Tarjima ilmi va amaliyotida ögiriş qiyin bölgan sözlar bir talay. Ularning asosiylari milliy öziga xos sözlar bölib, xalqaro terminda realiyalar deyiladi. Realiyalar deganda maʼlum bir millat va elatga xos narsa-hodisalarni ifodalovçi sözlar va tuşunçalar anglaşiladi. Ularni boşqa tilga ögirişda tarjima tilining taraqqiyot darajasiga qarab katta-kiçik muammolar paydo böladi. Bu muammolarning yeçimi, ularning tasnifi va tavsifi tarjima nazariyasida örganilmoqda. Umumiy qonun-qoidalar bilan birga har bir til juftligida maxsus qoidalar işlab çiqilmoği lozim.
Çet tillardan özbek tiliga ögirilayotgan asarlarda ana şu muammolar hanuzgaça tarjimonlar va muharrirlarning boşini qotirib kelmoqda; bir nomning özini bir neça xil yoziş va talaffuz qiliş hollari har qadamda uçramoqdaki, bu yakdillik talab qiladi. Uşbu maqolada asosan boşqa tillardagi atoqli otlar toifasiga kiruvçi kişi nomlari tarjimasi va özbek tilida yozilişi haqida fikr yuritamiz.
Ozodlik xalqimizga barça sohalarda mustaqil va dadil qadam taşlaş, rivojlaniş imkonini berdi. Yangiliklar osongina amalga oşirilmaydi, albatta.
Biz nafaqat özimizga, balki boşqa xalqlar va ellarga, ularning qadriyatlari va özliklariga ham yangiça qaraşni, örganişimiz kerak. Jahon xalqlari qadriyatlarini yangiça idrok va eʼtirof etsakkina, bizni ham ular etirof etadi, yangidan kaşf qiladi va ana şu maʼnaviy eʼtiroflar siyosiy eʼtiroflarga quvvat böladi; bu esa, öz navbatida, çet elliklarga yurtimizga nafaqat mehmon yoki sayyoh közi bilan, balki iqtisodiy hamkor va istiqbolli investor közi bilan ham qaraşga yöl oçadi.
Olmon va özbek xalqlari örtasidagi madaniy aloqalarni yigirmançi yillarda madaniy hayotimizning muhim omili bölmiş tarjima jarayoni boşlab bergan bölsa, hozirgi kunda bu aloqalar, albatta, tillarimizda öz aksini topmoqda. Jumladan, ona tilimizda 300 dan ortiq olmonça sözlar faol isteʼmolda ekanini olimlar isbot qilişgan ( O. Jumaniyozov). Ammo ana şu borada – çet el, jumladan, olmon xalqiga xos milliy koloritni özbek tilida qayta yaratişda jiddiy muvaffaqiyatlar bilan birga juzʼiy kamçiliklarga ham yöl qöyilmoqda.
Şunday muammolardan biri olmonlarning ism-familiyalarini özbek tiliga töğri “tarjima qiliş” va “imloviy özlaştiriş” bilan boğliq.
Oilada tuğilgan har bir gödakka ota-onasi şirin orzular, yoruğ niyatlar bilan yaxşi ism qöyişga harakat qiladi. Gödak ismini taniy boşlar ekan, faqat öz ismini aytib çaqirganlaridagina qayrilib qaraydi. Öz ismini minglab ismlar orasida ajratib oladi. Yaʼni, u öz ismi orqali özligini – öz olamini kaşf etadi. Masalaga şu nuqtayi nazardan yondaşadigan bölsak, tarixdan munosib örin olgan barhayot siymolarning ismlari boşqa halqlar tillari va dillarida aynan öz xalqi tilida jaranglaganday yangraşi – Yohain Volfgang Gyote, Haynrih Hayne, Haynrih Mann, Hermann Kant, Friydrix Hegel, Ludvig Foyerbax, Artur Şoppenhauyer, Albert Aynştayn, Ernest Hemengvay, Gi dö Mopassan şaklida özbek imlosiga uyğunlaşişi ayni muddao bölur edi. Biroq çet elliklar, jumladan, olmonlarning nomini töğri aytiş va yoziş tarjimaçiligimizda hanuzgaça muammoligiça qolmokda.
