73 daqiqada öqiladi

585 marta körilgan

Tözon

Bahodir Abdurazzoq

(qissa)
Bu laʼnati tözon boşlanişidan ikki kunmi, yo uç kunmi oldin Olloberdi çol omonatini topşirdi. Xudoning qarğişiga qolgan şaharçani örab turgan qumtepalar tomondan ğalati hovur kötarilar, şamol bu yurtni butkul unutib yuborgan bölsa kerakki, onda-sonda uçraydigan butalarning şoxlari ham zobitning oldida turgan askardek qilt etmas, osmon ham xira kulrang tusda edi. Biz bolakaylar tikansimlar bilan örab olingan, har joy-har joyda soqçi minorasi qöqqayib turadigan şaharçadan bir amallab çiqib olib, bir neça çaqirim naridagi, şör va sassiq suvli zovurda çömilib qaytayotgan pallada, Olloberdi çolning jon taslim qilayotganini körib qoldik.
Çol beton panellardan tiklangan tört qavatli uyning birinçi qavatida bir özi yaşar, bizning maktabda qorovullik, gölahlik qilardi. U keçqurunlari, havo biroz salqin tortgan paytlarda, uyga kiraverişdagi yölak yoniga örnatilgan xarrakda ötirib xayol surişni yaxşi körardi. Biroq, öşanda u qoq tuş pallasida, mis tovaday qizib turgan xarrakda boşi qiyşayib, iyak qoqib turardi.
Çolning körinişi dahşatli edi: yağir döppisi yonga surilib, kirligidan sarğayib ketgan oq soçlari körinib qolgan, oğzi qiyşayib, lablaridan qon aralaş köpik sizar, közlari olayib ketgan edi. Manzara dahşatli bölsa-da, undan közimizni uza olmasdik. Biz qörqa-pisa ajal girdobida qolgan çolga yaqinlaşdik.
– Ketinglar bu yerdan, – xirilladi çol. – Ketinglar… Tözon yaqinlaşmoqda…
Holbuki, bir haftadan beri bu sahro şaharçasida qilt etgan ojiz şabadaga ham zor edik.
– Meni tözon olib kelgandi… – xirilladi çol, sönib borayotgan közlari bilan bizga tikilib, – Endi u qaytarib olib ketadi, şekilli…
Çol xarrakning suyançiğiga özini taşlab tirişdi, keyin bir xörsingandek ojiz tovuş çiqardi va boşi şilqillab yelkasiga tuşdi. Biz qurbonining ölimini kutib turgan kalxatlar kabi uni örab turgandik. Ölimning etni junjiktiruvçi sovuq nafasini his qilib, saratonning jaziramasida, quyoşning olov nafasi ostida turgan bölsak-da, titrab ketdik. Keyin esa çolning murdasini xarrak-da qoldirib, tört tomonga tiraqaylab qoçib qoldik.
Uçinçi qavatga hansirab çiqib, uyimizga kirdim. Otam işdan kelmagan, onam esa uç oylik singlim bilan andarmon edi.
– Ona-a, – dedim, hiqillab, – Ona-a!
– Baqirma, – dedi onam yarim şivirlab, -singlingni zörğa uxlatdim. Nima ilon-pilon körib qoldingmi, bunça elovriysan?
– Ona, Olloberdi çol… Olloberdi çol ölib qoldi!
– Nima? Qayerda öldi? Nega öladi?
– Yölakning oldidagi xarrakda ölib qoldi.
Onam biroz sarosimada allanimalarni piçirlab, yuziga fotiha tortdi. Keyin menga ögirildi.
– Yonida heç kim yöqmidi?
– Yöq edi.
– Bir möminning jasadi köçada qolmasin. Çopib borib komendantga ayt. Tuşundingmi? Olloberdi bobo xarrakda ölib qoldi, degin. Keyin sandiroqlab yurmasdan uyga qayt.
Mening taşqariga çiqişga, bundan ham yomoni, çol yotgan xarrak yonidan ötişga yuragim betlamasdi. Onam tixirlik qilişimga eʼtibor bermay, narigi köçadagi komendaturaga jönatdi.
Komendant, sarğiş möyloviga tamaki va aroqning omuxta hidi örnaşib qolgan, ellik yoşlardagi xomsemiz polkovnik, biz bolalar “Vasiliç amaki” deb ataydigan Aleksey Vasilyeviç Dudko, mening ğöldiragança, sözlarni çala yamlab yetkazgan xabarimdan keyin boşidan furajkasini olib, öylanib qoldi. Keyin ikkita askar bilan özining şaloq “UAZ”ini bizning uy tomonga jönatib, murdani “Morg”ga olib borişni buyurdi. Komendaturadan çiqayotganimda negadir kunbotar ufqda xira tumanlik paydo bölayotganiga közim tuşdi. Bunga eʼtibor ham berib ötirmay uyga qarab çopdim.

* * *
Otam qamalganida men ikki yarim yoşda ekanman. Töqqiz yaşarligimda otamga biroz yengillik berilib, qamoqda emas, balki şu yopiq şaharçada işlaşga yuborildi. Buning ustiga oilasini ham köçirib olib kelişga ruxsat berilgaç, otam bizga xat yöllab, yoniga çaqirdi. Onam bir qöli bilan meni yetaklab, ikkinçi qölida oğir jomadonni kötargança yölga tuşdik. Mening esimda qolgani avval avtobusda qandaydir şaharga borganimiz, keyin vokzalda, qumursqadek ğuj-ğuj olomon orasida sarson-sargardon bölib yurganimiz, keyin bir amallab, poyezdga ilaşib, lölilar, ipirisqi daydilar bilan tölib toşgan “obşi” vagonda ikki kun yurib şu ovloq stansiyaga tuşib qolganimiz, u yerda esa ikkita askar qurşovida otam bizni kutib olgani edi, xolos. Otam bizni olib kelib şu, uçinçi qavatdagi beton katak uyimizga örnaştirgaç, şoşgança yana ortga, işiga qaytib ketdi. Biz onam ikkalamiz begona uyda nima qilişni bilmay serrayib qoldik. Keyin men barça eşiklarni bir-bir oçib xonalarga köz taşlay boşladim. Birida körpa-töşakli karavot, şkaf, stol va uçta stul, birida kattakon lagan va ikkita yaltiroq jömrak, birida esa gaz plitasi va idiş-tovoqlar, yana biri esa poliga töşalgan eskiroq palosdan boşqa heç narsasi yöq, böm-böş xona edi. Onam jomadonni şu xonaga qöydi. Biroz öylanib turganidan keyin oşxonaga ötib, kosa-tovoqlarni yuva boşladi. Gazni yoqib çoy qöydi.
Körpaçalarni töşab, momom turşak, jiyda, qurut va kulça tugib bergan olaquroq dasturxonni oçdi. Biz jimgina çoy iça boşladik.
Şu payt eşik taqilladi. Onam seskanib tuşdi. (Otamning qöllarini qayirib olib ketişganidan beri onam oyoq ostida qisirlagan xazondan ham qörqadigan bölib qolgan ekan). U qaltiragança borib eşik ilgagini tuşirdi. Eşik oldida töladan kelgan, malla möylovidan tamaki va aroqning qölansa hidi anqib turgan harbiy kiyimli kişi va askar turardi.
– Z-zdrasti, xozyayka! – dedi u bilinar-bilinmas çayqalib. – S novoselyem!
Onam heç narsaga tuşunmay, ötakasi yorilgudek bölib ortga tisarildi. Men ham uning keng köylagi ortiga bekindim.
Harbiy kişi bilan yelkasiga avtomat osgan askar heç qanday takallufsiz içkariga kirişdi. Askar eşikni yopdi. Harbiy kimsa xuddi öz uyida yurgandek bemalol oşxonaga kirdi va kursiga ötirdi. Askar esa xuddi biz qoçib ketayotgandek, avtomatining qayişini çangallagança faxriy qorovulda ötirgandek eşik oldida ğoz turib qoldi.
– Polkovnik Aleksey Vasilyeviç Dudko, komendant kolonii U-ya 126/74 ! – Taniştirdi özini harbiy kişi. Onam uning tilini tuşunmasdan qaltirab turardi. Men özimni ança bosib olgandim. Harqalay oltinçini tugatganman. Rus tili muallimamiz Alfiya opaning taʼrifi böyiça şu tilni özlaştiriş böyiça maktabdagi eng iqtidorli öquvçilardan edim.
– Ona, bu kişi şu yerning kattasi ekan, bizning qanday joylaşganimiz bilan qiziqyapti.
Onam menga közlarini katta-katta oçib qaradi. Bu “çulçut”ning tilini uqişimga hatto onam ham işonmasdi.
– Hammasi yaxşi, deb ayt. Tezroq keta qolsin.
Maktab darsligi böyiça rus tilini yaxşi özlaştirgan bölsam-da, hali biror marta tirik öris bilan gaplaşib körmagandim. Tutila-tutila gapirdim:
– Ispasiba. Vse xoroşo.
Mening rus tilida gapirganim Dudkoga yoqib tuşdi.
– Ну, ты молодец, парень! Kak tebya zvat?
– Bahrom, – dedim men, endi onamning etagidan nariroq surilib. Komendantning yaxşi muomalasi menda özimga nisbatan işonç uyğotgandi.
– Bax-xram, – dedi u biroz qiynalib, – ты ne protiv, yesli ya tebe Borey zovu?
– Net, ne protiv.
– Molodets, Borya! – U endi onamga ögirildi. – U tebya slavniy paren, xozyayka! Вот мы и познакомились. Veçerom Alik pridyot, pust zaxodit v komendaturu. Ты понял меня, Боря?
– Da, ponyal, dyadya…
– Vasiliç, – dedi u. Keyin qöşib qöydi: – Zdes detvora menya dyad Vasiliçom kliçit. И ты тоже так звать можешь. Nu, schastlivo ostavatsya, xozyayeva. – Burilib ketar ekan, yana bir karra menga eslatdi. – Ne zabud, Bor, Alik veçerom zaxodit komendaturu.
– Ne zabudu, dyadya Vasiliç!
Keçqurun otam kelganida komendantning kelganini va nimalar deganini oqizmay-tomizmay aytib berdim.
– Sen rus tilini qayerdan bilasan? – hayron böldi otam.
– Maktabda “beş”ga öqiganman! – Maqtanib qöydim.
Otam ulkan, temirdek qattiq qadoqli panjalari bilan boşimni siladi.
– Yaxşi! Bu işing zör böpti. Tilni bilsang bu yerda qiynalmaysan. Tezda özingga örtoqlar topib olasan.

* * *
Otam töğri aytgan ekan, kuzda yangi maktabga qatnay boşlaganimga köp ötmasdan özimga yaraşa örtoqlar topib oldim. Birinçi bor sinfxonaga kirganimda, qator partalarda ötirgan bolalar közimga begona va sovuq köringan edi. Örta yoşlardagi töladan kelgan oq-sariq ayol – rus tili öqituvçimiz va sinf rahbarimiz Lidiya Aleksandrovna meni örta qatorda yolğiz ötirgan, malla yuzini sepkil bosgan, böyi mendan bir kalla baland, suyagi buzuq qizning yoniga ötqazarkan, taniştirdi:
– Bolalar, bu sizlarning yangi sinfdoşlaringiz Baxram Abdullayev. Umid qilamanki hali döstlaşib ketasizlar.
Öqituvçi ortiga ögirilib, doskaga maşqning qolgan qismini yoza boşlaganida sinfda misli körilmagan şivir-şivir tözoni boşlanib ketdi. Men indamay sumkadan kitob-daftarimni çiqarib partaning ustiga qöydim. Suyagi buzuq qiz mening har bir harakatimni yirik-yirik moviy közlarini yanada katta oçgança kuzatib turardi. Oxir sabri yetmay söz qotdi:
– Mening ismim Maşa…
– Menikini esa hozir eşitding, – dedim biroz qörsroq ohangda.
– Isming ğalati ekan… – u biroz tutilib qoldi. – Biroq, bizda senikidan ham ğalati ismli bolalar bor. Misol uçun, uçinçi qatorning oxiridagi bolaga qara, uning ismi Nur-dau-let. Biz uni Davka deb ataymiz. Xuddi böğma ilonni atagandek.
Maşa partada yolğiz ötirib rosa zerikkan körinadi, labi labiga tegmay piçirlardi. Men u körsatgan tomonga qaradim. Uçinçi qatorning sönggi partasida boşqalarga nisbatan yoşi kattaroq şekilli, baland böyli, polvon kelbatli, yalpoq va keng yuziga unçalik ötirişmagan mitti qisiq közlari yiltirab turgan öspirin ötirardi. Maşa yana allanimalarni şoşilib gapira boşlaganida Lidiya Aleksandrovnaning qahrli ovozi eşitildi:
– Dudko! Agar yana şivirlay boşlasang, sinfdan çiqarib yuboraman!
– Keçirasiz, Lidaleksanna. Boşqa qaytarilmaydi, – dedi Maşa şoşa-pişa va jim qoldi.
– Nima, sen komendantning qizimisan, hali? – söradim uning familiyasini eşitganim zahoti.
– Ha, şuning uçun ham partada yolğiz ötiribman. “Zek”larning bolalari men bilan ötirişni xohlaşmaydi, yaramaslar. – U ğijinib, yirikkina muştini qisib qöydi. Keyin menga ögirildi. – Sening otang ham ariston, a? Sen mendan nafratlanmaysanmi?
Vasiliç amaki menga yomonlik qilgani yöq. Tanişgan kunimizdan boşlab bu xöppa semiz polkovnik menga sodda va samimiy odam bölib köringandi. Bolalarga uning nimasi yoqmaskan. Tuşunmadim. Otasi yoqmasa, qizida nima ayb.
– Yöq, – dedim Maşaning sepkil bosgan yuziga qarab. – Sen bilan endigina tanişdim-ku. Nima uçun nafratlanişim kerak.
Maşaning köm-kök közlari quvonçdan porlab ketdi.
– Maylimi, seni Borya deb çaqirsam?
– Ixtiyoring. Otang ham meni şunday deb ataydi.
– Sen hali otam bilan tanişmisan?
– Ha, kelgan kunimoq tanişib olganman.
Maşaning közlaridagi quvonç alangasi bir zumda sönib, örnini mubham, allaqanday ğussali tumanlik qoplab oldi.
– U otangni urdimi? – bir oz tin olib, hazin tovuşda söradi.
– Yöq, – dedim biroz hayron bölib, – nega unaqa deysan?
Maşa oğir tin oldi.
– Otam içib olgan paytlarda köziga taşlangan aristonni rezina tayoği bilan döpposlab qoladi. Gap qaytarganini esa qamoqqa taşlaydi. Yaqinda Davkaning otasini kaltaklab, mayib qilib qöyişiga sal qoldi. Şuning uçun ham Davka meni yomon köradi. Agar xilvatda qöliga tuşib qolsam, öldirib ketişdan ham toymaydi, u!
– Lekin otang unaqa odamga öxşamaydi-ku?
– Içmagan paytlarida yaxşi odam. Içsa, hayvonga aylanadi, qoladi.
 Oradan bir neça kun ötdi. Eʼtibor bersam, haqiqatan ham Maşani heç kim, hatto qizlar ham öz saflariga qöşmasdilar. Yangiligimgami, yoxud, tavqi laʼnatga qolgan Maşa bilan partadoş bölib qolganim uçunmi, men ham beixtiyor ularning nafrat öqiga nişon bölib qolgandim. Rasman sinfga “professor” laqabli qiltiriqqina, közoynak taqib yuradigan armani bola Gogik sinfboşi bölsa-da, biroq butun sinf, hatto qizlar ham muştumzör Nurdaulet – Davka qozoqqa quloq qoqmay böysunişardi. Beçora sinfboşi esa uning xos ğulomiga aylanib qolgandi. Maşaning aytişiça uni qizlar orqaravotdan “Otnesi-prinesi” deb ataşarkan.
“Qiziq, – xayolimdan ötdi şu tobda birinçi partada ötirgan Gogikka nazar taşlarkanman, – şu gavdasiga şunça laqab oğirlik qilmasmikan: “Professor”, “Otnesi-prinesi”, yana buning ustiga “Sinfboşi” ham…”
Tanaffusda bir çetda turib, töpolon qilayotgan kiçkina sinf öquvçilarini tomoşa qilib turardim. Nariroqda esa Davka boşçiligidagi bir neçta öğil bolalar nimanidir qizğin muhokama qilişar, ahyon-ahyonda men tomonga qarab-qarab qöyişlaridan, suhbat mening sinfda qöqqisdan paydo bölib qolişim töğrisida ekanligiga işonçim komil edi. Men tabiatan kamsuqum bolaman. Odamlar bilan tez kirişib keta olmayman. Tortinaman. Şu tortinçoqligimni yaşiriş uçun xömrayib olaman. Xuddi bu “yalangoyoq”larni pisand qilmayotgandek körsataman özimni. Bu qiliğim menga köp pand bergan. Bir neça bor kaltak yeb qovoqlarim ostini kökartirib ham yurganman. Biroq bu odatdan qutulolmayman sira. Hozir ular ham bu ğöddaygan oliftaning adabini berib qöyişni öylayotgan bölsalar kerak. Aççiq tajribamdan bilamanki, ular bu işni tanaffusda, maktab hovlisida amalga oşirişmaydi. Balki, şaharçaning bironta xilvat göşasida ora oçdi qilinadi. Ular hamon nimanidir qizğin muhokama qilişardi. Oxir-oqibat kelişib olişdi, şekilli, bir-birlariga qöl taşlaşdi.
– Böldi, – xayolimdan ötdi, – endi içlaridan bironta notavonroqni “elçi” qilib jönatişadi.
Aytganimdek böldi. Sinfboşi Gogik menga yaqinlaşib kela boşladi.
– Borya, – dedi u közoynak ostidan qora közlarini alang-jalang öynatib, – yur, gaplaşib olişimiz kerak.
Biz çetroqqa ötdik.
– Davkaga sening komendantşa bilan oş-qatiq bölib yurişing yoqmayapti! – dedi u qariyb şivirlaşga ötib ketayozgan past tovuşda. – Bu işga şu bugunoq barham berişingni talab qilyapti!
– Kim? – dedim özimni göllikka solib, – kim talab qilyapti?
Gogik xuddi kirlanib ketgandek közoynagini yeçib, çöntagidan oppoq römolçasini çiqardi va hafsala bilan oynaklarini artib çiqdi. Keyin avaylab uzun qirra burnining ustiga qöndirdi.
– Nahotki tuşunmagan bölsang?! Davka talab qilyapti!
– Agar Davkangning talabini bajarmasam-çi?
– Unda özingga qiyin böladi.
Içimdan zil ketib turgan bölsam-da sir boy bergim kelmadi. Oliftalarça çetga “çirt” etib tupurdim-da, bamaylixotir qöl silkidim:
– Boşga tuşganini köz köradi, – dedim kattalardek salmoqlab va sinfxonaga tomon yurdim.
Goga yetti yildan beri şu sinfda öqib, şu yetti yil davomida sinfning tan olingan “qiroli”ga sadoqat bilan xizmat qilib yurib bunaqa “qahramonlik”ni ilk bora körib turgan bölsa kerakki, közlarini hatto közoynakdan çiqib ketgudek qilib çaqçaytirgança ortimdan hangu mang qarab qoldi.
Vaziyat ança tarang edi. Muammoni diplomatik yöl bilan hal qilişning hali ham imkoni saqlanib qolgandi-yu, biroq… Men Davkaning barça şartiga könsam va hammaning oldida undan keçirim sörasam, olam guliston bölişini Gogik bir neça marta quloğimga quydi. Lekin men mağrurlik taxtidan tuşmay har safar beçora sinfboşiga bepisandlarça qöl siltab qöyardim.
Hamma tan olgan zör – Davka qozoqdan qörqmasmidim? Yöq, ölgudek qörqardim. Hatto, sönggi kunlarda u tuşlarimga kirganida alahlab uyğonadigan bölib qoldim. Kun qoronğilaşganida ostona hatlaşga yuragim dov bermasdi. Har köringan qora qöyniga ötkir piçoqçasini yaşirib poylab turgan Davka qozoq bölib körinaverardi.
Maktabda esa içimdagini sirtimga çiqarmay, yana öşa mağrur va bepisand qiyofaga kirib olardim. (Töğrisini aytsam, bu qiyofaga kirişning özi bölmasdi). Bu qiyofa Davkaning notavon yugurdaklari va qizlar örtasida ança-munça obrö qozonişimga ham sababçi böldi. Töğri-da, kimsan dahşatli Davka qozoqning dağdağasini bir tiyinga olmagan yakkayu-yagona kimsa men edim-da. Xuddi şu obröni tökib qöyişdan qörqişim, Davkaning kaltaklaşidan qörqişimdan bir neça baravar katta edi va mening mağrur qiyofamni saqlab turişimga kömak berardi.
Şunday, asablar tarang tortilgan kunlardan birida Maşaning qöllarimga tez-tez razm solayotgani eʼtiborimni tortdi.

