(Hikoya)
Umuman olib qaraganda, jonivorlarga qarşi emasman, aksinça, ularga munosabatim juda yaxşi, misol uçun, keçqurunlari kuçugimizning boşini silaş yoki muşugimizni tizzamga olib erkalaş men uçun odatga aylangan. Yana, olaylik, bolalar xonaning bir burçagida toşbaqani qanday qilib oziqlantirayotganini körsam ham xursand bölib ketaman. Hatto biz vannada saqlaydiganimiz kiçkina begemotça ham yuragimdan joy egallagan desam yolğon bölmaydi. Butun xonalarimiz böylab erkin sayr qilib yuradigan uy quyonlarini aytmay qöyavering, ularning bu yurişlaridan allaqaçonlar bezovta bölmay qöyganman. Bulardan taşqari, keçalari tösatdan paydo böladigan mehmonlar – mungli ohangda çiyillab keladigan jöja yoki xotinim boşpana berib siylaydigan daydi itga duç kelib qolişga ham örganib qolganman. Xotinim nihoyatda mehribon-da, heç kimga – odammi, hayvonmi, farqi yöq, boşpana kerak bölsa rad etmaydi, keçalari öqiladigan duosida qaçonlardan beri takrorlanib keladigan sözlarni aytsam bunga özingiz ham işonarsiz: «Allohim, bizga noçor odamlar va jonivorlarni özing yetkazgaysan…»
Açinarli holat şundan iboratki, ayolim allaqaysi firma yo korxonalarning mahsulotlarini uyma-uy sanqib tarğib qiladigan, köçama-köça savdo qiladiganlarni ham tirsagidan itarmaydi, şuning uçun ham mening öyimça, uyimizda eng kerakli deb hisoblanmaydigan mahsulotlar uyumi ham kundan-kun böy çözayotir. Misol uçun, sovun, çötka, soqol oladigan piskalar, tör uçun jun kabilarni oling, ayniqsa, meni qutida qanaqadir hisob raqamlariyu majburiyatlar haqidagi hujjatlarning töplanayotgani köproq bezovta qiladi. Öğillarim öqişi davri uçun, qizlarim erga tekkuniga qadar suğurta qilingan, ammo özingiz öylang, axir ularni to imtihonlari tugagunça yoki to töy kuni kelguniga qadar sovun yoki tör bilan ovqatlantira olmaymiz-ku, va hatto manavi soqol oladigan piskalar ham inson tanasi uçun har doim ham foydali emas.
Mana kördingizmi, xuddi mana şu yerdan mening yengilgina sabrsizligim kurtaklanadi, aslida mendek xotirjam va bağri keng odamni topiş qiyin. Tez-tez özimning stol tagiga bemalol örnaşib beğamlik bilan sabzi kavşayotgan quyonçalarga hasad bilan qarayotganimni, vannamizda pöpanak yoyib ötirgan begemotga qarab esa özimda uning tilini suğurib oliş iştiyoqi paydo bölganini sezib qolaman. Hatto matonat bilan salat barglarini jiğildoniga jönatayotgan toşbaqa ham mening yuragimni qanday taşvişlar örtab turganini bilmaydi. Axir odammiz-ku, xuşböy kofe, tamaki, non va tuxum, bir ryumka aroq yutumidan söng tanangda paydo böladigan insoniy mehr bilan çulğab olingan orombaxş iliqlik istaydi köngil. Bittagina tasallim – kuçugimiz Bello. U ham xuddi men kabi oçlikdan uvillaydi. Şulardan ham keyin tağin çaqirilmagan mehmonlar – menga öxşab soqollari ösib ketgan zamondoşlarimiz, bolalarini kötarib olgan onalar kirib kelsa, demak, bolalarni issiq sut va namlangan suxari bilan ovqatlantiriş lozimki, bunday paytda men butun kuçimni töplab çidam va bardoş bilan xotirjamlikni saqlaşim lozim böladi. Va men öşa xotirjamlikni saqlayman, boşqa saqlaydigan narsaning özi qolmagan.