Maʼlumki, bir tildagi ism-şariflar va joy nomlari ikkinçi tilga asosan ikki usul – transliteratsiya yöli bilan (yaʼni öz tilida qanday yozilsa) va transkripsiya usuli bilan (yaʼni qanday talaffuz qilinsa) özga tilga şundayligiça ötkaziladi, iloji boriça asliyatga yaqin şakl va ohangda ötişiga harakat qilinadi. Bunda çet tilining tovuş tizimi, alifbosi, imlo qonuniyatlarini ona tili tovuş tizimiyu imlo imkoniyatlari asosida adekvat (muqobil) tarzda qayta tiklaş muammosi paydo böladi. Muşkullik, avvalo, şundan iboratki, dunyodagi bir-biriga fonetik va orfoepik jihatdan töla mos keladigan ikkita bir xil til yöq. Masalan, olmon tilidagi ç tanglayoldi tovuşi boşqa köp tillarda, xususan, rus va özbek tillarida yöq. Demak, ismlarda uçrovçi va ularning oxirgi böğinini yakunlovçi şu yumşoq tanglay undoşini rus tilida qattiq “x”, özbek tilida yumşoq “h” tovuşi bilan qayta tiklaşdan özga çora yöq: Heinriç – Xaynrix – Haynrih. Rus va özbek tillaridagi tarjimalarda esa bu ismning birinçi böğini butunlay özgarib, negadir Genrixga aylanib qolgan. Muammoning ikkinçi muhim va qiyin, ammo hal qilsa böladigan tomoni hammaga maʼlum quyidagi fakt bilan boğliq: deyarli köpçilik olmonça ismlar rus tiliga ötayotganda şu til tovuşi va alifbosi imkoniyatlari va imlo xususiyatlariga bir karra moslaşib, til oşa uçinçi til – özbek tilida paydo bölganda, köpinça xuddi örisçaday körinişi yoki yana bir bor “öz tönini yangilaş”i kerak bölmoqda.
Şu örinda professor I. Mirzayevning quyidagi fikri masalaga oydinlik kiritişga yordam beradi: “Bizga rus tili orqali kirib kelgan G. de Mopassan, O. de Balzak, F. de Sossyur kabi familiyalarni istiqlol bergan imkoniyatdan foydalanib, töğri talaffuz kiliş va yoziş vaqti yetdi. Ruslar bu familiyalarni özlariça, yaʼni şunday öqiş va yozişni xohlaganlari uçun emas, balki obyektiv sabablarga köra – tillarida “ö” tovuş-harfining yöqligi uçun yozib keladilar. Bizning tilimizda esa bunday tovuş, harf bor”. Bundan kelib çiqadigan xulosa şuki, faqat bevosita tarjima orqaligina ikkinçi “filtr”ni bartaraf etiş mumkin. Bugungi kungaça olmon-özbek tarjimaçiligida deyarli barça badiiy asarlar rus tili (tarjimasi) orqali ögirilgan.
Til oşa tarjima natijasida esa kuyidagiça noxuş manzara paydo bölganki, bu hol bilan murosaa qiliş aslo mumkin emas:
Asliyatda Rusçada Özbekçada
Adelheid Adelxeyd, Adelgeyd Adelxeyd
Auerbaç Averbax Averbax
Bernhard Berngard Berngard
Chomsy Xomskiy Xomskiy
Dietriç Ditrix Ditrix
Einstein Eynşteyn Eynşteyn
Goethe Gete, Gyote Gyote, Hyote
Hauf Gauf Gauf
Hemingway Xeminguey Xeminguey
Hessling Gesling Gesling
Hans Gans Gans
Hegel Gegel Gegel
Heinriç Genrix Genrix
Heine Geyne Geyne, Heyne
Hermann Germann Germann
Hitler Gitler Gitler
Hofmann Gofman Gofman
Hugo Gyugo Gyugo
Jakob Yakob Yakov
Johann Iogann, Yogan, Ivan Iogann, Ivan
Josef Iosif Iosif, Yusuf
Feuerbaç Feyerbax Feyrbax
Freud Freyd Freyd
Wilhelm Vilgelm Vilgelm
Yuqoridagi misollarda keltirilgan olmonça ismlarning rusça va özbekça variantlarini xato deb öylaymiz. Çunki rus va, ayniqsa, özbek tilida şu nomlarni asliyatiga yanada yaqinroq keltiriş imkoniyatlari bor.
