2 daqiqada öqiladi

317 marta körilgan

Maʼnaviyat mayoği

Maʼnaviyat mayoği

Vatanimiz madaniyati tarixiga yana bir sana zarhal harflar bilan bitildi. Endilikda 2017-yil Adiblar xiyoboni taşkil etilgan yilga aylandi. Xiyobon tez orada Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy boğida qad rostlaydi. Uning taşkil etilişi haqida Prezident qarorining eʼlon qilinişi mamlakatimiz madaniyati va sanʼati rivoji, millatimiz maʼnaviyati yuksalişi yölida taşlangan yana bir qadamdir.
Xiyobon Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy boğida oçilayotgani çuqur maʼnoga ega. 1991-yili Milliy boğ hududida asarlari butun insoniyatning bebaho merosiga aylangan buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiyga haykal örnatilgan edi. Boğ uzra qör tökib turgan uşbu yodgorlik xuddi maʼnaviyat nurlarini soçayotgandek, biz qanday uluğ zotlarning avlodi ekanimizni körsatib turgandek. Tarixga nazar taşlagan kişi xalqimiz asrlar oşa adabiyotga oşufta bölib kelayotganiga guvoh böladi. Bizning xalqimiz atoqli turkiy şoir va mutafakkir Yusuf Xos Hojib, Alişer Navoiy va boşqa uluğ söz sanʼatkorilaridan boşlab to Ğafur Ğulom, Oybek, Erkin Vohidov, Abdulla Oripovning yuksak adabiy asarlaridan ulgi olib keldi. Ularning ijodi beqiyos maʼnaviy quvvat va katta maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Uluğ özbek şoiri Çölpon: “Adabiyot yaşasa, millat yaşar”, deb yozgan edi. Şu sababli ham yurtimizda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy, madaniy, maʼrifiy merosini örganişga katta eʼtibor berilmoqda. Bu esa milliy adabiyotning rivojlanişiga, millat maʼnaviyati yuksalişiga xizmat qiladi.
Bugun Milliy boğni Alişer Navoiy haykalidan taşqari atoqli adiblarimiz Oybek, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va maşhur şoira Saida Zunnunova haykallari bezab turibdi. Endilikda Adiblar xiyoboniga, Qarorga köra, Hamid Olimjon, Ğafur Ğulom va Zulfiyaga qöyilgan yodgorliklar köçirib kelinadi. Bundan taşqari, milliy adabiyotimizning yorqin vakillari – Ozod Şarafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf siymolarini yaratiş böyiça tanlov eʼlon qilindi. Bu nafaqat uluğ söz sanʼatkorlarining xotirasini uluğlaydi, balki Milliy boğni nodir tarixiy-madaniy majmuaga aylantiradi. U özini adabiyotga bağişlagan va millatimiz maʼnaviy hayotida yorqin iz qoldirgan Vatan farzandlariga öçmas yodgorlik ham bölib qoladi.
Davlatimiz rahbarining uşbu qarori Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi faoliyatini yangi bosqiçga kötaradi. Uyuşmaning uzoq yillik faoliyati davomida ilk bor yangi binoga ega bölamiz. Bino özbek adabiyotining asosçisi nomi bilan ataladigan Milliy boğda joylaşişida ham çuqur ramziy maʼno bor. Zamonaviy meʼmorçilikning eng yaxşi anʼanalari asosida quriladigan uşbu inşoot maʼnaviyat mayoğiga, mamlakatning eng kuçli adabiy iqtidorlari birlaşadigan joyga aylanişi şubhasiz. Quriliş rejasi ipidan ignasigaça  çuqur öylangan. Kutubxona va Uyuşma huzuridagi “Ijod” kitob dökoniga alohida joy ajratilgan. Vaqti kelib öz naşriyotimizni oçiş rejamiz ham yöq emas. Bölayotgan özgarişlar bizni nafaqat rağbatlantiryapti, balki ilhomlantiryapti ham. Uyuşmamizning 700 nafarga yaqin aʼzosi bor. Yaqinda Navröz arafasida bir qator yoşlarni safimizga oldik.
Özbekiston madaniyati va sanʼati körgazmalar zali yaxlit meʼmoriy majmuani töldiradi. Qarorda belgilanganidek, unda kitoblar körgazmasi va taqdimoti, maʼrifiy tadbirlar taşkil etiladi. Adabiyotga eʼtibor, şak-şubhasiz, hozirgi va kelajak avlodning maʼnaviy kamolotiga ğamxörlik qiliş demakdir.

Muhammad Ali,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi,
Özbekiston xalq yozuvçisi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)