* * *
Otam qamalganida men ikki yarim yaşar gödak bölganligimni aytgandim. Oradan beş yil ötganida men ikkinçi sinfni tugatib uçinçi sinfga ötgandim. Turmuşning butun taşvişi onamning yelkasida. Yarimjon keksa momom bilan meni oq yuvib, oq tarab boqardi. Buxorodagi allaqanday texnikumda öqiydigan Abdurayim amakimning taşvişi ham onamning böynida. Ön beş kun, bir oyda bir kelganida onam uning çöntagiga tört-beş söm pul tiqib yuborişini bilaman.
– Obunaga bir söm pul sörasam bermaysiz-da, amakimga bus-butun beştalikni qistirib yuborasiz! – deb ğişğişa boşlaganimda onam jerkib berardi:
– Sen öz uyingda yuribsan, tirmizak! Amaking esa musofirçilikda. Unga pul kerak!
Töşakda yotgan momom mening xarxaşamni eşitgan çoği içkaridan ovoz beradi:
– Bahromjon, bolam, buyoqqa qaravor.
Men sekin momom yotgan uyga boş suqaman. U yostiqqa suyanib ötiradi. Kamzulining çöntagini kavlaştirib ikkita ön tiyinlik çaqa olib menga uzatadi.
– Ma, bolam, xörozqand olasan. Hali otang kelsin, özim senga kö-öp pul olib beraman.
Şoşa-pişa momomning qöliga taşlanaman. Otamni esa eslay olmayman. Lekin hali-veri kelmasligiga aqlim yetadi.
 Maktabdan kelasolib, çala-çulpa çoy içgança, çoğroq boltani yelkamga qöyib, tört tirraqi eçki va beş qöyni oldimga solib daryo böyiga yöl olardim. Keçgaça qöylarni töydirib, bir boğ yulğunni yelkalagança uyga qaytardim. Esimni tanibmanki, şu qöylarning ortidaman. Yana tandir-öçoqni ötin bilan taʼminlaş ham mening böynimda. Baʼzan jonimga tegib ketadi. Bor-ey, deb barçasiga qöl siltab, çimzorda töp tepayotgan bolalarga qöşilib ketgim keladi. Biroq, onamning tappi yopaverganidan, gilam töqiyverganidan taraşa-taraşa yorilib ketgan qöllari köz oldimga kelib, fikrimdan qaytaman. Bor kuçim bilan yulğun poyasiga bolta uraman.
Qiş çillasida momom ösal bölib qoldi. Onam yugurgilab Uljon tabibni boşlab keldi. Tabib xola momomni obdon közdan keçirganidan keyin boşini çayqab tilini çuqillatdi.
– Kelin, momoni ança çarçatib qöyibsiz. Illat öpkalarida. Asal topiladimi?
Onam indamay yerga qaradi.
– Asal hozir otliqqa yöğ-u…
– Topmasangiz bölmaydi, kelin. Momoning kuraklariga asal yopib, illatni haydaymiz.
– Mayli, xola. Şu zormandani topsak, momo tuzaladilarmi?
Tabib xolaning biroz jahli çiqqandek böldi.
– Men sizga Xudomidim, kelin! Xudo şifo beraman, desa, men bir sababçiman-da, örgulay. Siz asalni toping, Xudo xohlasa, momo körmagandek bölib ketadilar. Ha, aytgança, istansadagi Rauf nöğoydan sörating. Şunda topiladi.
Rauf nöğoyni men tanirdim. Gazeta qoğoziga tamaki örab çekadigan jizzaki çol. Temiryöl böyidagi kiçkina hovliçasida asalari boqadi. Bir banka asalni ikki şişa aroqqa almaştirganini körganman.
Tabib xola ketdi. Onam ortidan minğirlab qoldi:
– Rauf nöğoyda asal borligini özim bilmaymanmi? Qani unga beradigan pul? Nasiyaga könarmidi u tirraqi…
Ernazar polvon nevaralariga kuraşli töy beryapti. Kun sovuq bölişiga qaramay davraga yugurdik. Qisilib-surilib davraning oldingi qatoriga ötib, çordona qurib ötirib olamiz. Biz – bu, men bilan Ravşan. Burnimizni kamzulning yengiga artgança tezroq oliş boşlanişini kutamiz. Ikkita çolni yolğondakam oliştirib, davrani boşlab olgan bakovul endi bolalarni kuraş tuşira boşlaydi. Şunda kimningdir baquvvat panjalari meni yerdan uzib davraningdir örtasiga olib çiqadi. Bu panjalar otamning eng yaqin örtoği Niyoz amakimniki bölib çiqadi.
– Polvon bova, – deydi u bakovulning tirsagidan tortib, – bizning polvonçaga mos bir raqib toping.
Bakovul mening qölimdan uşlab davrani aylantiradi.
– Bahrom polvonga talabgor bormi?! – deb hayqiradi.
Bir zumda tört-beşta talabgor davraga çiqadi. Razm solaman. Barçasi mendan bir-ikki yoş katta bolalar. Zil ketaman. Biroq bilintirmayman. Bakovul qöşni qişloqdan Zokir degan bolani menga raqiblikka tanlaydi. Zokirni taniyman. Bizdan bir sinf yuqori öqiydi. Xöppa semiz, şunga yaraşa kuçiyam bor. Usulni yaxşi bilmaydi. Kuçiga işonadi. Agar qöliga tuşsang mijğilab taşlaydi. Çap berib, yoqangni tutqazmay olişsang, tez çarçaydi.
Bakovul zotni eʼlon qildi:
– Bahrom polvonga Zokir polvon talabgor böldi. Bularning zoti uç söm pul! Qani, polvonlarim, halol olişinglar.
“Uç söm pul. Buni Rauf nöğoyga eltib bersam, heç bölmasa yarim banka asal berarmikan?” Zokir baqaloqning ortidan davrani aylanarkanman, xayolimdan şu sözlar ötadi. Nima qilib bölsa ham Zokirni yiqitişim kerak. Menga, töşakda bir burdagina bölib yotgan momomga şu pul kerak.
Zokir baqaloq suzonğiç buqadek ustimga bostirib keladi. Çap beraman. Uning yoqamga uzalgan qöllari muallaq qoladi. U ğazablanib böğriqqança yana taşlanadi. Çap bera turib oyoğiga qoqma beraman. U yuztuban qulaydi. Davrani qiyqiriq bosadi.
– He, yaşavor, ota öğil!
Bu Niyoz amakimning ovozi edi. Bakovulning guldiragan tovuşi qiy-çuvni bosadi:
– Bu polvonlarning zoti oşdi! Niyozboy Bahrom polvon uçun yana uç söm qöşdi! Bu polvonlarning zoti olti söm böldi! Eşitmadim demangla-ar!
Zokir çarçadi. Yelkasidan nafas ola boşladi. Çangalida ham kuç qolmadi, şekilli, yoqamdan uşlaganida keskin siltab taşladim. Barmoqlari şalvirab, yoqamdan ajraldi. Payti kelgandi. Uning yoqasidan ikki qöllab çangalladim va şu zahoti tiz çökib yelkamdan oşirib yubordim. Zokirning oğir gavdasi qipiq tökilgan yerga gursillab tuşdi.
– Halol!
Men çöntagimga ulkan boylik – ikkita yaşiltob uç sömlikni yaşirgança istansadagi Rauf nöğoyning uyiga qarab uçib ketdim.

