Kitobxonlik tarğiboti va mutolaa madaniyatini oşirişga bağişlangan tadbirlarda bir savol bot-bot köndalang bölmoqda: kitob öqişni tarğib qilişning usullari köp, lekin eng samaralisi qaysi? Har qança köp kitob öqigan odam ham bu savol qarşisida bir zum öyga çömadi – xuddi “falon kasallikka eng yaxşi davo böladigan dori qaysi?” degan savolga javob izlagan şifokorday.
Çindan ham zamonaviy dunyomizda kitobxonlikni yoyişda qöl keladigan uslublar juda köp. Lekin, bizningça, ularning içida eng samaralisi bu – eng oddiysidir. Bu ham bölsa – kitob öqişning özi! Ha, bizningça, kitob öqiyotgan odam – kitobxonlikning eng yaxşi tarğibotçisi. Masalan, uyda televizorni öçirib, qölingizga kitob oldingizmi, oila aʼzolaringiz, farzandlaringiz ekrandan uzilib, Sizga, siz öqiyotgan kitobga qaraydi. “Bu kitobda kinofilm yoki köngiloçar dasturdan ham qiziqarliroq nima bor ekan?!” – közlaridagi savol ularning eʼtiborini kitobga jalb qiladi. Agarda biror yaxşi hikoyani ovoz çiqarib öqiy boşlasangiz, işonavering, ular jon quloği bilan tinglaşadi. Ming afsuski, özimiz – kitob tarğibotiga masʼul odamlar tobora kitobdan uzoqlaşib, kompyuteru smartfonlar jodusiga asir bölyapmiz. Koşki bu zamonaviy moslamalarga jo bölgan elektron kitoblarni öqisak…
Mutolaa tarğibotida iş beradigan yana bir oddiy va samarali usul – yaqinlarimizga kitob sovğa qiliş. Men tabriklamoqçi bölgan odam baribir kitob öqimaydi-da, degan badbin xayol köpinça ahdimizdan qaytaradi. Avval sovğa qilib körayin-çi, balki öqir, demaymiz. Mabodo özi öqimagan taqdirda ham, yaqinlari orasida öşa kitobga taşna bölgan kimdir albatta topiladi: özimiz bilib-bilmasdan bir kitobsevarning maʼnaviy ehtiyojini qondirgan bölamiz.
“Şu desangiz, yaqinda kelin qildim. “Kelinsalom” kuni qudam Tohir Malikning “Odamiylik mulki” degan kitobini sovğa qildi. Öziyam, juda katta, salmoqli kitob ekan. Salkam 1000 sahifali… Ermakka öqiy boşladim. Işonsangiz, rosa qiziqib ketdim. Asta-sekin xotinim ham kitob öqiy boşladi. Nega desangiz, kelin öz sepi bilan köp kitoblarini olib kelgan ekan, ularni körib, kelinim kitob öqisa-yu, men dunyobexabar, omi böp ötirsam uyat böladi, dedi. Eng qiziği, bu odat, yaʼni kitob öqiş asta-sekin boşqa oila aʼzolarimizga ham “yuqdi”. Turib-turib, kelin butun oiladagi tutimni özgartirib yubordimi, deb hayron qolaman…” – bu voqea töqima emas, eng zamonaviy texnologiyalaru moddiy orzu-havaslar tör yoygan poytaxtimizda istiqomat qilayotgan, oddiy kirakaşlik bilan rözğor tebratayotgan, ehtimol, biror oliy öquv yurtida öqimagan, ammo fitratan ziyoli bölgan yurtdoşimizning hayotiy hikoyasi.
Kitob öqiyotgan odam zulmatda şam kötarib ketayotgan kişiga öxşaydi. U öqiyotgan kitob nafaqat öz qalbiga, tevarakdagilarning ham ong-şuuriga ziyo, yoğdu ulaşadi…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