Masalan, Adelheid ni rusçaga “Adelxayd” deb ögiriş mumkin. çunki rus tilida yumşoq “h” tovuşi bölmasa-da, “ay” diftongi bor, masalan: may, ray, lay va hokazo; özbekçada esa originalga muqobil, rus tilida yöq imkoniyat – yumşoq “h” va “ay” diftongi bor, Adelheid ni “Adelhayd” deb ögirsa böladi. Xuddi şunday imkoniyatlardan boşqa köp nomlar, masalan, joy nomlari (Leipzig – Leypsig – Laypsig va hokazo) va kişi nomlari “tarjimasi” uçun foydalansa ham böladi, yaʼni quyidagi olmonça Auerbaç, Bernhard, Einstein, Hans, Hegel, Johann, Feuerbaç, Schoppenhauer, Hessling, Heine, Goethe kabi nomlarni Auyerbax, Bernhard, Aynştayn (Eynşteyn emas), Hans (Gans emas), Hegel (Gegel emas), Haynrih (Genrix emas), Hayne (Geyne yoki Heyne emas), Yohan yoki Yohann (ammo zinhor Iogann emas), Foyerbax (Feyrbax emas), Gyote (Hyote emas) va hokazo. Fransuz tilidagi Gi de Mopassan emas, Gi dö Mopassan, de Balzak emas, dö Balzak, de Sossyur emas, dö Sossyur deb, Hemingwayni Xemenguey emas, Hemingvay tarzida yoziş va, öqiş asliyat ruhi va mohiyatiga mos. Bu bizning istagimiz emas, balki ona tilimizning butun salohiyatini namoyon etiş va, şu bilan birga, çet el olim, adib va boşqalarning ism-familiyalarini özlarida qanday bölsa, şunday yoziş, öqişga daʼvatdir, xolos.
Bu imkoniyatdan foydalanmay kelinayotganini tuşuniş qiyin (I. Mirzayev). Hatto bevosita tarjimalarda ham rusça variantni qöllaş hollari köp uçraşiga hayron qolasan kişi.
Keltirilgan misollar va örganib çiqilgan materiallardan şunday xulosa çikadiki, nomlar tarjimasi, ularni bir tildan ikkinçi tilga ötkaziş işi muhim va muşkul masala hisoblanadi. Bu muammoni hal etiş bir qança faktlarga boğliq, jumladan:
Kişi nomlari – antroponimlar va joy nomlari – toponimlar tarjimasiniig umumilmiy asoslarini alohida tillar juftligi materialida işlab çiqiş.
Tarjima nazariyasi va amaliyotiga tayangan holda ikki tilli va köp tilli realiyalar luğatlarini yaratiş.
Bevosita tarjima işini kengaytiriş va rağbatlantiriş.
Çet el adabiyotidan qilinayotgan til oşa tarjimalarni albatta mutaxassis tilşunos-germanist, romanist va şarqşunoslarning jiddiy taqrizi, tahlili va tahriridan ötkaziş kabi qator çora-tadbirlarni amalga oşiriş kerak.
Bu borada qiyinçiliklar, “çet tilidan özbek tiliga kirgan sözlarning hozirgi zamon imlosi ananaga aylanib qolgan-ku” qabilidagi eʼtirozlar bölişidan qatʼi nazar, şuni ham eʼtirof etiş kerakki, keyingi paytlarda kişi nomlari va joy nomlarini yanada aniqroq va asliyatga imkon qadar yaqinroq tarjima qiliş tendensiyasi rivojlanib, davlat miqyosida qöllab-quvvatlanmoqda. Tilda örnaşib, qöllanişi odat va anʼanaga aylanib qolgan çet tildagi ismlar va nomlarning xato transliteratsiyasi – yozuv şaklini özgartiriş, albatta, qiyin, ammo zinhor amalga oşirib bölmaydigan yumuş emas.
