Bugun “Isteʼdod maktabi” VII Respublika yoş ijodkorlar seminari iş boşladi. Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan yoş ijodkorlar erta tongda hazrat Alişer Navoiy haykali poyiga gulçambar qöydilar.
Söng Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi majlislar zalida seminarning oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Xalq yozuvçisi Muhammad Ali oçdi. Şuningdek, tabdirda taniqli yozuvçi-şoirlar, jamoat arboblari va köpsonli adabiyot ixlosmandlari qatnaşdi.
Şundan keyin iştirokçilar Uyuşma kutubxonasi va kitob dökoni bilan tanişdilar.
Seminar Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Dörmon ijod uyida davom etmoqda.







“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

