Özbekiston xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayev asarlarida boyçeçak obraz darajasiga kötarilgan. Adib takror-takror tasvirlagan va alohida mehr bilan tilga oladigan boyçeçakda qanday sir-sinoat yaşirin? Bu savolning javobini topmoq uçun, fikrimizça, ijodkorning bolalik davri bilan boğliq hayot yöllariga, asarlarida öz ifodasini topgan içki ruhiy keçinmalarga eʼtibor qaratmoq lozim böladi.
Yozuvçi 1973-yili yozgan “Qadimiy Baqtriya tuproğida” essesida şunday xotirlaydi: “Bahor kelganda boyçeçak tergani Boysuntoğ yonbağirlariga çiqardik. Yer betiga tilla-zarday soçilgan boyçeçaklarni avaylab uzib, guldasta qilardik. Söng qişloqqa qaytardik-da, uyma-uy yurib qöşiq aytardik:
Boyçeçagim boylandi,
Qozon töla ayrondir,
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovoğing vayrondir…
Qattiq yerdan qaltirab çiqqan boyçeçak,
Yumşoq yerdan yugurib çiqqan boyçeçak…
Uy egalari bizga ayron emas, çaqa berib, boyçeçaklardan olib qolişar, közlariga surib, tavob qilişardi”.
Yozuvçining boyçeçak bilan boğliq bolalik xotiralari “Qil köprik” romanida, ayniqsa, gözal bir badiiy yösinda öz ifodasini topgan. Adib qahramonlarining öşa paytdagi ruhiy holati bilan uyğun holda özi yaxşi körgan bu daşt gulini xayoliy, ammo ajib nafislikda öquvçi köz oldida namoyon qiladi: “… Mergan yöğon, öqlovdek barmoqlari orasida oqarib turgan narsalarni körsatdi.
– Boyçeçak oçilipti.
Qurbon boyçeçaklarni ipdek bandidan çimdib olib, qaradi, hidladi. Qor sovuğini yodga soladigan nozik böyi bor edi. Oppoq gulbarglar örtasida yöl-yöl qora çiziqlar. Gulkosasida uçi sarğiş nayçalar”.
Romanda Boyçeçak bilan boğliq xotiralarga qurilgan yana bir lavha bor.
“Yam-yaşil tovlanayotgan yonbağirga köklam kelib qöngandek edi. Maysalar bir tekis: kuzab qöygandek. Bargçalar uçi şu qadar ötkir – yerni teşib çiqqani rost. Mana bu, uçquloq bölib nişlayotgan giyoh – quşqönmas. U ham dastlab qiyoqguldek ingiçka barg çiqaradi. Keyin ösib ğovlab ketadi. Piyolaning oğzidek puştirang gulkosasi jozibali bölib körinsa-da, kişini çöçitadi: jiq-jiq tikan.
Mana bular – oq boyçeçaklar.
Qurbonning bolaligi… şunday paytlari tengqurlar bilan Poygaboşi qirlariga tuşib ketişar, boyçeçak terib kelişar edi. Yölda uçragan odamlar ular qölidagi yo döppilari tagidan osilib turgan sariq, nozik gullarga suqlanib qaraşganda bolalar ham xasislik qilmay ikkita-uçtadan ulaşar, ular çeçaklarni közlariga surtib, bahorga çiqib olganlariga nihoyat işonişganday, şukrona aytişar edi”.
Adibning juda köp suhbatlarida ham gap albatta boyçeçakka kelib taqalganini köriş mumkin. Masalan, “Bir vujudda ikki jon” essesi şunday boşlanadi: “Köklam edi. Yurtga bordim. Ukam Xayrulla (kenjamiz) hovuz böyida meni kutib oldi. Quçoqlaşib körişgandan keyin:
– Enam qalay? – deb söradim.
– Töqsonga kirgan odam qanday bölardi, – dedi ukam. – Momomning tus özi bölgan-qolgan.
– Xayoli…
– Ha. Baʼzi gaplarni gapirsa, hayron bölmang. Biz örganib qolganmiz.
– Öğlingga ayt, moşinani yuvsin. Bagajda ul-bul narsa bor, ol. Bir dasta boyçeçak ham bor.
– Siz asli boyçeçakni körgani kelgansiz”.