Xuddi şu masalaga töxtalib, bolgar tarjimaşunoslari S. Vlaxov va S. Florinlar şunday deydilar: “Ism-şariflarning eng ğaliz çiqqan taranskripsiyalarini asta-sekin özgartiriş zaruratini keskinroq qöyiş kerakligini taʼkidlaş lozim, qani endi, masalan, rusça yozilib kelingan Geyne va Gyugo öz ism-şariflari bölmiş “Hayne” va “Yugo”day yozila boşlasa; turli millatlar – ingliz, fransuz, olmon, şved va boşqa millatlar qirollari umumiy Karl degan şaklda emas, balki inglizça Çarlz, fransuzça Şarl, olmonça Karl, şvedça Karlos va Karli kabi şakllarda yozilsa. Hozirgi Uilyamlar rus tilida Vilyamlarga, Helmutlar Gelmutlarga aylanib qolmasa, ayni muddao bölardi. Bu xil jarayon boşlanganiga işoralar bor-u, biroq ular juda işonarsiz hamda izçil emas”.
Naqadar adolatli, qonuniy umid, talab va xolis fikr. Bu borada olmon-özbek tarjimaçiligida tetapoya qadamlar qöyilmoqda. Masalan, olmon yozuvçisi B. Apitsning “Qaşqirlar çangalida” romanini özbekçalaştirgan tarjimon Yangliş Egamova asar qahramonlarini özbekçada ham olmon tiliga muqobil ohanglarda qayta nomlagan. Ammo maşhur şoir Heinriç Heine ning ismi-şarifi özbek şoiri Abdulla Şer qalamida yana avval Genrix Geyne, keyin Henrix Heyne böldi va nihoyat bizning mulohazalarimizdan söng Haynrih Haynega aylandi.
Kuzatişlardan maʼlumki, olmon ismlarini özbekçalaştirişda yöl qöyilgan xatolar bir tomondan ei, ie, au, a, u, kabi unli tovuşlar va diftonglar, ikkinçi tomondan g, h, ç, sch, ş, tsç kabi undoş va afrikatlarni qayta tiklaş jarayonida sodir bölmoqda.
Bizningça, olmonça – ei, yeu, ai, ay diftonglarini özbekça – ay bilan, olmonça au ni au, av bilan, äu, yeu ni özbekça – oy bilan, h ni h, ü ni yu yoki uy, iy va ie ni – iy, iye bilan, ç ni söz boşida x, söz (böğin) oxirida h bilan ötkaziş şu unli va undoşlar uçragan olmonça ismlarning özbek tili alifbosida qayta yozilişiga – tarjimasiga asos böladi.
Yuqorida aytilgan fikrlar masalaning asosan bir tomoni, yaʼni ismlarning imlosi va talaffuzida milliy öziga xoslikni saqlab qolişiga tegişli. Bu şunçaki oddiy masala emas, çunki imlo va talaffuzning buzilişi ismlar maʼno va mazmuniga ham putur yetkazadi. Çunki şakl va mazmunning özaro dialektik aloqadorligi ismlar va ularning tarjimasidagi qonuniyatlarni namoyon qiladi. Masalan, öz ona tilimizda qizlarga ezgu niyat bilan qöyilguvçi Gavhar ismini olaylik. Naqadar gözal, nafis va purmaʼno ism. Şu özbekça ismni özbeklarimizning özlari ham doim töğri aytavermaydilar: yo erinadilar, yoki şeva taʼsirida “Govxar” deb talaffuz qilişadi. Şunday talaffuzli ism quloğiga çalingan tojik va fors tillari vakillari nima deb öylaşini bir tasavvur qilib köring-a (“gov” sigir, “xar” esa eşak manosini anglatadi). Kördingizmi, özbek ismidagi bor-yöği bir unli a – o ga va bir undoşning qattiq yoki yumşoqlik belgisi h – x ga özgarsa, maʼnoning qançalar özgarişiga olib keladi.
