdi.
“Toza uxlabman-ku, menga ne böldi?” — deya ğudranganiça qasabasini boşiga qöndirib, çoponini yöl-yölakay yelkasiga ilgança, taşqariga yönaldi.
Eşik oldiga çiqdi-yu, Sobirni sudrab kelayotgan Mamatqulga közi tuşib, huşdan ketib qolayozdi.
— Sobirni qöyib yubor, juvonmarg! — degança yugurib borib Mamatqulning qöllariga yopişdi Buvgul xola. — Qölingni tort! Bilagini qattiq qisib yubording, juvonmarg…
— Yöldan qoçing, ena! — Mamatqul jahl bilan onasini siltab yubordi.
Buvgul xola gandiraklab ketdi, özini önglagunça Mamatqul ukasini qaysar hökizni sudraganday dahlizga sudrab kirdi.
— Ena! Nega enamni…
Eşik zarb bilan yopildi.
Buvgul xola özini önglab içkariga kirganida Mamatqul allaqaçon Sobirni karavot panjarasiga qöşib boğlab qöygandi.
— Unga yaqinlaşmang, ena! — Mamatqul onasining yöliga köndalang böldi. — Avval gapni eşiting! Unga qaramang, jin urmaydi uningizga. Jun römolingiz bilan boğladim qölini…
— Özingni ajina çalmadimi, bolam?..
— Buningiz saharlab qayerda yuribdi, bilasizmi? Bilmasangiz bilib qöying, buningiz azonda Mahkamboy levakning uyiga borib, uxlab yotgan yerida yoqasiga yopişib, rosa tepkilabdi! Sening dastingdan şu köyga tuşdim, deb tomoği yirtilgunça toza baqiribdi. Haliyam Mahkamboy levak insof qipti. Buningiz qança tepkilasayam indamay ötiraveribdi. Öğli borib meni çaqirib kelganidayam bu tentagingiz Mahkamboy levakni koptokday tepkilab yotgandi. Zörğa ajratib oldim öziyam. Uyga kelgunça mengayam toza hunarini körsatdi, tinmay sökindi-ya, tovba. Toza oğzi şaloq böp ketibdi buningizni. Ötinaman, ena, şu safar ulingizni oqlamang. Mahkamboy akaning oldiga borib notöğri iş qildi. Töğri, öşa odam maşinasiminan urib ketmaganida Sobir bu ahvolga tuşmasdi. Lekin u odam qilmişiga yaraşa jazosini oldi, qamoqda ötirib çiqdi!
— Jazosini olgani yöq! — közlari qonga tölgan vahşiydek qiçqirdi Sobir. Uning lablari kökarib, ikki çakkasidagi tomiri öqlovday turtib çiqqandi.
— Qamoqda ötirib çiqdi-ku!
— Unga ön yil berişgandi. Lekin u ikki yilda qaytib keldi. Şu bilan oqlangan hisoblanadimi?! Odamning qadri şumi? Töğri, tirik qoldim, lekin bundan köra ölganim yaxşi edi… — Sobir qöllarini böşatmoqçi bölib jazava bilan yulqindi, ammo urinişlari zoye ketgaç, birdan yiğlab yubordi.
Bukri haykaldek tek qotgan Buvgul xola pildirab borib öğlining oldiga çöqqaydi.
— Sadqayi köz yoşing ketsin… Voy-böy, ust-boşing jiqqa höl bölib ketibdi-ku! Tez ustingni almaştiriş kerak, — Buvgul xola şoşa-pişa Sobirning qölini yeçişga tutindi.
— Qoçing, men… — Mamatqul yaqin keldi.
— Yöqol!!! — Buvgul xola butun ğazabiyu nafratini şu sözga jamladi.
Mamatqul serrayib turdi-turdi, söng boşini qaşlagança çiqib ketdi.
Keçga borib Sobirning isitmasi kötarildi. Qöşni kelin isitmani tuşiradigan ukol qilgandi, Sobir beş daqiqa ötar-ötmas qaltiroq tutib, huşdan ketib qoldi.
Yana kasalxona.
Havo sovuq. Xona undan battar sovuq.
Tizza böyi qor ustiga yana pağa-pağa laylak qor yoğardi.
Buvgul xola tabiatni yomon körib qoldi. “Bolamning baxtiga kunlar iliq-issiq bölib tursa ne qilardi? — öylardi ona yuragi siqilib. — Bolamning joniga qasd qilganmi nima balo?!”
Sobirning isitmasi tuşgan, ammo ahvoli ança oğir edi.
Şunday bölsa-da, bir haftadan keyin unga uyga qaytişiga ruxsat tegdi.
— Bolam, yana beş-olti kun yotsa bölardi, — dedi Buvgul xola döxtirning huzuriga borib. — Isitmasi tuşdi, lekin…
— Ötgan safar aytganlarim esingizdami? — xolaning gapini kesdi taniş döxtir. — Neça yillardan buyon imkon qadar öğlingizni davolab keldim, davolayapmiz yana. Bu safar yuragi mini infarkt bölgan ekan, kerakli muolajani oldi. Bu yerda yotavergandan foyda yöq. Sovuqni körmayapsizmi? Quvurlar yorilib ketganidan beri kasalxonaning muzlatgiçdan farqi qolmadi…
— Tok peçka opkelaman…
— Tuşunmayapsiz, opa!
— Bu yerda harna bexavotir bölarmidi, deyman…
— Ortiqça palata yöq.
Xonaga basavlat döxtir kirdi.
— Bora qoling, — muloyimgina javob berdi taniş döxtir.
Buvgul xola yölakka çiqib, eşikni yopdi. Öyga tolib, eşikka suyandi. Şu vaqt içkaridan taniş döxtirning ovozi eşitildi:
— Öğlining uç oylik umri qolgan. Endi unga ukol-dori hayf! Lekin buni menarov ayolga tuşuntirolmay halakman. Odamlarimiz qançalar omi!
Buvgul xolaning qöl-oyoqlari muzlab qoldi…
Közini oçganida özini öğli yotgan palatada kördi. Ustiga adyol yopilgan, bilagiga osma ukolning ninasi sançilgan…
Yostiqdan boşini kötarib, onasining yuzidan köz uzmay turgan Sobirning quruqşagan lablaridan uçgan sözlar uzoq-uzoqlardan eşitilganday tuyuldi:
— Yaxşi bölib qoldingizmi, ena?..
Buvgul xola xiyol boşini kötarib öğliga qaradi.
— Men yaxşiman, bolam, özing-çi?..
— Ertaga uyga ketarkanmiz! — dedi Sobir, ovozi şu qadar beğubor ediki, xasta odamning ovoziga öxşamasdi sira.
Buvgul xola böş qöli bilan yoqasini uşladi…
Devorlarning suvoği köçgan, öydim-çuqur, deraza oynalari xira, ança qarovsiz, ammo qadrdon uy…
“Bolamning kun-soati bitib borayotganini sezmaymanmi? — uyga kelganidan keyin ham taniş döxtirning gaplarini öylab xunobi oşdi Buvgul xolaning. — Kasalxonada bölsa… unça qiynalmaydimi, devdim… Kim bilsin, bolam yaşaşni bunçalik istamaganida balki köproq yaşarmidi! “…dori-darmon hayf”, emiş. Qisib qolgan dorilarini boşqalarga pullaydi-da endi. Palatani ham balki kimgadir töğrilab qöygandir?.. Sobir haq: odamning qadri şumi?!.”
