10 daqiqada öqiladi

675 marta körilgan

Men sizga aytsam…

Nosir Fozilov

Mohir tarjimon, sinçkov muharrir, ardoqli yozuvçi Nosir Fozilovni sölim “Dörmon” ijod uyidaligini eşitib, beş-olti tengqur ijodkor yölga otlandik. Bordik, uçraşdik, gurunglaşdik. Ustozning hayot haqidagi samimiy suhbati biz uçun ham maktab, ham tajriba ekani uçraşuv davomida bilinib turardi. Adib xalq içidan topgan qiziq-qiziq öxşatişlarni, betakror iboralarni, ustozlaridan örgangan ögitlarni, yozuvçilik, muharrirlik tajribasini, til va adabiyotimiz rivoji yölidagi xayrli işlarga munosabatiyu bu borada bajarilişi kerak bölgan işlar yuzasidan takliflarini biz bilan örtoqlaşdi. Gurung tor davrada qolib ketişini istamadik. Taassurotlarimizni siz bilan bölişgimiz keldi.

“Ingiçka va yöğon,

Anjanda böğon”

Yozuvçini quşga öxşataman. Quş buğdoyi örib olingan joy – anğizga boradi, boşoq terib, donini bolasiga olib keladi, özi ham yeydi, şuning evaziga yaşaydi. Yozuvçi ham öşa quşlarday joyma-joy kezib, xalqni kuzatişi, odamlar oğzidagi teşa tegmagan sözlarni, gaplarni, iboralarni topişi, sayqallaşi va yozilajak asarlarida işlatib, ularni yana egasiga qaytarib berişi kerak.

Yozuvçilik haqida öylay boşlasam, bundan qirq-ellik yil oldingi voqealar kinotasmaday köz oldimga kela boşlaydi. Masalan, Ölmas Umarbekovning “Sevgim, sevgilim” nomli birinçi qissasini Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida muhokama qiladigan böldik. Sanasak, yozuvçi qissasining ön uç joyida “ingiçka qoş” degan iborani işlatibdi. Qizlarga nisbatan. U paytlarda detalma-detal, hatto verguligaça muhokamaga tortilardi. Majlisni Turob Töla olib boryapti. Yonida Asqad Muxtor ötiribdi. Aziz Abdurazzoq bilan qitmirligimiz tutdi-da, qoşlari közining ustini qoplab turadigan Tolib Yöldoşni askiya qilmoqçi bölib, prezidiumga xat yozdik:

“Ön uçta ingiçka qoş

Bölar bir Tolib Yöldoş.

Uni yozdi Aziz Abdurazzoq

Va Nosir Qozoq”.

Turob aka xatni öqidi-da, şaraqlab kulib yubordi va Asqad akaga surib qöydi. Asqad aka kulmaydi, xatni jiddiy turib öqidi va çöntagidan ruçka çiqardi-da, qoğozning orqasiga nimadir yozdi. Keyin xatni Turob akaga qaytarib berdi. Turob aka uni çöntagiga solib qöydi. Xullas, yiğilişdan çiqib, Aziz Abdurazzoq bilan Çilonzorga – uy-uyimizga yetib oliş uçun Turob akaning maşinasiga çiqqanimizda: “Asqad aka nima dedi”, deb söradik. Turob aka çöntagidagi xatni oldi-da, yana şaraqlab kulib yubordi. Öşanda Asqad aka xatning orqasiga: “Ingiçka va yöğon, Anjanda böğon”, deb yozib qöygan ekan. Qarang, adabiyçadagi “bölgan” degan sözimizni andijonliklar “böğon” tarzida talaffuz etar ekan.