Şunday kunlar böladiki, endigina qaynab çiqqan sapsariq kartoşkaga tikilib sölaklarim oqadi, çunki men qança oğir bölmasin, tan olaman va qizariblar ketamanki, bizning oşxonamiz allaqaçon odob va izzat saqlanadigan oşxona maqomiga sazovor bölmay qolgan. Turli yovvoyi hayvonlar va odam zotiga tegişli mehmonlar qurşovida vaqt-bevaqt mutlaqo tasodifiy va heç qanday tayyorgarliksiz holda ovqatlaniş tadbirlarini uyuştirişga majbur bölamiz.
Baxtimizga xotinim uzoq muddatga bizga mutlaqo kerak bölmaydigan matohlarni sotib oliş imkonidan mahrum, çunki bizning naqd pulimiz tugagan, mening hisobimga tuşadigan mablağlar ham nomaʼlum muddatga keçiktirilgan. Özim bölsam, meni tanimasliklari uçun taşqi körinişimni özgartirib, keçalari şahar atroflarini aylanaman, odamlarga piska, sovun, tugma kabi narsalarni narxidan ança past bahoga pullayman, axir ahvolimiz şuni taqozo qilyapti-da. Ammo şu narsani taʼkidlaşim lozimki, hali uyda bir sentnerdan ortiq sovun, bir neça ming piska, köp miqdorda turli-tuman tugmalar bor, uyga yarim keça horibçarçab qaytarkanman, meni bolalarim, hayvonlarimiz va rafiqam közlari yonib kutib olişadi, çunki yöldan odatda nimadir – non, kofe, olma, yoğ yoki kartoşka xarid qilgan bölaman, ular muştoq bölib kutayotganidek, yegulik bilan kelaman. Tun yarimdan oqqanda, butun oilamiz – bolalarim, hayvonlarimiz va xotinim bilan kuvonç onlari bölmiş ovqatlaniş marosimiga kirişamiz. Xursand bölgan farzandlarimdan tortib quvonçdan közlari porlaydigan hayvonlarimizgaça meni örab olişadi, rafiqam esa menga tabassum bilan boqadi, begemot yolğizlikdan öksinmasligi uçun biz ataylab vannaning eşigini oçib qöyamiz, uning mamnun xur-xurlaşi esa bizga eşitilib turadi.
Odatda bunday paytlarda xotinim ovqatlanib, asablarim biroz joyiga tuşib, xotirjam bölib olganimdan keyingina qaznoqqa yana bir qöşimça mehmonni yaşirib qöyganini tan oladi. Qarabsizki allaqanday, bir jurʼatsiz, soqollari ösib ketgan erkaklar qöllarini işqalab dasturxonimizga kelib örnaşişadi, ayollar bölsa skameykada ötirgan bolalarimizning orasiga siqilişadi va anavi dodlayotgan bolaçalari uçun sut qaynatişga kirişişadi. Mening jinim suymaydigan boşqa yovvoyi hayvonlar ham xuddi mana şu uslubda menga taniştiriladi: baliqçi quşlar, tulki, çöçqa, bir kuni ular orasida hatto bir örkaçli tuya bolasi ham bor edi.
– Qaragin, ajoyibligini! – xotinimning bu undovli xitobidan keyin men ham tuyaning ajoyibligini tan olişimga töğri keldi, va yengil, bilinar-bilinmas xavotir bilan bu jonivor kökimtir közlari bilan menga zimdan qarab butun vajohati va kuçini jağiga jamlagan köyi oziqlanayotganini kuzatdim. Baxtni qarang, tuyavoy bizning xonadonda bor-yöği bir haftagina mehmon böldi, xolos. Bu paytda mening işlarim ança
yaxşi bölib qolgan edi: mahsulotlarimning yuqori sifatliligi va narx-navosining pastligi meni ança maşhur qilib yuborgan va men oddiy şaroitda zarur bölmagan narsalarni ham sotişga muvaffaq böla boşladim, bular poyabzallar uçun iplar va çötkalar edi. Bu bizning göyoki gullab yaşnayotganimizning körinişiga öxşardi va xotinim iqtisodiyotning qoidalariga tupurib qöyib meni xijolatga soluvçi iborani işlatdi: «Biz yuqorilab ketyapmiz!». Axir men öz tomonimdan sovun zahiralari tugab borayotgani, piskalar soni qisqarib qolgani va hatto, çötka-yu törlar zahirasi ham qanoatlanişga sabab bölmasligini yaqqol körib turardim.
Ruhiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj bölib yurgan kunlarimning birida stol atrofida jimgina ötirarkanmiz, uyimiz bexosdan zilzila bölayotgandek silkina boşladi, stolning qimirlaganidan kolbasa bölagi mening likopçamdan sirğalib tuşdi. Men sakrab turdim va nima bölayotganini bilmoqçi böldim, bolalarim esa kulgidan özlarini zörğa tiyib turişardi.
– Bu yerda nima bölyapti özi? – sarguzaştlarga boy hayotimda ilk bor özimni tutib tura olmay baqirib yubordim.
– Valter, – dedi ohista ovozda xotinim sançqini qöyar ekan, – bu özimizning Vollo.
Xotinim höng-höng yiğlardi, uning köz yoşlari oldida ojizman, axir u menga yettita farzand tuğib bergan.
– Qanaqa Vollo? – deya söradim horğinlik bilan. Bu paytda uyimiz yana bir tebranib oldi.
– Vollo bizning yertölamizda ötirgan fil, – dedi kiçkina qizim.
Töğrisini ayta qolay, esankirab qoldim. Öylaymanki, mening bu dovdirab qolganimni tuşunişingiz qiyin bölmaydi. Şu paytgaça tuyadan yirik bölgan jonivorlarga boşpana bermaganmiz, şu boisdan fil uçun bizning xonadonimiz ançagina kiçiklik qiladi, çunki davlat tomonidan quriladigan uy-joy bizga nasib etgani yöq.
Rafiqam va farzandlarim heç narsa bölmagandek inqirozga uçragan sirk xöjayini öz filini bizning uyimizda saqlaşga qaror qilganini menga tuşuntira ketişdi. Fil biz odatda kömir tuşiradigan tarnov orqali xotirjamlik bilan yertölaga tuşibdi.
– U koptokka öxşab yumaloq bölib oldi, – dedi katta öğlim. – Şunaqa aqlli ekanki…
Albatta, men ham filning aqliy salohiyatiga şubha qilganim yöq va uning borligiga ham köndim va meni tantanavor holatda yertölaga boşladilar. Fil unça katta emas ekan, u quloqlarini qoqib turardi, nafsilambrini aytganda, unga yemiş sifatida bir uyum somon ajratişganidan bölsa kerak, bu turişidan mamnunligi körinib turardi.
– Rostdan ham ajoyib, töğrimi? – söradi xotinim, biroq men bunga javob berişni lozim topmadim. «Ajoyib» degan söz mening nazdimda, fil uçun mutlaqo töğri kelmas edi. Umuman, oiladoşlarim mening bu yangilikni zavq-şavqqa tölib qarşilamaganimdan taassufda edi albatta. Yertöladan çiqarkanmiz, rafiqam hatto menga dakki ham berdi:
– Qançalar pastkaşlik? Nahotki, boyaqiş jonivorning arzon garov sotilib ketişini istasang?
– Pastkaşlik, arzon-garov degan gaplarning nima aloqasi bor? Kim oşdi savdosi orqali sotilişi lozim bölgan narsalarni yaşiriş noqonuniy hisoblanadi.
– Menga baribir, – deya javraşda davom etdi xotinim. – Jonivorni saqlab qolişimiz şart.
Yarim keçasi tortinçoqligi körinib turgan, tim qora soçli sirk egasi bizni uyğotdi. U yana bir yovvoyi hayvonga boşpana bera oliş yoki olmasligimizni bilgani kelgan ekan.
– Bu mening eng oxirgi boyligim, sönggi mulkim. Bor-yöği bir keçaga. Aytgança, fil qanday yaşayapti?
– Yaxşi, – dedi rafiqam, – faqat uning oşqozoni meni bezovta qilyapti.
– Bu tabiiy, – javob berdi mehmon. – Şaroit özgarişi bilan boğliq holat bu. Yovvoyi hayvonlar şunaqa taʼsirçan bölişadi. Nima qildik, mening muşugimni bir keçaga olasizlarmi?
