2 daqiqada öqiladi

553 marta körilgan

Erkin Aʼzam deydiki…

Erkin Aʼzam

* * *
Adabiyot… özim yaxşi körgan, hayotimni bağişlamoqqa ahd qilgan soha. Taqdir boşqa bir yölga solib yuborganida ham men baribir usiz yaşayolmas edim çoği.

* * *
Adabiyotning bugungi jamiyatdagi örni haqida tölib-toshib sözlamoq qiyindir-ov. Adabiyot, umuman sanʼat hozirgi kunda pul, manfaat dunyosiga duç kelib turibdi. Bu balolar aralaşgan joyda çinakam adabiyotu sanʼatdan söz yuritiş ortiqça.
Bular ham zamonga moslaşsin. Ana, xaridorgir kitoblar peştaxtalarni töldirgan-ku, demoq bölsangiz, kaminangiz ularni adabiyot hisoblamaydi-da. Ular yozuvçilik daʼvosida, adabiyotga öxşatib, aslida bozor ilinjida naridan-beri yasab taşlanayotgan nimarsalar, xolos. Haqiqiy adabiyot namunasi bunday tezqadam, tezpişar bölmaydi, u dardli sözdan, toza sözdan dunyoga keladi. Xudo bergan kuni emas, Xudo yorlaqagan kuni!

* * *
Yöldagi odamni (yozuvçini) şakllanib bölgan, yaʼni manziliga yetgan deyiş mumkinmi, ayting? Hayot uni yönib, toblantirib, çiniqtirib borişi tabiiy hol. Biroq yönilaverib, sip-silliq bölib qolmoqdan saqlaniş lozim. Unday odamning qalamidan çiqqan narsalar ham öziga öxşab sip-silliq böladiki, adabiyotga buning sira darkori yöq.

* * *
Meni asarning janri emas, unda erişilgan badiiy natija köproq qiziqtiradi. Roman yozgani bilan odam yozuvçi bölib ketaversa koşki ekan! Boşqalarni qöyib buyuk Çexovni oling! Unga zamondoş bölgan neça-neçalari önlab romanlar yozgan, lekin bugun ularning nomini kim biladi, ayting?

* * *
Bitta “sekret”imni aytaymi? Mavjud andozalarni unutib, sipogarçilikni yiğiştirib, voqelikni, qahramonlaringizni iloji boriça aniq, rostgöylik bilan tasvirlab bersangiz, özi şunday çiqaveradi: kulgiliroq, hayratomuz… Bunda özingizning şaxsiyatingiz, taʼb-didingiz ham muhim, albatta.

* * *
Köp öqib-örganganim, havas qilganlarim rost, ammo sira birovga öxşatib yozgim kelmaydi. Axir, özim-çi, men ham odamman-ku, heç kimga öxşamayman-ku, bilganimça, qöldan kelganiça yozaveray-çi, deb urinib yotaveraman.

* * *
Ikki yuz-uç yuz sahifali qölyozmaning ustiga “roman” deb yozib qöygan bilan roman bölaveradimi? Uzundan-uzoq bir keçmişni ançayin jöngina yozib çiqqan yoki tarixan biror davrni olib, “qoş-közi”ni adabiylaştirib qayta hikoya qilib bergan “roman”lar haqiqatan ham köpayib ketdi. Nima ham derdingiz, Xudo insofini bersin, xolos!
Menimça, roman deganlarida yangi bir voqelik, yangi ruh, murakkab xarakterlar, ularning çigal taqdiri, şulardan tuğiladigan salmoqli bir falsafa, fikrlar bölmoği lozim. Kitobxonni u ilgari notaniş yangi bir dunyo, yangi voqelikka boşlab kirmoği darkor.
Şunaqa asarlarimiz çindan ham kamroq.

* * *
Modern, aslida, yangiça, adabiy bir yangilik degani. Sirasini aytganda, çinakam badiiy asar hamişa kaşfiyot, yangiça bölmoği lozim va şu sözga köngil juda sust ketsa, uni sira ikkilanmay modern namunalari qatoriga qöşiş mumkin. Darvoqe, rus adabiyotşunosligida bu borada “modernlaşgan realizm”, yaʼni yangilangan realizm degan bir istiloh ham paydo bölibdi-ku. Demak, baribir, tagzaminida realizm bor ekan-da, osmonga sapçib nima foyda!

* * *
Har gal yangi nimadir yozganingizda bir gaplarni aytdim-ov, deb öylaysiz özingizça. Lekin bari – dengizdan tomçi. Dildagisini umrning oxirigaça aytib ado qilib bölmas!
Muhim gapni aytiş uçun, avvalo, köngilda şunday gap bölişi kerak.

2010-yil 10-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)