Nosir oğaning “çangyutkiç”i

Mirtemir akaning 100-yilligini nişonlaş uçun Toşkentdan Turkistonga bordik. Maşinadan tuşayotib, şimimga çangmi, loymi tekkizibman. Xotin kişi baribir xotin kişi-da – rafiqam römolçasini olib, öşa joyni darrov artişga tuşdi. Bizni kuzatib turgan ikki qozoq qardoşimiz “Nosir oğam Toşkentdan özi bilan “pilesos”ini ham opkepti”, desa böladimi! Qarang, qanday çiroyli öxşatiş. 

Yana bir yili Şahrixonga bordik. Piçoq olay deb bozorga tuşdim. Ikki çolning gurungiga quloq tutdim: “Bizning yerlar juda yaxşi-da, şudgorga oyoğingni tiqib tursang, quloğingdan barg çiqib ketadi”.

Mana, yozuvçi sözni qayerdan olişi kerak! Bunaqa noyob topilmalarni, betakror öxşatişlarni yozuv stoli oldida ming yil ötirib öylasangiz ham topolmaysiz. Bu singari sözlar buğdoy boşoğiga öxşab bitta-bittalab teriladi, yon daftarga qayd qilinadi va kerak mahali sayqal berilib, işlatiladi.

Qölyozmaning yigirma yettinçi nusxasi

Abdulla Qahhor qölyozmalarini qayta-qayta yozişdan heç erinmasdi. Dala hovlisidan bir ariq suv ayqirib ötardi. Öşa ariq ustida sörisi bölardi. Söri ustidagi xontaxta yonida ötirib yozardi. Bir bet yozib, öqib körib, yoqmasa, ğijimlab otib yuborardi, yana yozaverardi. Köp qölyozmalar şu singari suvga oqib ketgan. Bir gal asarining uç betini yigirma yetti marta köçiribdi. Öşa uç betlik yigirma yettinçi nusxani Said Ahmad akaga bergan. Bu yozuvçining “Asarlaringni yaxşilab işla, tilga eʼtibor ber”, degani edi.

Söz talaşgan Abdulla Qahhor

Abdulla Qahhor “Zilzila” degan qissa yozdi. Ilgariroq yozib taşlab qöygan ekan, men borib jurnalda bosiş uçun undirib keldim. Ön sakkiz-yigirma betlik qölyozma edi. Asarni naşrga tayyorladik. Korrekturasini yozuvçiga berib yuborsak, kasal holiga qaramasdan maşinaga ötirib tahririyatga kelibdi. “Vahobjon, buni siz kördingizmi?” dedi Abdulla Qahhor. Vahob Rözimatov “ha”, deb javob berdi. “Mana bu yerda “Maşina gur etib öt olib, tutun çiqarib ketdi”, degan joyim bor ekan. Siz “dud” deb özgartiribsiz. Nega unday qildingiz?” dedi yozuvçi. Vahob aka “Dud” menga yaxşiroq körindi”, dedi. Abdulla Qahhor “Yaxşiroq körinsa köringandir, lekin men “tutun” deya özbekça yozganman. Tilimizni mana şunaqa qilib rasvo qilamiz”, deb öz qöli bilan matndagi öşa sözni tuzatib ketgan edi. Yozuvçi şuni telefonda aytib, tuzattirib qöysa ham bölardi. Lekin keksayib qolganiga qaramasdan, bitta sözning orqasidan özi keldi. Qarang, yozuvçining sözga hurmatini! U kişi şunday – tilning zargari edi-da! Mana bular esdan çiqmaydi.

