4 daqiqada öqiladi

409 marta körilgan

Şaxsiy kutubxonamiz bormi?

Abduqayum Yöldoş

Bugungi yoşlarimizning maʼnaviyati, madaniyati haqida söz ketsa, oçiq gap, xijolatdan andek qizarib-bözarib olişga töğri kelayapti. Sababi sir emas. Jamoat joyida özini tutiş, muomala madaniyatini-da bilmaydilar. Ular orasida yengil-yelpi kun keçiriş, soxtagarçilik fazilatga aylanib borayotir. Xöş, bunday yoşlarni muqarrar maʼnaviy tanazzuldan qanday qutqariş mumkin? Avvalo, yoşlarda kitobga mehr, öqişga çanqoqlik uyğotiş zarur. Bu fikr, albatta, neça-neça bor qayta-qayta örtaga taşlangan, şu sababdan ham köplarning ensasini qotirişi turgan gap. Lekin, naçora, maʼnaviy halokatdan bizni faqatgina kitoblargina qutqara oladi, hohlasak-hohlamasak-da, baribir yana şu fikr poyiga boş qöyaveramiz.
Kitob xayolotimizni boyitadi, tuyğularimizni östiradi, bilimimizni oşiradi. “Kitob öqimaganning kuni ötmaydimi?”, “Falonçi tuzukroq maktab körmagan bölsa-da, qölida jaraq-jaraq pul öynaydi”, degan “zamonaviy” gap-sözlarni köp eşitamiz. Biroq öşa taxlam-taxlam pullarni sanab huzurlaniş uçun ham qandaydir saviya kerak! Yuksak saviya esa kitob öqiş orqaligina böladi. Bundan taşqari, körib yoki eşitib, hidlab yoki silab huzurlaniş ham his-tuyğular işidir. his-tuyğuga boy odamning huzurlanişi (azoblanişi ham) bir neça marta ortiq böladi. His-tuyğular esa, yuqorida taʼkidlaganimizdek, kitob öqiş orqaligina östiriladi.
Mahallamizda bir qiz bozorda gul sotadi. Yuzlari köpçigan xamirday, böy-basti baq-baqaloq. Öşa bir kuni biznikiga çiqib, uzo-oq çaynalib öqiş uçun kitob söradi. Men hayron qoldim. Çunki Nilufar (ismini özgartirdim) kitob kötarganni körsa “öqimişli”, deya kinoya bilan kuladigan, dunyoda pulning qudratidan boşqasini tan olmaydigan qiz edi. Qolaversa, kitob öqiş uçun savodi neçoğlik ekanini ham bilmasdim.
— Nima uçun kitobga qiziqib qolding? — söradim Nilufardan.
Mahalladoş qiz goh yerga, goh osmonga qarab ming bir xijolat içida arang “kerak-da” deb qöydi. Sezib turibman, Nilufar öz fikrini aytmoqçiyu, biroq evini keltirolmay ovora. (Xuddi şu hol ham kitob öqimaganlikning asorati). Men öşa kuni Nilufarning saviyasiga mosroq kitob topib beriş uçun xöb qiynaldim. Oxiri “Çoliquşi” romanini topib berganim hamon esimda.
Öşandan beri ikki yil vaqt ötdi. Bir yilça Nilufar mendan kitoblar olib turdi. Lekin keyinçalik kitob sörab kelmay qöydi. Biz yaqinda nogoh uçraşib xiyla vaqt suhbatlaşib qoldik.
— Öşanda nima uçun kitob sörab çiqqanimni aytaymi? — dedi Nilufar.
— Ha, öşanda uyalib gapirmagan edingiz.
— Bilasizmi, — dedi Nilufar öyçan, — men bozorda beş-olti yildan beri gul sotaman. Töğrisi, gullarimni asosan ziyolinamo kişilar oladi. Olganda ham allaqanday mehr bilan közlari yonib, gullarga termulişadi. Özlariça nimalardir deb piçirlaşadi. Men ularni uzo-oq kuzatdim. Oxiri, miyamda savollar ğujğon öynay boşladi: gözallik nima? Xöş, gulning jozibasi nimada? Nega anovi ahmoqlar munça köp gul sotib olişadi. Axir, şu gulga bozordan bir dunyo yegulik xarid qilsa böladi-ku? Bu gul deganlari uç-tört kundan söng sölib qoladi, uni na yeb böladi, na kiyib… Xullas, öylay-öylay barça savollarimga kitob öqib javob topişga qaror qildim.
