6 daqiqada öqiladi

3 358 marta körilgan

Kelajakka sarmoya

Kelajakka sarmoya

Yoğin-soçin kunlari mudom tomidan çakka tomadigan, devorlari odam böyi zaxlab, köngilga ğaşlik soladigan bino; har yili ustma-ust böyalaverganidan sahni ğadir-budur, yozişga mutlaqo noqulay partalaru baʼzisining suyanğiçi, baʼzining bir oyoği yöq çöltoq stullar; ayoz kunlari kömir isi tölgan sinf­xonalar. Bular barçasi biz mansub bölgan avlod kişilariga yaxşi taniş manzara. Ha, mustaqillikdan avval öquvçilar şunday noçor şaroitda bilim olişga, kelajagiga poydevor qöyişga majbur edi. Boz ustiga çopiq, yagana, terim mavsumlarida bolalarning ayni bilimga çanqoq davri turli haşarlaru yordamlar bilan ötar edi. Maktabning moddiy-texnika bazasi haqida gap ketganda, kişining köz oldiga faqat parta, stul, şkaf, nari borsa, eng ilğor deyilgan umumtaʼlim muassasalaridagina mavjud bölgan baʼzi uskunayu jihozlar kelardi.

Mana şular haqida öylaganda, bugun yoşlarimiz uçun yaratilgan şart-şaroitlarga havasing keladi. Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi va Maktab taʼlimini rivojlantiriş davlat umummilliy dasturi asosida yurtimizning barça hududida yangi-yangi maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari qurildi. Mavjudlari kapital rekonstruksiya qilinib, öquvçilarning çuqur bilim olişi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va çet tillarni puxta özlaştirişi uçun barça qulay şaroitlar muhayyo etildi. Yurtimizda taʼlim sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor samaralari Andijon viloyatida ham böy körsatmoqda.

Har yili Investitsiya dasturi asosida önlab maktabgaça va umumtaʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat hamda bolalar va ösmirlar sport maktablari barpo etilayotgani öğil-qizlarimizning barkamol avlod bölib ulğayişida muhim ahamiyat kasb etayotir. Jumladan, 2016-yilgi Investitsiya dasturiga asosan viloyatdagi ön oltita taʼlim obyektida keng kölamli quriliş-tiklaş işlari olib borilayapti. Yangi öquv yilini yangiça qiyofa kasb etgan, körkam va obod maktabda boşlaydigan öquvçining hayajonini, bir tekis böyalgan devorlaru eşik-romlarni, dars qilişga qulay parta-stullarni jajji qöllari bilan silayotganini köz oldingizga keltirsangiz, davlatimiz tomonidan taʼlim sohasida olib borilayotgan işlardan közlangan maqsad-muddao neçoğlik uluğvorligini anglaysiz.

Qaysi davrada bölmaylik, bugungi yoşlarning bundan 20-30 yil avvalgi tengqurlaridan ilmga çanqoqligi, tafakkuri teranligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta bilişi bilan ustun ekani haqida köp gapiriladi. Bu bejiz emas, albatta. Keng yaylovda ulğaygan tulpor bilan doim bostirma tagida boğlovda saqlangan ot orasida tafovut bölganidek, mustaqillik ruhi jismi-joniga singgan bola bilan mutelik zanjiriga kişanband etilgan bolaning orzu-maqsadlari, intilişlarida yer va osmon qadar farq bölişi şubhasiz. Şu maʼnoda, bugun istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, bilim marralarini zabt etayotgan yigit-qizlarning kamolotida mustaqillikning örni beqiyos.

