237 marta körilgan

Könglingni ber menga, dilga ulayman

Könglingni ber menga, dilga ulayman

Bahor

Bunça nozik, mitti ğunçalar
Qanday qilib oçilar, kular?
Balki uning jasoratini
Tölğoq tutgan onalar bilar.

Qirğoqlarga siğmay toşar suv,
Şivirlaydi yaşil yaproqlar.
Turnalarning qaytganin körib,
Vujudimga kirar titroqlar.

Karaming möl, qodir Ollohim,
Maysa ekding hatto toşgaça.
Yaşaş darsin ötarsan, balkim,
Bahoringda keksa, yoşgaça.

Ufqlarga yetsa quloçim,
Lolalarni bağrimga bossam.
Kapalakning qanotlariga
Yonib turgan dilimni ossam.

Bahorning gul quçoqlarida
Tirilgim, ham ölgim keladi.
Özbekiston, onam, bağringda
Ming bahorlar qolgim keladi.

Gul bölgim keldi

Qorga bergan edim ildizlarimni,
Nega seni körgaç gul bölgim keldi?
Bulut yaşirgandi  yulduzlarimni,
Seni körgaç yoruğ kun bölgim keldi.

Bağişlagim keldi qirqta jonimni,
Bilmam, imkonimda qançasi qoldi?
Qizğaldoqlar kirib olib qonimga,
Taşrifingni kutib bunça çayqaldi.

Tuşunarmikanlar yillar tilimga,
Menga tizginini tutqazarmikan?
Yomğirlar yoğmagan sahro dilimga
Bir tupgina nihol ötqazarmikan!?

Gul yomğiri

Farğonaning qiyğos gullagan boği
Boşimga yoğdirdi gul yomğirini.
Körmagandim umr gul oçgan çoği
Bunçalar çiroyli dil yomğirini.

Közim gul, yuzim gul, yelkalarim gul,
Ketdi qançalari soçim oralab.
Oyoğim osti gul, yölkalarim gul,
Birlari labimga yopişdi, yo rab.

Qor yoğsa, baraka yoğdi deb şodon,
Yomğir yoğsa, hovuç tutar odamlar.
Ne qilarim bilmay qoldim men hayron,
Gul yomğiri yoğsa netar odamlar?!

Gullar yomğiriga çömilib oldim,
Qölim gul, yölim gul, tilim gul böldi.
Gullar xirmoniga kömilib qoldim,
Özim ozod böldim, dilim qul böldi.

Gul yoğar, qöşilib yoğar hislarim,
Kel, döst, xayolingni gulga belayman.
Şamolda uçarkan huşu eslarim,
Könglingni ber menga, dilga ulayman.

Tilimni yeçsam bas, tökiladi şeʼr,
Qölimni oçsam bas, gulni tutaman.
Dilga kişan soldi gulbadan boğlar,
Endi bu boğlardan qandoq ketaman…

Esing yöqmi, daraxt

Esing yöqmi, daraxt, yana gullading,
Tirnoğingdan tortib soçinggaça to.
Eski dardlaringni kimga pullading,
Mendek dardkaşingni unutib hatto…

Esingdami, öşa  zor qaqşatgan kuz,
Sevimli barglaring  taşlab ketgani?
Va yana quşlar ham ögirgani yuz,
Quyoşni uzoqqa  boşlab  ketgani?

Esingdami, axir, içganing qasam,
Bağrimga bosmayman bahorlarni, deb.
Devding: soç oqarar, oqarmas kosam,
Öşa qahri qattiq qahhorlarni deb!

Sen kabi yuragim huvillagan dam,
Qalbimga bostirib kelganida kuz,
Qattiq şoxlaringga tutindim hamdam,
Bukçaygan tanangga aytdim, qança söz.

Oh, yana bahorga bölibsan asir,
Unutib köksingga sançilgan öqni.
Yolğonçim, qandayin suyaysan, axir,
Senga sirlar aytgan men esi yöqni…

Qizğaldoqqa

Alvon şafaqlardan qarzing bormidi,
Şahanşoh quyoşga arzing bormidi,
Yo azaldan şunday tarzing bormidi,
Neçun qizil kuylak kiyding, qizğaldoq?

Yölga qaçon çiqding, jilvagar  yulduz,
Sezmay qoldim qay dam oçganingni köz,
Yurak degan joyga böyi yetgan qiz,
Neçun qizil kuylak kiyding, qizğaldoq?

Oqşom oyni körib nega tiz çökding,
Imzongni ne sabab qon bilan çekding,
Qöl yetmas joylarga qandayin çiqding,
Neçun qizil kuylak kiyding, qizğaldoq?

Qoraqoşim, qoşing bunçalar qaro,
Qoşi bor özga gul yöq gulşan aro,
Qizğançiq gullarning tikanin qara,
Neçun qizil kuylak kiyding, qizğaldoq?

Kuylaging butunmas, bu qanday rusum,
Erka qizça, qaçon kiradi esing,
Yanoqning rangidan oldingmi tusing,
Neçun qizil kuylak kiyding, qizğaldoq?

Kun keça pardaga öralgan eding,
Böz yigit tomondan söralgan eding,
Nozik adolarda buralgan eding,
Neçun qizil kuylak kiyding, qizğaldoq?

Köpaytirib qöyding oşiqlaringni,
Pinhon aytmaysanmi qöşiqlaringni,
Yopay deb topmadim eşiklaringni,
Neçun qizil kuylak kiyding, qizğaldoq?

Bahorning  oxirgi kuni

Bilaman, oçilib böldi lolalar,
Yölimizga közin tutib ham böldi.
Yurakni örtagan sirli nolalar
Olis-olislarga ketib ham böldi.

Bilamanki, arşda turib osmon ham
Bir sirli olovda çaqdi çaqinlar.
Quyoşga işonib, yur desa, şabnam,
Ketdi qöşilişib qança yaqinlar.

Bilaman, gullarni duv tökmoq uçun
Bir şamol aççiği qildi kifoya.
Uzilgan gul barglar yiğladi xun-xun,
Yerga bağrin berib köndi nihoyat.

Bilaman, umrning ayni kuzida
Yana bir bahorni  kuzatmoq oğir.
Baxtli körinsa-da elning köziga,
Sözga aylanolmay yonadi bağir.

Bilaman, qaytmaydi endi bu bahor,
Biz şoşib kuzlarga çopaveramiz.
Özni aldaş uçun har tong, har sahar
Yangi bahonalar topaveramiz.

Faqat bilmay qoldim, ötdi bunça tez
Gözal tuyğularning sirli tölqini.
Mening bu kunlardan ketgim yöq edi,
Nahotki, bahorning oxirgi kuni?!

Xosiyat bobomurodova,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

1950-yili tuğilgan. Toşkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.
“Samarqandga maktublar”, “Qalb titroği”, “Vatan yagonadir”, “Jonimning egasi”, “Bormisan, özbek” kabi bir qator şeʼriy töplamlari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.