— Topdingizmi? — söradim hazilomuz.
— Xa, — dedi Nilufar kulib, — hatto keragidan ortiq…
— Nega keyingi paytlar kitob sörab çiqmayapsiz?
— Vö-öy, sizni qarang-ga, — dedi  Nilufar ajablangannamo, — hozir özimning şaxsiy kutubxonam bor. Agar biror kitob kerak bölib qolsa, heç tortinmay çiqavering…
Ha, Nilufar butkul özgargandi. U kitob bilan sirdoş bölib tamom boşqaça qizga aylangandi. Lekin kitoblar uning gul savdosiga ziyon-zahmat yetkazmadi, badnom qilmadi. Aksinça…
Ilgari Nilufarning bozordagi erkaklarga monand baqir-çaqirini butun mahalla eşitardi. Ustidagi kiyimlari qimmatbaho bölsa-da, allaneçuk irkitnamo körinar, ötgan-qaytganning jirkançini qözğardi. Endi esa… muomalasida, özini tutişida qandaydir joziba paydo bölgandi, yuz-közlarida sirli, yorqin xayollar kezinib qolgandi. Buning barçasi Nilufarga çinakam, şarqona latofat bağişlagan.
Xöş, bolalarda qanday qilib kitobga mehr uyğotiş mumkin? Qanday qilib ularni xuddi kompyuter öyinlariga qiziqqandek, kitobga qiziqtiriş mumkin? Avvalo, uyda kitobxon uçun muhit bölişi kerak, har bir oilaning öz kutubxonasi bölişi zarur. Zero, bolada eng ilgari uydagi muhitga, uy jihozlariga qiziqiş uyğonadi. Bola ota-onasiga taqlid qila boşlaydi. Ana şunday paytda bolalarni kitobxonlikka osongina moyillaştirsa böladi. (Buning uçun, albatta, ota-onaning özlari ham kitobxon bölmoği kerak).
Hozirgi paytda aksariyat oilalar uy mebellarini qimmatbaho idiş-tovoqlar bilan bezaşga ruju qöygan. Axir, kitoblar bilan ham çiroyli etib bezaş imkonlari bor-ku? Ana şu yöl bilan ham şaxsiy kutubxona taşkil etiş mumkin. Xöş, şaxsiy kutubxona taşkil etişda nimalarga ahamiyat beriş joiz? Avvalo, kitoblar rang-barang (badiiy, ilmiy, falsafiy, diniy) yiğilsa maqsadga muvofiq böladi. Bolalarning yoşiga mos, sodda, rang-barang suratli kitoblar javonining pastroq, yaʼni jajjilarimizning qöli yetadigan, qiziqiş uyğongan payti, heç qursa, varaqlab köriş imkoni böladigan qatorga terilişi kerak.
Biz uzoq tariximizga nazar taşlasak, olis ajdodlarimiz şaxsiy kutubxonalarga katta ahamiyat berganini kuzatamiz. Misol tariqasida, hassos şoirimiz Abdulla Oripovning “Hakim va ajal” dostonini bir eslaylik. Öşa dostonda yoş tabib şaxsiy kutubxonasi bölişini orzu qiladi. Tabibning katta bir xizmatidan söng Buxoro hukmdori unga böyi barobar zar bermadi, aksinça, öz şaxsiy kutubxonasidan foydalanişga ruxsat etdi, şu hukmdorning taxtiga talabgor yoş zodagon yigit esa tabibni badnom qilib Buxorodan haydatiş uçun aynan kutubxonaga öt qöyişni tanladi. Vaholanki, u tabibga tuhmat qiliş uçun boşqa har handay jinoyatga ham qodir edi, demak, bu taxtparast ham heç bir narsa yongan kutubxona örnini bosmasligini yaxşi anglab yetgan.
Ha, tarixdan, bobo-momolar hayotidan maʼnaviyatimizni qadrlaşga, xususan, kutubxonalar yaratişga doir köplab misollar keltiriş mumkin. Biroq ajdodlar bilan faxrlanişgina bizga buyuk kelajakni yaratib berolmaydi. Kelajakni maʼnaviyati barkamol bugungi avlod yaratadi. Barkamol maʼnaviyatni kitob, kutubxona yaratişi şubhasizdir.

Maryam BÖRIXONZODA,
talaba    

“Yoşlik” jurnali, 2009-yil, 3-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)