Yoş avlodning ertaga yetuk malakaga ega, raqobatbardoş mutaxassislar bölib yurtimiz ravnaqiga hissa qöşişiga kömaklaşiş taʼlim tizimi oldidagi dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Şu bois öquvçilarni boşlanğiç sinflardanoq iqtidor va layoqatiga mos kasb-hunar tanlaşga yönaltiriş işlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu yil viloyatimizdagi maktablarning 9-sinfini tamomlagan 41684 nafar (20116 nafari qizlar) bitiruvçisini taʼlimning keyingi bosqiçiga qamrab oliş böyiça qator işlar amalga oşirildi. Jumladan, ota-onalar va öquvçilarga yurtimizdagi 12 yillik majburiy taʼlimning maqsad va vazifalari, afzalliklari hayotiy misollar orqali yetkazildi. “Oçiq eşiklar kuni”, “Kasblar festivali” va “Qiz bolaning kasbi – uning baxti” mavzusida tadbirlar, “Ilm ol, hunar örgan”, “Vataning kutar seni”, “Kasb-hunar — qizlar iqboli”, “Hunarli qiz — yurt kelajagi” mavzularida davra suhbatlari ötkazilib, kasb-hunarning inson kelajagidagi örni va ahamiyati tuşuntirildi.

Sobiq Ittifoq davrida öquvçilarning intilişlariga, qobiliyatini rivojlantirişga yetarliça eʼtibor qaratilmagani tufayli barça sohalarda kadrlar qönimsizligi, baʼzi masʼul vazifalarda nomunosib odamlarning işlaş holatlari köp kuzatilardi. Ayniqsa, öquvçi qizlarning hayotga tayyorgarligi faqat muayyan bilimga ega bölişu uy-rözğor işlarini uddalay olişdan iborat degan aqida hukmron bölgani bois özbek xotin-qizlari orasida taniqli olimalar, maşhur sportçilar, yetuk malakali mutaxassislar nihoyatda kamyob edi. Mustaqillik tufayli yoşlarning iqtidorini röyobga çiqariş, saʼy-harakatlarini qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilayotir. Jumladan, viloyatimiz öquvçi-yoşlari Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan ötkaziladigan “Isteʼdod maktabi” respublika yoş ijodkorlar seminarida muntazam iştirok etib keladi. Sport sohasida ham andijonlik öquvçilar ilğorlar safida ekani biz, öqituvçi va murabbiylarni quvontiradi.

Bolaligimda televizor orqali sport musobaqalarini tomoşa qila turib, bizning yurtimizdan nega taniqli sportçilar kam çiqişidan ajablanardim. Keyinçalik bu nafaqat mening, balki köplab yurtdoşlarimizning dilidagi armon bölganini tuşundim. Bugun esa jonajon Vatanimizning deyarli har bitta mahallasida kamida bir nafar çempion yaşaydi. Kunda-kunora dunyoning qaysidir davlatida ötkazilgan nufuzli musobaqadan şoda-şoda medallar bilan qaytgan öquvçilar bizni hayratlantirmay qöydi. Sababi, yurtimizning eng çekka hududida ham bolalarning bir neça sport turi bilan şuğullanişi uçun keng imkoniyatlar mavjud. Jumladan, ayni paytda viloyatimizning Baliqçi, Şahrixon tumanlaridagi bolalar va ösmirlar sport maktabida kapital rekonstruksiya, Andijon şahridagi yakka kuraş sport turlariga ixtisoslaştirilgan bolalar va ösmirlar maktabida kapital taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda. Boşqarmamiz tasarrufidagi 15 ta suziş havzasi taʼmirdan çiqarilib, talab darajasiga keltirildi. Mana şunday saʼy-harakatlar, yaratilayotgan şaroitlarga javoban bolalarimiz sport bilan astoydil şuğullanib, Vatanimiz şon-şuhratini butun dunyoga yoyişiga işonaman.