* * *
Qöllarim bolaligimdan issiq-sovuq kunlarda bolta uşlab ötin çopaverganimdan qoramtir, serqadoq va gavdamga nisbatan katta edi. Uyalganimdan qöllarimni parta ostiga oldim. Uning razm solayotganini sezib qolganim uçunmi, Maşa “duv” qizardi.
– Sen sambo bilan şuğullangansan-a? –söradi u biroz önğaysizlanib.
Sambosi nima ekanligini biroz bilaman. Lekin u menga yoqmaydi. Baʼzi tomonlari özimizning kuraşga öxşaydi. Lekin unda yotib olib ham olişaverarkan. Qölni, oyoqni qayirişlari ham bor. Şunisi bizga töğri kelmaydi. Mardmisan, tikka turib oliş-da!
– Unçalikmas…
– Kamtarlik qilma. Hamma seni sambist bölsa kerak, deyapti. Agar sambist bölmasang, nega Davkadan qörqmayapsan?
– Seningça Davkadan qörqmaslik uçun faqat sambist böliş kerak ekanmi?
– Gapni aylantiryapsan. Gogik seni sambist, tört-beştani bir özi çalpak qilib taşlay oladi. Şuning uçun ham doim ğödayib, heç kimga qöşilmay yuradi, dedi.
Men qaçondir Davka qozoq bilan röpara kelişimga işonardim. Davkaga öxşagan bolalar yo seni yengib bukib olişi, yo yengilib, tan berişi kerak. Bölmasa örtada pinhoniy jang davom etib kelaveradi. Lekin hal qiluvçi jang ortga surilaverdi. Davka yo bir zarb bilan tarozining posangisini özi tomonga oğdirib olişga payt poylayapti, yo bölmasam, mening ortimdan yurgan miş-mişlarga işonib oçiq jangga çorlaşga jurʼati yetmayapti… Men esa tezda orani oçiq qilişni xohlardim. Arosatda, gumon va tahlikada yuriş jonimga tekkandi. Yana ikki kun çidayman, deb özimga özim söz berdim, şundayam boşlamasa, özim boşlayman!
Keçqurun otam odatdagidan ança ertaroq işdan keldi. Kayfi çoğ, közlari yiltirab turardi. Onam oşxonada kartoşka arçar, men esa karavotga çalqança çözilgança grammatikadan allaqanday mujmal, tuşuniksiz qoidani yodlab ötirardim.
– Bahrom! – Bor ovozi bilan şanğilladi otam. – Buyoqqa çiq!
Men kitobni tumba ustiga taşlab koridorga çiqdim. Otam qölidagi qoğoz paketni menga tutqazib, özi qöpol botinkasi bilan paxtaligini yeça boşladi.
– Oşxonaga olib kir. Bugun sizlarga bir qölbola oş qilib beray!
Bizning şovqinimizga onam çiqib keldi. Qölida çala artilgan kartoşka.
– Nima? Oş? Men makaron şörva qilayotgandim.
– Yöqot makaron şörvangni. Bugun oş qilamiz!
– Ibi, qanday yöqotaman? Qozonga solib böldim-ku!
– Oborib Vanyaning çöçqalariga berib kel!
Birinçi qavatda turadigan Vanya amaki uyning hovliçasi burçagida bostirmaça qurib olib çöçqa boqardi. Şu vajdan Xudoning bergan kuni Olloberdi çol bilan janjal qilar, çol uning ustidan komendantga bir neça bor arz qilgan, biroq Vanya amaki komendantga bitta çöçqa bolasi va bir şişa samogon berib suvdan quruq çiqib ketar va bemalol tönğizlarini parvarişlar, hovlini qölansa isga bostirib yuraverardi.
– E, Xudo olsin u isliqini. Halol oşimni harom qilib uning tönğizlariga yediramanmi! Ana balkonga çiqarib qöysam turadi. Ertaga pişirib berarman.
– Bilganingni qil. Beş minutdan keyin qozon tayyor bölsin!
Otam bugun maoşga qöşib mukofot ham olibdi. Pulning çöği ança baland ekanligi qulfi-dilini oçib yuborgan şekilli, “Mexsex”dagi (otam kombinatga qaraşli mexanika sexida çilangar-usta bölib işlardi) ulfatlari bilan mukofotni yuvib, yuzta-yuzta otgaç, şaharçadagi yakkayu yagona gastronomga kirib oşning masalliğini olgança uyga çopibdi.
Otam qappayib turgan çöntagidan bir dasta qizil öntalikni olib stol ustiga qöydi.
– Ma, Bahrom bilan özingga qişlik biron narsa olarsan.
Onam sekin pulni oldi-da piçirlab sanay boşladi. Keyin bir qismini ajratdi.
– Otasi, buni qişloqqa, momoga jönatamiz.
Otam unga hayron qaradi.
– Nega? Yaqinda jönatganding-ku. Özingga palto, Bahromga etik bilan quloqçin olmoqçi eding…
– Biz bir kunimizni körib turibmiz. Uyoqda momo nima qildilar ekan… Hali Abdurayim uylanişi kerak.
– Abdurayim… Abdurayim! – Jahli çiqadi otamning. – Yigirma beşga kirdi u! Haligaça onamning pensiyasiga közini tikib möltirab turadi! Onam bilan ikkalang şu bolani yomon erkalatdilaring-da!
Onam töğrayotgan sabzisidan qölini olib otamga ğalati qaraydi. Otam bir zumda soviydi. Bilganingni qil, deganday qölini siltab qöyadi. Onam apir-şapir sabzini töğrab berib, köçaga oşiqadi. Poçtaxona yopilmasdan ulgurişi kerak.
Oşxonada otam bilan ikkalamiz qolamiz. Otam qizib turgan qozonga bölaklangan dumbani taşlab jaz bölgunça qovuradi. Keyin jazni suzib olib ustiga tuz sepadi. Qozonga töğralgan piyozni taşlaydi. Oşxonani xuşböy, iştahani qitiqlovçi piyozdoğ hidi tutadi.
– Bahrom, anavini olib kel, bölmasa oşimiz bemaza bölib qoladi.
Men şkafdan şişa bilan stakanni olib stol ustiga qöyaman. Otam tişi bilan şişaning alyumin qopqoğini suğurib oladi va stakanni yarimlatib quyadi. Xuddi şuni kutib turgandek eşigimiz jiringlaydi. Otam ğöldirab sökingança stakanni boşiga kötararkan menga közlari bilan işora qiladi. Eşikning ortida tirjaygança yuqori qavatda turadigan Mişaning otasi Sergey amaki turardi.
– O, Alik! – şanğillaydi u. – Znaçit segodnya plovniy den!
– Zaxodi, Sergey, – deydi otam unça yoqtirmay.
Sergey amaki pildirab kelib kursiga çökadi. Qöynini titkilay boşlaydi. Otam unga eʼtibor qaratmay qozondagi göştni kavlaydi. Laganga uyib qöyilgan sabzini qozonga ağdarib qopqoqni yopadi. Qölini soçiqqa arta-arta kelib uning röparasiga ötiradi.
– Içasanmi?
Sergey amaki yoyilib iljaygança qöllarini yoyadi. Otam şkafdan ikkinçi stakanni olib stolga qöyadi va har ikkalasini yarimlatib aroq quyadi. Sergey amaki qöynidan bitta uzunçoq bodring bilan bitta pomidor çiqaradi. Otam tuz sepilgan jazli tarelkani uning oldiga suradi. Bundan keyin nima bölişini yoddan bilganim uçun örnimdan turib narigi xonaga ötaman. Tumba ustidagi titiği çiqib ketgan grammatika qoidalari kitobini qölimga olaman.
Ular şişani quritişadi. Ikkala ulfatning feʼli-xöyi turliça. Sergey amakining kayfi oşgani sari sergaplaşib, şanğillay boşlasa, otam aksinça har bir quritilgan qadahdan keyin tundlaşib, indamasga aylanib boradi. Şu narsa mayxörlik davralarida tez-tez bölib turadigan janjal va muştlaşuvning oldini oladi. Sergey amaki vaysab-vaysab çarçagaç, eng asosiysi şişa böşab, uy xöjasi ikkinçi şişani qöymasligiga aqli yetgaçgina ketiş taraddudiga tuşadi. Otam indamay uni kuzatib qöyadi. Sergey amaki keta ketgunça podyezdni boşiga kötarib şanğillaydi:
– Алик, ты золотой парень! И твои руки тоже золотые!
Otam indamay eşikni yopib içkaridan zanjirlaydi. Taşqaridan Sergey amakining mastona ğöldiraşi eşitilib turadi:
– Şunday tilla yigit bu Xudo qarğagan joyda nima qilib yuribdi? Tu-şu-nmay-man! Ne ponimayu!
Otam indamay borib qozonga guruçni bosadi. Keyin idiş-tovoq turadigan şkafni uzoq kavlaştirib yarmi içilgan aroq şişasini topadi va uni boşiga kötaradi. Tamakidan sarğaygan möylovi şalpayib qoladi. Gazagiga bosib-bosib “Belomorkanal” tortadi. Oşxonani piyozdoğ hidiga omuxta bölib tamaki va aroqning açimsiq hidi tutadi. Könglim ayniydi. Derazaning bir tavaqasini oçib yuboraman. Xonaga keç kuzning qor hidi anqib turgan sarin havosi yopiriladi. Otam şundagina özining yolğiz emasligini, xonada men ham borligimni sezib qoladi. Papiros qoldiğini derazadan otib yuboradi. Şişani olgan joyiga qayta yaşiradi. Deraza oldida köksini sovuq havoga tutib bir dam turib qoladi. Keyin menga ögiriladi. Unda kayfdan asar ham qolmagan böladi.
– Xöş, öqişlar qalay? Yangi maktabingga örganib qoldingmi?
– Yomonmas, – deyman ruhsizgina. – Çidasa böladi.
Köz oldimda Davkaning sovuq başarasi paydo böladi.
– Töğri, – deydi otam, közimga qattiq tikilib. – Çiday olgangina yakunda ğolib böladi.
Şunda kunduz kuni ikki kun çidaşga va Davka jim yuraversa jangni özim boşlaşga qaror qilganimni eslab uyalib ketaman.
Qariyb ikki haftadirki, asablar janggi davom etardi. Davka zimdan bosim ötkazar, qariyb har kuni Gogik menga Davkaning qanday kuçga ega ekanligi, hatto yuqori sinflarda öqiydigan neçta jöjaxörozning esini kiritib qöyganligini şipşir, u bilan san-manga bormasdan, aytganini qiliş eng töğri yöl ekanligini uqtirişga harakat qilardi. Men esa hamon öşa-öşa, Gogikka yuqoridan kibrli nigoh taşlar va oliftalarça “çirt” etib tupurar va “çepuxa” deb qöyardim. Vaqt mening foydamga işlayotgan edi. Oldin butun sinf Davkaga sözsiz böysungan va unga işongan bölsa, mening böysunmasligim ularning işonç qalʼasini zimdan yemira boşlagan edi. Davkaga böysunmasdan ham yaşaş mumkin ekanligiga men yaqqol misol edim. Keçagina quldek xizmat qilgan yugurdaklari uning buyruğini oğrinib bajarişar, baʼzi bir jurʼatliroqlari esa bajarmay qöya qolişardi.
Kutilmaganda Gogik qaltis qadam qöydi. Uç-törtta öziga öxşagan örtoği bilan men tomonga ötganini tantanavor eʼlon qildi. Bu hodisa darsdan keyin, sinf rahbarimiz Lidiya Aleksandrovna bilan birgalikda ötkazadigan sinf majlisimizda yuz berdi. Sinfboşi sifatida sözga çiqqan Gogik, mening aʼloçi va faol öquvçi, yaxşigina sportçi ekanligimni maqtab, sinfdan taşqari sport musobaqalari ötkazişga masʼul sinf faoli qilib saylaşni taklif qildi. Şu orada oldingi faol Davkaning özlaştirişi pasayib ketganligini, xulqi ham sinf faoli degan masʼuliyatli vazifaga mos kelmasligini taʼkidlab ötdi. Men sinf faoli bölib saylandim. Bu Davkaning mavqeiga qaqşatqiç zarba bölib tuşdi. Ertasiga ertalab maktabga kelar ekanman, hovlida Gogik bilan birga yetti-sakkiz bola töplanib turganini kördim. Nariroqdagi Davkaning töpi esa ançagina siyraklaşib qolgandi. Gogik men bilan birinçi bölib salomlaşdi.
– Borya, bugun navbatçilikka kimni qöyay? – söradi u yaltoqlanib.
– Sinfboşi sensan. Kimning navbati kelgan bölsa, öşani qöyasan-da!
– Bugun aslida sening navbating kelgan, – dedi u ayyorona köz qisib.
– Böpti, – dedim tönğillab, – navbatim kelgan bölsa qilaveraman.
– E, yöq, – dedi qilpanglab yölimni tösgança, – sen keçadan boşlab sinf faolisan. Turgan gapki, faollar navbatçilikdan ozod qilinadi. Bugun Davka navbatçilik qiladi. U endi faol emas.
“Bilganingni qil!” deganday qöl siltadim va içkariga kirib ketdim.
Navbatçilik masalasi Davkaning şu paytgaça tölib yurgan sabr kosasini toşirib yuboribdi. U oçiq jangga ötişga qaror qilibdi. Katta tanaffusda undan ultimatum keldi. Agar barçasini eski holiga qaytarib çekinmasam, u holda uruş bölişi muqarrar ekan. Davka öziga xos tarzda yon ham beribdi. Undan uzr söraş majburiyatidan ozod qilibdi. Yana öz holimça yuraverişim mumkinligini, öziga böysunişga majburlamasligini ham pisanda qilib ötibdi. Faqat uning mulkiga (menimça u özining xizmatini qilib yuradigan yugurdaklarini nazarda tutgan bölsa kerak) köz olaytirmasam bas, ekan. Aks holda uruş. Jang maydoni qilib yozgi kinoteatrning orqa tomonini belgilabdi. Darsdan söng öşa yerda oçiqçasiga gaplaşib olarkanmiz.
Mana, nihoyat men biroz xavotir va qörquv bilan kutgan kun ham yetib keldi. Sönggi dars tugagunça bu xabar butun sinfning quloğiga yetib ulgurdi. Hamma dars tugaşini sabrsizlik bilan kutardi. Nihoyat orziqib kutilgan qönğiroq çalindi. Davka va uning yugurdaklari tezda kitob-daftarlarini yiğiştirib çiqib ketişdi. Qolganlar esa menga köz taşlamasalar-da, çiqişimni kutib imillagança sumkalarini yiğiştirişardi. Sumkamni yelkamga ilib, sinfdan çiqdim. Ortimdan gurillab butun sinf qözğoldi. Köçada ketaturib yölimni çapga soldim. Yozgi kinoteatrga orqa tomondan bormoqçi edim. Ortimdan oyoq tovuşlari eşitildi. Jörttaga orqaga qaramasdan qadamimni tezlaştirdim.
Kinoteatrning orqasida Davka tört örtoği bilan kutib turardi. Davkaning qölida he öşa, mening tuşlarimga kirib çiqadigan ötkir piçoqça, qolgan şotirlar esa oq qayin yoğoçidan (bu şahar ruda qazib oliş va uni qayta işlaşga moslaşgani uçun, şaxtalarga tirgak vazifasini ötaydigan oq qayin ğölalari hamma joyda soçilib yotardi) yasalgan mustahkam gavronçöplar bilan qurollanib olişgan edi. Raqibning tiş-tirnoğigaça qurollanganini körib badanimdan sovuq ter çiqib ketdi. Lekin endi ortga yöl yöq edi. Tizzam qaltirayotganini bilintirmaslik uçun yanada şaxdamroq yurib ularga yaqinlaşdim. Davka ham ikki qadam oldinga yurdi.
– Borya, mening taklifimni öylab kördingmi?
– Ha.
– Rozimisan?
– Yöq.
– Qaysar bola ekansan. Haliyam keçmas. Menga qöşil. Öng qölim bölasan. Birov pişagingni pişt demaydi.
– Birovlarning qöli, yo oyoği bölib örganmaganman.
– Unda uruş böladi!
– Ixtiyoring.
Davka menga yeb qöygudek tikildi. Men ham közimni löq qilib unga qarab turaverdim. Nihoyat uning uning kipriklari pirpiradi. Bu mening ilk ğalabam edi.
– Nima, sen qörqmaysanmi?
– Yöq.
Uning öng qöl barmoqlari bukila boşladi. Demak, u tösatdan muşt tuşirib qolmoqçi. Men esa çapaqayman. Buni Davka bilmaydi. Bu mening “kuzirim”. Uning muşt bölib tugilgan öng qölini közdan qoçirmay yarim qadam ortga çekindim. Buni Davka qoçiş deb öyladi şekilli, oldinga taşlanib, öng qölini sermadi. Men lip etib qöltiğining tagidan ötib oldim va şu zahoti çap qölim bilan çakkasi va böynining tutaşgan joyiga tuşirib qoldim. Davka gursillab quladi.
– Nokaut!
Şundagina ortga ögirildim. Ortimda qariyb butun sinf, qiz-öğil aralaş çuvillaşib turişardi.
Davkaning qulaganini körgan şotirlari allaqaçon quyonni surib ulgurişgandi. Jang maydonida beçora raqibimning bir özi qolgan. Buning ustiga tuproqqa qorişgan holda. Men unga qölimni çözdim. Davka bir zum menga ğazabli nigoh taşlab turdi, biroq oxir-oqibat qölimdan uşladi. Tortib turğazdim. Kurtkasiga ilaşgan xas-xaşakni qoqib taşlaşga kömaklaşgan böldim. Qölini qöyib yubormay köziga tik boqdim.
– Yaraşmi?
U bir zum tin oldi. Keyin qölini bir siltab jilmaydi.
– Yaraş.
Bizning sarguzaştlarga boy, ajralmas döstligimiz xuddi şu daqiqadan boşlangan edi.

