341 marta körilgan

Könglingizni ziyorat qilgani keldim

Başorat Otajonova

Ota

Men – sizning ortingizdan şamoldek uçgan odam,
Yoningizda biroz dam olgani keldim, ota!
Siz – Haqning saroyidan sayrga tuşgan odam,
Könglingizni ziyorat qilgani keldim, ota!

Özimni oqlagani guvohlarim yöq mening,
Dunyosida yolğizman, panohlarim yöq mening.
Soçdan tirnoğimgaça gunohlarim köp mening,
Könglingizda ibodat qilgani keldim, ota!

Köksimga qayerdandir tökilayapti bir his,
Dunyoning quvonçlari poyingizga çökar tiz.
Sizning eng baxtli ota, özimni eng baxtli qiz
Bölişimni başorat qilgani keldim, ota!

Men – sizning ortingizdan şamoldek uçgan odam,
Yoningizda biroz dam olgani keldim, ota!

Ertak kitob
                                                 Hamidulloga

Bor ekan-da yöq ekan,
Oç ekan-da töq ekan.
Aslida buvimdayin
Ertak kitob yöq ekan.

Mezon. Oqşom. Söritok.
Teraklar orasida,
Berkinmaçoq öynardi
Yulduzlar norasida.

Ertakka kömilardik,
Uyiga qaytgaç oftob.
Sen, men, Mirahmad, Bahri
Va buvim – ertak kitob.

Tuşlarimga kirardi,
Uç oğayni botirlar.
Bugun könglimni buzdi
Öşa şirin xotirlar.

Endi yulduzsiz osmon,
Unutilgan söritok.
Biz ulğaydik… Men ketdim
Toşşaharga – kayfim çoğ.
Garçi kitobga döstman,
Garçi köpdir ermaklar.
Endi öşandagiday
Sehrlimas ertaklar.

… Bir bor böldi – yöq böldi,
Bir oç böldi – töq böldi.
Buvimdayin sehrli
Ertak kitob yöq böldi…

Hozir tutlar
ğarq pişgan mahal…

Hozir tutlar ğarq pişgan mahal,
Yuragimda yetilgan sözday,
Şörtepaning dalalarini
Kelinçakday bezantirmiş may.

Göyo qizlar töyga oşiqqan –
Bir-birini quvar bulutlar.
Şira-şarbat boğlagan şoxda,
Askarlardek tizilmiş tutlar.

Tabassumlar, qayğular sunʼiy,
Sizni beton uy allalaydi.
Qani, turing, yölga otlaning,
Ey umrimning avj pallalari.

Boring, momiq böztuproqlarda
Oyoqyalang çoping boladay.
Çarçasangiz, hu-u-uv otamdayin
Yelkamga opiçlab olaman.

Otquloqlar könglingiz olar,
Yuzingizdan öpar yalpizlar.
Şunda… yuz beradi möjiza,
Uyğonadi tabiiy hislar.

Va tökilar ğarq pişgan tutday,
Qoğozlarga samimiy sözlar…

***
Tun. Sukunat. Sepkilli osmon.
Bir tilim oy. Bezovta xayol.
Sakson yoşli momodek mudrab,
Boğköçada sudralar şamol.

Taşvişlardan çarçagan qişloq,
Bir zumgina uyquga çömar.
Sukunatdan zerikkan dala,
Keksa kuzni savolga kömar…

…Olislarda jilmayar bahor,
Quyoş kular baxtga egizak.
Hozir esa… Izğiydi bedor,
Köylaklari yirtilgan kuzak…

Qişloq soğinçi

Singlimga
Bizni qişloq tuğdi!
Yaşil dalalar,
Könglimizni varrak qilib uçirdi!
Bulutlarni yordik sodda bolalar,
Osmon közimizga hayrat köçirdi.

Tobora balandlab uçdik,
Varrakning
Ipi çuvalaşdi.
Qişloq munğaydi.
Söng topa olmadi izlab, daraklab,
Quyoşga yöl oldik biz – ikki daydi.

Quyoş – böydoq şahar –
Olifta va tund!
Orzularni ekdik – xuddi yulduzlar.
Endi biz şaharlik,
bolalik – unut,
Soçlariga popuk qadalgan qizlar.

Har oqşom yöllarga köz tikar qişloq,
Kutvolgani çiqar baqateraklar.
Bizlar şeʼr töqiymiz unga bağişlab,
Şaharda adaşgan sodda varraklar.

Poyiga tiz çökib söraylik uzr,
Şörtepa – yölimiz poylagan vatan.
Varrakday bağriga uçaylik,
Axir,
Bizni qişloq tuqqan!

Başorat
OTAJONOVA

1986-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2003-yili respublika yoş ijodkorlarining “Zomin” anjumanida “Yuksak badiiy tasvir vositalari uçun” nominatsiyasi ğolibi bölgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.