Luğatda yöq degani

tilda yöq degani emas

Asar yoziş jarayonida eski özbek tilidagi “jigi”, “murt”, “urt”, “yulun” singari sözlardan foydalanişga töğri keladi. Şunday paytlar baʼzan ayolim bilan tortişamiz. U “Bu söz adabiy tilda, izohli luğatlarimizda yöq”, deydi. Endi, qanaqa qilib isbot qilasiz. Lekin garçi odamlarning yodidan kötarilgan eski özbek tilidagi öşanday sözlar hozirgi adabiy tilimizda, yangi luğatlarimizda bölmasa-da, ularni qörqmasdan, dadillik bilan adabiyotga, adabiy asarlarga kiritaveriş kerak. Bu sözlar luğatlarimizda, adabiy tilimizda yöq deb muomaladan çiqarib taşlayversak, tilimiz kambağal bölib qoladi. Bu sözlar sekin-sekin luğatlarga ham kiradi. Til mana şular orqali boyiydi-da. Vaholanki, bizning til boyligimiz ortiq bölsa bordir, heç qaysi xalqnikidan kam emas. Masalan, tilimizda “opa”, “xola”, “egaçi”, “amma” kabi sözlarimizni olaylik. Tojik birodarlarimiz bularni yoppasiga “Xohar” deb qöya qoladi. Ruslar esa “jiyan”, “amakivaçça”, “böla”ni “plemyannik” deydi-qöyadi.

Toşpölat Hamidning “dölop”i

Tilni şeva sözlari hisobiga ham boyitiş mumkin. Masalan, Surxondaryo elining öz şevasi bor, öz atamalari bor. Deylik, öşa yerlik yozuvçi asarida şevasidagi gözal sözlardan foydalandi. Tanqidçilar “Sen tuşunarsiz sözdan foydalanding, bu söz adabiy tilda yöq”, deya “urişişi” kerak emas. Agar öşa söz foydali bölsa, izoh beriş kerak. Natijada adabiy til yana bitta yangi söz bilan boyiydi. Heç bölmaganda, tilimizdagi bor sözning boşqa maʼnodoşi paydo böladi.

Buxoroda Toşpölat Hamid degan yaxşi şoir örtoğim bor edi. U “Ha, dölop qilib yuribsanmi?” derdi. Men esa “Dölop”ing nimasi?” deyman. Keyin bilsam, bu söz Buxoroda “töpolon” maʼnosida işlatilarkan. “Dölop” sözi “Töpolon”ning yana bir maʼnodoşi bölib adabiy tilimizga, imlo va izohli luğatlarimizga kirsa, buning nimasi yomon!?

Men ham baʼzida tuğilgan joyim – Turkistonimdagi sözlardan foydalanaman. Buni kimdir qabul qilsa, boşqa birov inkor etadi. Bahsda haqiqat tuğiladi.

Tilning nozik jihatlari

Qardoş xalqlarda baʼzi sözlar ikki xil maʼnoda işlatilişi mumkin Tarjimon bunga eʼtiborli bölişi kerak. Çimkentga bordim. Öşa yerlik özbek yoş şoirlari kelib, menga: “Haftalik tögaragimiz bor. Şunga “Sayqal” deb nom qöygandik. Qozoq döstlarimiz bunga monelik qilib, tögarak nomini bu söz bilan atamaslikni iltimos qilyapti”, deyişdi. Men şoirlarga: “Qardoşlarimiz töğri aytibdi”, deb javob berdim. Negaki “sayqal” sözini özbeklar “jilo” maʼnosida işlatişsa, qozoq döstlarimiz bu sözni öziga oro berguvçi tannoz ayollarga nisbatan qöllaydi.

Yana bir misol. “Majlisda falonçi odam fistonçi odamga “noz” aytdi”, deymiz biz özbeklar. Bu söz qozoq döstlarimizda “gina” maʼnosida keladi. Qozoqlar davrasida: “Majlisda falonçi odam fistonçi odamga “noz” aytdi”, deyolmaymiz. Negaki, sözning maʼnosi özgarib ketadi.

Foş degan sözimizni olaylik, bizda bu söz biror işni, biror narsani oşkor qildi deb işlatiladi. Lekin qozoq adabiyotşunoslari “mahorat bilan oçib berdi, taʼrifladi” degan jumlani “foş” qildi tarzida qöllaydi.