* * *
Otam ançadan beri içmay qöygan. Başarasi tund, qovoğini solgança tişining oqini körsatmay yuradi. Uyga kelganida ham yarim kosa makaron şörvani iştahasiz içar, bosib-bosib arzon va aççiq “Belomorkanal”ni tutatar va kirib yotardi. Otam uyda payti hatto qadam tovuşini çiqarişga ham qörqardik. Şivirlaşib gaplaşardik. Yuragim siqilib ketardi. Uyda ötirgim kelmay qolar, biron narsani bahona qilib taşqariga otilardim. Köchani kesib ötib narigi kvartalga, Davkaning oldiga çopib qolardim. Davka esa hovlidagi bolalar maydonçasidagi temir halinçakni ğiçirlatgança uçib papiros tutatib turgan bölardi.
– Kel, Borya, – surilib joy beradi u. – Senikiyam içyaptimi?
– E, yöq, – deyman xörsinib, – qaytaga içgani yaxşi edi. Siqilib ketyapman.
Davka papirosni çuqur tortadi. Keyin oğzidan pağa-pağa tutun çiqaradi.
– Çekasanmi? – U yarmi çekilgan papirosni uzatadi.
– Yöq, – deyman, qölini qaytarib, – çekib bölganman.
Ikki oyça oldin ilk marta tamaki tutunini tortganim esimga tuşadi. Öşanda aççiq tutundan boşim aylanib, könglim aynigan, rosa qayt qilgandim.
– Özing bilasan.
Davka papirosni sönggi bor tortadi va qoldiğini irğitib yuboradi.
– Meniki içyapti. Uç kundan beri. Tinimsiz. Keça onamni döpposladi. Bugun esa komendant uni. Nima qilişga hayronman.
Oxirgisiga men tasodifan guvoh bölib qolgandim.
Onam pul berib, bir şişa yoğ olib keliş uçun gastronomga jönatdi. Işdan keyingi vaqt bölgani uçunmi, gastronom gavjum edi. Odamlar ikki qator bölib navbatga turişardi. Ikkita sotuvçi xotin qöli-qöliga tegmay mijozlarga xizmat qilişar, biroq şunda ham qatordan norozi ğönğillagan tovuşlar eşitilib turardi. Men indamay borib qatorning oxirida turdim. Endi bir-ikki qadam siljigandim ham, safning örtaroğida töpolon kötarildi. Böynimni çözib qaradim. Töpolonning epitsentrida Davkaning otasi Qönisbay amaki turardi. Oğzida uçi çaynalgan papiros buruqsir, qölidagi qizil törxaltadan vinodan böşagan bir neçta şişaning oğzi çiqib turardi. U hadeb çuvillaşayotgan öris xotinlarga özining şu qatorda turişga haqqi borligini tuşuntirişga harakat qilardi. Sotuvçi xotinlar esa bu yerda çekiş mumkin emasligini aytib dökondan çiqib ketişni talab qilişar, Qönisbay ham agar fuqarolik huquqlari tiklanmaydigan bölsa xuddi turgan joyida oçlik eʼlon qilişini aytib dağdağa qilardi. Şu payt gastronomga yaxşigina yutib olganidan bölsa kerak, sarğiş möylovi şalpayib, taşlagan qadami möljalga yetib-yetmay tuşayotganidan biroz gandiraklab qolgan komendant ikki askar kuzatuvida kirib keldi.
– Bu nima töpolon!? – dağdağa qildi xöppa semiz polkovnik. – Davay, tez tarqaling!
– Örtoq polkovnik, – dedi malla soçli, töladan kelgan ayol, – Manavi grajdanin içib olib, jamoat tartibini buzmoqda! – U qöllarini bigiz qilib Qönisbayni körsatdi.
Qönisbay esa birdan huşyor tortib, sasib turgan papirosini polga taşlab tezda yağir botinkasi bilan bosdi. Yuziga jiddiy tus berdi.
– Eh, laʼnati Konus, yana boşlayapsanmi?
Qönisbay ğazabdan titragança, beliga osilgan rezina tayoğini çangallab turgan komendantga qarab tanbeh bergan kişi böldi:
– Hali meni piramida yoki kub ham deb atarsiz, grajdanin komendant. SSSR konstitutsiyasida sovet kişisini allaqanday geometrik şakllar nomi bilan emas, öz ismi bilan atalsin deb yozib qöyilgan.
– Şu holiga Konstitutsiyani ham biladi-ya… – piçirladi kimdir. Yana kimdir “piq” etib kulib qöydi.
– U hatto “Inson huquqlari deklaratsiyasi”ni ham yoddan biladi! –xirilladi kimdir.
Bu ovoz tanişdek tuyuldi. Böynimni çözib alanglagandim, tarix öqituvçimiz Yan Grigoryeviçga közim tuşdi. U har doimgidek ozoda kiyingan, tilla gardişli közoynagi ostidan mitti, qöy közlari yiltirab turardi.
Şu payt Vasiliç amaki nihoyat belidagi qayişidan rezina tayoğini suğurib oldi va Qönisbay amakining yelka aralaş böyniga gursillatib tuşirib qoldi. Beçora jabrdiyda törxaltasidagi şişalarni beton polga urilib sinişdan saqlab qoliş uçun katta mahorat va jasorat namunasini körsatib, törxaltani bağriga bosgança çalqançasiga quladi. Ikkinçi zarbani esa qöllari bilan boşini çangallab ğujanak bölib yotganida qabul qilib olarkan, şunda ham öz gapidan qolmay ğöldiradi:
–  Ana körib qöyinglar, kommunistça zöravonlikni! Öz huquqini talab qilgan mazlum proletariatni hatto imperialistlar ham bunça xörlamaydi!
Ğazabdan qip-qizarib ketgan komendant ortida ğöddayib turgan ikki askarga öşqirdi:
– Qani olinglar bu ablahni! – Keyin ğujanak bölib yotgan Qönisbayning ketiga öxşatib bir tepdi. – Hali senga huquqingni ham, imperialistlaringni ham körsatib qöyaman! Proletariatmiş-a!

* * *
Tungi sovuq qalin paxtaligimning çoklari orqali kirib tanamni qaltirata boşlaydi. Davkaning ham sovuq qotayotgani sezilib turardi. Biroq ikkalamiz ham halinçakning muzdek temir ötirğiçidan turib uy-uyimizga tarqalişni istamaganimizdan jimgina qaltirab ötiraverardik. Şu payt közimizga körindimi, bir şarpa şitirlab ötib ketdi. Tanglayimizgaça muzlab uning ortidan qarab qoldik. Şarpa xuddi havoda suzayotgandek uzoqlaşib bir zumda qoronğilik bağriga singib yöqolib ketdi. Ikkalamiz bir-birimizga termulib jim qoldik.
– Sen… sen ham kördingmi? – qiynalib tilga kirdi Davka.
– H-ha, – dedim men ham tilim zörğa aylanib.
Qöşni uyning derazasidan tuşib turgan xiragina yoruğlikda Davkaning rangi gezarib ketgani körinib turardi. Bir-birimizning pinjimizga tiqilib qança ötirdik, bilmayman. Bizning sukutimizni quyuq, qop-qora tun bağrini xanjardek tilib ötgan qiz bolaning qiçqiriği buzdi:
– Po-mogite-ye! Mamu ubili!!!
Bu Maşaning tovuşiga öxşardi. Darhaqiqat, komendant Davkalarning uyida, faqat boşqa podyezdning ikkinçi qavatida kasalmand xotini va qizi bilan yaşardi.
Biz xuddi komanda berilgandek, oyoğimizni qölimizga olgança tovuş çiqqan tomonga çopdik. Yetib borganimizda qöşnilar allaqaçon erkak-ayol aralaş yiğilib bölişgan ekan. Ikkinçi qavatga intilayotgan olomon orasida qisilib-turtilib Maşalarning kvartirasiga kirib borganimizda qiyomat qoyimning ustidan çiqdik. Xona tartibsiz: stol ustida yegulik qoldiqlari, içkilikdan böşagan şişalar soçilib yotar, eşik oldida Maşaning onasining oriq tanasi ğalati çözilgan, uning qoq peşonasiga avtomatning stvoliga örnatiladigan harbiyça nayza-xanjar naq böğzigaça qadalgan edi. Jasadning yonida singan tarelka, soçilib ketgan çuçvara, ikki pallaga bölingan olma yotar, polga töşalgan guldor patgilam qondan jiqqa höl edi. Maşa onasining sovib borayotgan köksiga boşini qöygança hiqillar, yoşgina, kapitan formasidagi yigit rangi gezargança qaltirab, hadeb papiros tutatar, komendant esa xira közlarini olomonga tikkança hadeb “Ne p-ponimayu” derdi. Uning ğirt mast ekanligi körinib turardi.
– Skoriy çaqiriş kerak! – hiqilladi qöşni xotin.
– Foydasi yöq, – dedi oqiş şop möylovli erkak ayolning peşonasiga sançilib turgan nayza-xanjarga imo qilib, – joni öşa lahzadayoq uzilgan.
– Bölmasa komendaturaga xabar beriş kerakdir, – jahli çiqdi ayolning.
– Komendatura şu yerda! – dedi erkak divanda çöçqadek pişillab turgan badmast polkovnikka nafratli nigoh taşlab. Söng ögirildi va xonadan çiqib ketdi.

* * *
Kapitan Semyon Veremeyev U-ya 126/74 degan nom bilan ataluvçi, tikansimlar va soqçi minoralari bilan örab olingan yopiq şaharça komendantining örinbosari lavozimiga tayinlov qoğozini kötargança soat sakkiz yarimda komendaturaga kelganida, komendant – polkovnik Aleksey Vasilyeviç Dudko birinçi yuz grammni allaqaçon otib ulgurgan edi. Veremeyev unga tayinlov qoğozini topşirgaç röparadagi stolga ötirdi. Oldingi örinbosari boşqa işga ötib, şaharçani tark etganidan beri komendaturaning hujjat işlari ölda-jölda qolib ketgan, şu bois boşliqlardan dakki eşitişga ham töğri kelgandi. Tabiatan qoğoz işlariga uquvi yöq polkovnikning hujjat titkilab ötirişga hafsalasi yetmasdi.
– Yaxşi böldi, – xayolidan ötdi polkovnikning, – hisobot-pisobotlardan quloğim tinçiydigan böldi. Keyin qoğozdan boşini kötarib kapitanga diqqat bilan razm soldi. – Yangi vazifa bilan tabriklayman, kapitan. Şu bugunoq işga kirişişingizni istardim. Komendaturaning barça hujjat va hisobotlarini körib çiqing. Çalkaşliklar bölsa tuzating. Yanagi haftaning boşida yuqoriga hisobot topşirişimiz kerak. Tuşunarlimi?
– Xuddi şunday, örtoq polkovnik, – Veremeyev ğoz turib çest berdi. Ketişga ruxsat bering, örtoq…
– Şoşma kapitan… – Polkovnik tortmasidan, bir şişa va ikkita stakan oldi. Ularga yarimlatib aroq quydi. Bittasini kapitan tomonga surib qöydi. – Qani yangi işning omadli boşlanişi uçun…
Ikkalasi çöqiştirib qadahlarni kötarişdi.
– Ulfat yigitga öxşarkan, – xayolidan ötdi komendantning.
Ikkinçi qadah böşaganidan keyin kapitan Syomaga, örtoq polkovnik esa Aleksey Vasilyeviçga aylanib, qirq yillik qadrdonlardek ulfatga aylanişdi-qolişdi. Polkovnikning tortmasidagi şişa qoqlangaç, keçqurun Aleksey Vasilyeviçning uyida ulfatçilikni davom ettirişga kelişib tarqalişdi.
 Keçqurungi ulfatçilik uzoq davom etmadi. Bunga Aleksey Vasilyeviçning harbiyça nayza-xanjar bilan olma arçişi sabab böldi.
Syoma polkovnikdan nayza-xanjarni sörab olib, uning tiğini boş barmoği bilan siypalab körgan böldi. Keyin bilyard soqqasidek keladigan olmani qölida salmoqlab körib tepaga otdi va yaşin tezligida piçoqni sermadi. Olma teng tört bölakka bölinib tarelkaga tuşdi.
– Qoyil, Syoma! – dedi polkovnik, kapitanga istehzoli kulimsirab qararkan. – Qani, piçoqni menga ber-çi.
Polkovnik vazadan yana bitta olmani olib, eşik tomon otdi va uning izidan piçoqni irğitdi. Hammasi oniy lahzada röy berdi. Eşik oçilib, polkovnikning tarelka kötargan zahil yuzli kasalmand xotini körindi. Olma xotinning qoq peşonasiga urilib pastga tuşişga ulgurmay ötkir nayza xanjar uni qoq ikkiga bölib beçora jabrdiydaning boş suyagini teşgança sançilib qoldi. Xotinning qölidan tarelka tuşib, buği çiqib turgan çuçvara soçilib ketdi. Beçora maqtula esa yurakni zirqiratib yuboradigan darajada böğiq ingragança polga uzala tuşib çözilib qoldi. Hang-mang bölib qolgan polkovnik nima bölganini aroqdan xiralaşgan aqliga siğdirolmas, hadeb bir gapni takrorlardi:
– Tuşunmayman! Qayoqdan paydo bölib qoldi bu jin urgur! Tuşunmayman!

* * *
Maktabdan kelaman-u belimga ikki quloç arqonni boğlab, yelkamga boltani taşlab, bir parça nonni kavşagança daryo böyiga yuguraman. Bu paytda momom qamişzorda qöylarni ötlatib yurgan böladilar. Yonlarida hamişagidek men “Mişka” deb ataydigan qöçqorça. Momom kamzullarining çöntagidan bir hovuç paxta olib, çigitlab ötiradilar. Mişka esa tuşgan har bitta çigitni isrof qilmay paqqos tuşirib turadi. Şuning uçun momomdan bir qadam nari jilmaydi.
– Hali otang eson-omon qutilib kelsa şuginani uning oyoğining ostiga söyamiz. Bolam, şuni yaxşilab boq. Xöpmi? – deydilar va örinlaridan turib uyga qaytiş taraddudini köradilar.
Qöylar töyib, bir-bir daryo böyidagi qumloqqa çökkalab oladilar. Men ham çalqança yotib, köm-kök bahor osmonida çiziq tortib uçayotgan reaktiv samolyotni tomoşa qilib közim ketib , mizğib qolibman. Daryoning narigi qirğoğida qöy boqib yurgan bolalarning qiyqiriğidan çöçib uyğonib ketdim. Bolalar daryoga imlab nimalarnidir tuşuntirişga urinişardi. Örnimdan turib suv tomonga şoşdim. Ne köz bilan körayki, momomning arzandasi – Mişka qöçqorça bahorgi toşqin daryoning qoq örtasida, bir körinib, bir körinmay oqib borardi. U ança uzoqlaşib qolganidan, quvib yetişim uçun qirğoq böylab ança halloslaşimga töğri keldi. Men bilan baravar narigi qirğoqdagi bolalar ham yetib kelişdi. Qöçqorça oqib ketayotgandi. Biroz hayallasam töğon tomonga ketib qoladi. Keyin uni tirik qutqarib qolişning iloji bölmaydi. Nima qilişning ilojini topolmay angrayib turganimda narigi tomondagi bizdan uç sinf yuqori öqiydigan Karim degan bola eşagining ipini yeçib oldi.
– Men ipni otaman! Sen suvga tuşib uni qöçqorçangning şoxiga boğla! Biz tortib olamiz.
Daryo böyida ösgan bolamasmanmi, suzişni eplardim, biroq bahorgi toşqinda guvranayotgan daryoga tuşişga yuragim betlamasdi. Lekin agar Mişkani oqizib yuborsam, momomning, onamning köziga qanday qarayman?!
Köylak-iştonimni yeçdim-da, közimni çirt yumgança, özimni daryoga otdim. Bir amallab qöçqorçam oldiga suzib borib, uning şoxlaridan uşlab oldim. Karimning otgan arqonini uşlab olib, höpiqa-höpiqa uni Mişkaning şoxiga boğladim. Uyoqdan bolalar kuçanib arqonni torta boşlaşdi. Mişka ikkalamiz asta-sekinlik bilan qirğoqqa yaqinlaşa boşladik.
Bu voqeani ertasi kuniyoq momom eşitibdi. Men maktabdan kelişim bilan qölida yulğun xipçinni öynatgança koyiy boşladi.
– Şu bitta beaql jonivorni deb özing oqib ketsang nima bölardi, betiyiq! Keyin otangga nima derdim, şuni öylamadingmi?!
– Lekin momo, men Mişkani qutqarib çiqdim-ku!
– Ikkinçi şunaqa qilma, kasofat!