Buvgul xola ertayu keç öğlining yonidan jilmas, uxlagan vaqtlarida yuziga termulib ötirar, uyğonganda bir yil körişmagan odamdek soatlab gaplaşardi. Xayoliga nima kelsa, şuni gapirardi, muhimi, Sobir mahzun öylar girdobiga tuşib qolmasa bas. Öğlining rangpar çehrasidan loaqal yilt etgan tabassum sirğalib ötişi uçun şörlik ona nimalarni töqib-biçmasdi?
Vaqti-vaqti bilan Buvgul xola öğlining örtoqlarini mehmonga çaqirişni ham unutmasdi.
Fevralning örtalarida Sobir butunlay töşakka mixlanib qoldi. Hatto hojatni ham onasining yordamisiz eplay olmasdi.
— Ena, meni deb köçaga ham çiqolmay qoldingiz. Bola paytim qaraganingiz yetmaganday, haliyam tuvagimni tökib yuribsiz, — derdi Sobir xijolatdan qizarib.
— Köçaga çiqolmay qoldingiz, deysan nuqul, şunday sovuqda nima bor menga? öuvjinglab eşikma-eşik yurgandan köra issiqqina uyda ötirganim yaxşimasmi? Uyingizga kirsam, çiqqim kelmaydi sira, deydi ukolçi kelin. Ularning uyi yaxlab yotibdi. Kömirlari yöq ekan!
— Yozga çiqib olsam, qölingizga hatto supurgi ham uşlatmayman!
— Yozga ham nima qoldi? Fevral ötdi hisob. Martning sal-pal ayozi böp turadi-ku, lekin apreldan qörqmasa ham böladi. Keyin u yoği yoz, Xudo xohlasa!
Şu taxlit samimiy boşlangan suhbat bir soatlardan keyin butunlay boşqaça tus oladi.
— Ena, anov kişi kim? — yotgan yerida közi bilan eşik tomonga işora qiladi Sobir. — Qaçondan beri menga tikilib turibdi…
— U yerda heç kim yöq, bolam, — deydi Buvgul xola yuragi orqaga tortib.
— Yaxşilab qarang, ana, qarab turibdi-ku menga!
— Çarçading, bolam, biroz mizğib olasanmi?
— Avval anovi bu yerdan ketsin!.. Iye, men uni notaniş bir odam desam, otam ekan-ku! Qarang, ena, otam keldi. Uyga kiring, demaysizmi? Dasturxon yozmaysizmi? Nega jim qarab turibsiz, ena? Axir otam keldi!
— Mayli, otangga özim qarayman. Sen mizğib ol, bir pas, keyin…
— Nega aytganimni qilmaysiz, ena? Otangga özing qara, deganingizmi bu?! Qaramasangiz qaramang, özim… — Sobir turişga intildi.
— Jon bolam… — Buvgul xola öğlining yelkasidan tutib örniga yotqizdi, ammo Sobir yana turişga harakat qilib yulqina boşladi. — Jon bolam, joyingga yot… Otangga özim qarayman, dedim-ku… Sen piça mizğib olgin, iltimos…
— Ena, enajon… — muştday kampirga qarşilik qilgulik holi qolmagan Sobir özini yostiqqa taşlab, yiğlay boşladi endi. — Nega vaqtida aytganimni qilmadingiz, ena? Otam arazlab ketib qoldi! Endi töyni otamsiz ötkazamizmi? Otamsiz ötkazamizmi töyni?..
— Xafa bölma, otang yana keladi, — Buvgul xola öğlining qonsiz yuzini silarkan… yum-yum yiğlardi.
— Kelaman, dedimi otam?
— Kelaman, dedi. Özing ham eşitgandirsan?
— Eşitmadim… Lekin otamga işonaman, kelaman, degan bölsa, albatta, keladi.
Sobir asta-sekin tinçlanib, uxlab qoldi.
Boşqa bir kun, yarim keçasi Buvgul xola Sobirning vahimali qiçqiriğidan yuragi yorilguday bölib uyğondi.
— Ena, anovi juldur kiyimli xotinni haydang! Ustimga bostirib kelyapti, haydang, haydang, deyapman! — deya yotgan yerida tölğonib qiçqirardi Sobir.
Buvgul xola jon holatda yugurib borib chiroqni yoqdi, söng muzday suv olib kelib öğlining yuziga sepdi.
Sobir çuqur nafas oldi-yu, birdan tinçib qoldi. Buvgul xola asta egilib, öğlining köksiga quloğini qöydi, hapriqqan yurak bir neça soniya qattiq-qattiq urib turdi-da, söng sekin-asta maromiga tuşdi.
Buvgul xola xotirjam tortdi. Chiroqni öçirişga bordi. Şu vaqt bexosdan öğlining yuziga közi tuşdi. Sobir göyo bir daqiqa ham uxlamagan, alahlamagan odamdek közlarini katta-katta oçib onasiga qarab yotardi.
— Çanqadingmi, bolam?..
— Çanqadim, lekin qaynatilgan guruç suvini içmayman endi.
— Nega?..
— Heç bölmasa, töyimda guruç suvini tiqiştirmang, ena!
— Töy…
— Ha, töyim bölyapti! Siz nega töyga çiqmayapsiz, ena? Hamma hovlining çangini çiqarib öyinga tuşib yotibdi-ku. Yo Marvaridning menga tegişiga işonmayapsizmi, ena! Xavotirlanmang, Marvarid kasalligimni biladi. Bila turib, turmuşga çiqyapti menga. U menga nima dedi, bilasizmi? Uyat bölsa ham aytaman sizga, çunki mening sizdan bölak qadrdonim, sirdoşim yöq! Aytaveraymi, ena?..
— Aytaver, bolam.
— Men sizning yuragingizni sevaman, iştoningiz içida biror narsa bölişi şart emas, dedi u menga.
Buvgul xolaning yuzidan issiq çiqib ketdi. Gap topolmay qoldi.
— Mana, kördingizmi, ena, Marvarid qançalar dono! Boşqa heç bir ayol bunday demagan bölardi. Şuning uçun ham uni telbalarça sevib qoldim-da! Nega indamaysiz, ena? Yo mendan xafamisiz?
Sobir onasining qölidan tutdi.
— Xursandman, bolam…
— Nega unda bizga baxt tilamayapsiz, ena?
— Baxtli bölinglar, iloyim… Qöşa qarib yuringlar… iloyim… — Buvgul xola ökirib yuborişdan bazör özini tiydi.
— Endi bir öynab bering, ena. Mening töyimda öynamaysizmi? Akamning töyida rosa öynagandingiz-ku!
— Öynayman, bolam… Sal nafasimni rostlab olay…
— Turing, tura qoling endi. Hamma sizga qarayapti, öynay qoling, ena, enajon…
Sobirning titroq barmoqlari onasining qöllarini paypaslay boşladi.
— Böpti, öynayman… — Buvgul xola labini qattiq tişlab, örnidan turdi.
— Hey, maşşoqlar! — qiçqirdi Sobir. — Dunyodagi eng yaxşi kuyni çaling. Mening onam raqsga tuşyapti! Mening onam!..
Buvgul xola közlarini çirt yumib, navdadek bilaklarini yuqoriga kötardi…
Tun böyi özining töyini qilib, urinib qolgan Sobir tongga yaqin tinçlanib, uyquga ketdi.
Buvgul xola ham titrab-qaltiragança töşakka quladi…
Ikki soatlardan keyin biroz tiniqib, yengil tortib uyğondi. Yonida Mamatqul ötirardi.
— Bugundan boşlab haydasangiz ham ketmayman, — dedi u yerga qarab. — Sobirga özim qarayman. Hanifa kelib eşikdagi işlarga qaraşib turadi.