Adib har yili erta bahorda tuğilgan yurtiga borar ekan, qadrdonlari qatorida, albatta, könglida doimo eʼzozlab, ardoqlagan eng yaqin jondoşi – Boyçeçakni körmay qaytmas edi. Çindan-da, har köklam Şukur Xolmirzayevni Boysunga boyçeçak çorlar, yozuvçi, taʼbir joiz bölsa, maʼşuqasini körgani hatto poyu piyoda ketişga tayyor oşiqdek entikiş, hayajon bilan safarga – yölga çiqar edi. Çunki bu tansiq gul adib uçun tiriklik, pokizalik, maʼsumalik, oqlik va ezgulik ramzi sifatida, toğ-toşlarda qolib ketgan bolalik qiyofasida namoyon bölar, uni körib, hidlab, töyib-töyib tomoşa qilgaç, ona köksidagi gödakdek tinçib qolar edi.
“Har bahorda şu bölar takror”, deganlaridek, maʼşuqa – Boyçeçak oşiq – Şukur Xolmirzayevga diydorni kelasi köklamga qoldirib, botin bölardi…
Yana hijron. Yana soğinç.
Adib ijodidagi YOLĞIZLIK mohiyatida ham mana şu haqiqat yaşirin. Özini, özligini anglaş falsafasi ham mana şu oddiy haqiqatdan boşlangan, aslida. Çunki yozuvçi “Men kimman?” degan savolga bir umr javob izlab ötgan bölsa, uning zamirida yaşiringan katta-katta haqiqatlarni Alloh yaratgan borliq-tabiat bilan baqamti, uyğun holda körar, bu gözalliklarni özi bilan jon tomiri bir deb bilar edi. Yozuvçi poytaxtga kelib garçi toğ-toşlardan, jar-qirlardan, buloq va soylardan uzoqda yaşagan bölsa-da, aslida uning qalbi öşa arçazorlarda, kamar va zovboşilarda qolgan edi. Uning tabiatga bemisl muhabbati asarlarida ifodalangan. Şukur Xolmirzayevning ana şu xislatini yaxşiroq bilmoqçi bölgan öquvçi uning hikoyalari, qissalari va romanlaridagi ona tabiat şaydosi va himoyaçisi bölgan qahramonlarga boqsin. Zotan, adib bu asarlarida özini öşa qahramonlar qiyofasida aks ettirgan.
Adib ijodining dastlabki yillarida yaratilgan “Soğinç”, “Boyçeçak oçildi” hikoyalarida ham siz boyçeçakni körasiz. “Soğinç” hikoyasida ikki döst – maktab direktorining öğli Azim va maktab qorovulining öğli Ismatning hayot yöllari bilan boğliq voqealar tasvirlangan.
“Azim tabiatan köngli böş, taʼsirçan yigit”. Bir paytlar qişloqda tengqurlari bilan qiru adirlarda boyçeçak topib suyunib öynab yurgan bu yigit vaqti kelib taniqli rahbarga aylanadi. U şaharda yaşab, işlab qolgaç, özi bilib-bilmagan holda tabiatida sovuqqonlik va takabburlik paydo böladi. U ota-onasiga ham kam xat yozadi, oddiy xizmatçi bölib qişloqda yaşayotgan Ismatning esa önta xatiga bitta javob qaytaradi. Ismat şunga ham rozi, döstining maktubini xotini va taniş-bilişlariga körsatib maqtanadi. Ikki döst yilda bir marta – Azim mehnat taʼtiliga çiqqanida yoki iş yuzasidan qişloqqa kelganida uçraşadi.
Ular har gal bolalikdagi odatlariga köra ovga çiqişadi. Lekin Azim ilgarigidek ovlay olmaydi, çöqqilarga ham çopib çiqa olmaydi. Ismat bölsa hamon epçil, çaqqon, mergan… “Ölja taqsimotida ham özgariş bölgan: endi ovni asosan Ismat qiladi-yu, öljalar asosan Azimniki böladi”. Azim Ismatning şaʼniga maqtov sözlari aytadi: “Haliyam juda zörsiz, Ismatjon…”, “Şahar bizni urib taşlapti-da, Ismatjon”. Döstining bu tan olişlaridan, maqtovlaridan Ismatning boşi kökka yetadi, uning özidan, tuğilib ösgan joylaridan uzoqlaşib ketmaganidan suyunadi. Lekin bu köpga çözilmaydi: Azim şaharga ketişi bilan Ismatni unutadi, yana işi, oilasi, şahardagi davrasiga şönğiydi.