Viloyatimiz yoşlarining yutuqlari haqida söz ketganda, bolalar musiqa va sanʼat maktablari öquvçilarining muvaffaqiyatini alohida taʼkidlaş örinli. Şu yilning 20–24-mart kunlari Soçi şahrida ötkazilgan “Çernomorskiy olimp” tanlovida öquvçimiz Dilfuzaxon Şokirova estrada yönalişida 1-örinni egalladi. Akademik ijro yönalişi bö­­yiça ötkazilgan körik-tanlovda bolalar musiqa va sanʼat maktablarining 12 nafar öquvçisi muvaffaqiyatli iştirok etib, respublika bosqiçiga yöllanma oldi. Oliy va örta maxsus taʼlim muassasalari hamda bolalar musiqa va sanʼat maktablari damli çolğu badiiy jamoa­larining “Döstlik” 3-respublika oçiq festivalida 7-maxsus musiqa maktab-internati orkestri maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Istiqlol tufayli yoşlarimiz jahonga çiqayapti. Internet orqali xalqaro ilm-fanga oid noyob maʼlumotlar bilan tanişiş, xorijlik teng­qurlari bilan fikrlaşiş imkoniga ega böldi. Tabiiyki, bu jarayonda çet tillarni çuqur biliş, yozma va oğzaki nutq könikmalarini puxta özlaştiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimizning 2012-yil 10 dekabrdagi “Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori farzandlarimizning xorijiy tillarni örganişlarini rağbatlantiriş borasida muhim qadam böldi. Viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarida çet tili 1-sinfdan boşlab öqitilmoqda. Şu yilning 14-15 yanvar kunlari 41 nafar çet tili öqituvçimiz Davlat test markazi sinovlaridan muvaffaqiyatli ötib, sertifikat va ustama haq oliş huquqini qölga kiritdi. Töqqizta umumtaʼlim maktabida çet tillardan 4-sinflar uçun yaratilgan darslik majmualari tajriba-sinovdan ötkazildi.

Taʼlim-tarbiya samaradorligini oşirişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining örni katta. Ayni paytda yurtimizdagi deyarli barça taʼlim muassasalarining “ZiyoNET” axborot-taʼlim tarmoğiga ulangani öquvçi yoşlarning bilim va tafakkurini kengaytirişda ğoyat muhim örin tutayotir. Jumladan, viloyatimizdagi barça umumtaʼlim maktabilari mazkur portalga ulangan bölib, öqituvçi va öquvçilar ğarazli ğoya va mafkuralardan xoli, foydali va işonçli maʼlumotlarni oliş imkoniga ega bölmoqda.

Inson tafakkuri muttasil öqiş, örganiş, hayotni kuzatiş orqali rivojlana boradi. Xususan, yoşlik çoğlarda örganilgan foydali bilimlarning samarasi yuqori bölişi öz isbotini topgan. Şu bois öquvçilar örtasida kitobxonlikni tarğib etişga alohida eʼtibor qaratilayapti. Çunki yaxşi kitob inson qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak fazilatlarning qaror topişiga xizmat qiladi. Zero, viloyatimizdagi barça taʼlim muassasalarida ötkazilgan “Kitobxonlar bayrami” tadbiridan közlangan asosiy maqsad ham şu edi.

Mazkur tadbir doirasida maktablarda “Adabiyot kunlari”, “Kitobim – oftobim”, “Kitob taqdimoti” kabi madaniy-maʼrifiy, adabiy keçalar, ota-onalar örtasida “Bir farzandga uç kitob” aksiyasi taşkil etildi. Buning samarasi ölaroq, hozirgi kunga qadar maktab kutubxonalariga jami 18658 dona badiiy adabiyot sovğa qilindi.

Ayni paytda barça yurtdoşlarimiz mustaqilligimizning qutluğ 25 yilligini munosib kutib olişga qizğin tayyorgarlik körmoqda. Bu bayram odatiy sanalarni nişonlaşdan köra ança yuksak maʼno-mazmunga egaligini barçamiz yurakdan his etmoqdamiz. Zero, ortga burilib, istiqlol yillarida bosib ötgan yölimizga bir nazar taşlagan kişi “Keça kim edigu bugun kim böldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallaşimiz kerak?” degan daʼvatkor xitob­­ga könglidan çiqarib, samimiy javob ayta oladi!

Serobidin ISMOILOV,

Andijon viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)