* * *
Komendant mavqeidan foydalanib xotinini tinçgina kömib yubordi. Kapitan Veremeyev ham bu qabih jinoyatga şerik ekanligi uçunmi, yo özining birinçi iş kunidayoq şunaqangi işkal çiqqani uçunmi bu voqeaga aralaşmay turdi. Boşqa guvohlarning köpçiligi aristonlar bölgani uçun ham qahri qattiq komendantga qarşi çiqişni istamasdilar. Qönisbay amaki va unga öxşagan bir-ikkita tili uzunlar esa komendantning “dubinka”si mazasini yana bir karradan tatib, ön beş sutkani qoronğu va zax zindonda ötkazib, tavbasiga tayanib çiqqanlaridan keyingina tinçib qolişdi.
Biroq, Maşaning közidagi mung aralaş alam heç sönmas, kundan kunga u odamovilaşib, kamgaplaşib borardi.
– Borya, – deb qoldi u bir kuni kutilmaganda, – senda zarur gapim bor edi. Keçqurun bizning “dom”imiz yonidagi bolalar maydonçasiga ötsang, gaplaşib olardik. Davkani ham olivolsang, yaxşi bölardi.
Onasi öldirilgandan beri bolalarning unga bölgan munosabati mutlaqo özgargan. Çunki komendantdan eng köp zarar körgan şu Maşa edi-da. Boşqalarning otasini yo onasini urgan, sökkan bölsa-da, öldirmagan edi.
– Böpti, keçqurun Davka bilan halinçakda bölamiz.
Uyga kelsam otam negadir ertaroq işdan kelibdi. Öz odatiça göşt maydalab ötirardi. Yana mukofot olganmi, kayfiyati yaxşi edi. Eşikni oçib kirişim bilan, ortiga ögirilmasdan turib çaqirdi.
– Buyoqqa kel, Bahrom.
Dadamning röparasidagi stulga çökdim.
– Xöş, öqişlar qalay?
– Yomon emas.
– Baholar-çi?
– Yaxşi.
– Eşitişimça Qönisbay alkaşning öğli bilan, keyin anavi komendant çöçqaning qizi bilan oş-qatiq emişsan?
– Ular yomon bolalar emas, ota.
– Sen qayerdan bilasan ularning yomon emasligini. Otalarining kimligini körib turibsan-ku!
Indamadim. Bunaqa paytda otamga gap qaytariş özingga dilxiralik sotib oliş bilan teng.
– Közingga qarab yur, bola. Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi. Senga yoningdagilarga qarab baho berişadi. Tuşundingmi?
– Tuşundim, ota!
– Tuşungan bölsang, bor, onangga qaraş.
Men sekin örnimdan turib narigi xonaga çiqaman. Onam xonani tozalayotgan ekan.
– Keldingmi, hozir ovqatingni suzib beraman.
Negadir onamning ham kayfiyati yaxşi edi. Otam sipolik bilan buni bilintirmaslikka uringan bölsa, onam röyi rost xursand edi.
– Ona, nima gap? Bugun boşqaçasizlar?
Onam içidagini saqlay olmasdi.
– Otangning muddatini qisqartirişibdi. Yaxşi işlagani uçun. Nasib bölsa olti oydan keyin ketamiz!
Men momomni, qişloqdagi döstlarimni rosa soğingandim. Yuragim hapriqib ketdi.
– Rostdanmi?! – qiçqirib yubordim. – Şuning uçun otam oşga unnayotgan ekan-da!
Oyim hamişagidek bir kosa makaron şörva emas, törtta qovurilgan tuxum suzib berdi. Tuxumni paqqos tuşirganimdan keyin onamdan nima iş qilişim kerakligini söradim.
– Sen singlingga qarab tursang böldi.
Men oyimdan buni kutmagandim. Dökonga biron narsa olib keliş uçun jönatsa, ğiz etib Davkalarning domiga borib, Maşaning nima gapi borligini aniqlab kelardim. Singlimga qarab turiş degani köçaga çiqişni orzu ham qilib ötirma deganidir. Maşaning oldida noqulay böladi-da.
Singlim bilan bir soatça andarmon bölganimdan keyin mening muammomni otamning özi yeçib bera qoldi.
– Bahrom, nima qilyapsan?
– Singlimga qarayapman.
– Singlingga onang qaraydi, sen buyoqqa qaravor.
Singlimni onamga topşirib oşxonaga ötdim.
– Bahrom, sen gastronomga çopib borib kel. Menga yengillik berilganini bir-ikkitasi eşitgan. Yuvamiz deb kelib qolişi mumkin. Şunga ikkita aroq opkelib qöy.
Otamdan pulni olib Davkalarning uyi tomonga çopdim. Gastronom u yerga yaqin edi. Hovliçaga kirib halinçakka ötirdim va huştak çaldim. Oldin Davka, birozdan keyin esa Maşa çiqib kelişdi. Biroz uyoq-buyoqdan gaplaşgan böldik.
– Men komendantni öldirmoqçiman, – dedi tomdan taraşa tuşgandek Maşa. – Bolalar, menga yordam berasizlarmi?
Davka bilan men hayratdan közlarimizni katta-katta oçib bir-birimizga termulib qoldik.
– Nim-ma deding? – hayrat bilan söradim.
– Ha, komendantni öldirmoqçiman. U onamni öldirdi!
– Axir u otang-ku!
– Nima qipti? Davka, u sening otangni bölar-bölmasga döpposlayveradi. Nima, senga alam qilmaydimi?
– Otam ham undan peş emas! – dedi Davka va çetga “çirt” etib tupurib, çöntagidan ğijimlanib ketgan “Belomorkanal” qutisini çiqardi. – U ham içib olgan kunlari alamini onamdan oladi. Bir kun kelib men ham uni öldirib qöymasam edi, deb qörqaman. – U jahl bilan gugurt çizib, papirosini öt oldirdi.
– Bolalar, bas qilinglar! – dedim jahlim çiqib. Indamasam şu yerning özidayoq bu ikkalasi öz otalarini öldirib qöya qolişadigandek. – Men bunaqa tuturiqsiz aljiraşlarni tinglayman, deb kelganim yöq. Agar tuzukroq boşqa gaplaring bölmasa, men ketdim. – Qölimga ikkita böş şişa solingan törxaltani kötargança örnimdan qözğaldim..
Maşa yengimdan uşladi.
– Töxtab tur. Nima qil, deysan bölmasa? Men u odam bilan bir uyda yaşay olmayman!
Men öyga çömib qoldim. Unga nima maslahat berişga hayron edim. Mendan köra Davkaning kallasi tezroq işlab ketdi şekilli, yuziga qizillik yugurdi.
– Balki Olloberdi çolnikida yaşab turganing maʼquldir, Maşa?
Olloberdi çol maktabimizning qorovuli. Qiş oylarida esa gölahlik ham qilardi. U bizning podyezdda, birinçi qavatdagi uyida bir özi yaşar, köpinça maktabdagi qorovulxonada tunagani uçun uyida kamdan-kam bölardi. Çol odamovi, unça-munça odam bilan oçilib suhbatlaşganini heç kim körgan emas. Badmast, xöppa semiz polkovnikdan qörqmaydigan yakkayu yagona şaharça fuqarosi edi. Hammani qon qaqşatadigan komendant Dudko negadir çolni körganda qalqoni teşilib, qiliçi singan navkardek şalvirab qolardi. Köçada noxosdan uçraşib qolganlarida polkovnik ğöldiragança salom berib, zudlik bilan ötib ketişga tirişar, şu asnoda çolning ğalati şuʼlalanib turgan qora közlariga nigohi tuşib qaltirab ketardi. Çol unga allaqanday ğazab aralaş nafrat bilan termular, polkovnik battarroq gandiraklagança undan tezroq uzoqlaşiş harakatini qilardi. Bu nigohlardagi nafrat öti ayniqsa komendant baxtsiz, beçora ayolini noxos öldirib qöyganidan keyin yanada quyuqlaşgan, endi polkovnikning bu nigohlarga doş berişga holi qolmagan, çolni köchaning boşida körişi bilan, ortiga ögirilib, juftakni rostlavorardi, qöyardi.
Men bunday holatga bir-ikki bor guvoh bölgaç, Olloberdi çolda allaqanday ğayritabiiy quvvat borligiga işonç hosil qilgandim. Bu ne quvvat ekanligini bilişga qiziqar, biroq buni kimdan sörab olişni bilmasdim. Otamdan söraşga tortinardim. Çunki yetti-sakkiz yillik ayriliqda ösganim uçun otamga yaqinlaşib keta olmagan edim. Onam esa men qatori kelgan. Davka va Maşalar esa yelka qisib qöyişardi, xolos.
Maşa Olloberdi çolnikida yaşasa, komendant otasi huda-behuda uni uni bezovta qilişga jurʼat qila olmasligi aniq edi. Biroq Olloberdi çol özi qattiq nafratlanadigan kasning zurriyodini uyiga kiritişga rozi bölarmikan?
Könglimdan ötganini sezib turgandek Davka buning yölini qilişini aytib qoldi.
– Otamdan iltimos qilamiz. Otam çol bilan yaxşi kelişadi, özing bilasan-ku, Borya.
Ha, töğri. Çolning yana bir qiziq tomoni: hamma unga yaqinlaşsa biron joyiga najosat yuqib qoladigandek yetti köça naridan aylanib qoçadigan Qönisbay amaki çol bilan ançagina apoq-çapoq edi. Qönisbay amaki navbatdagi piyonistalik xurujidan qutulib, keyingisigaça tanasiga dam berib, özining taʼbiriça “tiklaniş” jarayonini ötkazayotgan pallalarida maktab qorovulxonasida, yo Olloberdi çol turadigan bizning podyezdimiz yölagidagi temir xarrakda, alyumin krujkadan quyuq qora çoy höplab, soatlab gurunglaşib turganiga köp bor guvoh bölganman. Feʼli-xöyi bir-biriga mutlaqo zid: biri taqvodor va zohidona turmuş keçiruvçi, ikkinçisi esa har maoş olganida bökib içib, uyidagilarni, qöşnilarni va mutlaqo begonalarning ham bezorini çiqarmasa köngli tinçimaydigan, oxir-oqibat komendantning rezina tayoğidan uluşini olib, bir neça sutka zax va sassiq avaxtaxonada yotib, “mulla mingan eşak”dek muloyim tortib qoladigan hamsuhbatlarni nima bir-biriga bunçalar yaqinlaştirganini nafaqat men, balki bu Xudo qarğagan şaharçaning yarim fuqarosi bilişni istar, lekin yurak yutib söraşga heç kimning haddi siğmasdi.
– Lekin otang Olloberdi çoldan özining duşmanining qizini himoyasiga olişni söraşga rozi bölarmikan?
– Uni sen köndirasan, – dedi Davka menga sirli jilmayib.
– Qanday qilib?
– Qanday qilib bölardi! Hozir sen dökondan arağingni olib biznikiga kirasan. Şişalarni körganidan keyin otamning közi öynab ketadi. Öşa payt unga hozirgi iltimosni aytasan. “Çolni köndirganingizdan keyin bizning uyga çiqing, otam palov qilyapti”, – deysan, vassalom. Ön beş minutdan keyin gvardiyaçi katta serjant Qönisbay Yenekeyev hamma işni “yest” qilib mehmonxonalaringda ötirgan böladi.
Davka xoxolab kulib yubordi. Maşaning ham biroz kayfiyati kötarilgandek böldi. Men gastronomga qarab yurdim.
– Ha, – dedi otam, bösağada meni kutib olar ekan, törxaltadagi “Moskovskoye” degan aroqning yorliğiga qarab, – naq Moskvaning özidan olib kelyapsanmi?
Tabiatan yolğon gapirolmayman. Salgina yolğon gapirsam ham xuddi röparamdagi kişi sezib qoladigandek “duv” qizarib ketaman.
– Gastronomda oçirt köp ekan, – sözlarni çala yamlab ğöldiradim.
– Şunaqami? Demak oçeredda Qönisbay bilan valaqlaşib, vaqt qanday ötganini bilmay qolibdilar-da, a?! Kir, men oşni suzgunimça oşnangni zeriktirmay ötir!
Içkariga kirib ne köz bilan körayki, Qönisbay amaki, öğli Davkaning taʼbiri bilan aytganda gvardiyaçi katta serjant Qönisbay Yenekeyev mehmonxonadagi bundayroq tuzatilgan stolning törini işğol qilgança taltayib ötirardi! Yo, alhazar! Davka bilan birgalikda uni Olloberdi çolni Maşani himoya qilişga köndiriş uçun maktab qorovulxonasiga jönatganimizdan keyin uç daqiqa ham uşlanmay uyga qaytgandim. Şu vaqt içida u qanday qilib maktab qorovulxonasiga borişga, çol bilan suhbatlaşişga va uyga kelib meni kutib turişga ulgurdiykin?
Qönisbay amaki törxaltadagi aroqdan közini uzmay, topşiriq bajarilganini, Maşa ertadan boşlab bemalol çolning uyida yaşaşi mumkinligini bildirdi. Men şişalarni stol ustiga qöyib, uning röparasidagi stulga çökdim.
– Menga qara, Borya, – dedi Qönisbay amaki bitta şişani qöliga olib, yorliğini sinçiklab öqib örgana boşlarkan, – bu deyman Davka bilan ikkalang anavi görsöxtaning qizi bilan ja-a yaqin bölib qolibsanlarmi?
Men unga özining uslubida javob berdim:
– “Otaning gunohi uçun farzand javobgar emas” degan ekan örtoq Lenin!
Qönisbay amaki mendan bunaqa aqlli gap kutmaganidanmi, birinçi marta nigohini şişadan olib, menga yuz burdi.
– Şunaqa degin. Buni ham öşa tepakal Yan Grigoryeviç aytdimi?
– Yöq, özim öqiganman.
Uning qisiq közlari battar qisilib, yalpoq yuzi yanada kengayib ketgandek böldi. Keyin bir nuqtaga tikilib qoldi. Eşik oçilib, onam çoynak kötarib kirib kelganidagina uyqudan uyğongandek közlarini katta-katta oçdi. Men çoynakni olib qaytardim va çoy quyib uzatdim. Qönisbay amaki piyolani ruhsizgina olib stolga qöydi.
– Bilasanmi Borya, öşa Lenining bekor aytipti! Bola otasi uçun javob beradi! Bergandayam qandoq! – U çoydan höplab qöydi. Negadir mitti, qisiq közlari yiltirab ketgandek böldi. – Buni boşimdan ötkazganman! Qani özing ayt-çi, katta bölsang kim bölmoqçisan?
– Tarixçi bölmoqçiman! Pedinstitutning tarix fakultetida öqimoqçiman, – dedim burro qilib. Töğri-da, axir, sinfda tarixni biliş böyiça mendan ötadigani bölmasa. Kimsan, maktab direktorini hassasining uçi bilan körsatadigan injiqfeʼl Yan Grigoryeviçning işongan öquvçisi bölsam, tarix fakulteti mendan qoçib qutula olarmidi?!
– Agar sen tarixni suv qilib içib yuborgan bölsang ham, seni bu dargohga yaqin yölatişmaydi. Çunki sening otang qamalgan. U jinoyatçi! Tarix siyosiy fan. Unga har qanday ötmişi şubhali şaxslar yaqinlaştirilmaydi! Tuşundingmi, Borya? Xöş, bu otaning gunohi uçun farzand javob bermasligimi?
Mening boşimdan bir çelak sovuq suv quyib yuborilgandek böldi. Nahotki orzularimning barçasi sarob bölsa?! Biroq yuragimning çet-çetida bir siqimgina bölsa ham ilinj saqlanib qolgandi.
– Nega endi? Menga institutga kiriş mumkin emasmi?
– Qoğozda mumkin. Biroq amalda seni u yerga yaqinlaştirmaslik uçun barça çorani körişadi. – Qönisbay amaki qölidagi piyolani öynab ötirib, közlarini qisgança menga termulardi. – Bu gaplarni institutning köçasiga ham yaqinlaşmagan, qozonxonada gölahlik qilib yuradigan odam qayerdan biladi, deb öylayotgandirsan-a, Borya. Töğrisini aytaman. Men ham yoşligimda tarixni yaxşi körardim. Ayniqsa kişilik jamiyatida yaratilgan qonunlar tarixini. Men huquqşunos olim bölmoqçiydim. Biroq, meni u yerga yaqinlaştirişmadi. Çunki otam 37-yilda “xalq duşmani” tamğasi bilan otilib ketgan edi. U paytda Stalin tirik edi. Jimgina kolxozga qaytib molboqarlik qildim. Oradan köp ötmay Möylov iniga kirib ketdi. Xruşyov uning kirdikorlarini oçib taşlagaç, köpçilik qamalganlar oqlana boşladi. Men ham Boş prokuror nomiga xat yozdim. Oradan ikki oylar ötib, otamning ölimidan keyin oqlangani töğrisida rasmiy xat oldim. Şu xatni kötarib yana institutga bordim. Istar-istamas hujjatlarimni qabul qilişdi. Biroq, konkursdan öta olmading deb ortga qaytarib yuborişdi. Men esa ular ustidan hatto sekagaça yozdim. Ustma-ustiga, tinimsiz. Vaziyat esa toşqotgandek, özgaray, demasdi. Qişloqdan olib kelgan oxirgi çaqalarimga bir şişa pivo sotib olib dökonning özidayoq boşimga kötardim. Çunki mavhumlikdan içim yonib ketgandi. Şişani qaytarib peştaxtaga qöyişim bilan ikkita norğul yigitning qöltiğimdan olayotganiga eʼtibor qaratgunimça bölmay qornimga kelib tuşgan kuçli zarbdan köz oldim qoronğilaşib ketdi va bir zumda özimni “qora qarğa” deb ataşadigan, aristonlarni olib yuradigan melisa maşinasida kördim.
Qönisbay amaki oğir söliş oldi. Piyolasidagi sovub qolgan çoyni bir höplaşda quritib, menga uzatdi. Yana çoy quyib berdim. U bu safar kalta-kalta höplab ötirdi.
– Ana şungayam yigirma yetti yildan oşibdi. Şundan beri ötirsam öpoqman, tursam söpoqman. Anavi gursöxta komendantga öxşagan nazoratçilarning rezina tayoğidan uluşimni olib yuribman. Lekin singanim yöq! Bu laʼnati tuzumning qulaganini körsam armonim qolmasdi. Agar Olloberdi çolning başorati rost bölsa, bir dahşatli tözon yaqinlaşayotgan emiş. U yer yuzidan bu ikkiyuzlamaçi iblis saltanatini supurib taşlarmiş…
Maşa Olloberdi çolnikiga köçib ötişga ulgura olmadi. Otam Qönisbay amaki va yuqori qavatdagi ulfati Sergey amaki bilan ikki şişa aroqni quritişgan keçaning ertasi kuni, qoq tuş mahali qizib turgan mis tovadek xarrakning ustida, iyak qoqa-qoqa Olloberdi çol omonatini topşirdi. Men qörqa-pisa Olloberdi çolning jasadi yonidan ötib komendantga xabar qilgan kunim keçga tomon şaharçani örab turgan biyday sahroning kunbotar ufqida xira sarğiş, bulutsimon tumanlik közga taşlanib qolgan edi. Negadir tikansimlar bilan örab olingan bu şaharça xuddi osmonöpar xitoy devori bilan öralgandek, şamol aylanmas, havo dim va oğir edi. Negadir bugun nimadir sodir böladigandek, könglim ğaş, uyga oyoğimni zörğa sudrab bosgança istar-istamay yaqinlaşdim. Köz oldimda Olloberdi çolning jon taslim qiliş manzarasi qayta-qayta jonlanar, quloğim ostida esa çolning xirildoq tovuşi eşitilib turadi: “Tözon yaqinlaşyapti…” Qiziq, keça keçqurun Qönisbay amaki ham çolning allaqanday tözon yaqinlaşayotganini aytgani xayolimga kelardi. Bugun quyoş ufqqa sekin boş qöymadi. Kunbotar tomonga sal oğgaç, sarğiş tumanlik içra biroz qizarib turdi-da, birozdan keyin butkul ğoyib böldi. Şaharçani xira sarğiş qoronğulik egallay boşladi. Uyga yaqinlaşdim. Podyezdimiz oldidagi Olloberdi çol jon taslim qilgan xarrakda otam va Qönisbay amaki qayğuli alfozda sukut saqlab turişardi. Men qariyb piçirlagança ularga salom berdim. Otam boşini kötarib menga maʼnosiz tikildi. Davkaning otasi esa nimalarnidir ğöldirab qöydi. Çamasi salomimga alik olgan bölsa kerak. Men indamay yurakni ezib yuboradigan sukunat hukmronlik qilgan yölakni tark etib zinapoyadan yuqoriga kötarildim.
Keçasi derazamiz ostida Davkaning huştagini eşitib pastga çopqilladim. Keçqurun ojizgina boşlangan şabada biroz kuçaygan, şamol sahrodan qum aralaş xas-çöplarni şaharçaga yetkazib kela boşlagan edi. Şamol daqiqa sayin kuçayib borar, ğalati çang şaharçaning köçalariga, köpqavatli uylarning tomlariga yoğilardi.
– Tezda komendantning uyiga bormasak bölmaydi, Borya, – şoşilganidan Davka apil-tapil gapirardi. – U yerda nimadir sodir bölyapti!
Nima sodir bölayotganini tuşunmasam-da, Davkaning ortidan oyoğimni qölga olgança çopa boşladim. Komendantning podyezdiga yetib kelganimizda ikkalamiz ham yelkamizdan nafas olardik. Şamol endi uylarning tunuka tomlarini daranglatar, oçiq qolgan deraza tavaqalarini qarsillatib urardi. Şu şovqin-suron orasida kimningdir, qizbolaning ezgin, ğussali yiği tovuşi elas-elas quloğimizga yetib kelardi.
– Bu Maşa, – dedi negadir qatʼiy işonç bilan Davka. – Yur, ularnikiga kiramiz.
Maşaning onasi öldirilgan öşa maşʼum keçadan beri bu xonadonga kirişga yuragim betlamasdi. Bu dahşatli kvartirada Maşaning qançalar qiynalayotganini his qilib, uning Olloberdi çolnikida yaşaşi uçun harakat qilganlarimiz esimga tuşdi. Maşani laʼnati otasining çangalidan qutqara olişi mumkin bölgan yagona odam ham endi yöq…
Böynimdan sudralgandek mayda qadamlar bilan Davkaning ortidan ergaşib zinapoyaga qadam qöydim.
Eşik qönğiroğini uzoq jiringlatdik. Bir payt soçlari tözğib, qovoqlari yiğidan qizarib, şişib ketgan Maşa oçdi. Bizni körgandan keyin oşkora höngrab, poyafzallar terib qöyilgan kiçik tumba ustiga ötirib qoldi. Bizning sörab suriştirişlarimizga javoban qöli bilan balkon tomonga işora qildi. Biz oşxona orqali kengiş balkonga çiqqanimizda ofitserlar qayişiga osilgança, başarasi kökarib, dahşatli qiyofaga kirgan xöppa semiz polkovnikning jasadiga közimiz tuşib, dahşatdan qiçqirib yubordik. Komendantning joni uzilganiga bir neça soat bölgan, dum-dumaloq qorni battar kattalaşib, dömbira bölib şişib ketgan, tili yarim qariç osilib, girih tişlari bilan ğarçça tişlangan edi.
– Qöşnilarni çaqiriş kerak, – deya piçirladim, komendantning vahimali jasadidan közimni uzolmay.
Keyin xuddi komanda berilgandek har ikkalamiz eşikka qarab yugurdik.
Komendant xotinini öldirib qöygan keçadan beri heç qaysi qöşni uning uyiga qadam bosmas, qotil polkovnikdan iloji boriça özlarini olib qoçişardi.
Qöşnilarning eşik qönğiroqlarini bosa boşladik. Kimdir ğöldirab sökingança bizni haydab yuborar, yana kimlardir eşikni mutlaqo oçişmasdi.
Oxir-oqibat Davkalarning uyiga borib, Qönisbay amakini uyğotişga majbur böldik.
– Oxiri tönğiz qöpibdi-da, – dedi uyqusirab Qönisbay amaki. U kunduz kuni Olloberdi çolni dafn etganidan keyin ança payt otam bilan uning uyi oldida baʼzan jim, baʼzan şivirlagança gurunglaşib uzoq qolib ketgan edi. Şuning uçunmi, Olloberdi çolning musibati sababmi, u har kunlik rejasi – yarim litrni yutmagan, huşyor edi. Biroq özining azaliy duşmani – komendantning ölimidan quvonganini ham, xafa bölganini ham bilib bölmaydigan holatda, asabiy yurib koridordagi telefon göşagini kötarib raqam terdi-da, gapni qisqa qildi:
– Allo, komendaturami? Bölmasa eşiting. Komendantingiz Dudko balkonida özini osib qöyibdi! Kimning xabar berganini bilişingiz şart emas! Xayr.
U göşakni qöyib, biroz tin oldi. Keyin bizga ögirildi.
– Komendantning qizi uyida yolğizmi?
– Ha, – dedi Davka, – bir özi yiğlab ötiribdi. Bironta qöşni bizga eşik oçişni istamadi.
– Laʼnati… – dedi u qöllarini asabiy silkib.
U kimni laʼnatlayapti, qöşnilarnimi yo komendantnimi – bilib bölmasdi.
– Sizlar Maşani pastga olib tuşib kutib turinglar. Hozir komendaturadan kelişadi. Keyin uni buyoqqa olib kelasizlar. U uyda qizni yolğiz qoldirib bölmaydi.
Taşqarida esa şamol qariyb böronga aylanayozgan, u xas-xaşakka qöşib yirik-yirik qum zarralarini yuzimizga urar, osmon qop-qora, “milt” etgan yoruğlik közga taşlanmas, tinimsiz yuzimizga urilayotgan qum zarralari közni oçirgani qöymas, tişlarimiz orasida yoqimsiz ğiçirlardi.
Şu payt osmondan tuşgandek röparamizda otam paydo bölib qoldi. U mening birdan yöqolib qolganimdan taşvişga tuşib qidira boşlagan va ançagina ovora bölganligi yuzidagi ğazabdan akslanib turardi.
– Qayerda yuribsan, ablah!? – U yuzimga yengilroq tarsaki tuşirdi.
Şu paytgaça bunaqa tarsaki yeb körmagandim. Yöq, oğriqdan emas, balki alam, ğazabdan yuzim lovullab yonib, közlarimga yoş keldi.
– Alik amaki, Boryani urmang! Uni men çaqirgandim. Bilasizmi, komendant özini osib qöyibdi. Şunga Maşaning oldiga kelgandik. – Davka poyintar-soyintar qilib vaziyatni tuşuntirgança oraga tuşdi.
– Nima deding? Komendant?
– Maşaning dadasi… Balkonda özini osib qöyibdi. Maşa yiğlab ötiribdi.
– Şunaqami… Sening otang qayerda?
– Uyda, hozir komendaturaga telefon qildi…
Otam bir pas boşini qaşlab turdi.
– Sen uyga bor, – dedi menga ögirilib, – onang xavotir olyapti.
Men şaharçamizga kunbotar tomondan balo-qazodek bostirib kelayotgan qum böroniga qarşi qiynalib qadam bosgança uyga qaytdim.
Keyingi kun ertalab ança lohas bölib uyğondim. Osmon sarğimtir, quyuq tözon buluti qoplab olganidan kun nimqoronği, havo esa nafas olib bölmas darajada quyqa va oğir edi.
 Olloberdi çol ölimi oldidan başorat qilib ketgan tözon bor böy-basti bilan özini namoyon qila boşlagan edi.
Onam çoyga çaqirdi. Istamaygina örnimdan turib yuvindim. Men dasturxon boşiga kelganimda otam örnidan turib, allaqanday ezgin kayfiyatda işga yöl oldi. Onamning qovoqlari ham soliq. Atigi bir yarim kun oldingi, otamning muddati qisqartirilib, bir neça oydan keyin qişloqqa qaytişimiz daragini eşitganidagi xursandçiligidan asar ham qolmagan edi. Hatto jajji singilçam ham xomuşgina, belançagida sörğiçini sörib yotardi.
Çoyni çala-çulpa içib, papkamni ortmoqlagança uydan çiqdim.
Böron tundagidek uvillamas, ozgina bölsa-da şaşti pasaygan, biroq sarğiş çang tuman şaharçani butkul işğol qilganidan, ikki qadam oldinni körib bölmasdi. Keça tunda otam meni uyga jönatib yuborganidan keyin nimalar bölganligini aniqlaş maqsadida yölimni Davkalarning uyi tomonga burdim. Yaqinlaşganimda Davka bilan Maşaning birga çiqib kelayotganlariga közim tuşdi.
– Keça komendantning jasadini olib ketişganidan keyin, Maşa biznikida, singlimning yonida qoldi. Hozir biznikidan çiqib kelyapmiz.
Maşaning hamon qovoqlari salqigan, közlari qizarib turardi.
– Endi meni detdomga topşirvorişarkan, – hiqilladi Maşa yana közlariga yoş olib, – men ham özimni osvorsammikan. Negadir yaşagim kelmay ketyapti.
Uning gapi menga jöyalidek tuyuldi. Yuragim siqilib borardi. Negadir tözon nafaqat şaharçamiz havosini, balki bizning miyamizni, qalbimizni xiralaştirib taşlagan edi. Tözon endi abadiy davom etadigandek, bizning qolgan umrimiz şu tumanlikda xira kölanka bölib keçadigandek, oldda “milt” etgan yoruğlik yöqdek tuyulib ketdi. Tözon şaharça köçalari bilan birga bizning könglimiz köçalarini tös-töpolon qilib taşlagandi, göyo.
Maktabga kelganimizda negadir sinfxonalar jim-jit, unda-bunda körinib qoladigan öqituvçilar ham şoşgança piçirlaşib ötib ketişar, bizning angrayib turişimizga eʼtibor ham berişmasdi.
Hammasini sinfboşi Gogik gapirib berdi.
Tarix öqituvçimiz Yan Grigoryeviç keça tunda bilak tomirlarini kesib taşlabdi. Tongda uni vannaxonadan ölik holda topişibdi. Hozir uning tobutini maktabga olib keliş, motam mitingini ötkaziş töğrisida öqituvçilar maslahat qilişayotgan ekan. Bugun darslar ötilmasligi ham mumkinmiş.
Gogik muhim maʼlumotni yetkazib, yengil tortgandek bölib, ortiga qaytdi. U negadir Maşaning köziga qaray olmasdi. Yiltiragan qora közlarini devorga, baʼzan deraza ortidagi tözon içida qolgan şaharçamizga boqqança gapirdi.
Yan Grigoryeviç yoşi ellik bilan oltmişning miyonasida, töladan kelgan, tilla gardişli közoynak taqib yuradigan basavlat kişi edi. U hammaga bepisand, yuqoridan nazar taşlar, şuning uçun ham şaharçada döstlari yöq, ikki xonali uyda qarimsiq kampiri bilan yaşar edi. Ular befarzandligi uçunmi, kattakon buldog it boqişardi. Keçqurunlari er-xotinlar öşa köppagini sayr qildirgança, parkni aylanib yurişganiga köp bora guvoh bölganman. Ular heç kim bilan gaplaşişmas, salom berganlarga esa bilinar-bilinmas boş irğaş bilan javob qaytarişardi. Şuning uçun ham şaharçaning asosiy fuqarolari bölgan sobiq aristonlar bu ziyolinamo olifta kimsalarni xuşlamasdilar. Biroq u bilan bir kunda narigi dunyoga safar qilgan komendant unga hurmat bilan muomalada bölar, uçraşib qolganlarida ehtirom bilan boşini egib salomlaşardi.
Maktabda esa Yan Grigoryeviçdan hatto direktor ham hayiqib turardi. Biz öquvçilarni esa aytmay qöyaqolay. Biroq men tarixdan boşqalarga qaraganda yaxşiroq edim. Buning ustiga u negadir otam bilan çiqişardi. Şuning uçun ham men uşbu “kibor” domlaning marhamatiga sazovor bölgan sanoqli öquvçilardan edim. U menga yuksak marhamat körsatib, uyidagi kutubxonasidan baʼzi kitoblarni olib öqişga ruxsat bergan edi. Biroq uning bu “marhamati” menga unçalik xuş yoqmasdi. Sababi u menga kitobni özi tavsiya qilar, kitobni qölimga tutqazganidan keyin uni qanday asraş, betlarini ğijim qilmaslik, siyoh çaplamaslik töğrisida çorak soatça tuşuntiriş berardi. Bu ham yetmaganidek oradan bir haftani ötkazib kitobni qaytarganimda, uni öqigan-öqimaganimni obdon tekşirib, savol beraverib miyamning qatiğini çiqarib yuborardi. Şu muloqotlar tufayli uning uyiga bir hafta-ön kunda bir taşrif buyurib, Yan Grigoryeviçning oilaviy ahvoli töğrisida yaxşigina bilimga ega bölib ulgurgandim. Tözon boşlanmasdan bir kun oldin olgan kitobimni topşirib, navbatdagisini oliş uçun tarix öqituvçimizning ozoda va sokin kvartirasiga borgandim va er-xotinlarning motamsaro holatini körib hayron qolgandim. Yan Grigoryeviç esa bugun men bilan suhbatlaşa olmasligini ğöldiragança tuşuntirib, opkelgan kitobimni qölimdan olgança eşikni yuzimga yopdi. Qöşnilarining aytişiça ularning arzanda köppagi öşa kuni omonatini topşirgan ekan. Şunga çol-kampirlar aza tutib, köngillari xufton bölib ötirgan pallalari ekan. Men ham har doimgi mujmal savollardan qutilganimga şukr qilib, şataloq otgança köçaga çopgan, ertasi kuni şahar taşqarisidagi zovurga çömilişga boriş taşabbusini Davka va boşqa bolalarga yoyişga şoşilgan edim. Biz uşbu rejani muvaffaqiyatli amalga oşirib qaytgan kunimiz esa Olloberdi çol omonatini topşirgan kun, yaʼni yakşanba edi. Duşanbada esa Yan Grigoryeviçning bemaʼni ölim topgani xabarini eşitib turibmiz.
Negadir yuragim siqilib borardi. Maktabdagi motamsaro kayfiyat menga yomon taʼsir qilayotgandi. Ötgan soatlarda kutilmaganda ketma-ket sodir bölayotgan bu voqealar meni esankiratib qöygandi. Negadir uyga ketgim kelayotgandi. Öqituvçilar özlari bilan özlari ovora bölib qolganliklari uçun bilintirmay uyga surib qolişni afzal bildim.
 Otam negadir uyda edi. Aslida bunaqa paytlarda işda bölardi. Oşxonada Qönisbay amaki bilan yarmi böşagan şişani ermak qilib ötirişardi. Hamişagi odatga mos bölmagan tarzda ikkalalarining ham kayfiyati joyida emasdi. Qönisbay amakining qisiq közlari battar qisilgan, siyrak möylovi şalpayib, lablari ustiga osilib qolgan, tinimsiz uf tortardi. Otam esa miq emasdan tinimsiz papiros tutatar, papirosning qoldiğini kuldonga bosib öçirgani zahoti aroqni taqsimlar, Qönisbay amakining olişini ham kutib ötirmasdan, stakanni quritar va gazagiga papiros tutatardi. Mening oşxonaga kirganimni Qönisbay amaki sezib qoldi.
– Kel, Borya. Maktabda nima gap?
Men javob berişga ulgurmadim. Otamning ilkis boş kötarib, zildek oğir nigohlari bilan qattiq tikilişidan duduqlanib qoldim.
– Nega maktabdan bunça erta qaytding?!
– T-tarix öqituvçimiz Yan Grigoryeviç…
– Bundan xabarim bor.
– Ş-şunga öqituvçilar miting qilişmoqçi. Darslar ötilmasakan.
– Unday bölsa bor, gastronomga ötib kel.
Otam çöntagini kavlab papiros va bir şişa aroqqa yetadigan pulni sanab berdi.
– Imillama. Tez borib kel!
Men sumkamni qoziqqa ilib, yana köçaga çiqdim. Tözon hali veri tinadigan emas, qaytaga zabtiga olayotgan edi. Köçada odamlar siyrak, borlari ham ustiga yoğilayotgan çang va qum zarralaridan qoçib tezroq uyiga kirişga oşiqişardi. Men ham xaridor yöqligidan paşşa qörib ötirgan badqovoq xotindan otam buyurgan narsalarni olib, ajdahoning böğzidek vahimali va yoqimsiz köchani tezroq tark etib uyga kirib oliş uçun oyoğimni qölimga olib çopdim.
 Ular yana iça boşladilar. Mening esa deraza ortidagi sarğiş tumanlik qoplagan kulrang tusdagi uylarga qaraşga yuragim betlamas, bu tözon birin-ketin butun şahar aholisini öz komiga tortadigandek tuyulardi. Tuşga borib boşim löqillab könglim ayniy boşladi. Onam peşonamni uşlab körgaç tipirçilab qoldi. Oşxonada içişib ötirgan ikki ulfat ham birin-ketin peşonamga qöllarini bosib körişdi.
– Skoriy çaqiriş kerak, – dedi Qönisbay amaki.
Otam ham nimadir dedi, biroq uning ovozi uzoqdan kelayotgandek tuşunarsiz edi. Qovoqlarim öz-özidan yumilib, köz oldimni köçadagi xira tumanlikdan biroz yorqinroq sarğiş tumanlik qoplab oldi.
Allaqanday qorişiq narsalar orasida uzoq vaqt sarson yurdim. Bunda tişini irjaytirib yurgan şoqollar ham, yuzi kökarib, tillari osilib qolgan komendant ham bor edi. Buning ustiga ular tinimsiz özgarar, tişlari irjaygan şoqol zum ötmay komendantga, komendant esa qip-qizil tilini yarim qariç osiltirib, irillab turgan şoqolga aylanardi. Keyin esa ular köz oldimdan yöqolib uça boşladim. Sal eʼtibor bersam, men tözon buluti orasida suzib yurgan ekanman. Keyin bulut pastlab, tarqadi. Özimni qadrdon qişloğimizda kördim. Momom bilan ikkalamiz qöy boqib yurgan ekanmiz. Daryo, mening qadrdon daryom ham tölib-toshib oqayotgan ekan. Şu tanamning şörlab ketganini his qilaman. Özimni daryoga otaman. Momom ortimdan hay-haylagança qolaveradi. Men tölqinlar bilan bellaşib uzoq suzaman. Narigi qirğoqdan Abdurasul amakim körinadi. Negadir uning qölida oddiy yulğun tayoq emas, komendant beliga taqib yuradigan rezina töqmoq bor böladi. U menga töqmoqni öqtalib, yoniga çorlaydi. Körinişi vajohatli. Men tölqinlar ustida, ularning oqimtir-sarğiş köpiklari orasida suzib ketaveraman. Abdurasul amakim ham, momom ham ortda qolib, közdan yöqolişadi. Birdan daryo yana tözon bulutiga aylanib meni yuqoriga kötaradi. Yana öşa tusini tinimsiz özgartirib turuvçi maxluqlar orasida parvoz qila boşlayman. Atrofimdagi maxluqlarning tinimsiz hayqirişi, bökirişi, çinqirişi va çirillaşidan quloğim qomatga keladi. Özimni allaqanday tuşuniksiz, negadir xuddi kultepalarga öxşaş qum barxanlari saf tortgan behudud sahroda köraman. Sahroda tört tomonga çopaman. Tikkaygan buta tugul, ojiz xas-xaşak ham közga taşlanmaydi. Bitta ham tirik jon yöq. Sarhadsiz sahroda bir özim… Intihosiz yolğizlik komida qolganimni his qilaman. Maxluqlar bilan qilgan parvozim paytidagi yuragimni qoplab olgan qörquv öz-özidan yöqolib ketadi. Örnini tubsiz tuşkunlik va ğussa egallab oladi. Şunda olis-olislardan ovoz eşitiladi.
– Bahromjon! Bolamu-u!
Bu tovuş judayam olisdan kelayotgan bölsa-da, aniq-tiniq eşitaman. Bu onamning ovozi edi. Köz oldimni qoplab olgan qoramtir sahro çekina boşlaydi. Olisdan onamning oppoq römoli şamolda silkinayotganini köraman.
 Atrof sekin-asta yorişa boşladi. Uyğonib ketdim. Sekin közimni oçdim. Tepamda yiltiroq közoynakli, tepakal kişi ötirganini kördim. Oq xalatiga közim tuşgaç uning doktorligini, özim esa kasalxonadaligimni angladim.
– Öziga keldi, – dedi doktor yonidagi sariq soçli xuşbiçim juvonga va men tuşunmaydigan allaqanday atamalarni aytgança unga topşiriq bergaç, çiqib ketdi.
Juvon esa bilagimga nina sançib ukol qildi. U çiqqanidan keyin palataga onam kirib keldi.
– Yaxşimisan, bolam, – degança peşonamga qöllarini bosdi. Issiğim ança tuşgan bölsa kerakki, bu safar uning yuzi xavotirli emasdi. – Bizni ança qörqitding-da, Bahrom.
Şoşa-pişa uyda tayyorlab bankaga solib kelgan tovuq şörvasidan majburlab bir neça qoşiq içirdi. Içimga kirgan issiq va mazali şörva ançagina tetiklaştirdi. Miyamdagi xiralik tarqab, atrofga dadilroq nazar taşladim. Keyin menga nima bölganligini söradim.
– Ikki kundan beri huşsiz yotganding, bolam. Bugun nihoyat közingni oçding. Anavi örtoğing bor-ku, qozoq bola. Öşa ham ikki kundan beri şu yerda edi. Doktor huşingga kelganini aytganidan keyin şoşilib çiqib ketdi.
Demak, meni bu yerga olib kelişganiga ikki kun bölibdi. Şu vaqt mobaynida Davka kasalxonada bölgan. Negadir uni körgim, quçoqlab bağrimga bosgim keldi.