Azim bir gal erta bahor vaqti qişloqqa keladi. U uyga yetmasdan Ismat yana yonida böladi va har galgidek ovga otlanadi. Şu örinda aytiş kerakki, yozuvçi qahri sinmagan qiş va yaşillikka burkanişga taraddud körayotgan bahor holatlarini juda mahorat bilan tasvirlaydi. Tasavvur qiling: toğ-daralarni, qirlarni oppoq qor qoplagan. “Şunda Azim qor içidan namozşomgulning söla boşlagan gulidek börtib çiqib turgan boyçeçaklarni körib qoldi!
– Boyçeçak! – U bir neçasini uzib oldi. Gul tepasidagi qorlar tezda erib tuşdi… Azim gulning sovuqqina bandidan uşlab unga tikilib turar ekan, dili zavqu şavqqa tölib toşdi. Gul favqulodda nozik va iffatli edi! Uning haligina qor içidan çiqib turişi şu qadar xayoliy, ajib va gözal edi! Azimning dilida favqulodda bolaligi uyğondi, u favqulodda şahardan kelganini unutdi: şahar bergan yangi xislatlar ham uni bir dam tark etdi… Söng u birdan bularning hammasini esladi va yiğlagisi kelib ketdi!”
Eʼtibor berilsa, Azim tabiatan tabiatdan, tabiiylikdan uzoqlaşgan, işi, turmuşi bir sabab bölib özligini, samimiyligini yöqotib borayotgan odam edi. Takabburlik va xudbinlikni kasb qilgan Azim Ismatning azbaroyi soğinçdan sim qoqqaniga ensasi qotib, sovuqqina javob beradi. U hatto soğinçni, döstona mehrni ham unutayozgan. Lekin boyçeçak bir damgina bölsa-da uni asliga qaytaradi. Bir gal uxlaş oldidan çekiş uçun hovliga çiqib, köklam nafasini tuyadi va beixtiyor Ismatni, ovni eslab ketadi: “Uning közi oldiga bultur şundoq kunda ovga çiqqanlari keldi: tumanli kun, qor bosgan adirlar… Boyçeçaklar… Boyçeçak!!! Azim birdan tek qoldi: boyçeçak, sovuqbandli boyçeçak şundoq röparasida turgandek, uni uşlab körgandek böldi!!! U şu qadar gözal, iffatli va xayoliy… Azimning könglida yana öşa his – bolaligi uyğondi, u endi şaharda turganini unutdi: beixtiyor yiğlagisi kelayotganini sezdi!!!”
Adib nazdida Boyçeçak – timsol. Boyçeçak – mohiyat. Boyçeçak – zavol bilmas yoşlik, Boyçeçak – hatto qabr boşida ham çarx urib aylanadigan, heç qaçon ölmaydigan orzu-umid. Biz esa uni juda ham jönlaştirib, boyçeçak – bahor elçisi deymiz.
Şukur Xolmirzayevning “Boyçeçak oçildi” hikoyasidagi Qönğirot domla ham Azimning qismatdoşi, yaʼni u ham öqiş, iş deb şaharga kelib yaşab qolgan. Biroq uning qalbida samimiylik saqlangan. Hikoyada tasvirlanişiça, domla “ançadan beri ilmiy işlar yozmas edi, yozişga ötiriş hamono yuragi siqilar, keyin, bu kimga kerak özi, degan xayolga borib qolar edi”. U “öz ruhi, aqidasiga zid bir satr yozmagan, bir kalima ham sözlamagan” olim edi. Köhitan toği etagida, daryo böyidagi qişloqda tuğilgan domla “köp yillardan buyon şaharda – markazda xotini va yagona qizi bilan kun keçirar, taniqli naşriyotda muharrirlik qilar edi”.
Qönğirot domla oltmişga kirgaç, qöli işga bormay qoldi: “qalbida özining yaşaşidan qandaydir qanoatlanmaslik hissi tuğyon ura boşladi”. Ana şunday tuşkun kayfiyatda yurganida bahor yetib keladi. Har yili yozda qişloqqa boradigan olim bu gal bahor kelişi bilan yurtiga otlanadi. Yana öşa dilbar suhbatlar, qadrdonlar diydori… “Bir keça domlaning döstlaridan biri kökrak kissasini kavlayverdi, kavlayverdi va afsuslanib boş çayqadi:
– Esiz, tuşib qopti, boyçeçak opkelgan edim bir dona, – dedi.