Muharrir – tilning qöriqçisi

Tilni saqlaşda muharrirlarning örni katta. Abdulla Qahhor, Asqad Muxtor, Vahob Rözimatov, Nizom Komilov, Ibrohim Ğafurov kabilarni öşanday muharrirlar sirasiga qöşiş mumkin. Biz ham ulardan ozmi-köpmi örgandik, örganganlarimizni amalda qölladik, qöllayapmiz.

Yaqinda Husniddin Şaripov haqida bir narsa qoralab, matbuotga berdim. “Domla Şaripov” deb sarlavha qöygandim. Çunki u kişini tahririyatda şunday atardik. Sarlavhani “Köngil husni” deyişibdi. Köngilning oqligini eşitganmiz, köngilning qoraligi haqida ham gap bor. Köngil qoladi, yuksaklarga kötariladi, deymiz. Lekin uning husni bölişini endi eşitişim. Biror narsani bilsa-bilmasa, tavakkaliga qöllayveriş kerak emas. Bu örinda muharrir tuzataman deb aslida buzgan. Bu – sözni his qilmaslikdan. Öşa maqolada bugunga kelib oq yemi çiqib ketgan: “Imoningiz salomat bölsin, joyingiz jannatdan bölsin!” degan sözlardan qoçib, oddiygina qilib: “Biz sizni soğindik, domla Şaripov”, deya yakunlagandim. Gazeta muharrirlari “Ölgan odamni ham soğinadimi?” degan xayolga borgan, şekilli, söngsözimni olib taşlabdi. Lekin şunisi quvonarli böldiki, maqola Husniddin Şaripov haqidagi kitobda könglimdagiday bölib çop etildi.

Yana bir gap. Tahririyatga unça-munça odam qölyozma kötarib kelavermaydi. Astoydil yozuvçi bölaman degan odam qölyozma olib kelsa, siz uni öqib körsangiz, tahrir qilsangiz, muallifga maslahatlar bersangiz, bu, avvalo, xayrli va savobli iş. Muallifni tahririyatdan xafa qilib çiqarib yuborişdan osoni yöq. Çin muharrir bunday qilmaydi.

Matnning poydevori böladi

Har bir yozilgan narsada matnni uşlab turadigan tayanç, poydevor böladi, yaʼni bu – yozuvçining aytmoqçi bölgan gapi, xulosasi. Agar mana şu tayanç bölmasa, matn qulab tuşadi. Jurnalga yozuvçilar haqida bir dasta hangoma bersam, tahririyatdagilar qölyozmaning sahifaga siğmay qolgan joylarini şartta olib taşlabdi. Oqibatda jurnalda bosilib çiqqan material pati yulingan tovuqqa öxşab qolibdi – xulosa qirqib taşlanibdi. Bunday işlar har qanday odamning taʼbini xira qiladi. Ularni muharrir deb bölmas. Agar öşalar muharrir bölganida sahifaga siğmayotgan xulosani qayçilaşdan avval sal boş qotirişgan bölardi. Bu muallif matniga hurmatsizlikdan boşqa narsa emas!

Matnni qisqartiriş kerak bölsa, biz gapni, abzasni emas, sözlarni qisqartirardik. Şunda muallifning fikri qolardi, matnning sopi özidan çiqardi. Asarning umumiy ruhi ham buzilmasdi.

Sarlavha topiş oson emas

Tahririyatning proza bölimida işlagan kezlarim, köplab asarlarning nomlarini özgartirişga töğri kelgan. Masalan, namanganlik Turğun Pölat degan yozuvçimiz “Kurortda” degan bir asar olib keldi. Men unga “Içkuyov” deb nom qöydim. Muallif rosa tortişdi, yoqa böğişiş darajasigaça bordi. Oxiri: “Bor, naşriyotda xohlagan nomingni qöyib çiqaraver! Lekin jurnalda asaring “Içkuyov” bölib bosiladi”, dedim. Bir kun qarasam, asar “Içkuyov” nomi bilan kitob bölib çiqibdi. Gap şundaki, boy-badavlat oilaga bir jurnalist içkuyov bölib kiradi. Murosasi kelişmay qolib, oiladagi qinğirliklarni felyeton qiladi. Bu “içki yov” bölmay, nima bölsin? Jurnalist ham “içki yov”, ham “içkuyov”.

