Ötgan asrning sönggi çoragida yuzaga çiqqan istiqlol adabiyoti, taʼkidlaş joizki, özgarib borayotgan milliy ongning, yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsuli edi. Ayniqsa, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Azim Suyun, Şavkat Rahmon, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Muhammad Yusuf, Faxriyor, Abduvali Qutbiddin, Aziz Said, Bahrom Rözimuhammad, Iqbol Mirzo kabi şoirlar şeʼriyatida olamni poetik idrok etiş yangi bosqiçga kötarilgani yaqqol namoyon böldi. Uşbu sirada Şavkat Rahmon nomini sira unutib bölmaydi, albatta.
Qalbi bezovta, ruhi uyğoq şoir asarlari inson irodasini toblovçi oğriqlar, pörtanavor ruhiy tölğoqlar va qiliçday ötkir fikrlarga boy. Şoirning tili keskir sözlardan qonaydi, söraşişga uzatilgan qöli ham örni kelsa tiğday yaltirab ketişi mumkin. Zotan, “…bilmoqçi bölsangiz agar, şoirlik – jasorat sözining tarjimasidir”.
Şavkat Rahmon ellik yil ham yaşamadi. Umrining asosiy qismi esa mustamlaka davrida ötdi. Buyuk ajdodlari dunyoni lol qoldirgan millatning kamsitilişi, qadr-qimmati yerga urilişi şoir yuragini pora-pora qiladi. Şu bois uning satrlari orasidan, taʼbir joiz bölsa, qamçilar zarbidan tomçilayotgan qon sizib turadi. “Iqror” sheʼridan bir parça tinglab köring-a:
Men jangçi emasdim,
men şoir edim,
nihoyat şoirdan köra zobitman,
har nafas musulmon millatim dedim,
Nafsiga kuyganlar keldi oqibat,
Haromni xuş körgan malakfuruşlar
ziğirday himmatin qilganda minnat,
yaproqdan sarğaydim, buyuk uruşda
musulmon yöq edi,
yöq edi millat.
Bu mungliğ şeʼr “Voh, yalang şoxlarim qiliçday keskir, bir yaproq qolmadi şivirlayturğon”, deya tugallanadi.
Şavkat Rahmon ijodida yuksak sanʼatkorona bitilgan muhabbat, tabiat lirikasi alohida ajralib turadi. Ammo şoir poeziyasida bunday asarlar uluşini keskir şeʼrlar salmoği bosib ketadi. Sababini sal avvalroq ham aytdik. Ijodkor davr taqozosiga köra millatning iztirobli kuyçisiga aylangan, ezilgan xalqining çöng dardi şoir qalamiga siyoh vazifasini ötagan. Şu bois “Darçadan möralab turgan gözal sözlarni qoldirib ketaman endi barçaga”, deydi va yana “Aslida atirgul böyin taratgan bu öynoqi sözlar menikimasdir. Menga nonday zarur, qiliçday keskir, zaharday mard sözlar bölsayoq basdir”, deya qöşimça qiladi.
Sayladim sözlarning saralarini,
kuraşlar şamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman,
endi har narsa –
Egilgan narsalar tegar ğaşimga.
Endi işlaş kerak bu kengliklarda,
tokim söylamasin yolğonni heç kim,
tokim buyuk toğlar saltanatida
egilgan boşlarni
qiliçlar kessin.
Xalqimizda egilgan boşni qiliç kesmaydi degan maqol bor. Aslida bobolar uqtirmoqdaki, odam aybiga oçiq iqror bölişi, jazodan qoçib qutulişni közlamasligi, aksinça, bunga tik bora bilişi kerak. Mazkur maqol hargiz mutelikni tarğib qilmaydi. Biroq xalqda qullik psixologiyasi kuçayib ketsa, zulm qiliçiga böyin egib boriş, böyin egib yuriş odatga aylanib qolişi heç gap emas. Tarki odat esa amri maholdir. Şavkat Rahmon şeʼrlarida bu holatga özgaça ahamiyat qaratadi. Yovqur şoir qiliç kesmasin deb egilgan boşlardan nafratlanadi va nafratini satrlariga singdiradi.
“Turkiylar” şeʼri Şavkat Rahmon ijtimoiy lirikasining sara namunalaridan sanaladi. Şoir istibdod ezgan millatning boşi birikmasligidan, tobe bölib yaşaşga könikkanidan ozorlanadi. Turkiy xalqlarda faqat egilgan boşlar qolganidan, özligidan bexabar qullar tuğilayotganidan yuragi yonib, köksi pora-pora böladi. Murosasiz şoir bu holat bilan kelişolmaydi, millatni uyğotişni istaydi, şu maqsadda aççiq sözlar aytadi:
Bormi er yigitlar,
Bormi er qizlar,
bormi gul bağringda jömard nolalar,
bormi gul tufroqda özligin izlab,
osmonu falakka yetgan bolalar,
Bor bölsa,
alarga yetkarib qöying,
Bir boşga bir ölim,
bir qarab tuying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Şavkat Rahmon turkiylar tomirida azal-azaldan jöş urib turgan erk qoni keyingi asrlarga kelib tönğib qolganidan iztirobga tuşadi, endi esa bu muz qotgan qonni faqat keskir sözgina yana-tağin vulqonday qaynatişiga umid boğlaydi. Şundanmi, şeʼrdan şeʼrga sözlarini qayrab boraveradi.
Ey beklar,
zahar iç – özbeging qolib,
özgaga böysunding,
ölganing şuldir.
Şundanmi, boşida teridan qolip,
Saksovul singari mayişgan budun…
“Kenglik soğinçi” sheʼridan körinib turibdiki, şoirning nazdida qullik ölimdan-da qattiqroqdir. Zero, qullarda heç qaçon hur fikr, ozodlikka intiliş, jonini xatarga qöyiş, zarurat tuğilsa, qurbon qiliş tuyğusi bölmaydi.
Şavkat Rahmon kitoblarini varaqlab, keskir satrlaridan qalbingiz qonab, bedorlik qonlari gul tufroqqa saçrab, erta köklamda ona tabiatday uyğonganingizda, qora toşlarday gullaganingizda… bir gap hadeb tilingizda yeru kökni quçgan qaldirğoçlarday aylanaveradi: “Şavkat Rahmon degan bir öjar şoir bir kuni qaytadan yaraladimi?”.
Yaralmaydi! Şavkat Rahmon singari isteʼdodli şoirlarimiz ham köp tuğiladi, ammo u kabi köngli iztirob oğusiga tölgan şoirimiz bölmaydi. Çunki xalqimiz yelkasini endi qullik qamçilari yaralamaydi. Çunki xalqimiz bundan bu yoğiga boş egib yaşamaydi. Çunki bul vatanda er yigitlar bor, er qizlar bor, özligin izlab osmonu falakka yetgan bolalar bisyor! Alarga şoirning bezovta qalbidan bir uçqun yetgan, keskir şeʼriyatidan bir bahra yetgan. Şukrki, Şavkat Rahmonga ham vatan mustaqilligini köriş nasib etdi, ozod havolardan töyib-töyib nafas oliş nasib etdi.
Erku muhabbatning muxtor elçisi –
yotmasman tuproqqa dönib, tinçlanib,
jasadim tirikdir yoruğ dunyoda,
oyning siniğiday çaqnar sinçlarim.
Agar yetti qavat yerning qaʼrida
yotsam-da, larzaga solib havoni,
elimning yuragin
topar baribir
jismimni kuydirib uçgan ovozim.
Gulasal Sodiqova
1991-yili tuğilgan. Andijon davlat universitetining özbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