Domla Qönğirot boyçeçakning qandoq bölişini ham ança yillardan beri unutib yuborgan edi, u kişi birdan hovliqib, xuddi yoş boladek quvonib:
– Qani? Hay-hay-hay!.. Qayerda ekan, qayerda oçilibdi? – deb söroqlab ketdi”.
Qönğirot domla ayni öşa kezda boyçeçak oçilgan joyga olib borişlarini iltimos qiladi. Davrada ötirgan ijroqöm raisi vaʼda beradi. Ertasi ertalab ijroqömning yap-yangi “Villis”ida toqqa jönaydilar. Domla moşinadan sakrab tuşib, qarilikni ham unutgan holda boyçeçak izlab ketadi. Boyçeçakni qidiriş bahona u ança yillardan buyon yurmagan yonbağirlardan, söqmoqlardan, ungurlardan yuradi; örkaç-örkaç toğlarga qarab özini unutadi, ola pöstin kiygan arçalarni tomoşa qiladi, unutib yuborgan ranglarni köradi, tuyğulari jöş urib ketadi va bekinmaçoq öynayotgan boladek bir arçaning tagiga kiradi: “Dunyoga kelganimga şukr. Tirikligimga şukr. Şu gözalliklarni körib turibman!” deb şivirlaydi.
Domlaga ergaşib yurgan hamrohlari boyçeçak topilmagani uçun ortga qaytişni iltimos qilişadi. Domla noiloj taklifga könib, nafas rostlaş uçun bir xarsangga ötiradi. Xuddi birinçi bor körayotgandek oftobni kuzatadi. Bu oftob unga azaliy taniş va qadrdon ekanligiga iqror böladi: “Mana şu oppoq qorlar bor bölsin, arçalar, suv, xarsang… Kökatlar!”
Qönğirot domla özini hayotning gözalligi uçun kuraşmayotgan kişidek, qandaydir jinoyatçidek his qiladi. Mahzun bölib qoladi. “Ana şunda bu holatdan yana tabiatning özi qutqardi: naq xarsang yonida qandaydir gulning ingiçka, oç puşti boşi çiqib turganini körib qoldi. Domla apil-tapil burilib, barmoqlari bilan uni siypay boşladi.
– Boyçeçak! Boyçeçak! – deb hayqirib yuborişdi hamrohlar.
Boyçeçakning ipdek tomiri çuqur edi.
Domla işga berilib ketdi, barmoqlari sovqotdi, tirnoqlari qizarib zirqiray boşladi – u sezmaganday edi, oxiri gulni tortib, uzib oldi. Puflab, iskadi va öta nozik, unutilayozgan bir hidni tuydi.
“Munça qöpollaşib ketmagan bölsam!” deb öyladi u battar taʼsirlanib va yana hidladi. Endi domla yoş gödakning pokiza, ötkir sezgisi bilan hidni yaxşi payqadi, yana… yoşligiga qaytdi”.
Bizningça, adib hikoyaga juda nozik bir maʼnoni singdirgan. Qönğirot domlaning ota yurtiga oşiğiç kelişidan maqsad – özligiga qaytiş, yangi ruh va tuyğular bilan umri maʼnosini anglaş. U şuning uçun ming bir hayajon bilan yelib-yugurib boyçeçak axtaradi. Mana şu axtariş, izlaş jarayoni muhim. U mana şu lahzalarda butunlay boşqa bir olamni – olislarda qolib ketgan, deyarli unutilayozgan hayotni qaytadan yaşaydi. Qönğirot domla uçun maqsad boyçeçak emas. Domla boyçeçakni izlaşi barobarida tabiatni, tabiiylikni, özini qaytadan kaşf qiladi. Bolaligi bilan yuzma-yuz böladi. Boyçeçak bu yölda bir vosita bölib xizmat qiladi.
Umuman olganda, Şukur Xolmirzayevning bu kabi daştona, yuksak badiiy saviyada yozilgan asarlari mohiyatan olam va odamni tuşunişga, qayta anglaşga undaydi. Öquvçini zeriktirmasdan, aksinça, öqigan sari özi uçun kerakli xulosalarni çiqarib, vaqtni, borliqni, odamlarni, eng muhimi, qalbni yomon illatlardan asrab-avaylaşga çaqiradi. Yozuvçining buyukligi ham şunda!
Olim TOŞBOYEV, filologiya fanlari nomzodi.
1971-yili tuğilgan.Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ilmiy maqolalari bilan markaziy matbuotda qatnaşib keladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