Qutluğ farmon

Prezidentimizning “Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetini taşkil etiş töğrisida”gi farmoni eʼlon qilindi. Universitet tarkibida uçta fakultet – özbek filologiyasi, özbek tili va adabiyotini öqitiş, özbek-ingliz tarjima fakultetlarining taşkil etilişi, qolaversa, Özbek tili va adabiyoti ilmiy tadqiqot instituti va Özbek tili va adabiyoti muzeyining universitet tarkibiga olinişi til va adabiyot borasida yaxlit, mukammal tizim yaratilganini bildiradi. Bu tilimizga, madaniyatimizga hukumatimizning yuksak eʼtiborini körsatuvçi fakt. Bu  tilimiz va adabiyotimizga eʼtibor davlat siyosati darajasida degani.

Qutluğ farmon til va adabiyotga daxldor köplab masalalarga yeçim topişga imkon beradi. Jumladan, tilimiz grammatikasi, fonetikasi, orfografiyasidagi baʼzi bir nuqsonlarni tuzatiş tilçi olimlarimizning asosiy vazifalaridan biriga aylansa, nur ustiga nur bölar edi.

Hali bajaradigan

işlarimiz köp

Mana, mustaqillik tufayli, xudoga şukr, naşriyotlarimiz köpaydi. Lekin bu degani hay deydigan xöja yöq, degani emas. Hamma öz bilganiça qoralagan qölyozmasini kitob qilib çiqaraverişi kerak, degani emas. Lekin, afsuski, bugun şunday qoralamalar bu naşriyot bosmasa, unisida çiqib ketyapti. Yozuvçilarimiz naşriyotga kelib, noşirning stoliga pulni qöyadi, mana, fleşka, deydi. Noşir fleşkani oladiyu tugmaçani bosadi. Qarabsizki, kitob tayyor.

Yigirmatalab “roman” yozgan yoşlarimiz paydo bölyapti. Bu nima degan gap? Ularda qanday mavzular bor? Nimalar yoritilgan? Endi şularni nazoratga olişning vaqti kelmadimikan?

Adabiyot insonni tarbiyalaşi, tarbiyalaganda ham milliy ruhda tarbiyalaşi kerak. Asarning arqoği – asl maqsadi, bizningça, şunday bölişi kerak. Har qanday asarni milliy ruhda yozsangiz, xalq öqiydi. Lekin qahramoningizning ustidagi libosi özbekça-yu, özi boşqa millat odami bölsa, öquvçi asaringizni bir çetga surib qöyadi. Rusga döppi kiydirgan bilan u özbek bölib qolmaydi, yo bölmasa, özbekka şapka kiydirib qöygan bilan u rusga aylanib qolmaydi.

Avvalo, adabiyotning yölini töğri belgilab oliş kerak. Axloqsizlikni, zöravonlikni tarğib qiladigan kitoblarning yölini tösmoq lozim. Yoşlarimizning öşa asarlarni öqib, “Hayot şu ekan-da” deb notöğri tuşunişlariga yöl qöymasligimiz kerak.

Özimizning ming yillardan beri asrab-avaylab kelayotgan milliy ruhimiz, milliy odob-axloqimiz, milliy udumlarimiz bor. Yozajak asarlarimizda şular aks etişi eng maqbul iş. Bizga mumtoz yozuvçilarimiz, mumtoz ustozlarimiz nafis adabiyotni meros qoldirgan. Nafosatni kuylaşni örgatgan. Uni bulğaşga, unga doğ tuşirişga heç kimning haqqi yöq.

Gurungni

Fozil JABBOROV

qoğozga tuşirdi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…