— Sobirga özim qarayman, uni deb ovora bölmanglar, — dedi Buvgul xola örnidan turib, qasabasini töğrilarkan.
— Qaraşsam nima böpti? Keçasiminan Sobir baqirib çiqayotganmiş… Odamlardan eşitdim! Bir oğiz aytmaysiz ham…
— Qarğa qağillasa ham odamlar Sobir baqirdi, deyveradi. Senam, xotining ham ovora bölmanglar.
— Sizga heç tuşunmayman, ena. Meni şunçalik yomon körişga arziydigan nima ayb qildim?!
— Ikkita bolang bor, qay birini yomon körasan?!
— Nega odam ajratasiz bölmasa? Senga işonmayman, deb oçiğini aytib qöya qoling, yaxşisi!
Buvgul xola indamadi.
* * *
Ötgan yilning kuzi erta kelgandi. Yangi yilning bahori negadir keçikdi…
Surunkasiga yomğir aralaş qor yoğardi.
Nam, izğirinli havo arimasdi borliqdan.
Hatto, birinçi may kuni qor yoğib berdi.
Sobir kundan kun madordan ketib borardi. Tunlari tez-tez nafasi qisilardi. Böyni tol xiviçday, qovurğalarini sanasa bölardi, isitma qoq-quruq vujudini betinim larzaga solardi…
Ammo tili har doimgiday biyron edi.
— Ena, yaxşi bölib ketsam, birovdan qarz olib bölsayam, sizga dunyoni körsatardim!
— Iloyim, niyatingga yet, bolam.
— Ammo hozir şunday taşqariga çiqqim kelyaptiki!.. Öz oyoğim bilan yurib köçalarni bir aylanib kelsam, deyman… Mana bu yerimda toş bölib turgan narsa yozilib ketarmidi…
— Akangga aytaman, hozir kelib seni hovliga olib çiqadi.
— Akam meni kötarib olib çiqadimi?
Buvgul xola nima deyişni bilmay, kalovlandi.
— Nima, meni bir umrga kötaram bölib qoldi, deb öylayapsizmi? Men hali öz oyoğim bilan yuraman! Faqat yoz kelsin…
Sobir derazaga intiq tikildi.
— Lekin hozir akamni çaqirmang. Qaçonki soğayib ketsam, öz oyoğim bilan yurib hovliga çiqaman! Oz qoldi, yana biroz çidasam… bas!
Buvgul xola öğlining matonatiga tan berdi içida, şunça azob-uqubatlardan keyin ham Sobirning hayotga bölgan iştiyoqi sönmagani, subhidam çoği yangi kunni quvonç bilan qarşi olişini körib hayratga tuşadi.
Ammo keçga borib u yana özini yöqotib qöyardi. Ayniqsa, keyingi kunlarda oldiga odam kirişini yoqtirmay qoldi. Hol sörab kirgan taniş-bilişlarini oldiga solib quvlardi.
— Yöqol hammang bu yerdan! Pişirib qöyibdimi bu yerda senlarga?! Kim çaqirdi özi senlarni? Kino körgani keldilaringmi bu yerga?!
Sobir şaloq sözlar bilan sökinar, qöliga ilingan narsani eşikka qarab uloqtirardi.
— Ena, Sobirni deb ado böldingiz-ku, — dedi Mamatqul kunlarning birida onasiga açinib. — Ahvolingizga bir qarang, söroq belgisiga öxşab qopsiz! Sobirning endi önglanişi qiyin… Uydan çiqayotgan peşob hidi dimoqni yoradi. Sizning dimoğingiz örganib qolgan, şuning uçun özingizga sezilmaydi. Lekin odamlar nimalar deyişmayapti!
— Odamlar mening uyimga kirmay qöyaqolişsin!
— Gap faqat bundamas. Er yetgan yigitni özi yuvib-taraydi, bu kampirning iymoni ham qolmadi, deguvçilar ham bölyapti axir!
— Mening iymonim — bolam! U yoği bilan işing bölmasin.
— Jahlim tezligini bilib ukamga yaqin yölatmayapsiz meni, bilaman buni. Mening esa sizga jonim açiydi. Sobir endi avvalgidek bölmaydi. Yaxşisi, uni nogironlar uyiga topşiray…
Mamatqul gapini tugatolmadi, yuziga tuşgan tarsakidan közlari çaqçayib ketdi.
— Qorangni öçir! Daf böl! — Buvgul xola eşikni lang oçdi.
Mamatqul çiqib ketdi.
Buvgul xola biroz kutib turdi, söng tez borib köça eşikni tambaladi.
“Aqldan ozyapman”, — xayoldan ötkazdi ona ayvon ustuniga suyangança.
Keçga yaqin şirakayf Mamatqul darvoza oldida ança turdi. Buvgul xola eşikni oçmadi.
Mamatqul deraza tagiga kelib obidiyda qila boşladi:
— Men har doim sizga yaxşi bölsin, deyman… Lekin siz buni tuşunmaysiz!.. Bilaman, siz bölmaganingizda ukam allaqaçon ölib ketardi. Ammo özingizni ham öylang-da!..
Bu gaplarni Sobir ham eşitdi. Savol nazari bilan onasiga qaradi. Söng:
— Baʼzida odamlar darddan ham xavfliroq bölişadi, — deya piçirladi u.
Buvgul xola indamadi.
Mamatqul obi-diyda qila-qila oxiri ketdi.
Nimqoronği xonada ona-bola qolişdi. Ikkisining ham ahvoli yaxşi emasdi. Ammo çurq etişmasdi. Ne kunlarni boşdan ötkazib kelayotgan ona-bola ayni damda bir-birlariga tasalli befoydaligini bilişardi…
Iyunning ön beşinçi kuni Sobir olamdan ötdi. Şundan keyin kunlar birdan isib ketdi. Lanğillagan osmondan quyoş ayovsiz kun soçar, zamin olovga taşlangan yonğoq singari paqqos yorilib ketadigandek harsillar, dov-daraxtlar esa kundan-kun kökka böy çözardi…
Odamlar xursand: “Yomğirning möl bölganidan ekin-tikinning avji baland. Bu yil arzonçilik böladi, Xudo xohlasa!”
Bunday xursandçilik birgina Buvgul xolaning köngliga siğmasdi. Ayvon ustuniga suyanib, munğayib ötirgan ona bir sözni takrorlardi:
— Men yomon qoldim, sen yaxşi bor, bolam…
Söng birdan qahrlanib olov purkayotgan osmonga tikilarkan savdoyilarça şivirlardi:
— Odamni ermak uçun yaratib, uni eplay olmay qolganingdan keyin ölimni öylab topdingmi?.. Oloving möl ekan, nega şuni vaqtida bermading?!.
Toş qotib uxlab yotgandim, allakimning turtkisi va hayajonli ovozidan çöçib uyğondim. Közlari besaranjom boqayotgan onam ustimga engaşib turardi.
– Tur, seni sörab kelişdi. Turaqol, – dedi onam şoşilib, nimadandir qattiq bezovtalangan holda.
– Kim… Kim sörab kepti ertalabdan? – erinçoqlik bilan boşimni yostiqdan kötarib qöydim-u, yana taşladim.
– Tur deyapman senga. Tursunoy şörlik dori içib qöyipti!
– Ni-ma?! Dori içib qöyibdimi?! – Örnimdan uçib turdim. – Nega içadi? Keça, kuni keça dup-durust yurgandi-ku? – deya töxtovsiz savol berardim kiyinişimga yordamlaşayotgan onamning yuziga tikilib.