Ismimizni öz tilimizda va boşqa xalq tilida töğri aytilişini istar ekanmiz, keling, yaxşisi, özga xalqlar ism-şariflarini ham tilimiz imkoniyatlaridayi kelib çiqib asliyatiça saqlaşga harakat qilaylik. Macalan, nemisça Reinhold (Raynhold) – “Azizlarning azizi” demakdir. Özbek tilidagi “Azizxöja” ismi şu niyatda qöyilsa kerak. Bu ismni agar Rayngold deb ögirsak – “sof oltin” maʼnosi paydo böladi. Tarjimalarda esa köpinça “Reyngold” şakliga duç kelamiz, yaʼni oltinning sofligi yöqolib, azizlik tillaga aylanib qoladi va ism butunlay özgaradi, maʼnosiz bölib qoladi. Xuddi şunday holat maşhur olmon faylasufi Ludvig Foyerbax ismini rus tili orqali özbekçalaştirganda ham sodir bölgan. Rus traditsiyasi taʼsirida olmon allomasi Ludwig Feuerbaç Lyudvig Feyerbaxga aylangan. Feuer – foyer “olov, öt, yonmoq” maʼnolarini, Bach esa “buloq, ariq” maʼnolarini anglatadi. “Feyerbax” da olov, öt, yoniş maʼnolari yöqolib qolgan. Foyerverk nimaligini bir eslang. Xullas, “yonarbuloq”dan heç narsa qolmagan. Özbekçada Ludwig ismini ham Lyudvig emas, Ludvig deb beriş töğriroq bölardi.
Şuningdek, olmon fizik olimi Georg Simon Ohm ning ism-şarifini rus tili orqali özbekça Georg Simon Om deb ötkazişgan. Vaholanki, asliyatga, olmonça qomuslarga murojat qilib, Georg Simon Oum tarzida ögiriş ayni muddao bölur edi.
Masalaning yuridik tomoniga ham eʼtibor beriş kerak. Öz ism-familiyasi yordamida kişilar turli xil yuridik va ijtimoiy munosabatlarda muomalada böladilar. Ammo ijtimoiy munosabatlarning şunday jabhalari borki, ism va familiyalar alohida konunlar bilan muhofaza qilinadi. Ilmiy va badiiy adabiyot vakillari, sanʼat namoyandalari, ixtiroçilar, ratsionalizatorlarning ism-familiyalari ana şunday nomlardan hisoblanadi. Ularning nomini na öz tilida, na özga tilda buzib aytiş va yoziş mumkin.
Köramizki, kişi nomlarini bir tildan ikkinçi tilga ötkaziş – “tarjima“ qiliş nihoyatda muhim va köp qirrali masaladir. “Narsalarni öz nomi bilan atang” degan naql bor. Keling, döstlar, ana şu narsalarning ijodkori bölmiş insonlar nomini töğri aytiş, töğri tarjima qilişni ham unutmaylik. Tarjimaçiligimizda kötarilayotgan muammolarni hal etiş madaniy-ijtimoiy hayotimizdagi yangilaniş jarayoniga kamtarin uluş bölişiga işonçimiz komil.
Xurram RAHIMOV,
filologiya fanlar nomzodi.
1951-yili tuğilgan. Toşkent davlat çet tillar pedagogoka instituti(hozir ÖzDJTU)ning olmon tili fakultetini tamomlagan.
Aka-uka Grimmning 100 dan ortiq ertaklarini, 50 dan ortiq olmon xalq ertaklarini (“Yetti yulduz” töplami), özbekçaga ögirgan. 70 ga yaqin özbek ertaklarini olmon tiliga tarjima qilib, Olmoniyada (“Märçen aus Samarkand”) va Özbekistonda (“Feuermädçen aus dem Feuer”) çop ettirgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