* * *
Keçroq otam keldi. Ungaça boşimda girgitton bölib turgan onam uning bir imosi bilan palatani tark etdi.
– Özingni biroz tutib olgin, öğlim, – dedi otam yöğon qadoq qöllari bilan peşonamni silab. – Har narsani özingga olaverma. Tuzalganingdan keyin qişloqqa ketasan. Hozirça bexavotir yotaver, böptimi, Bahromjon?
– Böpti, ota.
– Mayli bölmasa, men ketdim. Keçroq xabar olaman.
Otam tez-tez yurib çiqib ketdi. Birozdan keyin eşik qiya oçilib Davkaning paxmoq soçli boşi körindi. Uning keng yonoq, qisiq közli başarasidagi xavotir, meni körgaç tarqalib, yoyilgança iljaydi.
– Salom, Borya. Kirsam maylimi?
U javobimni kutmasdan özini içkariga urdi.
– Qalaysan endi? Tuzalib qoldingmi?
– Rahmat. Özingning işlaring yaxşimi?
Davka aytsammi, aytmasammi, degandek biroz ikkilanib turdi. Keyin bir qarorga keldi şekilli, “yaxşi” deb qöydi. Keyin biroz uyoq-buyoqdan gaplaşib turgan bölib men bilan xayrlaşişga çoğlandi.
– Böpti, Borya. Ertaga yana kelaman. Bugun bir zarur işim bor edi.
Davkaning özini tutişi menga ğalati körindi. Oldingi dangalçi, könglidan keçganini sira tortinib ötirmasdan aytib yuboraveradigan, janjal va muştlaşuvga suyagi yöq Davkaga sira öxşamasdi. Göyo kutilmaganda boşlangan tözon uni butunlay özgartirib yuborgandek edi. Uning bir gapi bor edi-yu, lekin aytişga ikkilanib qolganligi, apil-tapil xayrlaşib çiqib ketişi menda ğalati taassurot uyğotayotgan edi. Uning qanaqa zarur işi bölişi mumkin. Bunday tözonda u oldingiday köça çangitib yurmasa kerak. Fikrlarim çuvalaşib boşim oğrib ketdi. Birozdan söng hamşira kelib bilagimga nina sançdi. Osma ukolning şaffof quvuridan tomçilayotgan dorini kuzata turib uxlab qolibman.
Ança tetik bölib uyğondim. Keyinroq döxtir keldi. U quloğiga stetoskopni tiqib tomir urişimni tekşirdi. Qovoğimni yirib közimning oqiga nazar taşladi. Qon bosimimni ölçadi. Oğzimga termometr tiqib qöydi. Oxirida yengil tortgandek bir söliş oldi-da, “Hammasi joyida”, deb qöydi.
Keçga yaqin otam keldi. Mening yonimga kirişdan oldin döxtir bilan gaplaşib olgan şekilli, yuzi oldingidek taşvişli emas edi. U iljaygança erta tongda menga javob berilişini darakladi. Oxirgi muolajani bugun keçasi olib, ertaga uyga ketaverişim mumkinligini döxtir aytibdi.
Ertalab onam kelib laş-luşlarimni yiğiştirdi. Tuşlikka qolmay biz öz uyimizda edik. Ertalab sal avzoyi oçila boşlagan osmon yana tundlaşa boşladi. Şamol kuçayib sap-sariq changni şaharça köçalariga yoğdira boşladi. Otam tuşlikka yaqin qölida ikki qadoqça göşt, hamişagidek yonida ikkita şişa solingan törxaltani kötarib kirib keldi. Orqasida Qönisboy amakining tirjayib turgan başarasini körib, öşa kasal bölib qolgan kunimdagidek, könglim aynib ketdi. Içkariga kirdim. Kitob öqişga holim kelmadi. Karavotga çözilgança şiftga termulib yotdim. Xayriyatki, otam menga iş buyurmadi. Hammasini onamning özi bajardi. Onam bir qölida injiq singlimni kötarib, bir qöli bilan qozon kavlab, otam bilan Qönisboy amakiga göştni qovurib berdi. Qovurdoqni laganga solib, ustiga piyoz töğrayotgan paytda eşik jiringladi. Onamning ikki qöli ham band edi. Mehmonxonadan otamning ovozi eşitildi:
– Bahrom, qaravor. Hoynahoy Sergey bölsa kerak. Hid çiqqan joyni ikki yuz çaqirimdan biladi, bu sulloh. Men erinibgina örnimdan turib, eşikning ilgagini tuşirdim. Otam haq edi. Ostonada oğzidangina emas, balki butun tanasidan aroq hidi ufurib turgan Sergey amaki çayqalib turar edi. Uning bir çöntagidan alyumin qopqoği örniga sabzi tiqib qöyilgan yarimlab qolgan şişa çiqib turardi. U betakalluf, xuddi öz uyiga kirib kelganday, içkariga kirdi. Töğridagi oçiq eşikdan körinib turgan otam bilan Qönisboy amakiga qarab samimiy, şanğilladi.
– Alik! Zdorovo moy priyatel! Коля, ты тоже здесь? Molodets, pozdravlyayu!
– Rahmat, Sergey, – dedi otam biroz qovoğini solib. Kel, ötir biz bilan.
Otam Sergey amakining sullohligini, sörab-netib ötirmasdan bostirib kirib kelaverişini yoqtirmasdi. Biroq kirib kelganida köksidan itarmasdi ham.
U kissasidan sabzi tiqilgan şişani çiqarib stolga qöydi. Qöynini paypaslab ikkita issiqxonada yetiştirilgan va bizning gastronomga tez-tez kelib turadigan uzunçoq va tepasiga “husnbuzar” toshib ketgan bodring va sarğiştob pomidor olib qöydi. Keyin menga ögirildi-da, tuz va piçoq olib kelişni buyurdi.
To men tuz olib kelgunimça, Qönisboy amaki uzatgan piyolani qoqlab, özi olib kelgan bodringdan bittasini betuz qarsillatgança çaynab turardi.
– Borya, sen nega anavi komendantning qizini qidirişga bormading? Mening Mişam, manavi Kolyaning öğli ham ikki kundan beri soldatlar bilan uni qidirişyapti. Seni qara-yu….
Otam stolni gursillatib urdi.
– Bas qil, Sergey! Bahrom hozirgina kasalxonadan keldi! Boşini qotirma!
– Töğri,– dedi Qönisboy amaki otamni qöllab. Heç kim yöqolgani yöq. Davka hozir öqişda. Darsi tugagaç, albatta, Boryani körişga keladi. Sen esa aljirama. Kayfing oşgan bölsa uyingga kirib yot.
Sergey amaki norozilanib yana nimadir demoqçi edi, otam gapirtirmadi:
– Bahromjon, bor, xonangga kirib yotaqol. Senga çarçaş mumkin emas. Körib turibsan, Sergey mast bölib qoldi. Nima deyayotganini özi ham bilmaydi.
Men xonadan çiqayotganimda Sergey amaki ğudrandi:
– Men heçam mast bölib qolganim yöq! Nega oğzimga urasizlar?! Komendantning qizi qoçib ketgan! Buni yangi komendant Veremeyevning özi aytdi! Ha, xuddi özi! Öz quloğim bilan eşitdim.