– Kim bilsin. Senga heç narsa demaganmidi, axir? Otasi şuning uçun senga keldi-yov. Biror nimani söraşsa, öylab körib, keyin javob bergin. Tağin…
Onamning sözlarini oxirigaça eşitişga sabrim yetmadi, otilib taşqariga çiqdim. Onam hay-haylagança qoldi. Gaplarini oxirigaça eşitmagan bölsam ham nima deyişlarini bilaman: “Bölar-bölmas gaplarni valdirayverma. Tilingga ehtiyot böl! Tağin boşingni bir baloga giriftor qilib qöyma. Tursunoydan qörqqulik…”
Ha, onam qadrdon dugonam, devor-darmiyon qöşnimiz Abduhamid amakining qizi Tursunoydan qörqadi. Nafaqat mening onam, balki dugonamning ota-onasi Abduhamid amaki bilan Bahri xola va umuman köpçilik undan, töğriroği uning özini tutişidan, xatti-harakatlari sal boşqaçaroq, yaʼni ğalati bölgani uçun çöçişardi. Bundan töqqiz oy avval ham Tursunoy özini öldirişga uringandi. Yaxşiyamki Abduhamid amaki bexosdan hammomga kirganu, sirtmoqqa tikilib turgan qizini körib qolib, bir ölimdan qutqargan edi. Mana, bugun yana u…
Darvozani oçib, köçaga çiqqan ham edimki, Abduhamid amakiga töqnaş keldim.
– Qizim, bu ahmoq qiz yana… – duduqlanib gapirdi rang-quti öçgan, közlari ğiltillayotgan Abduhamid amaki.
– Qayerda özi? Uydami, kasalxonadami?.. – deb söradim şoşib.
– Sekin, sekinroq gapir, – Abduhamid amaki yon-veriga zimdan qarab qöydi. – Boşqalar bilmay qöya qolsin degandim. Bu ahmoq…
– Qayerda özi? – yana söradim toriqib ketib.
– Uyda… yotibdi. Keçasi kasalxonaga oborgandik, içini tozalab-yuvib, qaytarib yuborişdi. Vaqtida bilib qolgan ekanmiz… Saharda öziga kelib, seni söradi… Şundan beri nuqul seni söraydi…
– Qanaqa dori içibdi?
– Qirq dona demidrol…
– Voy ahmoq! – deb yubordim beixtiyor.
– Ahmoq ham gapmi! Qani, oldiga kir-çi, qanday gapi borakan?
Abduhamid amaki xuddi bir nima qidirayotganday yerga qaragança uylari tomon yurdi. U kişi juda parişon edi. Yuragim uvişdi. Taraşaday qotma yuzi horğin, nigohlari ğamgin edi Abduhamid amakining. Ötgan yili Tursunoydan keyin tuğilgan yolğiz öğli Toştemir töppa-tösindan olamdan ötdi, keyin esa köz qoraçiğiday arzanda bölib qolgan Tursunoyi sal bölmasa özini osib qöyayozdi… Şular asabiga qattiq taʼsir qilganidan bölsa kerak, Abduhamid amaki dardçil bölib qoldi.
Yuragim hapriqib, u kişiga ergaşdim.
Abduhamid amaki qiya oçiq turgan eşikdan meni içkariga kiritdi-da, özi taşqarida qoldi.
Dahlizdan ötib, oynavand eşikka yaqin keldim. Yuragim gurs-gurs urardi. Tursunoyga hali közim tuşmagan bölsa-da, uning ahvolini tasavvur qilardim. Qirq dona demidrol tabletkasini içiş… hazil emas. Men sira ham bunday qila olmasdim, deb öylayman, garça hamma narsadan hafsalam pir bölib, yoki azob-uqubat jon-jonimdan ötib ketgan taqdirda ham. Qiziq, u bunga qanday jurʼat qildi ekan?
– Seniyam sahardan bezovta qildikmi, qizim? – deya qarşi oldi içkariga kirganimda qayğudan abgor bölgan Bahri xola.
– Ahvoli yaxşimi? – deb söradim közlari yarim yumuq, vujudidan butun qoni silqib oqib çiqib ketganday yuzi qor kabi oqarib yotgan Tursunoyga nazar taşlab.
– Uxlab qoldimi deyman. Hozirgina şiftga qarab yotgandi.
Bahri xola qizining yuziga xavotir töla nigohini tikdi.
– Uxlayapti şekilli.
Bir pas ikkalamiz ham jim bölib qoldik. Xonaga oğir sukunat çökkan, derazaga özini urib ğinğillayotgan paşşaning ovozigina eşitilardi faqat.
– Yaxşigina yurgandi, – deya sözlandi past ovozda Bahri xola birozdan keyin men tomon burilarkan. – Öqişigayam vaqtida borib kelayotgandi. Özingning ham xabaring bor-ku aytganday.
– Heç kim bilan urişmaganmidi? – deb söradim sekin.
– Heç kim bilan! Uning muşugini “pişt” deyişga birovimizning ham haddimiz siğmaydi. Avvallari otasi indamasayam, men tergab turardim. Bulturgi qiliğidan keyin menam indamay qöyganman. Öqişiga boradimi-yöqmi, uy işlariga qaraşadimi-qaraşmaydimi, işim yöq. Öz holiga taşlab qöygandim. Qani, öz bilganiça yaşab körsin-çi, deb. Mana, yana… – Bahri xola köylagining uzun yengini köziga bosdi.
Tilim lol, nima deyişni, kuyib ketayotgan onaizorni qanday yupatişni bilmasdim. Aslida gapga unçalik nönoq ham emasdim.
– Şoşmayotgan bölsang oldida bir pas ötir, qizim. Huşiga kelganidan buyon seni sörayotgandi. Bir gapi bordir-da. Men taşqariga çiqmasam bölmaydi. Yuragim siqilib ketayapti…
Bahri xola örnidan turdi. Oyoqlari uvişib qolgan çoği, engaşib tizzalarini uqaladi-da, keyin qaddini rostladi va oqsoqlangança yurib ketdi.
“Xudoyim, özing sabr ber”, – deb qöydim içimda. Söng Tursunoyning yuziga termuldim. U çindan uxlayaptimi yoki özini uxlaganga solib yotibdimi, şuni bilmoqçiydim. Şu çoğ Tursunoy “yarq” etib közlarini oçdi va menga tikilib qoldi.
– Yana eplay olmadim… – eşitilar-eşitilmas piçirladi Tursunoy, ovozi xirillab çiqdi, kökargan lablari zörğa qimirladi.
– Eplay olmaganingga şukr. Beadad şukr, – dedim xursand bölib.
– Senga qaçon xabar berişdi? – deb söradi u yana piçirlayotganday past ovozda.
– Hozirgina… hali yarim soat ham bölgani yöq.
– Qörqib ketgandirsan?.. – söradi u.
– Qörqiş ham gapmi!
Tursunoyning bözargan çehrasidan allaqanday siniq, tuşuniksiz tabassum sirğalib ötdi.
– Darsga bormaysanmi? – söradi u yana.
– Ertaga birga boramiz.
Javobim yoqmadimi yo toliqib qoldimi, Tursunoy yuzini devor tomonga burdi. Burdi-yu, şu köyi indamay yotaverdi. Men ham jim ötiraverdim.
