4 daqiqada öqiladi

36 331 marta körilgan

Obodlik köngildan boşlanadi

Xalqimiz tabiatan bunyodkorlikni, yaratuvçanlikni, obodlikni yaxşi köradi. Buni yurtimizning har bir göşasidagi odamlarning turmuş tarzidan, hayotiy tutumlaridan ham bilsa böladi. Deylik, bir kişi quriliş boşlasa, qöni-qöşnisi, yaqinlari qarab turmaydi, haşar bölayotgan xonadonga albatta kirib keladi. Har biri öz hissasini qöşsam deydi. Bunday paytlarda hazil-mutoyiba va hamjihatlik, orzumandlik kayfiyati hukmron böladi. Töğri-da, odam uy timsolida özining orzu-havasini quradi. Şuning uçun har bir qöyilgan ğiştdan, yuksalişdan köngli toğdek ösadi. Bu uyda yaxşi kunlar köp bölsin, deb niyat qiladi. Ana şunday ezgu niyatlar bilan odamlarning ongu tafakkuri özgarib, nurlanib boradi.

Muhtaram Prezidentimizning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yölida xizmat qiliş – eng oliy saodatdir”  kitobida keltirilgan “Ozod va obod yurtda yaşaydigan, yangiça fikrlaydigan odamlarning uylari ham, ularning hayoti, turmuşi ham gözal va farovon bölişi kerak”, degan sözlarida katta hayotiy haqiqat aks etgan. Kitobni öqirkanmiz, köz oldimizda bugun mamlakatimizda keng quloç yoygan yangilaniş jarayoni bor böyi bilan gavdalanadi. Bu jarayon – Istiqlolning ilk kunlaridanoq Yurtboşimiz tomonidan jamiyatga tatbiq etilgan ezgu ğoyalarning hosilasidir. 

Xöş, odamlarda yangiça fikrlaş qaçon, qay tarzda şakllandi?  Şöro davrini eslaylik. Bir quloç yerga zor bölib, qişloqlardagi katalakdek guvala uylarda, iqlim va xalqning milliy qadriyatlari hisobga olinmay qurilgan biqiq şaharlardagi gugurtqutidek beton xonalarda yaşagan odamlarning dunyoqaraşi yodingizdadir!? Öşa paytdagi şaharlarimiz allaqayoqdan köçirib keltirilgandek, köçma şaharga öxşardi. Men maktabni bitirib, Farğonaga öqişga hujjat topşirgani borganimda şahar xömrayib, qovoğini solib, begona bölib turgandek tuyulgan, havoning oğirligidan könglim behuzur bölgandi. Şaharlarning bu holati kişilarning feʼl-atvoriga, özaro munosabatiga, tiliga, muomalasiga, turmuş tarziga, eng yomoni, farzandlar tarbiyasiga ham köçib ötgandi.

Mana şunday şaroitda bizni asl ildizlarimizga, azaliy qadriyatlarimizga, özligimizga qaytariş, köngillarga obodlik, ruhiyatga ravşanlik olib kiriş uçun Prezidentimiz işni tarixiy adolatni tiklaşdan boşladi. Şöroning qattol siyosati tufayli oyoqosti qilingan muqaddas ziyoratgohlar tiklandi, nomi unut bölgan buyuk daholarimiz, aziz avliyolar, mutafakkir zotlarga ehtirom körsatildi. Ularning tabarruk xoki yotgan maskanlarni ziyorat etiş ming-minglab köngillarga obodlik, xalq ruhiyatiga poklik, öziga işonç, ğurur-iftixor bağişladi.

Navoiy hazratlari aytganlaridek:

Kimki bir köngli buzuqning xotirin şod aylagay,

Onça borkim, Kaʼba vayron bölsa, obod aylagay.

Bugun mamlakatimizning şaharu qişloqlari tubdan özgarib, çiroy oçib borayotganini nafaqat özimiz, balki dunyoning manaman degan davlatlaridan kelayotgan mehmonlar ham havas bilan gapirişyapti. Diyorimizga jahon ahlining qiziqişi, eʼtibori qançalar kuçayganini birgina misolda köriş mumkin: AQŞdagi nufuzli “The Huffington Post” naşri Samarqandni jahondagi inson öz umri davomida albatta borib körişi zarur bölgan eng gözal 50 ta şaharning biri sifatida eʼtirof etgan.