* * *
Öşa paytda otam temiryöl stansiyasi yonidagi geologlar şaharçasi qurilişida ulkan samosval haydarkan. U qurilişga beton, ğişt va allambalolar taşib berarkan. Abdurasul amakim esa öqişni şu yil tugatgan. Institutga hujjat topşirib, biroq u yerdan qiliçi sinib, qalqoni teşilgan noşud askardek qaytib kelib, köçaga çiqişga ham yuzi bölmay qoronğu uyga qamalib olgan amakimni otam maşinasiga mindirib qurilişga olib borib işga joylab qöyibdi.
Bir kuni amakim keçga yaqin usti boşi dabdala, bir qovoği kökarib kirib keladi. Otam endigina maşinasini qantarib, supada maykaçan bölib olgança sovuq çoy içib huzurlanib ötirgan böladi. Amakimning holini körib momomning esxonasi çiqib ketay, deydi. Onam esa öçoqboşida kuymalanib yurarkan, uning holiga eʼtibor bermaydi. Amakim indamay uyga zipillab qolmoqçi bölganda otam töxtatib qoladi.
– Qani buyoqqa kel-çi, jöjaxöroz. Aftingni kim bunçalik bezab qöydi?
Amakim xuddi oyoğiga toş boğlangandek, supaga qarab sudraladi. Biroq savolga javob bermay közlari yer çiza boşlaydi.
Otamning jahli çiqadi. Bunaqa paytda çap qoşi sal kötarilib, yuz muşaklari pirillay boşlaydi.
– Sendan sörayapman?! – past, ammo böğma ilonning öljasiga taşlanayotganida çiqaradigan tovuşidek vişillaydi.
Amakimning gapirişdan özga çorasi qolmaydi. Sekin boşini kötarib avval otamga, keyin momomga qaraydi. Momom lablarini qimtigança erkatoyini bağriga bosib, yuz-közidagi ğurra va yaralarini silagisi kelar, biroq otamning haybatidan hayiqib, tipirçilab turadi.
Otam Abdurasul amakimning onasi oldida gapirişga uyalayotganini sezib momomga ögiriladi.
– Anavi keliningiz hamma joyni tutunga töldirib yubordi. Özingiz yoqib bermasangiz, hozir hamma böğilib öladi.
Holbuki, öçoqda ötin gurillab yonardi.
Momom sergak kampir emasmi, darrov tuşunadi. Oğir uf tortgança örnidan qözğalib, öçoqboşi tomonga yönaladi.
– Gapir! – deydi otam ukasiga ğazab bilan tikilarkan.
Amakim çaynaladi. Biroq otamning öqdek qadalib turgan nigohiga közi tuşgaç, özini önglab oladi.
– Kim?!
Amakimning közlari pirpiraydi.
– Magomed… – deydi qaltirab.
– Kim-kim?!
– Magomed çeçen…
– Laʼnati çeçenga qanday ilakişib qolding?! Uning kimligini bilmasmiding?!
Otamning çehrasi qiyşayib ketadi. Yonoq muşaklari yanada qattiqroq pirillab uça boşlaydi.
– Men unga ilakişganim yöq. Özi tirğaldi.
– Nimani bölişa olmading u bilan?
Amakim gapni nimadan boşlaşni bilmay biroz kalovlanadi. Jim tursa akasining ğazab alangasiga battarroq duçor bölişini bilib gapira boşlaydi.
– Alfiya bilan dökondan çiqib kelayotgandik. Magomed bir-ikki ulfati bilan pivo içib ötirgan ekan. Gap otdi…
Voqea bunday bölgan edi.
Keçki payt. Kuni bilan sahroning sap-sariq qumiga bor otaşini purkagan oftob yotoğiga ravona bölgaç, sahro bağrida qad rostlayotgan şaharçaga oqşomgi salqin şabada yopirilib kirgaç, kuni böyi issiqda qovrilgan kişilar özini bu yerdagi yakkayu yagona dökonga urar, bir zumda dökonning ulkan sovutgiçlaridagi bor pivo zahirasini jiğildonlariga joylaş harakatida bölişardi.
Bu sahrolar ming yillardan beri birovga kerak bölmagan. Uç-törtta tuyaboqar qozoqlarning ötovidan boşqa tikkaygan buta körinmaydigan bu çölni tikkasiga kesib ötgan temiryöl stansiyasi yonida bir neçta temiryölçilarning ğiştin uylari ança keyin qurilgan. Nima böldi-yu, bu sahrolar bağri yermoyi va kökimtir alanga berib yonadigan gazga töla ekanligi ayon bölgaç, şiraga talpingan çumolidek odamlar yopirilib kela boşladi. Avval geologlar, keyin parmalovçilar, keyin qazib çiqaruvçilar va quruvçilar kelişdi. Albatta, bu sahrolar bağrida qovurilib işlaganlar kam pul topişmasdi. Bu kelguvçilarning içida şu pulning ortidan quvgan, takasaltang va kazzoblar ham yöq emasdi. Dökon oldiga tanda qöyib, pivodan böşagan yaşikka ötirgança qölidagi şişani qoqlaşayotgan Magomed çeçen va uning uç-tört hamtovoği şu toifadan edi.
Amakim aytgan Alfiya esa qurilişda kassir bölib işlaydigan qiz edi. Ota-onasiga ergaşib, olis Ufadan kelib qolgan bu qizga amakimning işqi tuşib qolgan. Öşa kuni Alfiya bilan dökondan çiqib kelişayotganida ançagina “yetilib qolgan” Magomedga şaharçadagi eng ketvorgan qizning şu qişloqi bilan yetaklaşib yurişi eriş tuyuladi.
– Alfiya, – deydi u közi kayfdan suzilib, – Feya! Ha, sen Alfiya emas, Feyasan! Farişta!
Örnidan turib, biroz gandiraklagança ularning yoniga keladi. Qizning yonida turgan amakimga xuddi keraksiz buyumga nigoh taşlagandek mensimay qaraydi. Bu qaraş amakimning suyak-suyagidan ötib ketsa-da, özini bosadi. Mast odam bilan paçakilaşgisi kelmaydi. Qizning qölidan tutadi:
– Ketdik, Alfiya.
Lekin ketişga ulgura olişmaydi. Magomed qölidagi yarmidan köproği içilgan pivo şişasi bilan amakimning boşiga tuşirib qoladi. Yonidagi ulfatlari ham bu “xayrli” işdan çetda qolmaslik uçun qöli yetgani muştlab, oyoği yetgani tepkilab qolişadi. Bir zumda amakim tuproqqa belanib, yuz-közlari ğurradan bezaladi. Alfiya qiçqirib yordam söraydi. Uzoqdan militsionerning huştagi çalinadi. Magomed va uning ulfatlari bir zumda “quyonni survorişadi”.
Otam amakimni yoniga olib samosvalini gurillatgança oqşom qönayotgan qişloqning tuproq köçasini çangga tölğazib şaharçaga yöl oladi va şu ketganiça qaytib kelmaydi. Momom bilan onam esa tiq etgan tovuşga quloq tutib tonggaça mijja qoqişmaydi. Saharda amakimning özi yolğiz keladi. Uning aytişiça, Magomedni dökon orqasidagi işçilar oşxonasidan topişadi. Magomed ulfatlari bilan otamni ham masxaraomuz haqoratlar bilan kutib oladi. U ğirt mast edi. Şuning uçun ham otamga yöllagan muşti möljalga aniq yetib bormaydi. Otamning zalvorli muştidan u uçib ketadi. Ulfatlari ham birin-ketin tuproqqa qoriladi. Şu payt örnidan turgan, biroz kayfi tarqagan Magomedning qölida qayerdandir yarim quloçça armatura paydo bölib qoladi. U armatura bilan otamning yelkasiga tuşirib qoladi. Otam gandiraklab ketadi, biroq yiqilmaydi. Magomed qölida armaturani öynatgança ikkinçi zarba berişga çoğlanganda amakim ğişt parçasi bilan ensasiga zarb bilan uradi. Özini önglab olgan otam oğir kirza etigi bilan başarasiga tepib yuboradi. U yiqilayotib boşi bilan beton poydevorga uriladi va oğzidan qon aralaş köpik oqa boşlaydi. Şu payt şaharçadagi yakkayu yagona militsionerga tegişli “Ural” mototsiklining tovuşi eşitiladi.
– Sen ket! – deydi otam amakimga. Bu yerda sen yöq eding. Tuşunarlimi?!
Amakim otamning ğazabidan qörqib özini panaga oladi. Militsionerdan keyin ”Tez yordam” maşinasi kelib huşsiz Magomedni kasalxonaga olib ketadi. Otamni militsioner kajavaga ötqazib melisaxonaga olib ketadi. Amakim esa ularning ortidan qorama-qora melisaxonaga borib otamning çiqişini kutib ötiradi. Yarim tunda özida jurʼat topib melisaxona eşigidan möralaydi.
– Kim kerak, senga? – uyqusiragan militsionerning qöpol va xirildoq tovuşidan u biroz kalovlanadi.
– Akamni qidirib keluvdim.
– E, anavi muştumzörning ukasimisan? Iye, sening ham başarang buzilibdi-ku! Janjalda sen ham qatnaşganmisan?
Amakim seskanib ketadi. Biroq otamning unga aytgan gapi esiga tuşadi.
– Yöq. Yiqilib tuşdim. Akam şu yerdami?
Militsioner temir panjara bilan ajratilgan xonaning töriga işora qildi.
– Ana, ötiribdi qahramon akang.
Otam örnidan turib panjaraga yaqin keladi.
– Abdurasul, sen uyga bor. Onam xavotir olayotgandir. Ularni tinçit. Mendan xavotir olişmasin. Tez orada özim ham borib qolaman.
– Boradi-ya boradi, – zaharxanda qiladi militsioner. – Agar anavi Magomed ölib qolmasa, uç yildan keyin, tönğiz qöpadigan bölsa, ön yildan keyin boradi!
Otamning şörpeşonasining yana ham tuzini köpaytirgança Magomed ikki kun huşsiz yotib, uçinçi kuni omonatini topşiradi.