Biz bolalikdan birga ösib-ulğaydik. Bir maktabda, bitta sinfda öqidik. Tan beraman, Tursunoyning bilimi kuçli edi, kallasi zör işlardi. Köp kitob öqirdi-da. U hammamizni hayratga soladigan qobiliyatga ega edi, lekin nima uçundir köpinça özini “alif”ni “kaltak” deya olmaydigan bolalardek tutardi. Faqat gohi-gohida öz iqtidorini şu qadar qizğinlik bilan namoyiş qilardiki, biz hayratdan yoqa uşlab qolardik. Tursunoyning feʼl-atvoridan unça-munça xabardorligim bois, maktabni bitirganimizdan keyin bitta universitetga hujjat topşirişga amallab köndirgandim. Omadimiz çopib, öşa yili ikkalamiz ham talaba böldik.
Lekin keyin… Çopağon otning oqsaşini köring, deganlariday, Tursunoy universitetda ham maktabda körsatgan hunarlarini takrorlaşni boşlab yubordi deng. Huşiga kelsa, darsga boradi, huşiga kelmasa – yöq. Gohida ikki-uç kunlab uydan bir qadam nariga çiqmay qöyadi. Ota-onasi Xudoning zorini qilib yalinib-yolvorişdi, qani endi quloğiga olsa!
Qişki yoki yozgi imtihonlar boşlanganida esa Tursunoy hammani hayratda qoldirmoqçiday fanlardan “aʼlo” baholar olib, sessiyani birinçilardan bölib yopardi.
Şunday qizning mendan boşqa biron yaqin döst-örtoği, dugonasi yöq edi. Özi birorta qiz yoki yigit bilan yaqinroq munosabatda yoki sirdoş bölişga intilmaganiga yaraşa, boşqalar ham nima uçundir unga yaqinlaşişni istaşmasdi. Men ham tabiatan köpçilikni unçalik suyaveradiganlar xilidan emasman, ammo özimga yaraşa taniş-bilişlarim, sirlaşa oladigan yaqinlarim bor. Öşimiz ulğayib, aql-huşimiz tölişgan sayin Tursunoyning xatti-harakatlaridan, özini tutişlaridan goh ensam qotadigan, goh jahlim çiqadigan böldi.
– Özingni bunça çekkaga tortaverasan? – dedim oxiri kunlarning birida. – Xuddi öz töriga öralaşib qolgan örgimçakka öxşaysan!
– Nima qipti? – beparvolik bilan söradi u.
– Ölğizlikdan yuraging siqilib ketmaydimi?
– Men yolğiz emasman, – dedi Tursunoy va közlarini löq qilgança menga qadalib tikilib turaverdi.
Şundan keyin ham bir nima deb köring-çi! Bözargan çehrasidan, loqayd boqayotgan nigohlaridan heç narsani uqib bölmasdi.
Uyda esa Bahri xola jiğibiyron bölardi.
– Tört çaqaloğimni yerga qöyganimdan keyin topganim deb erkalatib, qaysar qilib yubordim deb öylardim. Yöq, u noşud, qip-qizil noşudning özginasi! – deb qolardi xola menga hasrat qilib. – Öşi yigirmadan oşdi, ignadan ip ötkazolmaydi hali! Mana, seni olaylik. Opang, yangang bölişiga qaramasdan oş-ovqatni, qozon-tovoqni böyningga olgansan. U-çi? Hali tuxumni yoqqa taşlab olişniyam eplay olmaydi. Men bölmasam, singillari bölmasa oçidan öladi u!
– Vahima qilaverma, onasi, – derdi bunday paytlari Abduhamid aka örtaga tuşib. – Hali boşiga tuşsin, hammasini quling örgilsin qilib eplab ketadi. Hozirça senga, menga erkalik qiladi-da.
– Yö-öq, bu erkalik emas, – deya öz bilganidan qolmasdi battar jazavasi qözigan Bahri xola. – U tanbal, u dangasa, u haftafahm!..
Tursunoy haqiqatan ham dangasa edimi? Buni aniqlaş unçalik qiyin emasdi. Uning uzilib tuşgan tugmasini qaday olmay, onasiga iltimos qilayotganiga guvoh bölganim rost. Bu borada Bahri xola qisman haq desam, xato qilmagan bölaman. Biroq Tursunoyni “haftafahm” deyiş adolatdanmikin?
…Çamasi bundan olti oyça ilgari, kun ayni jizillagan peşin payti darsdan çiqib, avtobus bekatida turgandik. Uylarimiz universitet binosidan bir bekat narida joylaşgan. Yarim soatlab avtobus kutgandan köra piyoda ketaverganimizda ham allaqaçon uyga yetib qöyardik. Lekin biz qoq tuş mahal bekatda turibmiz. Zero, Tursunoyning xohişi şu edi!
– Quyoş nega har kuni çiqaveradi, a? – deb qoldi u bir mahal lanjlik bilan osmonga, naq tepamizda turgan may oftobiga közlarini qisib qararkan.
– Quyoş tiriklik manbai, – deya bilganimça aqlli javob qaytarişga urindim. – Quyoş bölmasa hayot ham bölmaydi.
– Quyoş bölmasa hayot ham bölmaydimi? Unda “Men barhaqman! Yaratuvçiman!” degan zotning xizmatlari qayda qoladi?
Tursunoydan bunday gap çiqişini kutmagandim. Hayron qolganimdan, birdan javob qaytara olmadim. U bölsa istehzoli kulimsiragança menga tikilib turardi.
– Quyoş hayot unsurlaridan biri, – dedim birozdan söng xatoyimni töğrilaşga urinib.
– Şunday de…
Tursunoy boşqa gapirmadi.
Bir haftadan keyin kutilmagan fojia yuz berdi: dugonamning ukasi oğrib-netmasdan, tösatdan ölib qoldi.
Şundan keyin Tursunoy öqişgayam bormay qöydi.
Bu yoqda yozgi sessiya boşlanişiga sanoqli kunlar qolayapti. Kutubxonada ikki soatça ötirib dars qilganimdan söng terlab-pişib uyga kelayotib kördimki, Tursunoy köça eşik oldidagi supaçada qandaydir xayollarga ğarq bölib ötiribdi.
– Nega yana darsga bormay qöyding? – deb söradim uning yoniga çökib.
– Öqimayman endi, – ters javob berdi u.
– Qiziqsan-a?
– Ha, şunaqa.
– Uç yil öqib, endi taşlab ketmoqçimisan? Ötgan umringga açinmaysanmi?
– Uç yillik umrimgami? – deb söradi u.
– Nima farqi bor?
– Açinmayman.
– Juda ğalatisan-a, tavba!
– Şunaqaman…
Işonasizmi, öşa daqiqada u közimga, nima desam ekan, xuddi… qalbi orzulardan mahrum bölgan, heç bir aʼmoli yöq, eʼtiqodsiz muştiparga öxşab körindi. “U qançalar baxtsiz va ojiz”, degan fikr paydo böldi ongimda.
Aytganday, yana bir gap. Agar istasa, Tursunoy baxtli bölişi mumkin edi, ammo buni u xohlamasdi. Nega? Nima uçun? Bunisi menga qoronği. Qalbni orzudan, quvonçdan mahrum qiliş yerni havoday ayirib qöyiş bilan barobar. Bu holda qanday yaşaş mumkin?
Tursunoy bölsa yaşayapti! Özimça, bunday odamlar suvga tuşgan xasday heç bir maqsadsiz holda dunyodan ötib ketaveradilar; ular suzişmaydi, oqim ularni olib yuradi, degan xulosaga kelganim bilan baribir yuragim lahza sayin alamli tuğyonlarga tölib borardi.
– Bu nima qilganing, a?! Bu nima qilganing? Hammani ezib yubording-ku juda! – degandim zarda bilan, qizişib öşanda. – Uç yil öqib, endi öqimayman deb turganing nimasi?
Tursunoy bölsa pinak buzmadi.