Şu kunlarda yurtimizga kelib, ilmiy tadqiqot işlari bilan şuğullanayotgan michiganlik adabiyotşunos olim Kristofer Fort tölib-toshib öz hayratlarini ifoda qiladi:

– Men dunyoning köp mamlakatlarida bölganman. Lekin Özbekiston kabi mamlakatni, Toşkentdek betakror şaharni körmadim. Birinçi közga taşlanadigan jihat – şaharning nihoyatda saranjom-sariştaligi, pokizaligidir. Bu holat odamlarning yuziga, feʼl-atvoriga, va albatta, köngliga köçgani tabiiy. Butun boşli şaharni, mamlakatni pok, orasta tutiş uçun xalqning yakdilligidan taşqari, ruhiyatida, tiynatida poklik va ertangi kunga umid bölişi şart. Bu umid, ayniqsa, yurtingiz yoşlarining yuzida balqib turadi…   

Eşitganingda könglingni ğururga töldiradigan, yuksak eʼtiroflarga sabab bölayotgan işlar bizning köz öngimizda, hayotimizda röy beryapti. Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Sovet davrida faqatgina ertangi kun, ertangi kun, deyilar edi. Yoruğ kunni nafaqat bolalarimiz körişi kerak, balki bugun yaşab turgan zamondoşlarimiz, yaqinlarimiz, ota-onamiz, hozirgi avlod ham bunday hayotni körsin, turmuşimiz kundan-kunga yaxşi bölayotganini körib, xursand yaşasin”.

Qişloqlarda barpo etilayotgan namunali, şinam uylar, isteʼdodli yoşlarga imtiyozli kredit asosida berilayotgan “Kamolot” uylari yoşlarning turmuş tarzini, eng asosiysi, hayotga qaraşini qançalar özgartirdi! Mazkur xonadonlarda gigiyena masalalaridan tortib, oilaning har bir aʼzosi uçun kerakli qulay şart-şaroit yaratilgan. Eng muhimi, bunda xalqimizning milliy qadriyatlari töla hisobga olingan. Köplab yurtdoşlarimiz hozirdanoq ana şu uylardan andoza olib, namunali loyiha asosida özlari ham uy-joy qurişni boşlab yuborgani kişini quvontiradi.

Men yangidan bunyod etilgan, bahavo, köçalari keng, milliy va zamonaviy arxitektura uyğunligida qad rostlagan Farğona şahridagi Yangi sanʼat saroyining oçilişiga borganimda bir paytlar taʼlim bergan keksa ustozim bilan yonma-yon ötirib, suhbatlaşib qoldim. Köpni körgan, mulohazali domlam tölqinlanib:

– Qarang, Iqboljon, muhtaram Yurtboşimiz inson hayotining mohiyatini birgina gap bilan ifodalab berdi: “Inson  baxtli böliş uçun dunyoga keladi!” Qanday hayotiy, topib aytilgan gap-a! – deb qoldi. Domlaning gaplarini tinglarkanman, şuurimni bir fikr yarq etib yoritib ötdi: “Inson baxtli böliş uçun dunyoga keladi, şuningdek, odamlarni baxtli qiliş uçun buyuk insonlar dunyoga keladi!”  

Şijoatning, jasoratning mahsuli bu,

Irodaning, zakovatning mahsuli bu,

Uluğ Inson tanlab olgan haq yöli bu,

Özbekiston, bundayin baxt özi kelmas,

Oydan tuşgan emas, kökdan tuşgan emas!

Iqbol Mirzo,

Özbekiston xalq şoiri

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (3)

  1. DILDORA ĞOFUROVA

    ZÖR AJOYIB XXAMMASI ÇIQARKAN.

  2. Isahova Kumrixon

    Ajoyib matn

  3. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Taşakkur!

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)