U menga qarab turardi, xotinim biqinimga turtib dedi:
– Bunaqa şafqatsiz bölmasang-çi…
– Şafqatsiz? – takrorladim men. – Yaxşi, men rahmdil bölişga harakat qilaman, marhamat, muşukni oşxonaga joylaştirişing mumkin.
– U hozir köçada, maşinada, – dedi sirk xöjayini.
Muşukning keyingi taqdirini xotinimga topşirib töşakka qaytdim. Rafiqam rangi sölib, hatto biroz qaltiragan köyi qaytib keldi.
– Sovuq qotdingmi? – deya söradim.
– Ha, – dedi u javoban, – negadir junjikib ketyapman.
– Bu çarçaganingdan bölsa kerak.
– Balki şundaydir, – deya menga ğalati qaraş qildi.
Tun osuda ötdi. Ammo tuşimda ham xotinimning öşa ğalati qaraşini kördim va nimagadir odatdagidan barvaqt örnimdan turdim. Şunda men umrimda ilk bor soqolimni olişga qaror qildim. Oşxonadagi stol tagida örtaça kattalikdagi şer yotardi. U bamaylixotir uxlar, faqat dumining uçi sal-sal qimirlab xuddi töp öynayotgandek yengil dukirlab qöyardi.
Men imkon qadar şovqin solmaslikka intilib yuzlarimni ohista sovunladim, biroq yuzimni öngga burib çap lunjimni qirtişlaşga kirişarkanman, şer közlarini oçib meni kuzatib turganini kördim. U nimani öylayotganini bilmayman, biroq u meni kuzatib turibdi, men esa soqolimni olişda davom etyapman va hatto biron joyimni kesib ham olmadim, biroq şuni taʼkidlaşni istardimki, şerning guvohligida soqol oliş ğayrioddiy taassurot uyğotar ekan. Yirtqiç hayvonlar bilan muomalaga kirişiş borasida tajribam nihoyatda oz bölgani bois şerning közlariga tikilib qaradim, yuzimni artdim va şundan söng yotoqxonaga qaytiş bilan çegaralandim. Xotinim uyğongan va menga nimadir demoqqa çoğlana boşlagan edi, uning oğzini oçişiga yöl bermay baqirdim:
– Yana nima demoqçisan özi?
Şunda rafiqam yiğlab yubordi, va men, uning soçlarini silarkanman, endi muloyim ovozda dedim:
– Özing öylab kör, axir bu biroz ğalati emasmi?
– Seningça, nima ğalati emas? – dedi yiği aralaş u, men unga nima deb javob berişni bilmasdim.
Bu orada quyonlar uyğonib qolişdi, vannada bolalar bir yoqdan, keyin begemotimiz, uni Gotlib deb atardik, uning şovqini eşitildi, Bello ham uyğoniş sari harakatga tuşgan, faqatgina toşbaqa hamon uyquda edi, umuman, u hamma vaqt uxlardi.
Men quyonlarni oşxonaga olib tuşdim, şkaf tagida ularning ozuqasi kutardi. Quyonlar şerni hidlab ötişdi, şer esa ularni, bolalar esa – ular ança epçil va dadil, yirtqiç jonivorlar bilan til topişib ketganidan allaqaçon oşxonada edilar. Nazarimda, şer ham menga kulib turardi, buni körgan yoş jihatidan uçinçi öğlim darrov jonivorga nom topgan böldi: Bombilius. Uni şunday ataşga qaror qildik.
Bir neça kundan söng şer bilan filni olib ketişdi. Şuni qayd etişim joizki, fil bilan xayrlaşarkanman, bundan xafa bölmadim, çunki u nazarimda biroz befahmroq edi, bemalolxöja va muloyim şer esa yuragimdan joy olgandi, Bombiliusning bizni tark etişidan ançagina xafa böldim. Men unga örganib qolgan ekanman, u mening qalbimdan örin olgan hayvonlarning birinçisi edi.
Genrix BYOLLʼ,
Nobel mukofoti sohibi
Rusçadan Husan Ermatov
Tarjimasi
“Yoşlik” jurnali 2011-yil, 2-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