Bir nuqta bor böşliqda. Şunday paytlarda dugonam hamişa öşa nuqtaga parişon va alamangiz bir qiyofada tikilib qoladi.
– Tilingni yutvorganmisan, nima balo?! – dedim ovozimni kötarib. – Sen bilan odamga öxşab gaplaşib böladimi özi?
– Nega bunça qizişasan? Nima, sening yaşaşingga xalaqit berayapmanmi? – dedi u şunda allaqanday kutilmagan, favqulodda bir qizğinlik bilan. – Bir sayohat qilib kelay deb yölga çiqqandim, qalbimni öziga rom etadigan heç vaqo topmadim. öamgin böşliq… Undan boşqa heç narsa… heç narsa…
– Sen yaşaşni bilmaydigan odamlar toifasidan ekansan, mana endi bildim.
– Özimni… – Tursunoy öylanib turib, söng gapini davom ettirdi: – xuddi titrab-qaltiragan holda dor ustida imillab yurayotgan dorbozga öxşataman. Nazarimda… – u yana jim bölib qoldi.
– Dorbozning qölida langari böladi, özi istamasa heç qaçon dordan yiqilmaydi. Fikringni töğri angladimmi? – dedim şartta.
– Taşlagan har bir qadamim öçib borayotganini özim ham bilaman…
– Haykal emassan-ku, qöqqayib turişimning özi hayotga zeb beradi deb öylasang. Hayotni seviş kerak. Şunda yaşaganing sayin yaşaging kelaveradi. Men özim hayotda har tongdan yaxşi bir yangilik kutib uyğonaman. Mana körasan, biz hali baxtli bölamiz!
– Sen baxtli bölasan, – dedi şunda Tursunoy jilmayib. – Turmuş qurasan, sevgan kişing, bolalaring böladi. Baxtli yaşaysan. Ammo kunlarning birida sevgan odaming senga xiyonat qilayotganini payqab qolasan-u, hayoting zaharga aylanadi. Ö bölmasa…
– Qöysang-çi şunaqa gaplarni! – dedim birdan yuragim orqaga tortib.
– Hayotingga oğu aralaşmasa bölmaydi. Dunyoning qurilişi şunday, – pinak buzmasdan, heç bir ikkilanişsiz gapida davom etdi Tursunoy.
– Nega… şunday?.. – deya piçirladim xuddi ovozimni birov eşitib qolişidan qörqqanday. Boyagi jöşqinligimdan asar ham qolmagandi.
– A-ha! – Tursunoy sapçib örnidan turdi. Xuddi çaqindek “yalt” etib ötgan uşbu oniy soniyalarda uning zimiston yuragi, sezgilari, içki şuuri favqulodda bir nur bilan yorişib ketgandek böldi. – Mana endi özingga kelding! Nega şunday? A, nega şunday? Heç öylab körganmisan?!.
Javob bermadim. Sarob jimirlayotgan böşliqqa tikilgança miq etmay turaverdim.
– Men köp, juda köp öylayman, – dedi Tursunoy. – Nega şunday? Nega bu dunyoda tökis baxt yöq? Hammasi Uning, yolğiz Uning ixtiyorida bölsa, nega dunyoni bekamu-köst yaratmadi? Atigi bir marta, bir martagina dunyoga keladigan insonni azob-uqubatlarga giriftor qilmaslikning iloji yöqmidi? Jannat, dözax, mahşar tongi deganlariga şunçalar urinsam ham mutlaqo işonç hosil qila olmadim. Juda mavhum.
– Balki mavhum emasdir, – dedim jurʼatsizlik bilan.
– Mayli, sen aytganday bölaqolsin. Mahşar tongi jami marhumlar tiriladi deylik. Ammo bunda mantiq qani? Masalan, men yigirma bir yoşda, sen sakson yoşda bu olamdan ötsak-da, mahşar tongi uçraşsak, qanday qilib bir-birimizni taniymiz. Ayniqsa men seni. Axir sen munkillagan kampir qiyofasida tirilasan, şundaymi?..
Şu vaqt hovlida turib şovqinimizni eşitdimi yoki şunçaki çiqib qoldimi, darvoza oldida Abduhamid aka köriniş berdi. U kişi bizni kördi, boş irğab men bilan salomlaşdi, söng içkariga kirib ketdi.
– Xabaring bor, yaqinda yolğiz ukamdan ayrilib qoldik, – deya mahzun ohangda gapida davom etdi Tursunoy. – Mendan avval ham ota-onamning törtta farzandi nobud bölgan. Dadam nima uçun meni yaxşi köradi? Çunki men tuğilganman-u, ketma-ket yuz berayotgan ölimlar töxtagan. Mendan keyin ukam tuğildi. Lekin yana… Şugina ölmasa bölardi!
– Özi bergan, özi oladi… deyişadi-ku…
– Özi bunyod qilib, Özi yeb qöysa… bu nima degani?!.
Men, oçiği, bu savolga javob berişga ojiz edim. Ammo boşqa bir narsani anglaganday böldim. Tursunoy özgalarnikiga mutlaqo öxşamaydigan, umumning fikridan farq qiladigan allaqanday öylar taʼsiriga tuşib qolganday edi. Bu köp öqiganlik oqibati emasmikin? Ö ukasining ölimi uni qattiq larzaga solganmikin? Öki allaqanday dard, bosim tufayli ğayrişuuriy xastalik holiga tuşib qolganmikan?
– Sabr qilişsa, balki yana öğil körişar, – dedim boşqa gap topolmay.
– Sabr… Yana qança sabr qilişlari kerak? Ehtimol, aynan şu sabr-toqat tufayli ular baxtsizlikka giriftor bölişayotgandir? Axir bir emas, beşta farzanddan judo böliş… Insonning yelkasi keng, hamma narsa siğib ketaveradi, degan tuşunçaning natijasi emasmi bu?!
Tursunoy menga közlari yonib qarab qoldi. Avvallari uni heç bunday holda körmagandim.
– Men bora qolay, – dedim örnimdan qözğalib. – Hali imtihonlarga tayyorgarlik körişim kerak.
– Yana bir pas ötir, – dedi Tursunoy iltimos ohangida.
– Boşqa vaqt… davom ettirarmiz…
Men dugonamning yonidan tezroq uzoqlaşişni istardim.
Şu suhbatdan keyin köp ötmasdan “sirtmoq” voqeasi sodir böldi…
Şundan keyin, garçand Abduhamid amaki bilan Bahri xola Tursunoydan köz-quloq bölib turişni mendan iltimos qilişgan bölsalar-da, dugonamdan özimni çetroqqa torta boşladim.
Özgi taʼtil tugaşi arafasida Tursunoy yana öqişga qatnay boşladi…
Xuddi atay qilgandek (aslida ham şunday emasmi?), Tursunoy bekatda turgan bölsa, men indamasdan universitetga poyi-piyoda yöl olardim. U piyoda ketayotgan bölsa, men avtobus kutardim. Auditoriyada ham undan uzoqroqda bölişga harakat qilardim. Nazarimda, Tursunoy buni sezardi. Ammo lom-mim demasdi.
Bir kuni ikkalamiz çiqiş eşigi oldida töqnaş kelib qoldik. U yuzimga qaradi, ğalati qilib qaradi, keyin asabiy ravişda kulib qöydi va indamay yonimdan ötdi-ketdi.