* * *
Tözon boşlanganining yettinçi, Maşa yöqolib qolganining uçinçi kuni men köçaga çiqdim. Maqsadim Davkani qidirib topiş edi. Maktabda Olloberdi çol ölganidan keyin yangi kelgan qorovul va ikkita farroşdan boşqa heç kim yöq edi. Öqituvçilar va yuqori sinf bolalari Maşani qidiriş uçun askarlar bilan birga tözon qoplagan sahroga çiqib ketişgan ekan. Nima qilişni bilmay yana uyga qaytdim. Köçamiz boşida esa halloslab kelayotgan Davkaga közim tuşdi.
– Borya! – çinqirib yubordi u. – Borya, buyoqqa qara!
Tözon odamlarni bir neça kun içida şunçalik özgartirib yubordimi, yo bölmasa men özgarib qoldimmikan, Davkaning özini tutişi menga mutlaqo ğalati tuyulardi. Bölmasa men unga qarab röparasida turibman-ku.
– Borya, hozirgina Maşani topişdi!
Bu yaxşilikka-ku, biroq Davkaning yuzida yaxşilik alomatidan asar ham yöq edi. Ranggi biroz oqarib, dördoq lablari pir-pir uçib turardi.
– Bilasanmi, Borya, unga qaraşga heç kimning jurʼati yetmadi… Bir qölini nariroqdagi butaning orasidan topişdi, tanasining yarmini qum bosib qolgan, yuzi örnida oppoq ğajilgan suyak…
Davka gapini davom ettira olmadi. Höngrab yubordi. Men qotib qoldim.
– Qanaqa qilib?!
– U sahroda adaşib qolgan şekilli. Çiyabörilar ğajib taşlagan bölsa kerak…
Voqea bunday bölgan edi.
Maşa köçada uzoq tentib yuradi. Ketma-ket onasi va otasi fojeali vafot etgan mudhiş uylariga kirişga yuragi betlamas, otasining harbiylar qayişiga osilgança közlari baqrayib, tillari osilib qolgan dahşatli başarasi köz oldiga kelar va qörquvdan özini qayerga urişni bilmay qolardi. Tözon uvillar, sarğiş çang egallagan köçalar esa kimsasiz edi. Boşini xam qilgança yuraverdi. Yurib-yurib u şaharça çetiga, tikansimli tösiq va qöqqayib turgan soqçi minorasi yoniga kelib qolgan edi. Minora ustidagi soqçi askar darhol unga avtomatini öqtaladi.
– Töxta!
Maşa uyqudan bexos uyğonib ketgandek közlari çaraqlab oçilib, taqqa töxtaydi. Qayerga kelib qolganligini biliş uçun atrofga alanglaydi. Tözon ust-boşini sarğimtir çangga belagan askarga hayron bölib tikiladi. Soqçi unga hamon avtomat öqtalgança xömrayib turardi.
– Orqangga qayt! – yana öşqiradi askar.
Maşa beixtiyor ortiga ögiriladi va imillagança qadam taşlaydi. Askarning çangga belangan başarasi va baqirişi uni uyqudan uyğotgan, köz oldidagi otasining dahşatli qiyofasi çekingandi. Şunda xayolidagi xira tumanlik tarqalib, negadir qalbi ğazabga tölib ketadi.
 Nimaga u öşqiradi? Nima, aristonmidiki uni tikansim ortida qöriqlaşsa? Hatto aristonning bolasi ham emas! Xohlagan joyiga borişga haqqi bor!
U yurişdan taqqa töxtaydi. Keskin burilib soqçi minorasi tomonga yura boşlaydi.
Soqçi askar yana avtomatini yelkasidan olib unga öqtaladi.
– Töxta! Otaman!
Maşa töxtamaydi. Minora tomon tikka bostirib boraveradi.
– Töxta! Otaman!!! – qattiqroq baqiradi askar va qölidagi avtomatinining saqlagiçini şaraqlatib tuşiradi.
Maşa töxtaydi. Ğazablangan askarning başarasiga bu safar qatʼiyroq tikiladi.
– Ötkazib yubor, – deydi u past tovuşda.
– Mumkin emas! Ortingga qayt!
– Menga mumkin. Men ariston emasman! – ovozini kötaradi Maşa.
– Mumkin emas!
– Ötkazmaysanmi?!
– Yöq! Qani bu yerdan jönab qol!
– Baribir ötaman, körasan!
Şu payt uning xayoliga biz çömilişga boriş yoki sahroda daydib yuriş uçun tikansim devordan maxfiy tirqiş oçganimiz keladi.
– Yana bir qadam yaqinlaşsang otaman!
– Otib böpsan, qöriqçi!
Maşa unga tilini körsatadi va ortiga ögirilib çopa ketadi. Uning sarğiş gulli sarafani tözonda lipillagan ojiz gulxandek goh körinib, goh körinmay boradi.
“Jinnimi bu qizça, – xayolidan ötadi soqçining, yo bu laʼnati tözon uning ham boşini aylantirgan, şekilli”. U çöntagidan arzon papiros çiqarib, barmoqlari bilan ezğilay boşlaydi.
Bu paytda Maşa bizning maxfiy tirqişimiz tomonga jon jahdi bilan chopardi. Uning xayolida bu baqiroq soqçini laqillatib, ustidan rosa kulişdan boşqa fikr yöq edi. Bu istak butun vujudini egallab olgan va horğin oyoqlariga kuç-quvvat bağişlagan edi.
Soqçi hali papirosini çekib ulgurmay yana qizçaning ovozini eşitib ğazabi alangalandi. “Tinç qöyadimi, yöqmi bu tentak!” Qizçaning taniş sarafani endi tikansim ortidan kelardi. Askar qotib qoladi. “Laʼnati, jinmi yo şaytonmi bu…”
Maşa unga qöl silkiydi.
– Köryapsanmi baqiroq, men buyoqqa ötdim! Sen esa qöqqayib ötiraver, polizdagi qöriqçi!!!
Maşa xo-xolab kuladi va soqçini battar hayratda qoldirib tözonda guvranayotgan sahro tomonga çopa boşlaydi. Birozdan keyin uning sarğiş gulli sarafani çang tumanligi orasida ğoyib böladi.
Uni uç kun izlaşadi va nihoyat şoqollar ğajigan loşinigina topa olişadi. “Uni sahro iblisi olib ketgan ekan-da,” – xayolidan ötkazadi askar va çöqinib qöyadi.

* * *
Şundan keyin köçaga çiqqim kelmadi. Qaçon qişloqqa qaytişimizni kutib, kun sanab uyda yotaverdim. Nihoyat uç kundan keyin otam tözon boşlanganidan beri ilk bora çiroyi oçilib keldi. Qölidagi har qaçongidan köra semizroq törxaltasini stol ustiga qöyib, kökrak çöntagidan bir neçta qoğozni oldi. Ular ozod qilinganligi töğrisidagi hujjat va uçta qizğiş temiryöl çiptasi edi. Men hayajonlanganimdan qiçqirib yubordim. Onam narigi xonadan singlimni kötarib çiqib keldi.
– Harakatingni qil onasi, ertaga jönaymiz!
Otam qölidagi hujjat va temiryöl çiptalarini yelpuğiçdek siltadi. Onam esa stulga ötirib qoldi. Hayajonlanganidanmi tilida faqat bitta kalima aylanardi:
– Voy, Xudoyim! Voy Xudoyim-ey!
Ertasiga çang va xas-xaşak bosgan stansiyaga bizni kuzatgani Davka va uning otasi Qönisbay amaki, Mişa va uning otasi Sergey amaki, Gogik boşçiligidagi bizning butun sinfimiz çiqişdi. Barçasi bilan quçoqlaşib xayrlaşdim. Otam Qönisbay va Sergey amakilar bilan skameykaga ötirgança “ketar jafosiga” yuzta-yuzta otayotgan edi. Skameykaga gazeta töşalgan va unda Sergey amakining doimiy hamrohi bölgan oğziga sabzi tiqilgan şişa va ikkita uzunçoq issiqxona bodringi turardi.
Teplovoz gudok çaldi. Otaş şoşilib stakanni boşiga kötardi va biz joylaşgan vagon tomonga çopdi. Uning ortidan Sergey amakining mastona ğöldiraşi eşitildi:
– Alik zolotoy paren! Теперь без него наш нес­частный городок ещё скучнее станет…
Poyezd taraqa-turuq qilib jildi. Birozdan keyin tikansimlar bilan öralgan, tözon iskanjasida jon berayotgan ilondek tölğonayotgan şaharça közdan yöqola boşladi.
Oradan yillar ötib, xotiramda bu şaharçadan faqatgina tikansimlar, tözon va Davkaning qisiq közli keng yuzi qoldi xolos.

Bahodir ABDURAZZOQ

1974-yilda Qaşqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi Qoraboğ qişloğida tuğilgan.
Özbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Umr tenglamasi”, “Armonmisan muhabbat”  “U” kabi kitoblari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnali 2014 y. 6-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)