Tursunoyning çehrasi, qaraşlari yuragimda azob uyğotdi. Şunda “U soğlom emas”, degan fikr xayolimga örnaşib qoldi. Axir… uning öylari, muşohadalari… dahşat-ku! “Odamda imon bölişi kerak. Odam bir narsaga imon keltirib, eʼtiqod qöyib, işonib yaşaşi kerak”, deya tarbiyalaşgan bizni. Tursunoy bölsa… imonini yöqotganlardan. Şuning uçun uning yuragini, şuurini qoronği-zimistonlik çulğagan, hayotdan zavq olib, bahra olib yaşaşni bilmaydi. Şu bois yaşaş yelkasidagi oğir yukday tuyulayotgandir dugonamga. Unga yaşaş qiyin, judayam maşaqqat ekanini his qildim. Axir odam yaşar ekan, öz jonini ham tikişga tayyor eʼtiqodi bölmasa yomon-ku…
Qançalar aççiqlanib, xafa bölib yurganimga qaramasdan, Tursunoy bilan bafurja gaplaşib oliş uçun qulay payt poylardim. Qandaydir yöllar bilan uning yuragida hayotga, yaşaşga iştiyoq uyğotiş kerak, şunda dugonamning uxlayotgan, sönik va sovuq qalbi uyğonadi, degan xulosaga kelib qöygandim özimça. Ammo bu niyatimni amalga oşirişga ulgura olmadim. Sirtmoq voqeasidan keyin köp ötmasdan, aniqroği keça oqşom u yana öz joniga qasd qildi…
Mana, ayni zamonda ters qarab yotgan Tursunoyning yonida ötirarkanman, uni tuşuna olmayotganimdan goh ğazabim qözib, özimni özim yomon körib ketardim, goh uni urib taşlaguday bölardim.
– Hovliga çiqamizmi? – deb söradi u bir mahal mendan.
– Yaxşi bölardi. Qölingni ber, yordamlaşvoraman, – dedim birdan yengil tortib.
Tursunoy qölini uzatdi. Qöli oppoq, qonsiz… Qoqsuyak vujudi madorsizlikdan qalt-qalt titraydi. Men uni yurolmaydi, qadam taşlaşga ham holi yöq, deb öylagandim. Lekin dugonam yurdi. Sekin-asta, imillab, menga suyanib bölsa-da yurdi.
Biz eşik oldiga çiqdik.
Quyoş terak böyi kötarilgan, undan zaminga tengsiz qudrat yoğilardi.
Öçoq boşida kuymalanayotgan uç-tört ayol orasidan Bahri xola sirğalib çiqib, şoşa-pişa biz tomonga yurdi.
– Toza havoga olib çiqdim qizingizni, – dedim xola yaqin kelgaç. – Anavi sörida bir pasgina ötirsak maylimi?
– Bemalol, bolam, bemalol. Şuniyam sörab ötirasanmi?
Bahri xola menga gapirayapti-yu, xavotir va oğriq töla nigohlarini qizidan uzmasdi.
– Ördam kerak emasmi? – deb söradim öçoq boşidagi ayollarga işora qilib.
– Özimiz eplaymiz. U yerda sizlar qiladigan iş yöq, – dedi Bahri xola. Söng, qizining öziga savol nazari bilan qarab qöyganini körgaç, beçora oşiğiç izoh berdi: – Şahri ammang özining tez-tez oğrib qolayotganidan xavotirlanib Inobat folbinga borgan ekan. Buni qara, ammang qolib, folbinning foliga sen tuşibsan. Jinlar teginayotgan emiş senga. Qora qöyning qoni bilan seni qonlab, göştini tugun oşi qilib, xotinlarga tarqatib yuborişimiz kerak ekan. Kun qaytmasdan şuni ötkazib yubora qolaylik devdim. Sizlar bafurja sörida ötiraveringlar.
Bahri xola etagini lipasiga qistirgança öçoq boşiga qaytib ketdi.
– Darrov folbingayam borib ulgurişibdi, – piçirladi Tursunoy söriga çiqib, quroq körpaçalar ustiga ötirganimizdan keyin. – Nima keragi bor edi?
– Xayrli işning ziyoni yöq.
– Bilasanmi mana şu Şahri ammamning yoşi neçada ekanligini? – şipşidi u ayollar orasida munkayib turgan kampirga işora qilib. – Bilmasang bilib qöy, ammam töqson oltiga kirdi! Salkam bir asr degani bu! Özini qara, bir siqimgina bölib qolgan. Kattaroq çelakka solib kötarib ketaversang ham böladi. Salkam bir asr yaşayotganiga qaramasdan, mana şu ammam et-beti sal oğrib qolsa bolalarini, nevaralarini şunday zir yugurtiradiki, asti qöyaverasan. Döxtir, tabib, folbin-polbin, işqilib, hammasini boşiga yiğadi. Özini qaratadi…
– Yaxşi-ku, şunga nima böpti, – dedim Tursunoyning gapini bölib. – Ammangning xatti-harakatlarini yoqlayman. Har qanday yoşda ham odam yaşaşga intilişi kerak.
– Bu yaşaşga intiliş emas, – dedi Tursunoy boş çayqab. – Hayotning etagiga mahkam yopişib oliş bu. Ölimdan qörqiş bu. Buni qara, töqson oltiga kirgan kampir hammaning joniga tegib yaşab yuribdi-yu, mening muştday ukaginam… bu olamga siğmadi… Nega?.. Nima uçun? .. U ham yaşab yuraversa bölardi-ku!.. Anavi ğönğillayotgan asalariga qara. Şuning ham hayotda öz örni bor. Şugina jonzotning-a. Mening ukaginam… axir u inson edi-ku! Yaşaşga haqqi bor edi-ku!..
Biroz öylanib turgaç:
– Sen-çi, – dedim, – yaxşisi bir yigitni sevib qolişga harakat qil. Bilasanmi, anavi parallel potokdagi Davron degan yigit bor-ku, öşa beçora ançadan beri senga ğalati-ğalati qarab yuribdi. Könglida bir niyati bor-ov!
Tursunoy mahzun kulimsiradi. Keyin:
– Muhabbat oğuşiga taşlamoqçimisan meni? – deb söradi istehzoli ohangda. Ayni paytda uning yuziga oriyat va ğurur ifodasi balqdi. – Örningda boşqa odam bölganida, bilasanmi, hozir nima qilardim?
– Nima qipti? Seviş, seviliş gunoh emas.
– Ha, gunoh emas. Lekin, aslini olganda, bular hayot tuzoqlari-ku. Keyin menam boşqalardek tuganmas taşviş, nadomatlar va ğam-hasratlarga kömilib qolaman, a, şundaymi?
– Bir urinib körgin, iltimos. Keyin bilasan hayotning naqadar…
– Urinib körganman, – dedi Tursunoy gapimni bölib va yana böşliqqa, öşa körinmas laʼnati “nuqta”ga tikilib qoldi.
Ehtiyotkorlik bilan söradim:
– Öşa Davronmi?
– Davron psixologiyadagi Munavvarni sevadi. Ölğonni eplasang gapir!
– Unda kim?
Tursunoy tuyqus “nuqta”dan nigohini uzib, menga yalt etib qaradi va:
– Heç kim! – dedi qatʼiy ohangda.
Obbo!
Mana, kördingizmi, unga bas keliş qançalar qiyin!
Xunobim oşib, ortiq özimni bosib turolmadim:
– Bundan çiqdi… bu… qirq dona uyqu dorisi içişing kimgadir aççiq qilişing oqibati ekan-da?! – dedim Tursunoyning közlariga qattiq tikilib.
– Aslo, – xotirjam javob qaytardi dugonam. – Men kimgadir aççiq qilganim yöq. Azob-uqubatga töla hayotda yaşaşni istamadim, sababi şu.
– Heç bölmasa senga hayot bergan ota-onangni öylamadingmi?
– Ota-onam menga hayot bermagan. Ular dunyoga kelişim uçun bir vosita bölişgan. Menga hayotni U bergan. Men özimga berilgan tuhfani asl egasiga qaytarmoqçi böldim, xolos. Norasida ukam siğmagan dunyoda men nima qilaman?
– Ö rabbiy! – deb yubordim beixtiyor. – Sen qanday baloyi azim bölding?!
Tursunoyning istehzoli nigohlarida allaqanday uçqun yilt etganday, hayot sezgilari yuzaga qalqib çiqqanday böldi. Nazarimda, bunday çaqinlar aslida uning ongida röy berayotir va şunday daqiqalarda mubham qiynoqlardan zimiston bölib ketgan yuragini qamragan butun hayajonlari, butun şubhalari, taşvişlari yana ön barobarga ortib ketardi, çamamda. Buni baʼzilar inson aqli va irodasining zaiflaşuvi, deb ataydilar, yaʼni ruhning soğlom holatdan çiqişi va tubanlaşuvi…
Yöq, menimça, bunday emas.
– Bilasanmi, – dedi Tursunoy menga bir mahal, – ular meni jin çalgan deb hisoblab çillaga solişmoqçi şekilli. Unda qirq kunça körişolmasak kerak. Şuning uçun qança gaping bölsa, hozir aytib qol.
– Xöp, – dedim bor ilmiy salohiyatimni töplab, dugonamni doğda qoldirişga ahd qilganimdan yana hovurim kötarilgança, – sen haqsan, deb hisoblaylik. Mutloq emas, albatta. Qisman. Yaʼni sen U bergan “tuhfa”ni öziga qaytarmoqçisan va bu bilan tuğiliş Uning ixtiyorida bölgani holda hayotni davom ettiriş, yaşaş yoki yaşamaslik Uning ixtiyorida emas, demoqçisan şekilli. Şundaymi?
– Ö, va nihoyat jirafaga ham yetib boribdi gapim! – dedi Tursunoy kinoyali ohangda.
– Qisqasi, hayotimga özim çek qöyiş qudratiga egaman, demoqçisan. Buni tuşundim. Sen haqsan, çindanam jirafaga bu fikr endi yetib keldi. Biroq… biroq sen bir narsaga ahamiyat bermabsan.
– Nima ekan?
– Axir, sen U bergan tuhfani bir emas, ikki marta qaytarib berişga urinding. Ammo ikki marta ham buning uddasidan çiqolmading. Nega bunday böldi ekan? Heç öylab kördingmi?
– Öyladim, – men kutgaçanlik uzoq öylanib ötirmay, şu zahoti javob qaytardi Tursunoy. – Köp öyladim. Birinçi martasida sustkaşlik qildim çamasi. Öz tanangga öylab kör. Yigirma bir yoşda böyningga sirtmoq soliş… Atigi bir neça daqiqaga keçikdim. Dadam kelib qoldilar… Keyingisida… menimça, dorining dozasini oşirişim kerak edi.
– Qirqta uyqu dorisi kamlik qildi, demoqçimisan?
– Şunday.
– Bilasanmi, mening bir amakim eşakdan yiqilib tuşib olamdan ötgan. Eşakdan-a! Aql bovar qilmaydigan hodisa-ku bu, töğrimi?!
– Eşakdan yiqilib tuşib öliş kulguli, hattoki işonçsiz, albatta. Lekin agar amaking toşgami, ötkir temirgami boşi bilan tuşgan bölsa…
– Gapni çalğitişga urinma! – dedim jahlim çiqib. – “Agar-magar”ni ham qöy. Agar kimningdir joni Unga kerak bölsa, xamirdan qil suğurganday qilib, istagan joyda, istagan vaziyatda oladi-qöyadi.
– Ölaman deganing bilan ölolmaysan, demoqçisan, şundaymi?
– Şunday.
– Şundaymi? – Tursunoy allaqanday besaranjom, bezovta nigoh taşladi menga. – Şundaymi?..Köramiz!
Şu payt oldimizga Bahri xola kelib qoldiyu bahsimiz uzildi.
– Kampirlar seni söraşayapti, yura qol, qizim, – dedi Bahri xola qiziga qarab.
Dugonam esa menga tikilib turardi. Nigohlarida bezovtalik zuhur böldi, ammo indamay söridan tuşdi va onasiga ergaşdi. Tursunoyning mana şu “mömin”ligida va şiddat ila aytilgan “Köramiz!” degan vaʼdasida nimadir yaşiringanday edi. Bir gap bor-ku, inson miyasida tuğiladigan fikrda hamişa nedir yaşirin, boşqa odamlarga anglatib bölmaydigan allanima qolib ketadi, miyangizdan aslo çetga çiqişni istamagan allanima doimo qoladi va u abadiy sizdan ajralmaydi.
– Çillaga soliş foyda berarmikan? – deb söradi yonimda paydo bölgan Abduhamid amaki öçoq boşi tomonga köz uzmay tikilarkan. – Mening uruğimda, ota-bobolarimdan avliyo-anbiyolar ötgan. Balki öşalarning arvohi qizimga tajovuz qilgandir, a?
– Menimça, hamma gap uning miyasida, – deb qöydim.
– Miyasini qaratiş kerakmi?
– Miyasini tozalaş kerak.
Boşqa gapirmadim. Gapiriş niyatim ham yöq edi.
Şu kuni Tursunoyni çillaga solişdi.
Biz endi qirq kun körişmasligimiz lozim. “Çilla”ning talablaridan biri şunday.
Men özimça kun sanardim va hayron qolardim: Tursunoy yolğizlikdagi qirq keça-kunduzni qanday ötkazar ekan?
Şu bilan birga iç-içimdan dugonam mana şu qirq kunni sabr-toqat bilan ötkazişiga işonardim, axir u xonanişin yaşab örganib qolgan. Yana bir narsa aniq. Dugonamning mana şu sabr-toqatida ham öziga xos nimadir mavjud. Bunda “jin”larning xurujidan xoli, ularning aralaşuvisiz va yana allaqanday telbalik alomatlaridan xoli boşqa bir narsa mavjudday edi, deylik, Tursunoyning ongi va şuurida yuz berayotgan “çaqin”lar, öz-özini hamda dunyoni anglaşning favqulodda kuçaygan holati… “Nega? Nima uçun?..” – joniga yopirilib hujum qilayotgan uşbu savollarga javob izlaşdan bezor bölib ketganidan u hayotdan alamli, aççiq bir lazzat içida öç olayotgandir.
Nihoyat çilla muddati adoğiga yetdi.
Dugonam Tursunoy qirq kunlik çilla sinovidan eson-omon ötdi. Qirq birinçi kuni esa… özini özi osib qöydi!
Yana öşa hammomda.
Ne ajabki, bu safar ham Tursunoy omon qoldi. Bir hafta şifoxonada yotib çiqdi. Nafasi içiga tuşib qolgan ekan-da.
Uni körgani bordim.
– Yana eplay olmadim, – deb şivirladi u.
Ovozi öşa-öşa, yuzi öşa-öşa, faqat oppoq, silliq böynida kökimtir iz qolgan; juda olisdan boşlangan nigohlari vujudimni teşib ötib, qayoqqadir, nomaʼlum böşliqqa intilardi…
Oradan töqqiz oy ötdi.
Toş qotib uxlab yotgandim…
Kimdir silkitib uyğotdi.
– Tur, Tursunoy yana özini osib qöyibdi…
Zulfiya QUROLBOY qizi
“Yoşlik” jurnali
2009-yil, 2-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


